Mavzu: Sonli ma’lumotlarni qayta ishlash texnologiyasi




Download 347.5 Kb.
Sana21.01.2023
Hajmi347.5 Kb.
#38917
Bog'liq
3-мавзу (маъруза)
24-mavzu

Mavzu: Sonli ma’lumotlarni qayta ishlash texnologiyasi.

Tibbiyot ma’lumotlarini kompyuter yordamida analiz qilish.MS Excel jadval muharririning keng imkoniyatlaridan foydalanish. MICROSOFT EXCELdagi barcha ma'lumotlar jadval ko‘rinishida namoyon bo‘lib, bunda jadval katakchalarining (xonalarining) ma'lum qismiga boshlang‘ich va birlamchi ma'lumotlar kiritiladi. Boshqa qismlari esa har xil arifmetik amallar va boshlang‘ich ma'lumotlar ustida bajariladigan turli amallar natijalaridan iborat bo‘lgan axborotlardir. Elektron jadval katakchalariga uch xil ma'lumotlarni kiritish mumkin:


— MATNLI;
SONLI IFODALAR;
— FORMULALAR.
MATNLI MA'LUMOTLAR sarlavha, belgi, izohlarni o‘z ichiga oladi. SONLI IFODALAR bevosita jadval ichiga kiritiladigan sonlardir.
FORMULALAR — kiritilgan sonli qiymatlar bo‘yicha yangi qiymatlarni hisoblaydigan ifodalardir.
FORMULALAR har doim «=» belgisini qo‘yish bilan boshlanadi. Formula katakchaga kiritilgandan keyin shu formula asosida hisoblanadigan natijalar yana shu katakchada hosil bo‘ladi. Agar shu formulada foydalanilgan sonlardan yoki belgilardan biri o‘zgartirilsa,
EXCEL avtomatik ravishda yangi ma'lumotlar bo‘yicha hisob ishlarini bajaradi va yangi natijalar hosil qilib beradi. EXCELning asosiy ishlov berish ob'ekti hujjatlar hisoblanadi. EXCEL hujjatlari ixtiyoriy nomlanadigan va xls kengaytmasiga ega bo‘lgan fayllardir. EXCELda bunday fayllar ‘IShChI KITOB» deb ataladi. Har bir Ishchi kitob ixtiyoriy sondagi elektron jadvallarni o‘z ichiga olishi mumkin. Ularning har biri ‘IShChI VAROQ» deb ataladi. Har bir ishchi varoq o‘z nomiga ega bo‘ladi. Ishchi kitobni hosil qilish uchun MICROSOFT EXCEL dasturini ishga tushirish zarur. Ishchi kitobning tarkib elementlaridan biri IShChI VAROQ, ya'ni elektron jadval hisoblanadi.
Elektron jadvalning asosiy elementlari esa katakcha va DIAPAZONLARDIR.
KATAKChA — bu jadvaldagi manzili ko‘rsatiladigan hamda bir qator va bir ustun kesishmasi oralig‘ida joylashgan elementdir. Katakcha kesishmalarida hosil bo‘lgan ustun va qator nomi bilan ifodalanadigan manzili bilan aniqlanadi. Masalan, A — ustun, 4 — qator kesishmasida joylashgan katakcha — A4 deb nom oladi. Katakchaga sonli qiymatlar, matnli axborotlar va formulalarni joylashtirish mumkin.
Bir necha katakchalardan tashkil topgan guruh DIAPAZON deb ataladi. Diapazon manzilini ko‘rsatish uchun uni tashkil etgan katakchalarning chap yuqori va o‘ng quyi katakchalar manzillari olinib, ular ikki nuqta bilan ajratilib yoziladi. Masalan: A1:A4
Ishchi jadvallarni ko‘rib chiqishda yoki katakchalarni bichimlashda ish olib borayotgan diapazonning manzilini bilish shart emas, lekin formulalar bilan ishlayotganda bu narsa juda muhimdir.
MICROSOFT EXCEL DASTURINI IShGA TUShIRISh
MICROSOFT EXCEL dasturini bir necha usul bilan ishga tushirish mumkin:


1. ‘PUSK»—»PROGRAMMIY»—»MICROSOFT EXCEL»


2. MICROSOFT EXCEL da yozilgan ixtiyoriy hujjatni ochish yordamida, bunda EXCEL dasturi avtomatik ravishda ishga tushiriladi. MICROSOFT EXCEL ishga tushirilgandan so‘ng ekranda quyidagi darcha hosil bo‘ladi
ILOVA DARChASINING ASOSIY ELEMENTLARI 1. SARLAVHALAR QATORI. Bunda dasturning nomi, joriy (ayni vaqtda ish yuritilayotgan) ishchi kitobining nomi beriladi.

Shu qatorning o‘ng yuqori burchagida darchaning tashqi ko‘rinishini o‘zgartiruvchi uchta boshqaruv tugmasi joylashgan. 1) Ish olib borilayotgan ekranni (dasturni) vaqtincha yopish. Bunda yopilgan dastur “Pusk” menyusi qatorida paydo bo‘ladi. 3) Ish olib borilayotgan muloqot darchasini yopish tugmasi
2. MENYU QATORI (GORIZONTAL MeNYu). Unda quyidagi bo‘limlar mavjud: “FAYL” (Fayl), “PRAVKA” (To‘g‘rilash), “VID” (ko‘rinish), “VSTAVKA” (qo‘yish), “FORMAT” (bichim), “SERVIS” (xizmat ko‘rsatish), “DANNIYE” (ma'lumotlar), “OKNO” (darcha), “SPRAVKA” (yordam). Ulardan biri bilan ishlash uchun qatordagi ixtiyoriy bo‘lim ustiga sichqoncha ko‘rsatkichini olib kelib bosiladi, natijada tanlangan bo‘lim menyusi elementlari ro‘yxati ochiladi. Menyular bilan ishlash MICROSOFT EXCEL ning asosiy buyruqlarini berish usullaridan biri hisoblanadi.
3. ISH QUROL PANELI.
a) STANDART ISh QUROL PANELI buyruqlarni ko‘rsatuvchi, gorizontal menyuning standart buyruqlarini takrorlovchi tugmalardan (piktogrammalar)dan iborat.
b) BICHIMLASH ISh QUROL PANELI, buyruqlarni ko‘rsatuvchi va kiritilayotgan axborotlarni bichimlashga imkon beruvchi tugmalardan iborat.

4.FORMULA QATORI. MICROSOFT EXCEL ga ma'lumotlar kiritilayotganda barcha axborotlar, matnlar, sonlar va formulalar mana shu qatorda aks ettiriladi.



5. NOM MAYDONI. Bu maydonda joriy ishchi kitobning faol katakchalarining manzili va nomi ko‘rsatiladi. Nom maydoni diapazon (katakchalar guruhi)ga yoki tanlangan katakchaga tezda nom berish uchun ham 109 ishlatiladi. Agar sichqoncha ko‘rsatkichini nom maydonidan o‘ng tomonda joylashgan strelka ustiga olib borib sichqonchaning chap tugmasini bossak, unda faol ishchi kitobidagi nomlangan katakchalar va diapazonlarning hamma nomlarini birma-bir ko‘rib chiqish mumkin.
6.FORMULALAR BILAN IShLASh VA MA'LUMOTLARNI O‘TKAZISh Formula — bu mavjud qiymatlar asosida yangi qiymatlarni hisoblovchi tenglamadir. Formulalar yordamida elektron jadvalda ko‘pgina foydali ishlarni amalga oshirish mumkin. Quyidagi jadvalda formulalarda qo‘llaniladigan operatorlarning bajarilish tartibi ko‘rsatilgan.
7. FORMULANI KLAVIATURA ORQALI KIRITISh: «=» belgisini qo‘yib, keyin formulalar kiritiladi. Kiritish paytida belgilar formulalar qatorida hamda aktivlashgan katakchada paydo bo‘ladi. Formulalarni kiritishda odatdagi tahrrirlash tugmalaridan foydalanish mumkin.
2. KATAKChALAR MANZILINI KO‘RSATISh YO‘LI BILAN



Belgilar

Operatorlar

Bajarish tartibi

^

darajaga ko‘tarish

1

*

ko‘paytirish

2

/

Bo‘lish

2

+

Qo‘shish

3

-

Ayirish

3

&

konkatenatsiya

4

=

Tenglik

5

>

dan katta

5

<

dan kichik

5

FORMULALAR


KIRITISh: Bu usulda ham formulalar klaviaturadan kiritish orqali, lekin kamroq foydalangan holda amalga oshiriladi. Ushbu usulda katakchalar manzilini Belgilar Operatorlar Bajarish tartibi ^ darajaga ko‘tarish 1 * ko‘paytirish 2 / Bo‘lish 2 + Qo‘shish 3 - Ayirish 3 & konkatenatsiya 4 = Tenglik 5 > dan katta 5 < dan kichik 5 110 kiritish o‘rniga ular ko‘rsatiladi, holos. Masalan, A3 katakchaga =A1+A2 formulasini kiritish uchun quyidagilarni bajarish kerak:
a)jadval ko’rsori A3 katakchaga o‘tkaziladi;
b) “=” belgisi kiritiladi. s)sichqoncha ko‘rsatkichi A1 katakchaga olib boriladi va chap tugmachasi bosiladi. Natijada katakcha ajratib ko‘rsatiladi, ya'ni uning atrofida harakatlanuvchi ramka (rom) paydo bo‘ladi. A3 katakchasi formulalar qatorida — A1 katakcha manzili ko‘rinadi:
1. “+” belgisi;
2. sichqoncha ko‘rsatkichi A2 katakchaga o‘tkaziladi va tugmachasi bosiladi. Formulaga A2 katakcha qo‘shiladi;
3. ENTER tugmasini bosish bilan formulani kiritish yakunlanadi. katakcha manzilini ko‘rsatish usuli klaviatura yordamida kiritish usulidan oson va tez bajariladi. II.FUNKSIYaLAR BILAN ISHLASh
Funksiyada argumentlar ishlatilmasa ham, bo‘sh qavslar ko‘rsatilishi lozim.
MASALAN, =RAND(). Agar funksiyada bittadan ortiq argument ishlatilsa, ular orasiga nuqtali vergul (;) qo‘yiladi. Formulalarga funksiyani kiritishning ikkita usuli mavjud:klaviatura yordamida qo‘lda kiritish va EXCEL dagi ‘MASTER FUNKSIY» (Funksiyalar ustasi) piktogrammasi orqali kiritish. “MASTER FUNKSIY”

(Funksiyalar ustasi) ni qo‘llash funksiyaning yozilishi va uning hamma argumentlarini sintaktik To‘g‘ri tartibda kiritilishini ta'minlaydi. ‘MASTER FUNKSIY» (Funksiyalar ustasi) ni ishga tushirish uchun standart uskunalar panelidagi piktogrammasini sichqoncha ko‘rsatkichi bilan tanlash lozim. “MASTER FUNKSIY” (Funksiyalar ustasi) ikkita muloqot shaklidagi darchasiga ega. Kategoriyalar darchada 11 ta 111 turli xil sohalarga tegishli bo‘lgan funksiyalar kategoriyalari berilgan. Agar foydalanuvchining maxsus funksiyalari ham qo‘llanilsa, bu kategoriyalar soni undan ham ko‘p bo‘lishi mumkin. Funksiyalar ro‘yxatidagi kategoriyalardan biri tanlab olinsa, muloqot darchasida shu funksiya kategoriyasiga tegishli funksiyalarning ro‘yxati chiqadi.
RO‘YXATLAR DARChASIDA funksiyalardan biri tanlab olinsa, argumentlar ro‘yxati bilan foydalanish haqida qisqacha ma'lumot paydo bo‘ladi. Bu quyidagi rasmda keltirilgan
MASTER FUNKSIY (FUNKSIYALAR USTASI) BILAN IShLASh HAQIDA TAVSIYANOMALAR
1. Agar tanlangan funksiya haqida qo‘shimcha ma'lumot olmoqchi bo‘lsangiz, unda sichqoncha ko‘rsatkichini «SPRAVKA» (Ma'lumot) tugmasiga olib borib bosing.
2. Yangi funksiyani kiritishda «MASTER FUNKSIY» (Funksiyalar ustasi) avtomatik ravishda qator boshiga «=» (teng) belgisini qo‘yadi.
3. «MASTER FUNKSIY» (Funksiyalar ustasi) ni chaqirishda katakcha bo‘sh bo‘lmasa, unda katakchadagi ma'lumotlar o‘chirib tashlanadi.
4. «MASTER FUNKSIY» (Funksiyalar ustasi) ni mavjud bo‘lgan formulaga yangi funksiyani kiritishda qo‘llash mumkin. Buning uchun formulani tahrirlashda funksiya kiritilishi kerak bo‘lgan joyga kursorni qo‘yish, keyin esa bu kiritishni amalga oshirish uchun «MASTER FUNKSIY» (Funksiyalar ustasi)ni ishga tushirish kerak. Funksiyani kiritish masteri yordamida funksiyalarni kiritish. piktogrammasi bosilgandan keyin rasmdagi darcha paydo bo’ladi. Kategoriya (chap darcha) funksiya (o‘ng darcha) menyularidan tanlab olinadi. Argumentlari jadvaldan kursor orqali ko‘rsatiladi. Algaritimlarni kiritish qatorlari 112 Microsoft Excelning o‘rta maktab matematika va boshqa fanlarida o‘rganilgan va ishlatilishi mumkin bo‘lgan ayrim matematik va mantiq funksiyalari ro‘yxatini keltiramiz: 1.SRZNACh (argumenlar ro‘yxati) – argumentlarning o‘rta arifmetik qiymatini hisoblaydi. 2.MAKS (argumenlar ro‘yxati) - argumentlarning maksimumini aniqlaydi. 3.MIN (argumenlar ro‘yxati) – argumentlarning minimumini aniqlaydi. 4.FAKTR (son) – butun son faktorialini hisoblaydi. 5.KOReN (son) – kvadrat ildizni hisoblaydi. 6.ABS (son) – sonning modulini aniqlaydi. 7.LN(son) – sonning natural ( e-asosli) logarifmini hisoblaydi. 8.SIN(son) – radian o‘lchovida berilgan burchak sinusini aniqlaydi. 9.COS(son) – radian o‘lchovida berilgan burchak kosinusini aniqlaydi. 10.TAN(son) – radian o‘lchovida berilgan burchak tangensini aniqlaydi. Yuqorida keltirilgan va boshqa funksiyalardan foydalanishda Excel ning o‘zida keltirilgan ro‘yxatdan osongina foydalanishingiz mumkin. Excel da mantiqiy funksiyalari ham kiritilgan. Ulardan siz bilgan Paskal tilida funksiyalar qanday yozilsa, shu kabi yoziladi. Masalan: IF(,,). Mantiqiy ifodaning natijasiga qarab, birinchi yoki ikkinchi ifodalar bajariladi.
1.CHIZIQLI JARAYONGA MISOL 113 2.TAKRORLANISH JARAYONI 3.YIG‘INDI VA KO‘PAYTMAGA MASALA YECHISH III. EXCELDA DIAGRAMMALAR YARATISH DIAGRAMMALAR grafiklar deb ham ataladi. Ular elektron jadvallarning ajralmas qismidir. EXCELda tuzilgan diagrammalarni joylashtirishning ikki hil varianti mavjud: 1. Diagrammani varoqning ichki elementi sifatida bevosita varoqqa qo‘yish. (Bu diagramma joriy qilingan diagramma deb ataladi.) 2. Ishchi kitobning yangi diagrammalar varag‘ida diagramma qo‘yish. Diagramma varag‘i ishchi kitobning varag‘idan bitta diagrammani saqlashi va katakchalari bo‘lmaganligi bilan farq qiladi. 114 Agar diagramma varag‘i aktivlashtirilsa, unda EXCEL menyusi u bilan ishlash uchun mos holda o‘zgaradi. ‘MASTeR DIAGRAMM» (Diagrammalar ustasi) yordamisiz diagrammalarni hosil qilishda EXCEL qo‘shimcha ko‘rsatmasiz, qabul qilingan turini ko‘radi. Agar ‘MASTeR DIAGRAMM» (Diagrammalar ustasi) qo‘llanilsa, unda EXCEL bir nechta turini tanlab olish imkoniyatini beradi. ‘MASTeR DIAGRAMM» (Diagrammalar ustasi) piktogrammasi uskunalar panelida quyidagi ko‘rinishga ega: «Master diagramm» yordamida qadamma-qadam diagramma qurishni ko‘rib chiqamiz: 1- qadam. Ushbu rasm boshqaruv piktogrammalarida ni sichqoncha bilan belgilaganda paydo bo‘ladi. Rasmning chap tomonidagi ro‘yxatda diagramma turlari, o‘ng tomonida uning ko‘rinishlari berilgan. Kerakli tur va ko‘rinishdagi diagramma tanlanganidan keyin pastdagi «Dalee» knopkasi bosiladi. Chap tomonda «Gistogramma» va o’ng tomonda tekislikdagi oddiy ko‘rinish olingan. E'tibor bering, rasmdagi faol turgan «qatlam» «Standartniye» qatlami. «Nestandartniye» qatlamidan boshqa turdagi diagrammalarni ham tanlash mumkin. 2-qadam. Bu qadamda diagramma hosil qilish uchun kerakli berilganlar belgilanadi. Rasmning o‘rta qismidagi darcha aynan berilganlarni kiritish uchun faol holatda bo‘ladi. “Ryad” qatlamida qator va ustunlarga nom berish mumkin. O‘zgaruvchilar diapazonini almashtirish, yangi qatorlarni ko‘shish, imkoniyalari mavjud. 115 Shuningdek, diagramma hosil qilishda, boshlang‘ich berilganlarni tanlash, bir necha ustunlardan keraklilarini ajratish va boshqa qiymatlarni kiritish mumkin. 3-qadam. Diagrammaga sarlavha qo‘yish, koordinata o‘qlariga nom va kategoriya qo‘yish, fonga masshtablar, oraliq chiziqlar va o‘zgartirishlar kiritish, «Afsona» ning joyini almashtirish hamda unga nom berish, diagramma ustunlarining jadvaldagi qiymatlarini qo‘yish, ularning o‘lchami va ranglarini o‘zgartirish ishlari bajariladi. 4-qadam. Tayyor bo‘lgan diagrammani qaysi varoqqa joylashtirish aniqlanadi. Diagrammani qaysi joyda hosil qilish foydalanuvchining xohishi bilan kiritiladi. Qadamlardagi barcha so‘roqlarga javob berilgandan keyin, yoki o‘zgartirishlar tugagandan so‘ng «Dalee» tugmasi bosiladi. So‘nggi qadamda esa «gotovo» tugmasi bosilishi kerak. 1. MISOL 116 2.MISOL Tajriba natijalarining statistik tahlil Excel dasturida amalga oshirish uchun quyidagi ishlar bajariladi: Variatsion qatorlar kiritiladi Kursorni S12 qo‘yamiz, ya'ni M (o‘rtacha qiymat) topish uchun va Vstavka funksi (fx) punktiga kiramiz. Hosil bo‘lgan oynaning Kategoriya qismidan Statisticheskie punktini tanlaymiz, ro‘yxatdan SRZNACh tanlanadi. Diapazonni C3:C10 deb yozamiz va OK bosiladi. G o‘rtacha kvadratik chetlashishni topish uchun kursorni S13ga qo‘yamiz, yuqoridagi ro‘yxatdan STANDOTKLON tanlanib, diapazon kiritiladi va OK bosiladi. Standart xatolik m ni topish uchun S14 ga ko’rsorni qo‘yib, formulasini kiritamiz: =C13/KOReN(8) va Enter bosiladi. 117 Ikkinchi variatsionni ham hisoblash uchun birinchi variatsion qatordagi hisoblash yacheykalarini nus,hasini olib qo‘yamiz. Eksperimental va klinik izlanishlarda kuzatiluvchi yoki solishtiriluvchi tanlangan ob'ektlar orasidagi farqlarning general parametrlarining solishtirishni bahosini aniqlash zarurligi tez- tez uchrab turadi. Bu vazifani hal qilishda aniq va konkret qiymatlar ko‘rsatib berish, ya'ni patologik jarayondagi harakterli belgilarini aniqlashga, kasallikning dinamik rivojlanishini kuzatish, davolashning effektiv an'analarini baholash va boshqalarga yo‘l berishdir. Solishtirish guruhlarni qaysi biri yaxshiligini o‘rtacha ulushlar orasidagi farq va boshqa tanlangan ko‘rsatkichlar bo‘yicha aniqlanadi. Tanlab olingan farqlarning uning xatoligi bilan birga haqqoniyligi haqidagi savolga javob berish uchun u yoki bu gipotezadan foydalangan holda hal qilishga to‘g‘ri keladi. Meditsina va biologiya sohasida keng qo‘llaniladigan (N0) - deb nomlanuvchi nol gipoteza mavjud. Bu gipotezada ko‘rsatilishicha solishtiriluvchi guruhlar asosiy parametrlarining farqi nolga teng. Shunday qilib, agar normal holatdagi taqsimlanuvchi ob'ektlar yig‘indisidan M1 va m1 parametrli tanlangan ob'ekt ajratib olinsa, ob'ektlar yig‘indisidagi boshqa tanlangan ob'ekt M2 va m2 parametrli bo‘lsa, u holda nol gipoteza quyidagidan kelib chiqadi: M1=M2 va m1=m2, ya'ni M1-M2=0 i m1-m2=0. Shuning uchun bu gipotezani nol gipoteza deb ataladi. Qabul qilingan gipotezani tekshirish uchun tanish kattaliklar va taqsimot funksiyalaridan foydalaniladi. Haqqoniylik mezoni (kriteriysi) deb nomlanuvchi bu kattaliklar har bir hodisada aniqlashga imkon beradi. Qabul qilingan gipotezani tanlab olingan ko‘rsatkichlari qoniqtiradimi. Ko‘rsatilgan kattaliklarning taqsimot funksiyasi maxsus jadvallarda keltirilgan. Qabul qilingan gipotezani baholashdagi ruxsat etilgan ahamiyat darajasi yoki xatoliklar ehtimolligi farq qilishi mumkin. Odatda, statistik gipotezalarni tekshirishda uchta ahamiyat darajasi qabul qilinadi: 5% - li ( xatolikni baholash ehtimolligi P = 0,05), 1% - li (P=0,01) va 0,1% - li (P=0,001). Tibbiyot va biologik tekshirishlarda ko‘p hollarda 5% - li ahamiyat darajasi yetarli 118 hisoblanadi. Agar P>0,05 (5%) bo‘lsa, u holda nol gipotezani inkor qila olmaydi. Agar P
Download 347.5 Kb.




Download 347.5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Sonli ma’lumotlarni qayta ishlash texnologiyasi

Download 347.5 Kb.