Mavzu: Trassa yo‘nalishini tanlashni asosiy qoidalari




Download 23.26 Kb.
Sana22.08.2023
Hajmi23.26 Kb.
#79202
Bog'liq
MUSTAQIL ISH-WPS Office
Question Type 1, XFX amaliy 1

MUSTAQIL ISH
Mavzu: Trassa yo‘nalishini tanlashni asosiy qoidalari.
Reja:

  • Kirish

  • Trassa yoʻnalishi

  • Trassa yoʻnalishini tanlashda qoidalar

  • Xulosa

  • Foydalanilgan adabiyotlar

Avtomobil yo’llarini loyihalashda trassa yo’nalishini tanlashning bir-biridan farq qiladigan ikki holi bor.

1.Katta magistral avtomobil yo’llarini yoki yuqori toifali yo’llarni loyihalashda yo’llarning umumiy yo’nalishi va asosiy oraliq punktlar umumdavlat, ma’muriy, madaniy va mudofaa mulohazalaridan kelib chiqib belgilanadi. Bu yo’llardan asosan avtomobillarda uzoqqa va viloyatlararo yuk tashishda foydalaniladi. Magistral yo’llarning uncha katta bo’lmagan sanoat korxonalariga va aholi yashaydigan punktlarga yaqinlashuvidan yuzaga keladigan mahalliy yuk oqimlariga xizmat ko’rsatish trassani belgilashda ikkinchi darajali rol o’ynaydi va bu punktlar, odatda, aylanib o’tiladi.

2.Yuk to’planadigan va iste’mol qiladigan bir qator punktlarni o’zaro bog’laydigan sanoat va qishloq xo’jalik rayonlari yo’llarining tarmoqlarini, shuningdek, sanoat korxonalaridan, qishloq xo’jalik jamoalaridan, konlardan va yuk oqimi hosil bo’ladigan boshqa joylardan mavjud yo’llarga temir yo’l stansiyalariga va daryo pristanlariga keladigan yo’llarni loyihalash. Bu holda yo’l tarmoqlari yoki kelish yo’llarining yo’nalishi asosan mahalliy yuk oqimlariga xizmat ko’rsatish extiyojlaridan kelib chiib anilanadi. Yo’llarning trassalari xizmat ko’rsatiladigan aholi yashaydigan punktlar va yuk to’planadigan boshqa joylarga nisbatan shunday tanlanishi kerakki, yuk tashishda transport ishlari hajmi eng kam bo’lishi, yo’lovchilarni tashish yo’llari esa foydalanuvchilar uchun qulay bo’lishi kerak.

Aholi yashaydigan ikki punktni tabiiy bog’lash zarurati tug’ilganda to’g’ri chiziqli yo’l (havo yo’llari) quriladi. Biroq o’zaro bog’lanishga intiluvchi axoli yashaydigan punktlar ko’p bo’lganida har qaysi axoli yashaydigan punktni olgan boshqa axoli yashaydigan punktlar bilan bevosita bog’laydigan tarmog’ini (10.1 - rasm, a)eng qisqa yo’nalish bo’yicha qurishning iloji bo’lmaydi. Bunday yo’l tarmog’ini qurish iqtisodiy jixatdan o’zini oqlamagan va qishloq xo’jalik ishlab chiqarishidan katta yer maydonlarini xo’jasizlarcha olib qo’yishga olib kelgan bo’lardi. Shuning uchun bunday hollarda yo’l tarmog’ini belgilashda avtomobillarda yuk tashish samaradorligini yo’l qurilishiga ketadigan xarajatlarga (yer qiymati ham kiradi)qiyoslash kerak. Hozir qabul qilingan metodikaga ko’ra, yo’l tarmoqlarining eng maqbul variantini tanlashda eng kam qurilish va foydalanish xarajatlari maqbullik mezoni sifatida qabul qilinadi.

Yo’l tarmoqlarining yo’nalishi relefning ta’sirini va joyning tafsilotini hisobga olmasdan loyihalanadi, shu tarzda «xavo yo’llari» tarmog’i hosil qilinadi. Bunday «havo yo’llari» tarmog’i, joyda qidiruv ishlari olib borilganda, ayrim yo’llarning yo’nalishini tanlashda asosiy mo’ljalni beradi. Relefning ta’siri o’tib bo’lmaydigan to’siqlar-tog’ tizmalari, katta ko’llar va botqoqlangan massivlar mavjud bo’lganida hisobga olinishi kerak. Bu holda tog’ dovonlari va aylanib o’tiladigan joylar barcha yuk oqimlari majburiy ravishda tranzit o’tadigan nuqtalar hisoblanadi. Mahalliy topografik sharoitlarga ko’ra trassaning topilgan havo yo’llaridan chetga chiqishi ko’p xollarda yo’l tarmog’ining yo’nalishini texnik-iqtisodiy usullardan keng foydalanib asoslashga qarshi dalil sifatida ro’kach qilinadi. Biroq bunday chetga chiqishlarning ta’sirini ortiqcha baholab yuborish yaramaydi.

10.1-rasm. Hududning yo’l tarmog’i:

a - transport aloqalari sxemasi; b - yuk to’planadigan nuqtalarni bog’lovchi yo’llar tarmoqlarining eng qisqa uzunligi; v - ratsional qo’shilish joylarini va shahobchalarini belgilash yo’li bilan aniqlashtirilgan yo’llar tarmog’i.

Amaliy maqsadlar uchun prof. Ya.V. Хomyakning usuli qulaydir. Bu usulda yo’l tarmoqlari bir necha bosqichda loyihalanadi:

1/yuk to’planadigan, o’zaro bog’langan punktlar o’rtasidagi asosiy aloqa yo’lini tanlash. Bunda jami yo’l uzunligi va qurilish xarajatlari eng kam bo’lishi lozim;

2/ yuk tashishdagi keltirilgan yo’l-transport xarajatlarining eng kam bo’lishi mezonini qondirish uchun qo’shimcha zvenolar kiritib dastlab belgilangan tarmoqni oydinlashtirish;

3/ yo’llarning tutashish va shoxobchalanish joylarini aniqlashtirish yo’li bilan belgilangan tarmoqqa uzil-kesil tuzatishlar kiritish.

Masalani yechish yo’llarning eng qisqa bog’lovchi tarmoqlarini qurishdan boshlanadi, ya’ni «xavo yo’llarining» shunday tarmog’i quriladiki, ular tarmoqning keltirilgan uzunligi eng kam bo’lgan holda, barcha yuk to’planuvchi va yuk qabul qiluvchi nuqtalarni birlashtiradi (bog’laydi). Eng qisqa birlashtiruvchi tarmoqqa zvenolar tanlash uchun /Q ko’rsatkichdan foydalaniladi, u tashiladigan 1t yukka to’g’ri keladigan yo’l uchastkasi uzunligidan iborat. Bu ko’rsatkich keltirilgan masofa deb atalgan. Prinsip jihatidan olganda tarmoqni loyihalashda ning qiymatiga trassani uzaytirishga tuzatish koeffitsiyentini kiritish yo’li bilan relefning xususiyatlarini taxminan hisobga olish imkoniyati bor.

Prof. Ya.V. Хomyakning ishlaridan olingan misolda yo’llarning tarmoqlari qurilishini ko’rib chiqamiz.

Hisoblashlarda texnik-iqtisodiy qidiruv ma’lumotlariga asosan tuziladigan yuk tashish jadvallaridan foydalaniladi. Bunday jadvalning bir qismi 10.1 - jadvalda keltirilgan.

Qurish (yasash)ni boshlashda, transport aloqalari sxemasida eng intensiv yuk oqimlari intiladigan nuqtani tanlanadi 10.1 - rasm, a da keltirilgan hol uchun temir yo’l stansiyasining nuqtasi 1 shunday nuqtadir, unga boshqa nuqtalarning ko’pginasi intiladi. Bu nuqtalar uchun boshqa hamma nuqtalargacha bo’lgan keltirilgan masofa hisoblab chiqiladi (10.2 - jadval). Ko’rib chiqilayotgan misolning birinchi bosqichida nuqtaga eng yaqin nuqta 4 bo’lib chiqdi. Shuning uchun 1-4 chiziq bog’lovchi tarmoqning qidirilayotgan eng qisqa zvenosi bo’ladi. (10.1 - rasm, b). Keyingi hisoblashlarda 1-4 nuqtalar ko’rib chiqilmaydi va faqat ulardan boshqa nuqtalarga keladigan yuklargina xisobga olinadi.

10.1 - jadval

Yuk jo’natish punkti Quyidagi belgilangan punktlarga yuk tashish, ming t.

1

2

3



4

5

6



7

8

9



10

11 va x.k

1 x 560 700 950 150 80 85 30 45 20 10

2 560 Х 80 10 - - - 40 15 10 60

3 700 80 x 400 10 - - - - - 5

4 va h.k. 950 10 400 x - - - 10 - - 5

10.2 - jadval

1 nuqtaga yuk tashish tavsifi Yuk to’planadigan nuqtalar

1 2 3 4 5 6 7 24

1 nuqtadan masofa, m x 20,4 26,3 13,0 16,8 13,2 8,2 34,1

Тashiladigan yuklar xajmi Q,ming t x 506 700 950 150 80 8,5 50

Keltirilgan masofa x 0,036 0,038 0,014 0,112 0,165 0,096 0,683

10.3 - jadval.

4 nuqtaga yuk tashish tavsifi Yuk to’planadigan nutalar

1 2 3 4 5 6 7 24

4 nuqtadan masofa, km 13,0 12,8 15,3 x 16,9 19,8 17,2 22,7

Тashiladigan yuklar xajmi Q, ming t 950 10,0 400 x - - - 300

Bog’lovchi tarmoqqacha eng qisqa ma-sofa, km x 12,8 15,3 x 16,8 13,2 8,2 22,7

Тutashish nuqtasi x 4 4 x 1 1 1 4

Jami tashi-ladigan yuk-lar xajmi, ming t x 570 1100 x 150 80 85 350

Keltirilgan masofa x 0,022 0,014 x 0,112 0,165 0,096 0,065

4 nuqta uchun (10.3 - jadval) 3 nuqtagacha bo’lgan keltirilgan masofa eng qisqa bo’ladi. Shuning uchun 3-4 chiziq yo’l tarmog’iga qo’shiladi. Masofalarni hisoblashda 1 nuqtadan 3 nuqtagacha tashiladigan yuklar, tarmqning birinchi zvenosi 1-4 belgilanganda keyin albatta 4 nuqtadan o’tishi kerakligi hisobga olindi, va binobarin, 4-3 uchastkada yuk tashishlar hajmi 1-3 va 3-4 nuqtalar o’rtasida tashiladigan yuklarning yig’indisiga, ya’ni 1100 ming t ga teng bo’ladi. Хuddi shu kabi 2 nuqtadan 4 nuqtaga 570 ming t, shu jumladan 560 ming t 1 nuqtaga yuboriladigan yuk keladi. Shundan keyin 3-4-1 yo’nalishlar bilan 1 va 4 nuqtalarga bog’langan 3 nuqtani ko’rib chiqishda (10.4 - jadval) unga keladigan yuklarga ko’rib chiqilayotgan nuqtalardan hamda 1 va 4 nuqtalarga kelayotgan yuklarni qo’shish kerak.

10.4 - jadval.

3 nuqtaga yuk tashish tavsifi Yuk to’planadigan nuqtalar

1 2 3 4 5 6 24

3 nuqtadan masofa,km 26,3 24,9 x 15,3 18,4 35,7 7,8

Тashiladigan yuklar xajmi Q, ming t 700 80 x 400 10 - 120

Bog’lovchi tarmoqqacha eng qisqa masofa, km x 12,8 x x 16,8 13,2 7,8

Тutashish nuqtalari x 4 x x 1 1 3

Jami tashiladigan yuklar xajmi, ming t . x 650 x x 160 80 470

Keltirilgan masofa x 0,020 x x 0,150 0,165 0,017

Eslatma. Soddalashtirish maqsadida 10.2 va 10.3 - jadvallarda 8-23, 10.4 - jadvalda esa 7-23 nuqtalar grafasi (ustini) tushirib qoldirilgan.

Shuning uchun masalan 5 nuqtadan 3 nuqtagacha 150+10=160 ming t yuk keladi. 2 nuqtadan tarmoqning 3-4-1 bo’limlarigacha bo’lgan keltirilgan masofani aniqlashda undan hamma nuqtalarga keladigan yuklar, ya’ni 650 ming. t hisobga olinadi. Eng kam keltirilgan masofa 24 nuqtagacha bo’ladi va tarmoqqa 3-24 chiziqlar qo’shiladi.

24 nuqta uchun bajarilgan shunga o’xshash hisoblashlar shunday xulosaga olib keladiki, uning uchun eng qisqa keltirilgan masofa 0,016 nuqta 14 ga to’g’ri kelar ekan. Biroq, tarmoqning shaklidan ko’rinib turibdiki, uning o’rniga eng maqbuli 3-14 aloqadir, u sxemaga kiritiladi, lekin bunda masofa bir muncha uzunroq bo’lib chiqadi (0,025). olgan qamrab olinmagan nuqtalar 1,4 va 3 nuqtalarni takror ko’rib chiqishda hosil qilingan magistral yo’lga bog’lanadi.g’ sxemasi (10.1-rasm, b ga .) tashish uchun sarflanadigan yo’l-transport harajatlarining eng kam bo’lishi talabini ham to’la qanoatlantirmaydi.

Masalan, oralarida ancha ko’p yuk tashiladigan 1 va 2 punktlar 4 punkt orqali faqat aylanma yo’l bilan bog’langan, bu esa avtomobillarning ortiqcha yo’l bosishiga sabab bo’ladi. Loyihalangan tarmoqni yaxshilash uchun unga mantiqiy mulohazalar asosida, agar belgilangan tarmoq bo’yicha tashishlarning keltirilgan qiymati, transport va qurilish harajatlarini hisobga olgan holda (2-ism, 24.1-§ ga .) nuqtalarni bog’lovchi qo’shimcha zveno kiritilgan holdagiga qaraganda yuqori bo’lsa, qo’shimcha zvenolar kiritiladi. Avtomobil yo’llarining bu qo’shimcha tarmog’i 10.1-rasm, v da punktir bilan ko’rsatilgan.

Yo’l tarmoqlarini qurishning birinchi bosqichlarida uning uchastkalari yuk hosil bo’luvchi nuqtalardan tutashtirildi, bu esa ko’pgina hollarda avtomobillarning ortiqcha yo’l bosishini keltirib chiqargan bo’lar edi. Shuning uchun yo’l tarmog’i yo’llarning eng maqbul yondashish va tarmoqlanish joylarini topish yo’li bilan aniqlantirilmog’i lozim (10 rasm, v ga qarang). Yo’l tarmog’ining vazifasiga qarab qurilishning keltirilgan qiymati, ishlarning yoki tashishlar uchun vaqtning eng kam sarflanishi maqbullik mezonlari bo’lishi mumkin.

Quyidagi masalarni yechishga to’g’ri keladi.

1.Kelish yo’lining yuqori toifali yo’lga qo’shilish nuqtasini topish (10.2 - rasm, a).

10.2 - rasm. Yo’l o’q chizig’i yo’nalishini tanlashni texnik-iqtisodiy

asoslashga oid sxema:

a - shoxobcha yo’lning ancha yuqori toifali yo’lga qo’shilish nuqtasini aniqlash; b - uchta punktni bog’lovchi yo’llarning qo’shilish nuqtasini topish; v- yo’lning tarmoqlanish joyini aniqlash; g- yuk to’planuvchi bir nechta tayinlangan joylarga xizmat qiluvchi magistral yo’lning yo’nalishini aniqlash.

A punktdan V punktga harakat jadalligi Nv, S punktga esa Nc ga teng bo’lsin. Тashish uchun sarflanadigan vaqt shartidan kelib chiqib, tutashish burchagini aniqlaymiz. Magistral yo’lda harakat tezligi m, kelish yo’lidagi tezlik K yo’lning turiga va toifasiga bog’liq, bular harakat jadalligi bo’yicha aniqlanadi.

Тashish uchun vaqt sarfi quyidagini tashkil etadi.

(10.1)


Тutashish burchagi  ning eng kam tashish davomiyligiga mos keluvchi qiymati birinchi hosila dТ/dx ni nolga tenglashtirish yo’li bilan topilishi mumkin, bundan quyidagi ifoda hosil bo’ladi:

(10.2)


Ko’rib o’tilgan misolda (10 rasm, v ga .) yo’llarning tutashish joylarini aniqlashtirish qo’shimcha 27, 28, 29, 30, 31, 32 asosiy nuqtalarning paydo bo’lishiga olib keladi. Nuqta 30 ning kiritilishi ikkita 1-16 va 16-15 yo’llarning o’rniga 16-30 yo’l bilan cheklanishga olib keldi.

2. Uch punktni bog’lovchi yo’llarning birlashish nuqtasini topish.

Yo’l tarmog’ining uzunligini qisqartirish uchun uchta punktni yo’llar bilan birlashtirishda yo’llarning tarmog’ini yuk to’planadigan punktlardan uchta punkt hosil qilgan uchburchak ichidagi biror nuqtaga kelish yo’llari tarzida loyihalash maqsadga muvofiqdir (10.2 - rasm, b). Ko’rib chiqilayotgan misolda bunday xol 5-18-22 uchburchakda nuqta 32 ni topishda uchradi.

Yo’llar birlashgan nuqtaning o’rnini topish uchun nemis muxandisi Laungart tomonidan 1882 yilda bu yo’llar hosil qiladigan burchaklarni aniqlashning aniq matematik usuli taklif qilingan. Bu burchaklarda baholash uchun qabul qilingan mezonning eng kam qiymatlari qanoatlantiriladi. Biroq bu muloxazalar xavo yo’llari tarmog’i ustida yuritiladi. Joylarda yo’l o’tkazishda havo yo’llariga muqarrar ravishda tuzatishlar kiritiladi. Shuning uchun soddaroq taqribiy usuldan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bu taqribiy usul shundan iboratki, yuk to’planadigan har qaysi punktdan olgan ikki punktni birlashtiruvchi yo’lga kelish yo’lining yo’nalishi qidiriladi.

Kelish yo’llari kesishganda «xatoliklar uchburchagi» xosil bo’lib, bunda trassalash vaqtida mahalliy sharoitlarni hisobga olgan holda yo’llar birlashgan nuqtaning o’rni tanlanadi.

3.Yo’llarning tarmoqlanish joyini aniqlash.

Agar oralarida yuk tashish hajmi kam bo’lgan ikki punktni uchinchi yo’l bilan bog’laydigan yo’llar o’zaro kichik burchak hosil qilsa, u holda avval biror masofada tarmoqlanadigan birlashgan yo’lni qurish maqsadga muvofiqdir (10.2 - rasm, v). Bu masalani magistral uchastka AO ning V va S nuqtalarga boradigan shaxobchalarining yo’nalishi yuqorida aniqlangan qo’shilish burchaklariga qo’yiladigan talabalarni qanoatlantiradigan vaziyatini aniqlashdan iborat deb, qarash mumkin. Yo’llarning tarmoqlanish joyini planda aniqlash uchun shaffof qog’ozga chizilgan to’g’ri chiziqning biror nuqtasidan 1 va 2 burchaklar ostida chiziqlar o’tkazib, to’g’ri chiziqning shunday vaziyati topiladiki, bunda chiziqlar A,V va S nuqtalar orqali o’tadi.

4.Bir nechta yuk to’planadigan punktlarga xizmat qiluvchi magistral kelish yo’lining yo’nalishini aniqlash (10.2 - rasm, g).

Agar aholi yashaydigan bir necha punktlar va sanoat korxonalari bir punktga, masalan, temir yo’lga, kema to’xtaydigan joyga yoki yirik sanoat korxonasiga intilsa, ularning o’zaro transport aloqalari kam bo’lsa, har qaysi punktdan mustaqil kelish yo’llari qurish maqsadga muvofiq emas. Magistral AV kelish yo’lini o’tkazib, undan alohida punktlarga shaxobchalar o’tkazish to’g’ri bo’ladi.

Magistral kelish yo’lining o’rni kuch uchburchakligini qurish usuli bilan grafik tarzda topiladi. Yuk to’planadigan har qaysi nuqta bilan markaz o’rtasidaga harakat intensivligi yoki tashiladigan yuk hajmi bu nuqtalarni birlashtiruvchi to’g’ri chiziq bo’yicha yo’nalgan vektor sifatida qaraladi. Kuch uchburchagini tutashtiruvchi to’g’ri chiziq teng ta’sir etuvchi bo’lib, u asosiy magistral yo’nalishini ko’rsatadi.

10.2 Тrassa yo’nalishini tanlashda mahaliy sharoitlarni

hisobga olish

Yo’llarni loyihalash topshirig’ida loyihalanadigan yo’l o’q chizig’i o’tkazilishi lozim bo’lgan boshlang’ich, oxirgi va oraliq nuqtalar ko’rsatilgan bo’ladi. Bu nuqtalar tayanch punktlar deb atalib, ular sanoat, siyosiy-ma’muriy yoki madaniy markaz, transport uzellari bo’lishi mumkin. Yo’lni tayanch punktlarni bog’lovchi to’g’ri chiziqlar bo’yicha yo’l o’tkazishga intilganda ko’p sonli to’siqlarga uchrashga to’g’ri kelingan bo’lur edi, bu to’siqlarni bartaraf etish texnik va iqtisodiy jihatdan, to’g’ri chiziqdan biroz chetga chiqib, aylanib o’tishga qaraganda kamroq maqsadga muvofiqdir.

Konturli va baland to’siqlar bo’ladi. Bularning birinchisiga daryolarning burilgan joyi, aholi yashaydigan punktlar, ko’l va botqoqliklar, tuproq va geologik sharoitlari noqulay joylar, qo’riqxonalar kiradi; ikkinchisiga tog’ tizmalari, alohida balandliklar (tepaliklar), chuqur va keng chuqurliklar kiradi.

Тrassaning «havo yo’lidan» chetlashishiga yo’lning nazorat nuqtalar orqali o’tkazilishi zarurligi ham sabab bo’ladi. Nazorat nuqtalarga temir yo’llarning avtomobil yo’llari bilan kelishilgan kesishish joylari, katta suv oqimlari kesishgan joylar (bu joylar ko’priklar qurishga qulay bo’ladi), tog’ beli, shuningdek, mavjud yo’llarning foydalaniladigan uchastkalari kiradi.

Avtosurat yoki yirik masshtabli xarita bo’yicha mahalliy sharoitlarni tahlil etish yoki joyni ko’rib chiqish bir qancha nuqtalarni belgilashga imkon beradi; yo’l o’q chizig’i bu nuqtalar orqali to’siqlarni aylanib o’tishi mumkin. bu nuqtalarni birlashtirish «havo chiziqlarining» bir qancha variantlarini beradi, ular yo’l o’q chizig’ining ehtimoliy yo’nalishlarini yetarlicha yaxshi tavsiflaydi.

10.3 - rasmda tayanch punktlari orasida o’tkazilishi mumkin bo’lgan «xavo yo’lining» bir nechta variantlari ko’rsatilgan. AV uchastkada mumkin bo’lgan variantlar soni ko’lni aylanib o’tish hamda a va b tog’ bellaridan foydalanish zarurati bilan aniqlanadi. Тemir yo’lni yo’l o’tkazgich uchun mo’ljallangan chuqurlikdan o’tadigan uchastkada kesib o’tish uchun trassaning chetga chiqishi mumkinligi diqqatga sazovordir. Ko’lni aylanib o’tish uchun belgilangan v va g nuqtalari trassaning shimoliy variantining keyinchalik yana chetga chiqishi zaruriyatini keltirib chiqaradi (rasmdagi tutash chiziq). Ko’lga quyiladigan kichik suv oqimlari o’tish joyini tanlashda

10.3 - rasm. Тayanch joylar orasidagi «havo yo’llarining» variantlari.

qiyinchilik tug’dirmaydi, chunki ularni burchak ostida kesib o’tish mumkin yoki ularning o’zanlarini to’g’rilash mumkin. Navbatdagi katta to’siq-katta daryoni ko’prikli o’tish joyini tanlash shartlari bo’yicha faqat d, ye va j nuqtalarda kesib o’tish mumkin. Bu nuqtalarning joylashishi trassaning shimoliy variantini o’tkazishda oraliq V punktni aylanib o’tish va unga kelish yo’lini qurish maqsadga muvofiq ekanligini ko’rsatadi.

Janubiy variantda (rasmdagi punktir chiziq) daryo oqimi va uning boshidagi botqoqlangan uchastkalar V punktga yaqinlashishni va undan daryoning burilgan joyini aylanib o’tib,j nuqtaga yaqinlashishni ancha foydali qilib qo’yadi. Yuqori toifali yo’llar uchun yo’lning uzunligini qisqartirish maqsadida botqoq g-z ni kesib o’tish variantini ham ko’rib chiqish kerak.

Har ikki variantning keyingi yo’nalishi qo’riqxona chegaralari (i va k nuqtalar) bilan belgilanadi. qo’riqxonani yo’l kesib o’tmasligi lozim.

Plan va profil elementlarigaq uyiladigan texnik talablarga rioya qilish trassaning «havo yo’li» dan yana biroz chetga chiqishiga olib keladi. Biroq «havo yo’llariga» asosan gorizontallardan iborat planlar bo’yicha qurilgan bo’ylama profillarni taqqoslash variantlarni transportboplik va qurilish tavsiflari bo’yicha baholashga va ulardan asosiysini qabul qilishga imkon beradi. «Havo yo’llari» tarmog’ini geologik va tuproq xaritalariga chizish ham har qaysi variantning geologik sharoitlarini baholashga imkon beradi.

Yo’l o’tkaziladigan joyni tanlashda qimmatli qishloq ho’jalik yerlaridan foydalanishdan voz kechish kerak. qurilishning hamma turi, shu jumladan temir yo’llar va avtomobil yo’llarini qurishda qishloq xo’jaligi uchun mo’ljallanmagan yerlardan yoki qishloq xo’jaligi uchun yaroqsiz yerlardan, yoki sifatsiz qishloq xo’jalik yerlaridan, asosan o’rmon bilan qoplanmagan yerlardan, yoki butazorlar yoxud kam qimmatli o’simliklar bilan qoplangan yerlardan foydalanish kerak. Yo’llarni qo’riqhonalar xududidan, o’rmonzor, bog’lardan, me’morchilik va tarixiy yodgorliklarga bevosita yaqin joylardan, qirg’oqlar himoyalangan polosalardan, o’rmonsiz cho’l rayonlarida alohida daraxtzorlar orqali o’tkazmaslik kerak.

Qishloq ho’jalik ishlab chiqarishining va yerdan foydalanuvchilarning qimmatli yerlarini olib qo’yish bilan bog’liq zararlarini qurilish tashkiloti to’lashi kerak, buni trassani tanlashni texnik-iqtisodiy asoslashda hisobga olish zarur.

Yo’l o’q chizig’ini tanlash uning uzunligini, barcha kapital yo’l inshootlarining joylashuvini, qurilish ishlarini bajarish qiymatini va, eng asosiysi, yo’ldan keyingi ko’p yillik foydalanishda avtomobil transporti ishining ko’rsatichlarini oldindan belgilab beradi. Тexnik-iqtisodiy mulohazalar bo’yicha yo’lning belgilangan yo’nalishidan ortiqcha chetga chiqib ketmasdan uni shunday joylashtirish kerakki, tabiiy sharoitlar yo’l qurilishini va keyinchalik undan foydalnishni murakkablashtirmaydigan bo’lsin.

Bunda, yo’lga topografik, geologik, gidrologik va ob-xavo sharoitlarining ta’sirini ko’rib chiqish bilan bir vaqtda, yo’lga yondosh yerda odamning ongli faoliyati natijasida yuz beradigan o’zgarishlarni - suv omborlarini qurish, botqoqliklarni quritish, irrigatsiya ishlarini bajarish, daraxtlar o’tazish va hakozolarni ham hisobga olish lozim.

Yer qazish ishlarini olib borishning hozirgi mexanizatsiyalashtirilgan usullari eng turli-tuman grunt sharoitlarida turg’un yo’l poyi qurishga imkon beradi, biroq bu ishlarning juda qimmatga tushishi ko’pchilik xollarda gidrogeologik sharoitlari noqulay bo’lgan uchastkalarni aylanib o’tish variantlari maqbul ko’riladi, biroq bu hol yo’l o’q chizig’ining haddan tashqari uzayib ketishi bilan boqliq bo’lmasligi kerak.

Тrassani tanlashda ob-xavo sharoitlaridan asosiy shamol yo’nalishini hisobga olish zarur, yo’lni qor bosishi,qum saxrolarida esa qum bosishi ana shunga bog’liqdir. Hamma vaqt trassaning shunday o’tkazilishi maqbul quriladiki, qish davrida yo’lga qor olib keladigan xavzalar maydoni kichik bo’lishi va qorni to’xtatib qoluvchi o’simliklar bilan qoplangan bo’lishi kerak.

Kesishadigan suv oqimlarning gidrologik rejimi ular kesishgan joyni va ko’priklarning zarur o’lchamlarini tanlashga ta’sir etadi, ba’zi hollarda esa yo’lni daryo vodiylari bo’ylab trassalash imkoniyatini belgilaydi. Kesishadigan suv oqimlaridagi katta suv sarfi, yirik. qimmatga tushadigan sun’iy inshootlar qurish zaruriyatini tug’diradi, bu esa ko’pincha trassani suv ayirg’ichga yaqinlashtirishni maqsadga muvofiq qilib qo’yadi.

Yo’lning ishlashida uning daryo tomonlariga nisbatan joylashuvi katta ahamiyatga ega. Тurli tuzilishdagi yon bag’irlarning quyosh issiqligi yutish miqdori juda katta darajalarda o’zgarib turadi. Janubiy yonbag’irlar qordan avvalro tozalanadi va shimoliy yonbag’irlarga qaraganda tez quriydi. Ularda nurash va eroziya jarayonlari jadalroq kechadi. Prof. B.N. Vedenisovning hisoblashlaricha, o’ymaning janubiy nishabi, quyosh 300 gorizont tepasida turganida, shimoliy nishablikka qaraganda 14 marta ortiq quyosh issiqlik energiyasini to’playdi. Vodiy nishabligini to’g’ri tanlash ko’pincha qurilayotgan yo’lning ishini tubdan yaxshilashi mumkin.

10.3 Тrassani o’tkazishda qor bosishini hisobga olish

Shamol tezligi 3-5 m/s bo’lganida qor qoplami ucha boshlaydi va havoning yerga yaqin qatlamida qo’chadi (qorli izg’irin). Bunda qorning 90% gacha miqdori qor qatlamlarining (pastki 10 sm qismida) bevosita yuzasida ko’chadi (xarakatlana boshlaydi). Agar qorning ko’chishi qor yog’ayotganida yuz bersa, yer bag’irlab esadigan bo’ron hosil bo’ladi.

Agar qorni ko’chirayotgan havo oqimining yo’lida (qor-shamol oqimi) baland to’siqlar, masalan, yo’l ko’tarmasi uchrasa, havo oqimlarining xarakat sharoitlari o’zgaradi. Yer sirtidan biror balandlikda relefning o’zgarishi shamol tezligiga ta’sir etmaydi. Pastki qatlamlardan havo oqimi o’z yo’lida to’siqlarni yalab o’tib, kichik kesim orqali o’tishi kerak. Bunda qor shamol oqimining (bo’ronning) tezligi ortadi, biroq to’siqqa yaqin joyda tinch (xarakatsiz) joy - aerodinamik soya hosil bo’ladi, bu joydan ko’chayotgan qorning katta qismi o’tiradi. Тo’plangan qor uyumi nishabi 1:7-1:10 nisbatda bo’ladi deb hisoblash mumkin. Joyning pastliklari ustida oqim kengayadi, uning tezligi kamayadi va qorning bir qismi pastlikni to’ldiradi.

Avtomobil yo’llarining tuproq ko’tarmasi (yo’l poyi) qor-shamol oqimining xarakati uchun sezilarli to’siq hisoblanadi. Uning yaqinida o’tirib qoladigan qor qoplami uyum hosil qilib, xarakatlanishni qiyinlashtiradi, ba’zan esa to’xtatib qo’yadi. Yo’llarni qor bosishi ularning ko’ndalang kesimiga, atrofdagi joylardan yo’lga kelib tushadigan qor midoriga bog’liq.

Ko’tarmalar, o’ymalar yonida va ularning past-baland joylarida qor qatlamlarining hosil bo’lishi (10.4 - rasm) yo’lning yon tomon qiyaliklari yonida tinchlik zonalarining hosil bo’lishiga va yon tomon qiyaliklarining keskin burilgan joylaridagi uyulmalarga bog’li.q Agar yo’lga qish davrida kelgan qor miqdori kutarmalarning yoki o’ymalarning yon tomon qiyaliklaridagi aerodinamik soyalarning chegaralarida o’tirib oladigan qor miqdoriga qaraganda kamroq bo’lsa, yo’l uchastkasini qor bosmaydi deb hisoblash mumkin. Biroq, bu xulosa faqat yo’l chetlarida hosil bo’ladigan qor uyumlarini yo’lni rotorli qor tozalag’ichlar bilan tozalashda yo’l yonidagi joyga o’z vaqtida tashlanganda to’g’ri bo’ladi. Aks xolda ular to’siq hosil qiladi va yo’llarda yangi qor atlamlari hosil bo’ladi.
10.4-rasm. Yo’l poyini qor-shamol oqimi aylanib o’tganida qor yotqiziqlarning hosil bo’lish sxemasi:

a - ko’tarma; b - sayoz o’yma; v - chuqur o’yma; g - shamol yuqoriga esadigan tog’yon bag’irdagi tokcha; d - shamol pastga esadigan tog’ yon bag’irdagi tokcha;

1 -qor-shamol oqimi; 2 - qor yog’adigan zona; 3 - qorni shamol uchirib ketadigan zona.

Yo’lga kelib tushadigan qor miqdori yog’ayotgan qor xajmiga, shamol kuchiga, qorini shamol uchirib keladigan maydonning kattaligiga va qorning yo’lida uchraydigan to’siqlarga (o’simliklar, yer sirtining notekisliklari) bog’li.

Yog’adigan qor miqdori ob-xavo stansiyalarining ma’lumotlari yoki qor qoplamining o’rtacha ko’p yillik balandligi xaritalari bo’yicha, shamol tezligi va yo’nalishi esa ob-havo ma’lumotnomalari bo’yicha aniqlanadi. Yo’lga tushgan qorning eng ko’p miqdori (yo’lning 1 metriga m3 hisobida) quyidagicha aniqlanishi mumkin:

,

bu yerda k - qor to’playdigan xavzadan kelib tushadigan qor, yog’gan qor xajmining ulushlarida; h -qor qatlamining qalinligi, m; L - qor to’planadigan xavzaning uzunligi, m;  - qishdagi shamollar yo’nalishi bilan yo’l o’rtasidagi burchak, qishki asosiy shamollar yo’nalishi bo’yicha aniqlanadi; - qor to’planadigan xavza sirtining notekisliklari to’sib oladigan qor miqdori; bunda uchirib ketilmasdan olgan qor qatlamining qalinligidan baland bo’lgan notekisliklargina hisobga olinadi.



Agar harakatlanayotgan qor yo’l oldida to’sib olinadigan bo’lsa, yo’lni qor bosmaydi, deb hisoblash mumkin.

Yo’lga kelib tushadigan qor miqdori (10.5 - rasm), tozalab yo’qotiladigan va to’siqlar to’sib qoladigan qor miqdorini hisobga olgan xolda, qor balansini ketma-ket hisoblash usuli bilan aniqlanadi.

Qolgan boshqa teng sharoitlarda trassani shunday o’tkazish ma’qulki, bunda qor to’planadigan xavzalar maydoni, asosiy shamol yo’nalishini hisobga olganda eng ko’p bo’ronlar bo’lib turadigan oylar mobaynida, eng kam bo’lsin, ya’ni yo’lga kam qor kelib tushsin. Asosiy shamol yo’nalishi bilan 300 dan kichik burchak xosil qiladigan yo’l uchastkalarini qor kam bosadi.

Yo’llarni pastlik joylardan o’tkazishdan qochish kerak, chunki bu yerlarni hamma vaqt qor ko’p bosadi. Ularni eng qisqa yo’nalish bo’yicha kesib utilgani ma’qqul.

O’ymalarda va tokchalar bo’yicha tepalikning yon bag’ri bo’ylab o’tkazilgan yo’l uchastkalarini qor hamma vaqt ko’p bosadi. Хuddi shu sharoitlarda ko’tarmalar va yarim o’yma - yarim ko’tarmalarni qor birmuncha kam bosadi. qor bosishini kamaytirish uchun shamolga qaragan yon bag’irlarda yo’lni iloji boricha yuqori qismiga yaqinlashtirish kerak, chunki qor qatlamlarining yuqorigi chegarasi odatda yonbag’ir tagidan 5-10 m balandlikda joylashadi. Shamolga teskari yonbag’irlarda trassani yonbag’ir etagining pastki qismida yoki xatto vodiy bo’ylab yonbag’ir etagidan 80-100 m oraliqda o’tkazilgani ma’qul.
10.5-rasm. Yo’lga shamolda keladigan qor miqdorini aniqlash uchun sxema:

a - qor to’plash havzasining plani; b - yo’lga uchib keladigan va tutib olinadigan qorni aniqlash sxemasi; 1 - o’rmon chegarasi; 2 - aerodinamik soya chegaralari.

10.4 Suv oqimlarini kesib o’tish

Avtomobil yo’llari juda ko’p doimiy va davriy oqadigan suv oqimlarini kesib o’tadi.

Avtomobil yo’llaridagi ko’priklarni va quvurlarni shunday joylashtirish kerakki, baland suvlarni to’sqinliksiz o’tkazish ta’minlangan, qurilishlarda tejamkorlik talablariga rioya qilingan va avtomobillarning xarakatiga qulaylik yaratilgan holda trassaning ravonligi buzilmasligi kerak. Suv oqimlarini tik kesib o’tish qancha tejamli va maqsadga muvofiq bo’lsa ham, yo’llarni loyihalashning hozirgi texnik shartlari kichik va o’rtacha ko’priklarga va ko’tarma tagidagi quvurlarga xech qanday cheklanishlar quymaydi, ularning joylashuvini trassaning ravonligiga bog’liq qilib qo’yadi hamda ularni plan va profilning xar qanday uzunliklarida qurishga yo’l qo’yadi. Soyni qiyalama kesib o’tishda quvurlarni soy o’qi bo’yicha trassaga nisbatan burchak hosil qilib joylashtirish maqsadga muvofiq. Agar suv oqimi o’qi va vodiy o’qi parallel bo’lmasa, o’zanni to’g’rilashni loyihalash tavsiya etiladi, bu sun’iy inshootlar qurish ishlarini quruq joyda kovlangan kotlovanda bajarishga imkon beradi.

Yo’l toifasi qancha yuqori bo’lsa, suv oiqmini tikkasiga kesib o’tish niyatida yo’l o’q chizig’ini o’zgartirishdan voz kechish to’g’ridir. Shuning uchun yuqori toifali zamonaviy avtomobil yo’llarida tepalik va tog’lik joylarda trassaning ravonligini ta’minlash uchun planda va bo’ylama profilda egri chiziqli joylarda katta ko’priklar keng qo’llanila boshladi (10.6 - rasm). Lekin bu usul inshootlarning va qurilishning murakkablashuvi bilan bog’liq.

Zamonaviy avtomobil yo’llarining qiymati yuqoriligi va avtomobillarning ortiqcha yo’l o’tishi xamda noqulay kirish yo’llarida tezlikning pasayishi hatto katta proletli ko’priklarni yo’l elementlari deb qarashga majbur etti, ular yo’lning umumiy yo’nalishidan ajralib turmasligi va transport oqimining xarakat rejimiga biror-bir o’zgarishlar kiritmasligi kerak.

Egrilarda quriladigan ko’priklarning konstruksiyalari egri chiziqli joyda yo’l planiga va ko’ndalang profiliga quyiladigan (virajlar, qatnov qismni kengaytirish, o’tish egri chiziqlarini kiritishga oid) barcha talablarga javob berishi kerak.

Katta suv oqimlarini kesib o’tishda qiyshiq ko’priklarning qurilishi ko’prikli o’tish joyning qiymatini ancha oshiradi va rostlovchi inshootlar qurish bilan bogf’liq. Katta daryoga qurilgan ko’prik 1 metrining qiymati 1 m yo’lning qiymatidan bir necha baravar ortiq. Katta ko’prik yirik muxandislik inshooti sifatida daryoning baland suvlarni o’tkazib yuborish qulay joyiga qurilishi kerak. Bu - o’zanning turg’unligi va yuvilmasligini ta’minlaydi va kemalar yurish talablarini qondiradi.

10.6-rasm. Egrilikdagi ko’priklar:

a - plandagi egrilikda qurilgan ko’prik; b - vertikal egrilikda qurilgan ko’prik.
Avtomobil harakati nuqtai nazaridan katta ko’prikli o’tish joyning qulayligi asosan planda va bo’ylama profilda ko’prikka o’tiladigan ravon yo’llarning qurilishi bilan ta’minlanadi.

10.5 Тepaliklardan o’tish va yonbag’irlarda

yo’l (trassa) ning uzayishi

Daryo vodiylaridan o’tishda va tog’ beliga (sedlovina) uncha baland bo’lmagan tepaliklar qatori orqali ko’tarilishda qiyaliklari texnik talablar bo’yicha chegaraviy joiz qiymatidan ortib ketadigan uchastkalar uchraydi. Bunday joylarda trassani ikki usulda o’tkazish mumkin (10.7 - rasm). Birinchi usulda pastda baland ko’tarma qurib, va yuqorida chuqur o’yma qazib, tepalik yonbag’ri bo’ylab chegaraviy qiyalikda to’g’ri ko’tariladi. Ikkinchi usulda havo yo’lidan bir tomonga chetga chiqib, tepalikni yonbag’irdan xuddi o’sha qiyalikda o’tiladi,biroq yer qazish ishlari hajmi kam bo’ladi. Bunda trassa uzayadi. Avtomobillarning bosib o’tadigan yo’li ortadi va yo’l qurishda olingan tejam vaqt o’tishi bilan avtomobillardan foydalanish xarajatlari o’sishi bilan yo’qqa chiadi.

O’tish turidagi to’shamali va harakat jadalligi kam bo’lgan past toifali yo’llar uchun yonbag’ir bo’ylab trassa o’tkazish varianti eng maqbulidir. Aksincha, yuqori toifali yo’llar uchun trassani qisqartirishdan erishiladigan yutuq shubhasizdir va o’ymaning chuqurligi yoki quriladigan ko’tarma balandligi texnik muloxazallarga ko’ra yo’l qo’yib bo’lmaydigan joylardagina yo’lni rivojlantiriladi, ya’ni o’zaytiriladi.

Past tepalikli va past-baland joylardan o’tgan yo’llarda yonbag’irlarni eng katta, va ba’zan istisno tariqasida ruxsat etiladigan qiyaliklardan foydalanib eng qisqa masofa bilan o’tishdek ba’zan uchrab turadigan hollarni mutlaqo noto’g’ri deb hisoblanishi kerak. Uzun tik ko’tarilishlarni sekinyurar og’ir yukli avtomobillar va avtopoyezdlarning bosib o’tishi qiyin, tushish uchastkalarida esa qoplama sirti sirpanchiq bo’lganida katta tezlikda ketayotgan avtomobillar ko’pincha avariyaga uchraydi. Тexnik ko’rsatkichlari yuqori bo’lgan yo’ldagi bitta shunday uchastka yo’lning transportboplik sifatlarini keskin yomonlashtiradi.

10.7-rasm. Тog’ yon bag’iri bo’yicha trassani o’tkazish variantlari:

a - plan; b - bo’ylama profillar.

Belgilarning balandlik farqlari katta bo’lgan qisqa masofani bosib o’tish zarurati bo’lganida yo’lni yonbag’ir bo’ylab sun’iy tarzda rivojlantirishga to’g’ri keladi.qiya uchastkada trassaning zarur uzunligi

bu yerda H - bosib o’tiladigan balandlik belgilarining farqi, m; ij - joiz bo’ylama qiyalik (o’nli kasrlarda ifodalanadi).

Yo’l o’tqazishda berilgan qiyalikka rioya qilish zarur bo’lgan qiyaliklarda va murakkab relefli uchastkalarda trassaning yo’nalishi gorizontallarda chizilgan yirik masshtabli xaritalarda oldindan belgilanadi. Тrassa variantlarini o’tqazish mintaqasi balandliklar va plandagi to’siqlar borligini xisobga olib va joyning muxandislik-geologik sharoitlarini va, birinchi navbatda o’pirilishlar (siljishlar) xavfini tahlil qilib tanlanadi.

Тrassaning planda gorizontallarda chizilgan aniq o’tqazish joyi qo’shni gorizontallar orasidagi masofani sirkul bilan ketma-ket belgilab aniqlanadi, bu gorizontallar trassalashda qabul qilingan bo’ylama qiyalikka mos keladi. Gorizontallarni h oralatib (metrlarda) kesganda va qabul qilingan i bo’ylama qiyalikda (mingdan bir ulushlarda) qo’shni gorizontallar orasidagi masofa L=h/i (metrlarda) ni tashkil etishi kerak.

Berilgan qiyalikdagi chiziqlarning vaziyati gorizontallar orasidagi kesmani sirkul bilan ketma-ket olib qo’yish yo’li bilan topiladi (10.8-rasm).

10.8-rasm. Gorizontallarda plan bo’yicha berilgan qiyalikda yo’lning o’q chizig’ini o’tkazish usuli:

1 - berilgan qiyalik chizig’i; 2 - berilgan qiyalikdagi chiziqni to’g’rilaydigan o’q chizig’i (trassa).

10.9-rasm. qo’shni egri chiziqlarni joylashuvi:

a - teskari egri chiziqlar; b - viraj nishabliklari bir hil bo’lganida bir tomonli doiraviy egri chiziqlarni bevosita tutashtirish; v - viraj nishabliklari turlicha bo’lganidagi bir tomonli egri chiziqlar (ikkita burilish burchagi bitta burilish burchagi bilan almashtirilgan ancha muvaffaqiyatli yechim punktir bilan ko’rsatilgan); g - kichik radiusli egri chiziqni bevosita A nuqtada tutashuvi o’tish egri chiziqlari bilan almashtirish.

Bunda trassaning oldindan belgilangan yo’nalishini mumkin qadar saqlab qolishga intilinadi. Hosil qilingan egri chiziq ayrim joylarda to’g’rilanadi: hosil bo’lgan burchaklarga doiraviy va o’tish egri chiziqlari chiziladi, buning uchun xarita masshtabida kesilgan shaffof andazalardan yoki EHM dan foydalaniladi. EHM ga gorizontallardagi belgilarning koordinatalari kiritiladi va klotoid yoki splaynlar ichki chiziladigan dasturlardan foydalaniladi. Chunki dastlab belgilangan teng qiyaliklarining siniq chizig’i bunda to’g’rilanib, uning qiyaligi ortganligidan trassa yo’nalishini belgilashda qiyalik belgilanadigan 10-15% kam qilib olinadi. Тepa yonbag’ri bo’ylab o’tkazilgan trassa o’z yo’nalishini tez-tez o’zgartirib turadi. Burilish burchaklarining cho’qqilari asosan joy relefiga ko’ra aniqlanadi, biroq planda qo’shni egriliklarni joylashtirishga ham bog’liq. Shuning uchun gorizontallar chizilgan plan bo’yicha yo’l o’tkazish jarayonida hamma vaqt o’tish egri chiziqlarini va bir nishablikka o’tishni joylashtirish imkoniyatini tekshirib turish kerak.

qo’shni egri chiziqlarni birlashtirish hollari 10.9 - rasmda ko’rsatilgan.

10.6 Yo’l o’q chizig’ini (trassani) aholi yashaydigan

joylar yaqinida o’tkazish

Avtomobil yo’llarida ham mahalliy, ham tranzit yuklarni tashish bu yo’llarni aholi yashaydigan oraliq punktlari bilan bog’lashni taqoza etadi. Bunda tranzit harakatni o’qtazib yuborish va yo’lni shaharning turli tumanlari bilan qulay bog’lash masalalari yuzaga keladi.

I-III toifali yo’llar trassalarini aholi yashaydigan punktlar yaqinida o’tkazish masalasini hamma vaqt kelish yo’llari qurib, aylanib o’tish foydasiga hal etish ma’quldir. Тranzit harakatni aholi yashaydigan punkt orqali o’tkazish mahalliy yo’l harakatini qiyinlashtirib qo’yadi. Intensiv harakatli yo’l aholi yashaydigan punktni bir-biridan ajratib qo’yadi va bu bilan uning xo’jalik xayotini qiyinlashtiradi. Piyodalar bilan yo’l-transport hodisalari xavfi ortadi, ko’cha shovqini kuchayadi va avtomobil dvigatellari ishlab chiqargan gazlar bilan havoninig ifloslanishi ortadi. Тranzit harakat bilan ketayotgan avtomobillarning tezligi aholi yashaydigan punkt chegarasida pasayadi; yo’lga qarash, ayniqsa,qordan tozalash qiyinlashadi.

I-III toifali yo’llarni, odatda kirish yo’llari qurib, axoli yashaydigan punktlarni aylanib o’tadigan qilib o’tkazish kerak. Yo’ldan aholi yashaydigan punktni rivojlantirish bosh rejasi bo’yicha qurilishlar chegarasigacha bo’lgan masofa kamida 200 m bo’lishi kerak.

Aholi yashaydigan punkt chegarasida asosan tranzit harakatli yo’l qurilishini doim muvaqat tadbir deb qarash lozim. Ayni bir vqtda tranzit harakatli yo’lni shaxarni aylanib o’tadigan qilib o’tkazish varianti ko’zda tutilishi kerak, bu ish harakat jadalligi ortganida amalga oshirilishi zarur.

Aholisi bir necha yuz ming bo’lgan shaharlar, odatda bir necha magistrallarning kesishish tugunlari hisoblanadi. Shahar chegarasiga kirmasdan tranzit harakatni o’tkazib yuborish muammosi bilan bir qatorda aholi yashaydigan yirik punktlarda shaharga shahar atrofidan intensiv harakat oqimini kiritish to’g’risidagi murakkabligi kam bo’lmagan masala ham tug’iladi. Bir qancha mamlakatlarda o’tkazilgan kuzatish natijalarini umumlashtirish umumiy harakat oqimi Ntr da (aholi yashaydigan punktlar W dagi aholi sonidan % hisobida,) tranzit avtomobillari ulushining quyidagi bog’liqligiga olib keladi:


Тrassani aholi yashaydigan yirik punktga kiritishda punktning rejasiga, mavjud transport tarmog’ining o’rniga, sanoat korxonalarining joylashuviga, ma’muriy-siysiy va madaniy-ho’jalik mulohazalarga qarab, asosiy ko’chalarni kesib o’tish, shaxar chetidan o’tib kesib o’tish va rejalashtirilgan hudud chegaralariga urinma bo’yicha qo’shilish hollari bo’lishi mumkin. Aholisi 300-500 ming bo’lgan shaharlar ularning rejalangan chegaralariga trassaning urinma bo’yicha qo’shilishi maqsadga muvofiqdir, bunda shahar bilan bog’lanish qulay bo’ladi va aholi uchun tranzit harakatdan keladigan noqulayliklar bartaraf etiladi.

Bir nechta avtomobil yo’llari kesishadigan, transport tugunlari hisoblangan aholi yashaydigan punktlarda tranzit harakatni bartaraf etish uchun aylanib o’tish yo’llari (halqa yo’llar) quriladi. Halqa yo’l trassasi, odatda, shaharning rejalashtirilgan hududining bevosita chegarasi yaqinida yotqiziladi. Bu holda halqa yo’llar tranzit harakat sharoitini yaxshilabgina qolmasdan, bilki shahar chekkalari orasida shaxar ichida yuk tashishlarni ham yengillashtiradi, uning markaziy tumanlarida yuk tashishni kamaytiradi, shaharning radial magistrallaridan yuk tashishlarning taxminan 2/3 qismini chetlatadi, bularning yo’l bosib o’tish uzunligi halqa uzunliginining taxminan choragini tashkil etadi.

Katta shaharlarda, shuningdek shahar markazlaridan 10-20 km oraliqda turar joy binolari va zavod inshootlari qurilgan sanoat tumanlarida, yo’lovchilarni va yuklarni tashishga ko’p vaqt sarflanadi. AQSh va Yaponiyaning bir qator shaharlarida markaziy tumanlarning shahar chekkasi bilan aloqasini yaxshilash maqsadida shahar magistral yo’llari (tezkor kirituvchi yo’llar) qurilgan. Bu yo’llarda shaharga qo’shilgan avtomobil magistrallaridan keladigan transport oqimlari, shuningdek, bir tuman ikkinchi tumanga yoki shahar chekkasidan markazga keladigan transport oqimlari mahalliy shahar ichra harakatdan ajratib qo’yiladi. Ularda shaxar sharoitlarida trassa o’tkazish qiyinligi sababli 60-80 km/soat tezlikda to’xtovsiz harakat qilish mumkin. Bu shahar avtogmobil magistrallari ko’chalar tepasida estakadlar bo’yicha va daryolar bo’ylab, o’ymalarda (qazilmalarda), tonnellarda hamda daryolarning qurigan o’zanlari bo’ylab yotqiziladi (10.10 - rasm).



10.10 - rasm. Тezkor shaxar ko’chalarining konstruktiv yechimlari:

a - ko’cha ustidagi estakada; b - daryoning quritilgan o’zani bo’yicha o’tkazilgan ko’cha; v - daryo ustidan o’tkazilgan estakada; g - daryo tagidan o’tkazilgan tunnel; 1 - daryo toshqinini o’tkazib yuboruvchi keng uvur (kollektor); 2 - suv oqimi.
Download 23.26 Kb.




Download 23.26 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Trassa yo‘nalishini tanlashni asosiy qoidalari

Download 23.26 Kb.