Mavzu: Tabiiy tusdagi favqulotda vaziyatlarda (tabiy ofatlar) fuqaro muhofazasi




Download 19.81 Kb.
Sana08.09.2023
Hajmi19.81 Kb.
#80844
Bog'liq
3. Tabiiy tusdagi favqulotda vaziyatlarda fuqaro muhofazasi
Topshiriq-1 (2), Kurs ishi reja (1), Hayotiy faoliyat havfsizligi, Abu Rayhon Beruniy, Demopdf (4)

Mavzu: Tabiiy tusdagi favqulotda vaziyatlarda (tabiy ofatlar) fuqaro muhofazasi.
Reja:
1. Tabiiy ofatlar turlari;
2. Yer silkinish sabablari;
3. Tabiiy ofatlarning asoratlarini baholash va fuqaro muhofazasi;
4. Suv toshqini sabablari va fuqaro muhofazasi.

Tabiiy ofat-bu tabiatda yuz beradigan favquloddagi o`zgarish bo`lib, u birdan insonlarning mo`tadil yashash, ishlash sharoitlarining buzilishi, odamlarning o`limi hamda qishloq xo`jaligi hayvonlarining nobut bo`lishi, moddiy boyliklarning yo`q bo`lib ketishi bilan tugaydigan hodisalardir.


Tabiiy tusdagi favqulodda vaziyatlarning sodir bo`lishning o`ziga xos xususiyati shundan iboratki, favqulodda vaziyat inson ongi va uning faoliyatidan tashqarida sodir bo`lishidir.
Tabiiy ofatlarning turlari xilma-xil: yer silkinish, suv toshqini, (gidrometeorologik) yer, tog`, qor ko`chishi, kuchli shamol, yo`ng`in, qurg`oqchilik, epidemiya, epizootiya, epifitotiya hodisalari va boshqalardir (o`lat, vabo, gemorragi isitma, toshmali terlama, sibir yara kasalligi, quturish, botulizm, va tulyarimiya kasalliklari).
Yer silkinish va uning oqibatlari:
Tabiiy ofatlar ichida eng xavflisi va dahshatlisi bu yer silkinishidir. Yer silkinish-yer osti zarbasi va yer usti qatlamining tebranishi bo`lib, tabiiy ofatlar, texnologik jarayonlar tufayli yuizaga keladi. Yer ostki zarbasining paydo bo`lish o`chog`i, yerning ostki qatlamidagi uzoq vaqt yig`ilib qolgan energiyaning yuzaga otilib chiqish jarayoni tufayli yuzaga keladi. O`choqning ichki qismi markazi giposentr deyiladi, yerning ustki qismidagi markasi episentr deyiladi.
Zilzila turlaridan eng xavflisi (talofatlisi), tektonik zilzila hisoblanadi. Ma`lumki, har yili planetamizda 100000 (yuz ming) dan ortiq yer silkinishlarini seysmik asboblar (seysmograf) qayd etadi. Bulardan 100 tasi vayron qiluvchi, fojiali bo`lib imorat va inshoatlarning buzilishiga, yer yuzasida yoriqlarni paydo bo`lishiga ming-minglab insonlar yostig`ining qurishiga olib keladi.Yer silkinish o`chog`i giposentrning joylashgan chuqurligi bo`yicha: Yuza-70 km.gacha, o`rta-70-300km va chuqur-300 kmdan pastda: Mantiya qatlamida vujudga keladigan xillarini ajratish mumkin.
Respublikamizda kuzatiladigan zilzilalarning o`chog`i asosan 70 km.gacha chuqurlikda joylashganligi qayd etilgan. Kuchli yer silkinishi oqibatida yerning yaxlitligi butunligi o`zgaradi, inshootlar, jihozlar buziladi, kommunal-energetik qismlar ishdan chiqishi, insonlar o`limi, shikastlanishi ro`y beradi. Uzoq tarixiy saboq,ya`ni yer silkinishi kishilarni ruhiy holatiga bo`lgan ta`siri, imorat va inshootlarning buzilishi, bayron qilinishi, yer yuzida vujudga kelgan o`zgarishlar (yer sathida yoriqlar va buloqlarning paydo bo`lishi)yuz bergan hodisalarning kuchini baholashga o`rgatgan.Natijada nisbiy baholash shkalasi paydo bo`lgan zilzila. Kuchi ikki xil o`lchov birligida o`lchanadi. 1. Ballarda:,2. Magnitudada. Dunyoning juda ko`p davlatlarida yer silkinish kuchi 12 balli halqaro o`lchov birligida o`lchanadi.Episentrda tog jinsi zarrachalarining seysmik tezlanishini, u yerda sodir bo`lgan o`zgarishlarga (buzilish, yorilish, vayron bo`lish va boshqalar) taqqoslagan holda,Rossiya fanlar Akademiyasi olimlari tomonidan yer silkinishining kuchini ballarda baholash shkalasi ishlab chiqilib, bu usul hozirgi kunda hamma MDH ga kiruvchi davlatlarda, jumladan,O`zbekistondaMShK( Medvedev,Shponxoer va Karnik )nomi bilan qo`llaniladi. Ikkinchi o`lchov birligi Rixter shkalasi bo`yicha Magnituda(M) hisoblanadi. Magnituda shkalasi 1935-yilda Amerika seysmologi Rixter tomonidan taklif qilingan. Magnituda yer silkinishining umumiy energiyasini ko`rsatib,u yerning maksimal surilish amplitudasi logarifmini belgilaydi va mikronlarda aniqlanadi.
Yer silkinish kuchining xususiyatlari:
Yer silkinish kuchiga qarab quyidagi holatlar kuzatiladi; 1ball- sezilarsiz, faqatgina seysmik asboblar qayd qiladi:
2ball-juda kuchsiz, uy ichda utirgan ba`zi odamlar sezishi mumkin(deraza oynalari titraydi):
3ball- kuchsiz, ko`pchilik odamlar sezmaydi, Ochiq joyda tinch o`tirgan odam sezishi mumkin. Osilgan jismlar asta sekin tebranadi:
4ball-o`rtacha sezilarli.Ochiq joyda, bino ichida turgan odamlar sezadi.Uy devorlari qirsillaudi.Ro`zg`or anjomlari titraydi, osilgan jismlar tebranadi:
5ball-Ancha kuchli.
Hamma sezadi, uyqudagi odam o`yg`onadi, ba`zi odamlar hovliga yugurib chiqadi.Idishdagi suyuqlik chayqalib to`kiladi,osilgan o`y jihozlari qattiq tebranadi:
6ball-Kuchli. Hamma sezadi uyqydagi odamlar uyg`onadi, ko`pchilik odamlar hovliga yugurib chiqadi. Uy hayvonlari betoqat bo`ladi. Ba`zi hollarda kitob jovonidagi kitoblar, ro`zgor buyumlari, javondagi idishlar ag`darilib tushadi:
7ball –Juda kuchli. Ko`pchilik odamlarni qo`rquv bosadi, ko`chaga yugurib chiqadi, avtomobil haydovchlari harakat vaqtida ham sezadi, uy devorlarida katta-katta yoriqlar paydo bo`ladi, hovuzlardagi suv chayqaladi va loyqalanadi:
8ball-Yemiruvchi. Xom g`ishdan qurilgan imoratlar butunlay vayronaga aylanadi, ancha pishiq qilib qurilgan imoratlarda ham yoriqlar paydo bo`ladi, uy tepasidagi mo`rilar yiqiladi,ba`zi daraxtlar butun tanasi bilan yiqiladi, sinadi, tog`lik joylarda qulash, surilish hodisalari yuz beradi;
9 ball-Vayron qiluvchi. Yer qimirlashiga bardosh beradigan qilib qurilgan imoratlar va inshoatlar ham qattiq shikastlanadi.Oddiy imoratlar butunlay vayron bo`ladi, yer yuzasida yoriqlar paydo bo`ladi, yer osti suvlari sizib chiqish mumkin:
10 ball-Yakson qiluvchi. Hamma imoratlar yakson bo`ladi. Temir yo`l izlari to`lqinsimon shaklga kelib qoladi, yer osti kommunal quvurlari uzilib ketadi, cho`kish hodisalari ro`y beradi.Suv havzalari to`lqinlanib qirg`oqqa uriladi, qoyali yon bag`irlarda katta-katta surilish hodisalari sodir bo`ladi: 
11 ball-Fojiali.Hamma imoratlar deyarli vayron bo`ladi, to`g`onlar yorilib ketadi, temir yo`llar butunlay ishdan chiqadi,yerning ustki qismida katta- katta yoriqlar paydo bo`ladi,yer ostidan balchiqlar ko`tarilib chiqadi, surilish , qulash hodisalari nihoyasiga yetadi.
12 ball- kuchli fojiali.Yerning ustki qismida katta o`zgarishlar ro`y beradi. Hamma imoratlar butunlay vayron bo`ladi, daryolarning o`zani o`zgarib sharsharalar paydo bo`ladi tabiiy to`g`onlar vujudga keladi.
Mustaqil davlatlar hamdo`stligi(MDH) hududining 20 foizga yaqin eri seysmoaktiv mintaqa hisoblanib, bunday hududlarga asosan togli o`lkalar,Kavkaz orti,Shimoliy Kavkaz, Karpat bo`yi, Janubiy Qrim,Moldoviya, Primor`ye, Saxalin, Kamchatka, Kuril orollari, Turkmaniston va O`rta Osiyoning tog`li o`lkalari kiradi.
Imoratlarga, inshootlarga yer silkinishining ta`siri va xususiyatlari:Zilzilaning kuchi ta`sirida imoratlar va inshootlar talafot ko`radi.Ko`rilgan talafot darajasi inshoot loyihasiga, ishlatilgan qurilish materiallariga bogliq.Shuning uchun hamma insahootlar va ularning ko`radigan talofotlari davlat standarti bilan tartibga solinadi.
Inshootlar ko`radigan talafotlar quyidagicha tasniflanadi:
1-darajali talafot.Bunda yengil shikastlanish yuz beradi.
2-darajali talafot. Og`ir bo`lmagan shikastlanishlar sodir etiladi,devorlarda katta bo`lmagan yoriqlar paydo bo`ladi.
3-darajali talafot.Inshootlarning og`ir shikastlanish ro`y beradi,devorlarda katta va shuqur yoriqlar paydo bo`ladi.
4-darajali talofat.Imorat va inshootlar ichki devorlarining to`liq buzilishi ro`y beradi.
5-darajali talofat.Imorat va inshootlar to`liq buzilish sodir bo`ladi.
Imorat va inshootlarning konstruksiyasi va qurilish materillariga qarab tasniflanishi:
A guruh-xom g`isht, paxsa devorli imoratlar:
B guruh- pishiq g`ishtdan qurilgan imoratlar:
V guruh –Temir-beton, sinchli va yog`ochdan qurilgan inshootlar;
Yuqoridagilarni hisobga olgan holda davlat standarti(GOST)tomonidan imoratlar guruhining har bir ballda ko`radigan talofat darajalari hisoblab chiqilgan:Jumladan:
6-ball- yer silkinish jarayonida Aguruhga mansub inshootlar 2-darajali talofat,B guruhi inshootlari1-darajali talofat ko`radi.
7ball-A guruhidagi inshootlar 3-darajali talafot ko`radi.
8 ball-A guruhidagi inshootlar 5-darajali,Bguruhidagi inshootlar ham 3,4darajali,Vguruhdagi inshootlar 2-darajali talafot ko`radi.
9 ball-B guruhidagi inshootlar4-darajali, shuningdek, V guruhidagi inshootlar 4-darajali talafot ko`radi. 10 ball- B guruhdagi inshootlar 5-darajali,Vguruhdagi inshootlar 4-darajali talafot ko`radi.
11 ball-B guruhdagi inshootlar to`liq qulaydi.Tog` jinslarinig tik va gorizantal yo`nalishdagi harakati kuzatiladi.
12 ball-amalda yer yuzasida tik inshoot qolmaydi.
Yer silkinishi keltiradigan talofot inshootning turiga ,konsruksiyasiga bog`liq bo`lish bilan bir qatorda, qurilish maydonlarinig muhandis- geologik sharoitiga,ya`ni tog` jinslari turlarining mustahkamlik darajasiga, xossa va xususiyatlariga bog`liq. Masalan, 1966 yili Toshkent da sodir bo`lgan yer silkinishi natijasida, shaharning yer osti suvlari sathi yer yuziga yaqin bo`lgan pastqam joylarga joylashgan imoratlar kuchli talafot ko`rdi.Shundan keyin1966 yili shahar hududida qayta muhandis-geologik xaritalash ishlari o`tkazilib, shahar markasi tuproq sharoiti nuqtai nazaridan 9 ballik mintaqaga o`tkazildi.Bu degan so`z, 9 ballik mintaqada quriladigan inshootlar konstruksiyasiga va usuliga ma`lum talablar qo`yish va ularni bajarishni talab etadi.
Seysmoaktiv hududlarda qurilish ishlarini olib borishda davlat tomonidan tasdiqlangan qonun-qoidalarga, talablarga rioya qilinmog`i lozim.Ya`ni shahar qurilishida imoratlarning balandligiga va shakliga katta talab qo`yiladi.
-Shahar hududida katta-katta ochiq maydonlarning bo`lishi,ya`ni yer silkinishi sodir bo`lgan taqdirda va undan keyin aholini yashashi uchun palatkalar qurish uchun xavfsiz joy zarur;
- Suv havzalarini bo`lishi, ya`ni zilzila vaqtida sodir bo`lishi mumkin bo`lgan yong`inlarni o`chirish maqsadida, foydalanish uchun suv zahirasiga ega bo`lishi:
-Inshootlar orasidagi masofa, inshoot balandligidan 1,5 marta uzoq bo`lishi, chunki imorat talofat ko`rganda bir-biriga ta`sir qilmasligi lozim.
Inshootlar yer silkinishiga bardosh berish xususiyatiga ko`ra 3 guruhga bo`linadi:
-A guruh- 7ballgacha chidaydigan kuchsiz seysmochidamli uylar. Bunga tuproqdan, g`ishtdan qurilgan uylar kiradi:
-B guruh- 8 ballga chidaydigan uylar. Bu uylar har xil yog`och karkaslardan tayyorlanadi (sinchli uylar)
-V guruh-9 ballgacha chidaydigan seysmochidamli uylar. Bu xildagi uylarga katta metall karkaslardan tayyorlanadigan, temir-beton konstruksiyalardan qurilgan inshootlar kiradi.
Tog` jinslari qatlamlarini qiya sath bo`ylab o`z og`irligi, gidrodinamik, gidrostatik, seusmik kuchlar ta`sirida surilishiga yer surilishi yoki yer ko`chishi deb aytiladi. Yer surilishining vujudga kelish qonuniyatlarini, bularning dinamikasini o`rganish katta ahamiyatga ega. Bu qurilish ishlarini olib borish sharoitini aniqlashda, xalq xo`jaligi inshootlarini inson hayotini saqlashda muhim omil hisoblanadi.Yer surilishi oqibatida xalq xo`jaligi katta zarar ko`radi ba`zi yirik inshootlar, yo`llar bir necha metrga surib tashlanadi, katta-katta ekin maydonlari foydalanishga butunlay yaroqsiz bo`lib qoladi butun-butun qishloqlar, shaharlar vayron bo`ladi minglab kishilar boshpanasiz qoladi, halokatga uchraydi.Yer surilishi- tog` jinsining surilish tezligi hamda suriluvchi tog` jinsini miqyos darajasiga ko`ra turli xilda bo`lishi mumkin. Jumladan, tog` jinslari surilish tezligining sekin, o`rtacha va kuchli xillari bo`lib, birinchisida surilish ber necha santimetrga, o`rtacha surilish bir necha metrga, kuchli bo`lganda esa tog` jinslari soatiga bir necha kilometrga suriladi. Mana shunday tezlikda yuz bergan surilishlar oqibatida katta falokatlar sodir bo`ladi ko`plab odamlar, va boshqa jonivorlar talofat ko`radilar.Yer surilishida ko`chgan tog` jinsining massasi bir necha million, ba`zan milliardlab metr/kubga yetadi. Markaziy Osiyo Respublikalari hududlarida ham hozirgi kungacha ko`pdan-ko`p yer surilishlari kuzitilgan. Masalan, 1973 yilda respublikamizning Ohangaron vodiysida, ATCHI deb nom olgan katta surilish, 1987 yil 7-dekabrdaTojikistonning SHarora qishlog`ida , 1991 yilda Ohangaron vodiysida sodir bo`lgan Jigariston 1994 yil 16 aprelda sodir bo`lgan Ohangaron tumanining Qora qishloq hududida sodir bo`lgan yer surilishlarini aytish mumkin.Bu joylarda davlatga va aholiga katta miqdorda moddiy- ma`naviy ziyon keltirdi.
Yer surilishining yuzaga kelishida quyidagi omillar sabab bo’ladi. –Tog` yon bag’ri etaklarining tabiiy holatini oqar suvlar suv omborlari ta`sirida buzilishi hamda rejasiz olib borilgan qurilish ishlari:
Qiya sathlarda tarqalgan tog` jismlarining xossa va xususiyatlari, mustahkamlik darajasining o`zgarishi, sug`orish ishlari, qor-yomg`ir suvlari ta`sirida namlikning o`ta oshishi:
Tog` jismlariga yer osti suvlari (gidrodinamik) va yerustki suvlari (gidrostatik) bosimining ta`siri:
-Tog` jinsi zichligini va mustahkamligining, burg`ulash hamda tog`- kovlash ishlari natijasida buzilishi:
-Tektonik va seusmik kuchlar ta`siri. Surilishlarning yuzaga kelishida hududning iqlim hamda, gidrogeologik sharoitlari va boshqalar. Tog` jinslarining qiya sath bo`ylab surilishida iqlim sharoiti eng muhim omillardan biri bo`lib, u davomli yog`ingarchiliklar kuzatiladigan yerlarda keng tarqalgan bo`ladi. Bunga sabab yomg`ir suvlari tog` jinslari qa`riga singib zarrachalar orasida yopishqoqlikni kamaytiradi natijada surilishni sodir bo`lishini tezlashtiradi. Shuning uchun ham surilishlar asosan qorlar erib, yog`ingarchilik ko`paygan mart oylarida boshlanib may iyun oylarida to`xtaydi. Yog`ingarchilik, qorlar va muzliklarning erishi natijasida daryo va suv havzalarida suv sathining ko`tarilishi daryo qirg`oqlarining yuvilishiga, ya`ni qiya sathlardagi muvazanat holatlarini buzilishiga sabab bo`ladi. Misol sifatida, Amudaryo, Zarafshon daryosi qirg`oqlarida, Chorvoq suv ombori atrofida kuzatilgan surilmalarni aytish mumkin.
Kuchli shamol ham insonlar hayotiga va xalq xo`jaligiga jiddiy zarar yetkazadigan ofatdir. Bu ofat uzoq davom etuvchi va buzish kuchiga ega.Bu ofatning tezligi 30-90 metr/sek ga etadi. O`rta Osiyo mintaqalarida shamolning kuchi 40-60m/s ni tashkil etadi. O`zbekistonning Xovos, Bekobod tumanlarida esa 50-60m/s ni tashkil etadi. Kuchli shamolning paydo bo`lishi, ya`ni atmosferada muvazanatning buzilishi natijasida havo oqimi juda katta tezlikda harakatlanib, ba`zi joylarda u o`rama harakatga aylanib ketadi. Bunday ofat oqibatida odamlarning halok bo`lishi, inshootlarning buzilishi, ekinzorlarning payhon bo`lishi, elektr, telefon tarmoqlarining izdan chiqishi va boshqa oqibatlarga olib keladi. Bu ofatlardan eng ishonchli saqlovchi omil- bu himoya inshootlari (metro,yerosti yulaklari,uylarning yerto`lalari va boshqalar) hisoblanadi. Bu ofatdan saqlanishning yana bir omili- ofat haqida odamlarni o`z vaqtida ogoh qilishdir. Hozirgi paytda ob-havoni bir necha kun oldin ayta oladigan zamonaviy uslublar yaratilganki, bularning bergan ma`lumotlariga asosan oldindan ehtiyot choralarini ko`rish mumkin bo`ladi. Xulosa qilib aytadigan bo`lsak, kuchli shamol ofati yuz berganda fuqaro muhofazasi tizimlari davlat organlari xodimlari boshchiligida qutqaruv va buzilgan joylarda tiklash ishlarini bajaradi, jabr ko`rganlarga birlamchi tibbiy yordam ko`rsatadi.
Qurg`oqchilik ofati ham O`zbekistonga xos bo`lib, ilgari bu holatga deyarli e`tibor berilmagan. Lekin keyingi yillarda ekologiyaning haddan tashqari buzilishi, suv resurslaridan noto`g`ri foydalanish va boshqa sabablar oqibatida bizning mintaqada ham bunday ofatlar aynan hozirgi paytda kuzatilmoqda. Qurg`oqchilikda odamlarning o`limi daraxtzorlar va ekinzorlarning qurishi, kuchli yong`inlarni chiqishi va turli xil kasalliklarni tarqalishiga imkon yaratiladi. Ta`kidlash lozimki, O`zbekistonda qurg`oqchilik muammosi Orol dengizi bilan bog`liqdir.
Download 19.81 Kb.




Download 19.81 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Tabiiy tusdagi favqulotda vaziyatlarda (tabiy ofatlar) fuqaro muhofazasi

Download 19.81 Kb.