Mavzu: Tаqsimlаngаn rоtаsiоn mехаnizmlаri bo`lgаn mаshinа аgrеgаti




Download 0.63 Mb.
bet1/2
Sana01.08.2021
Hajmi0.63 Mb.
  1   2

8 – ma’ruza

Mavzu: Tаqsimlаngаn rоtаsiоn mехаnizmlаri bo`lgаn mаshinа аgrеgаti

Ma’ruza rejasi:

8.1. Ikkita tarmoqli rotatsion mexanizmli mashina agregatining umumlashgan sxemasi

8.2. Ikkita tarmoqli mashina agregatining harakati differensial tenglamasi

8.3. Texnologik mashinalarning ikkita tarmoqlangan rotatsion ishchi mexanizmlari

8.4. O’z- o’zini tekshirish savollari
Adabiyotlar:

  1. В.А. Зиновьев, А.П. Бессонов. Основы динамики машинных агрегатов. Машиностроение, Москва, 1964, с. 92-99

  2. А. Джураев. Моделирование динамики машинных агрегатов хлопкоперерабатывающих машин. Фан, Ташкент, 1984, с. 55-67

  3. А. Джураев. Динамика рабочих механизмов хлопкоперерабатывающих машин. Фан, Ташкент, 1987, с. 71-81


8.1. Ikkita tarmoqli rotatsion mexanizmli mashina agregatining umumlashgan sxemasi
Paxta komlpeksi texnologik mashinalarining ko’pchilik ishchi mexanizmlari rotatsion tarmoqlangan sistemalardir. Ularning ishlashini spetsifik xususiyatiga paxta ta’sirini ularning bo’g’inlariga notekis yuklanishi kiradi. Shuning uchun bu mashina va mexanizmlarni ishlab chiqish va loyihalash, ularni real ishlash sharoitini hisobga olib, harakat dinamikasini o’rganish natijalariga asoslanishi kerak.

Ko’p massali ikkita tarmoqli sistemani umumiy ko’rinishda ko’ramiz (8.1 - rasm).



8.1 – rasm. Rotatsion mexanizmli ko’p massali mashina agregatlarini hisoblash sxemasi

8.2. Ikkita tarmoqli mashina agregatining harakati differensial tenglamasi

Ko’p massali tarmoqlangan Sistema hisoblangan mashina agregatini harakatini tasvirlovchi differensial tenglamalar sistemasi quyodagi ko’rinishda bo’ladi:



bu yerda, Мд, МК, φ1 – yurituvchining momenti, uning kritik qiymati, yurituvchi rotorini buchakli siljishi;

SК – yurituvchining sirpanishi;

I1 – yurituvchi rotorini inersiya momenti;

φ1, φ2, ..., φп, φ1’, φ2’, ..., φп– sistemaning aylanuvchi massalarini burchak siljishlari;

I2, I3, ..., In – birinchi tarmoq uchun II, III, ..., n aylanuvchi massalarni inersiya momentlari;

I2, I3, ..., In birinchi tarmoq uchun II, III, ..., n aylanuvchi massalarni inersiya momentlari;

c1, c2, c3, ..., cn-1mashina agregati birinchi tarmog’i uchun qayishqoq uzatmalarning bikrlik koeffitsiyentlari;

c1’, c2’, c3’, ..., cn-1mashina agregati ikkinchi tarmog’i uchun qayishqoq uzatmalarning bikrlik koeffitsiyentlari;

b1, b2, ..., bn-1 и b1’, b2, ..., bn-1 tegishlicha, mashina agregatining birinchi va ikkinchi tarmoqlari uchun qayishqoq uzatmalarning qovushqoq ishqalanish koeffitsiyentlari;



Download 0.63 Mb.
  1   2




Download 0.63 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Tаqsimlаngаn rоtаsiоn mехаnizmlаri bo`lgаn mаshinа аgrеgаti

Download 0.63 Mb.