Mavzu: tuproqshunoslik va dehqonchilik




Download 51.02 Kb.
Sana09.12.2022
Hajmi51.02 Kb.
#33815
Bog'liq
Dehqonchilik
Mustaqil ishlar mavzusi, Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Олий Мажлис, 1-ekonometrika MT 531-532-533-21, Adabiyot fanidan 4-semestr uchun test topshiriqlari, Integratsiya 2-ma\'ruza, Doc1, 5-Модель, 58545566, 22Чориев Ж. ДИСС такдимот 051222, AYDOS, lets-have-breakfast-oneonone-activities-tests-warmers-coolers 7882, Xujjat, 2 5201897787133801844, Pardayeva Xolida

Mavzu: TUPROQSHUNOSLIK VA DEHQONCHILIK
Toshkent – 2018 UO‘K 631.4(575.1)(075.8) KBK 41.4уа73 P 22 A.Ramazonov, S.Buriyev.
Tuproqshunoslik va dehqonchilik. − T.: “Barkamol fayz media”, 2018, – 256 bet.
KIRISH
Mustaqil O‘zbekistonning kelajakda barqaror rivojlanishida agrar soha tarmoqlarini boshqarish, ishlab chiqarishni tashkil etishni takomillashtirish va bozor munosabatlari talablariga moslashtirish muhim strategik tamoyil hisoblanadi. Mazkur o‘ta muhim ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy ahamiyatga molik muammolar yechimini ta’minlash doirasida Respublikada keng qamrovli tashkiliy-boshqaruv, tashkiliy-texnologik shakllari qo‘llanilmoqda, ularning moddiytexnik va moliyaviy ta’minoti yaratilgan. Respublikaning Birinchi Prezidenti I.Karimov tashabbusi, ko‘rsatmalariga muvofiq agrar sohada asosiy ishlab chiqarishni tashkil etish va yuritishning boshqaruv tizimini takomillashtirish, qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirishda zamonaviy, ilg‘or, jadal agrotexnologiyalarni amaliyotda keng qo‘llashga oid farmoyishlar, qarorlar qabul qilindi va amaliyotda qo‘llanilmoqda.
1993-yil 6-maydagi O‘zbekiston Respublikasining “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida” gi Qonuni; 1998-yil 1-yanvardagi O‘zbekiston Respublikasining “Yer kodeksi to‘g‘risida” gi Qonuni; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2013-2017-yillar davrida sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yanada yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 3-noyabrdagi “2015-2017-yillar davrida qishloq va suv xo‘jaligi tarmoqlarini oliy ma’lumotli yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlashni yanada takomillashtirish choratadbirlari to‘g‘risida” gi 311-sonli qarori; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-2909-sonli Qarori; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-maydagi “Qishloq va suv xo‘jaligi sohalari uchun muhandis-texnik kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3003-sonli qarori.
Fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi va uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi. «Tuproqshunoslik va dehqonchilik» fani 1- va 2-bosqichlarda o‘qitiladi. Dasturni amalga oshirishda o‘quv rejasida qabul qilingan matematik va tabiiy (oliy matematika, informatika va axborot texnologiyalari, kimyo, ekologiya) va umumkasbiy (injenerlik geodeziyasi, geologiya va gidrogeologiya asoslari va h.k.) fanlaridan yetarli bilim va ko‘nikmalariga ega bo‘lishlari talab etiladi. Fan bo‘yicha ma’ruza, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari olib boriladi. Darslar davomida talabalarning laboratoriyada mustaqil ishlashi uchun sharoitlar yaratiladi. Fanning ishlab chiqarishdagi o‘rni. Qishloq xo‘jaligida asosiy ishlab chiqarish vositasi tuproq hisoblanadi. Ularning holatini o‘rganish va yetishtirilayotgan ekinlarning biologik xususiyatlarini, yashash sharoitlariga bo‘lgan talabini maqbul darajada ta’minlovchi agrotexnik, agro− va gidromeliorativ tadbirlarni tabaqalashtirilgan holda, tuproq-iqlim sharoitlarni nazarda tutgan holda amaliyotda qo‘llashga bog‘liq. Fanni o‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar. «Tuproqshunoslik va dehqonchilik» fani talabalar tomonidan o‘zlashtirishida o‘qitishning ilg‘or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi informatsion-pedagogik texnologiyalarni tatbiq etishga katta e’tibor beriladi. Fanni o‘zlashtirishda darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, ma’ruza matnlari, tarqatma materiallari, elektron materiallar, virtual stendlar hamda ishchi holatdagi tuproq monolitlari va namunalaridan foydalaniladi. Ma’ruza, amaliy va laboratoriya darslarida mos ravishdagi ilg‘or pedagogik texnologiyalardan keng foydalaniladi.
I qism. TUPROQSHUNOSLIK 1.1. Tuproqning hosil bo‘lish jarayoni Tuproq уег sharidagi barcha qobiqlardagi jarayonlarda muhim ahamiyatga ega vа bir qator vazifalarni bajaradi. Tuproqning hosil bo‘lishi nihoyatda murakkab biofizik-kimyoviy jarayondir. Tuproqning hosil bo‘lish jarayoni deganda, moddalar hamda energiyaning tuproq qatlamida o‘zgarishi va harakati natijasida hosil bo‘lgan moddalar yig‘indisi tushuniladi. Bu faqat tirik organizmlar – yuksak o‘simliklar va mikroorganizmlarning o‘zaro ta’siri tufayli sodir bo‘ladi. Tuproq tog‘ jinslarining nurashi mahsulidir. Lekin tuproq o‘zining bir qancha xususiyatlari bilan tog‘ jinslaridan keskin farq qiladi. O‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan tabiiy jins hisoblangan tuproqning hosil bo‘lishida nurash va tuproq hosil qiluvchi jarayonlarning о‘zarо munosabati muhim ahamiyatga ega. Tuproq deb, yerning ustki qismida joylashgan va o‘simliklarning rivojlanishi uchun sharoit mavjud bo‘lgan unumdor qatlamiga aytiladi. Tuproqning hosil bo‘lishida bevosita qatnashuvchi jarayonning material va energetik asoslarini yaratuvchi omillarga quyidagilar kiradi:
1.Tuproq hosil qiluvchi ona jins. Tog‘ jinslari, har xil cho‘kindilar, tabiiy kuchlar, haroratning o‘zgarishi, atmosfera yog‘inlari, shamol va yuksak o‘simliklar ta’sirida yemirilishi natijasida har xil kattalikdagi zich joylashmagan, o‘zining petrografik va mineral tarkibini saqlab qolgan moddalar hosil bo‘ladi. Yemirilish fizik (tabiiy kuch, harorat, shamol ta’sirida), kimyoviy (atmosfera tarkibidagi har xil gazlar, bug‘lar ishtirokida) va biologik (o‘simlik va organizmlar hamda ularning qoldiqlari ta’sirida) ko‘rinishda sodir bo‘ladi. Tuproq hosil qiluvchi ona jinslar Yerning qattiq qobig‘ini tashkil etuvchi turli tog‘ jinslaridan hosil bo‘ladi. Barcha tog‘ jinslari kelib chiqishiga ko‘ra: mаgmatik, cho‘kindi va metamorfik guruhlarga ajratiladi.
O‘z navbatida barcha tuproq hosil qiluvchi оnа jinslar kelib chiqishiga ko‘ra quyidagi guruhlarga: elyuvial, delyuvial, elyuvial-delyuvial, kollyuvial, delyuvial-kollyuvial, soliflyuksion, delyuvial-soliflyukasion, allyuvial, ko‘l-allyuvial, prolyuvial, allyuvial-prolyuvial, muz yotqiziqlari, flyuvioglyasial, dengiz, eol, agroirrigatsiya vа lyoss yotqiziqlariga bo‘linadi. 2. Tirik organizmlar (o‘simlik va hayvonot dunyosi qoldiqlari). Tuproq hosil bo‘lishi, unumdorlikning shakllanishi, organik moddalarning hosil bo‘lishi asosan bir yillik va ko‘p yillik o‘simliklar, hayvonot dunyosi qoldiqlari hisobiga yuzaga keladi. Tuproq hosil bo‘lishi, uning unumdorligi va hayotida yashil o‘simliklar, xlorofillsiz tuban organizmlar va tuproq orasidagi jonivorlarning o‘rni va ahamiyati katta. Bu tirik organizmlarning birgalikdagi faoliyati natijasida tog‘ jinslari tuproqqa aylanib, unumdorlik xossasi yuzaga keladi. Tirik organizmlarning o‘zaro ta’siri hamda hayot faoliyati natijasida organik moddalarning sintezi va parchalanishi, biologik muhim elementlarning tuproqda to‘planishi, tuproq minerallarining parchalanishi va yangi yaralmalarning hosil bo‘lishi kabi jarayonlar го‘у beradi. 3. Quyosh energiyasi – tabiatda sodir bo‘ladigan barcha jarayonlarni issiqlik va yorug‘lik bilan ta’minlovchi manbadir. 4. Atmosfera yoki iqlim sharoiti (yog‘inlar, harorat, havo, havo namligi, shamol) tuproq hosil bo‘lish jarayonida sodir bo‘ladigan fizik, fizik-kimyoviy, biologik jarayonlarning yo‘nalishi va miqdoriy ko‘rsatkichlarini belgilaydi va ishtirok etadi. Havodagi kislorod miqdoriga o‘simlik va mikroorganizmlarning hayoti bevosita bog‘liq bo‘ladi. Tabiiy sharoit atmosfera yog‘inlarining miqdoriga qarab nival, gumid va arid turlarga bo‘linadi. Nival mintaqada yog‘ingarchilik qor sifatida yog‘adi, asosan muzliklar bo‘lganligi sababli unumsiz, kam rivojlangan tuproqlar shakllangan. Gumid mintaqada – yil davomida yog‘ayotgan qor va yomg‘ir miqdori umumiy bug‘lanishga sarflanayotgan suvdan bir necha barobar ko‘p bo‘lganligi sababli unumsiz, yuvilgan va botqoq tuproqlar shakllangan. 7 Arid mintaqada yog‘ingarchilik umumiy bug‘lanishga sarflanayotgan suvdan kam bo‘lganligi sababli asosan qurigan tuproqlar tarqalgan. Markaziy Osiyo davlatlari hududining ko‘p qismi arid mintaqada joylashgan. Tuproq hosil bo‘lish jarayonida iqlim sharoitlaridan quyidagilar muhim ahamiyatga ega: yillik yog‘in miqdori, tuproqning namlanish koeffitsiyenti, havoning o‘rtacha yillik harorati, yanvar va iyul oylarining o‘rtacha ko‘p yillik harorati, foydali haroratlar yig‘indisi va o‘suv davrining davomiyligi. 5. Oqar (daryo) va yer osti suvlari. Oqar suvlar tog‘ jinslarining yemirilishida ishtirok etadi. O‘simlik va boshqa organizmlar yashashi uchun asosiy omil hisoblanadi. Suv ta’sirida minerallashgan organik va kimyoviy birikmalar tuproq qatlamida harakatlanib o‘simlik tanasiga o‘tadi. Tuproqning suv xossalari, uning o‘zgarishi, ularni maqbul darajada boshqarish sug‘oriladigan dehqonchilikning asosi hisoblanadi. Tuproq hosil bo‘lish jarayonini ma’lum davr va hudud miqyosida belgilovchi sharoitlarga quyidagilar kiradi: 1. Hududning geografik joylashishi. Yer sharining shimoldan janubga yoki tekisliklardan tog‘larga qarab yo‘nalishida iqlim sharoitining o‘zgarishi natijasida tuproq hosil bo‘lish jarayoni har xil jadallikda o‘tadi. Shimoliy qutbda hozirga qadar o‘simlik uchun zarur xossalarga ega bo‘lgan tuproqlar shakllanmagan. Markaziy Osiyoning tekislik qismida shakllangan tuproqlar eng qadimiy tuproqlar hisoblanadi. 2. Hududning past-balandligi (relyef) tuproqning shakllanishida muhim ahamiyatga ega. Past-balandlik asosan suv ayirgichlar, nishabliklar va vodiylar tarzida shakllanadi hamda kattaligiga qarab makro, mezo va mikro past-balandliklarga bo‘linadi. Makro − Yer sharidagi eng yirik past-balandliklar (tog‘lar, pasttekisliklar, adirlar); mezo − uncha katta bo‘lmagan past-balandliklar (soylar, tepaliklar); mikro − eng kichik shakldagi past-balandliklar (chuqurlik, ariq, do‘ngliklar). 8 3. Davr. Yer yuzida hayot vujudga kelishi bilan bir vaqtda boshlangan tuproq hosil bo‘lish jarayoni tuganmas jarayon hisoblanadi. Shu sababli tuproq yoshi mutlaq va nisbiy yoshga bo‘lishi mumkin. Mutlaq yosh mazkur tuproqning to‘liq shakllanishi (hozirgi davrga qadar) uchun o‘tgan vaqt. Nisbiy yosh tuproq hosil bo‘lish jarayonining tezligi bo‘lib, u sharoitlar bilan bog‘liq. Ayrim iqlim sharoitda tuproq tez hosil bo‘ladi va rivojlanadi, boshqa sharoitda nisbatan sekin shakllanadi va rivojlanadi. 4. Tuproq hosil bo‘lishida inson ishtiroki. Inson mehnati va fantexnika taraqqiyoti ta’sirida tuproq hosil bo‘lish jarayoni, uning xususiyatlari, shakllanishi ma’lum darajada o‘zgaradi, tuproq madaniylashadi, yashirin va samarador unumdorlik ortadi. Tuproq hosil bo‘lishi yuqorida aytilgan omillarning mavjudligida yuz beradi va tabiiy sharoitda sodir bo‘ladigan fizik, fizik-kimyoviy, fizik-biologik va biologik jarayon hamda hodisalarning majmuasi hisoblanadi. Bu jarayonni quyidagi tarzda ifodalash mumkin: − o‘simlik va hayvonot qoldiqlarining minerallashishi (parchalanishi) natijasida ikkilamchi loysimon ma’danlarning hosil bo‘lishi; − birlamchi alyumo va ferrosilikatlarning parchalanishi hamda temir oksidi, aluminiy va kremnezyom hosil bo‘lishi (laterizatsiya); − loyqa zarrachalarning ustki qatlamdan pastga yuvilishi (pessivaj); − tuproqning mineral qismi nordon moddalar ta’sirida mutlaq parchalanishi hamda yuqori qatlamdan erigan modda va loyqalarning yuvilishi (podzollashish); − temir birikmalari va marganesning eritmaga o‘tishi va tuproq qatlamida yig‘ilishi (temirlashishi); − tuproqning o‘ta namlanishi, qayta tiklanish jarayonining sodir bo‘lishi (gleylanish belgilari); − mineral moddalarning o‘ta namlik va turg‘un xalqob suv yig‘ilish davrida anaerob sharoit natijasida parchalanishi va yopishqoq modda sifatida qayta tiklanishi (gleylanish); − tuproq qatlamida erigan tuzlarning yig‘ilishi, sho‘rxoklarning hosil bo‘lishi (sho‘rlanishi); 9 − tuproq zarrachalarining tarkibiga natriy kationining singishi (sho‘rtoblanish); − sho‘rtob tuproqlarda alyumosilikat va kremnezyomning mutlaq parchalanishi (solodlarning hosil bo‘lishi); − o‘simlik, hayvon, mikroorganizmlar qoldiqlarining chirishi natijasida har xil yuqori molekulali organik moddalar (gumus) hosil bo‘lishi; − to‘la (mutlaq) chirimagan o‘simlik qoldiqlari tuproqning ustki qatlamida yig‘ilishi (torf hosil bo‘lishi). Yuqorida ko‘rsatilgan tuproq hosil bo‘lish jarayonining ayrim yo‘nalishlari asosiy omillarning ishtirok etish darajasi va mazkur hududning iqlim-sharoitlari bilan belgilanadi. Muloqot savollari: 1. Tuproq deganda nima tushuniladi? 2. Tuproq hosil bo‘lishda qatnashuvchi omillarga nimalar kiradi? 3. Tuproq hosil bo‘lishda quyosh energiyasining ahamiyatini izohlang. 4. Tuproq hosil bo‘lish sharoitlari deganda nimalar tushuniladi? 1.2. Tuproqning morfologik belgilari, tuzilishi va mexanik tarkibi Tuproq morfologiyasi deganda, uning tashqi ko‘rinishini izohlovchi belgilar tushuniladi. Tuproqning morfologik belgilariga tuproqning genetik qatlamlari, tuproq qalinligi, rangi, namligi, donadorligi (strukturasi), mexanik tarkibi, qovushmasi, yangi yaralmasi va qo‘shilmasi kiradi. Tuproqning morfologik belgilari asosan tuproqning hosil bo‘lish, rivojlanish xossalarini izohlaydi. Tuproq qatlami bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan va muntazam ravishda nisbatan o‘zgaruvchan genetik qatlamlardan iborat. Tuproqning genetik qatlamlari bir-biridan rangi, donadorligi, joylashishi, har xil qo‘shimcha va yangi hosil bo‘lgan moddalarning miqdori bilan farqlanadi. 10 To‘liq rivojlangan tuproq asosan quyidagi genetik qatlamlardan iborat: A − gumusli-akkumulyativ qatlam; B − illyuvial yoki o‘tkinchi qatlam; C − tuproq hosil bo‘lish jarayonida kam o‘zgargan ona jins; D − tuproq qatlami ostida joylashgan tuproq hosil bo‘lish jarayonida o‘zgarmagan ona jins. Tuproqning genetik qatlamlari morfologik belgilarning miqdoriy ko‘rsatkichlari va boshqa xususiyatlariga qarab qatlamchalarga bo‘linishi mumkin (A, A0 , A1 , A2 va h.k.). Tuproqning rangi uning tarkibidagi minerallar, kimyoviy va organik moddalarning miqdoriga bog‘liq bo‘lib, asosiy morfologik belgilardan biri hisoblanadi. S.A. Zaharov tasnifi bo‘yicha tuproq qora, to‘q kashtan, kashtan, och kashtan, jigarrang, qizil, to‘q qo‘ng‘ir, och qo‘ng‘ir, to‘q bo‘z, bo‘z, och bo‘z, sariq, oqish va oq ranglarga bo‘linadi. Tuproqning rangi uni tashkil etgan moddalar tusi hamda tuproqning fizik holati va namlik darajasi bilan aniqlanadi. Tuproq rangini belgilovchi eng muhim moddalarga gumus, temir va kremnezyom birikmalari kabilar kiradi. Tuproqning alohida agregatlar (zarrachalar) ga ajralib ketishiga tuproq donadorligi (strukturasi) deyiladi. Bu agregatlar turli mexanik elementlarning bir-biriga birikishidan hosil bo‘ladi. Tuproq agregatlari-mayda zarrachalarning bir-biri bilan birikishi (yopishishi) natijasida (1 mm dan 10 mm gacha) donadorlik shakllanadi. Donadorlik makroagregatlarning kattaligi va shakliga qarab quyidagilarga bo‘linadi: mikrodonadorlik – zarrachalar diametri 0,25 mm dan kichik; makrodonadorlik – zarrachalar diametri 0,25 mm dan 10 mm gacha; megadonadorlik – zarrachalar diametri 10 mm dan katta. Struktura bo‘lakchalarining shakli, o‘lchami va sifat tarkibi turli tuproqlar hamda ularning alohida qatlamlarida har xil bo‘lib, S.A.Zaharov tasnifi bo‘yicha asosan: kubsimon, prizmasimon 11 va plitasimon kabi 3 tipga va ular o‘z navbatida turlar hamda xillarga ajratiladi. Tuproq donadorligi o‘zgaruvchan ko‘rsatkich bo‘lib, agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazish, dehqonchilik madaniyatining holati bilan chambarchas bog‘liq bo‘ladi. Tuproq qоvushmasi − tuproq zichligi va g‘ovakligining tashqi ifodasidir. Zichligiga ko‘ra tuproq qovushmasi quyidigi guruhlarga bo‘linadi: 1) Judа ziсh qоvushmа; 2) Ziсh qоvushmа; 3) G‘оvаk qоvushmа; 4) Sосhilmа qоvushmа. Qovushma tuproqni agronomik jihatdan baholashning muhim ko‘rsatkichi hisoblanadi. Tuproq hosil bo‘lish jarayonlarida vujudga keladigan va tuproq qatlamlarida to‘planadigan turli shakl va kimyoviy tarkibli moddalarga tuproqning yangi yaralmasi deyiladi. Qatlamda to‘planib qolgan kalsiy xlorid, magniy sulfat, gips va ohak singari tuzlar, temir, marganes va kremniy oksidlari birikmalari kimyoviy yangi yaralmadir. O‘simliklar ildizlarining o‘rni, jonivorlar chiqargan moddalar biologik yaralma deyiladi. Tuproq hosil bo‘lish jarayoniga aloqasi bo‘lmagan, chetdan qo‘shilib qolgan mineral, tog‘ jinsi parchasi, organizm qoldiqlari va boshqalar tuproqning qo‘shilmasi deyiladi. Hayvonlarning suyagi, o‘simliklar qoldig‘i biologik qo‘shilma, tosh, shag‘al va boshqalar mineral qo‘shilma, ko‘mir bo‘laklari, uy hayvonlari suyagi, uy-ro‘zg‘or asboblarining sinig‘i, inson suyaklari arxeologik qo‘shilma deyiladi. Turli kattalikdagi zarrachalar odatda turli xil minerologik va kimyoyiy tarkibga ega bo‘ladi. Tuproqlardagi mexanik elementlar boshlang‘ich оnа jinslardan o‘tadi va bir qismi tuproq hosil bo‘lish jarayonida ham hosil bo‘ladi. Tuproq tarkibidagi turli o‘lchamli alohida zarrachalarga mexanik elementlar deyiladi. Kelib chiqishiga ko‘ra mexanik elementlar: mineral, organik va оrganik-minеrаl zarrachalardan iborat. Bu zarrachalar tog‘ jinslarining parchalanishidan, ayrim (birlamchi, ikkilamchi) minerallar, chirindi moddalar, organik va mineral moddalarning o‘zaro ta’sirlashushidan hosil bo‘lgan mahsulotlardan iborat. 12 Tuproq mexanik elementlarining tarkibiga ko‘ra quyidagi guruhlarga bo‘linadi (1-jadval). Tuproq mexanik elementlari tasnifi 1-jadval Zarrachalar nomi va o‘lchami (V.R.Vil’yams bo‘yicha) Zarrachalar nomi va o‘lchami (N.A.Kachinskiy bo‘yicha) Tosh, sm – > 10 Maydalangan tosh (sheben), sm Yirik – 10 – 7 O‘rta – 7 – 5 Mayda – 5 – 3 Chaqir tosh (xryash), mm Yirik – 30 – 5 Mayda – 5 – 3 Qum, mm Yirik – 2 – 1 O‘rta – 1 – 0,5 Mayda – 0,5 – 0,25 Changsimon – 0,25 – 0,05 Nozik – 0,05 – 0,01 Chang, mm O‘rta – 0,01 – 0,005 Mayda – 0,005 – 0,001 Loy, mm – < 0,001 Tosh, mm – > 3 Shag‘al, mm – 3 – 1 Qum, mm Yirik – 1 – 0,5 O‘rta – 0,5 – 0,25 Mayda – 0,25 – 0,05 Chang, mm Yirik – 0,05 – 0,01 O‘rta – 0,01 – 0,005 Mayda – 0,005 – 0,001 Loy, mm Yirik – 0,001 – 0,0005 Nozik – 0,0005 – 0,0001 Kolloidlar, mm – < 0,0001 Fizik qum, mm – > 0,01 Fizik loy, mm – < 0,01 Tuproqning mexanik tarkibi deb, har xil kattalikdagi mineral zarralarning bir-biriga bo‘lgan nisbatiga aytiladi. Tuproq mexanik tarkibi asosiy qismining 1 mm dan kichik zarrachalari tuproqning mayda zarrachalari (melkozem), 1 mm dan yirik zarralari tuproq skeleti deyiladi. Tuproq zarrachalarining miqdoriga qarab ajratish mexanik tarkibiga ko‘ra tasnifi (klassifikatsiyasi) deyiladi2 . Bunda kattaligi 0,01 mm bo‘lgan zarrachalar miqdori asosiy mezon hisoblanadi. Odatda 0,01 mm dan kichik bo‘lgan zarrachalar fizik loy, 0,01 mm dan yirik bo‘lgan zarrachalar fizik qum deb yuritiladi (2-jadval). 2 R.E. White. Principles and Practice of Soil Science. Oxford, UK, Blackwell Publishing company, 2006. 13 Mexanik tarkibiga ko‘ra cho‘l va sahro tuproqlari tasnifi (N.A.Kachinskiy bo‘yicha) 2-jadval Mexanik tarkibiga ko‘ra tuproq nomi Fizik loy miqdori, % Fizik qum miqdori, % Sochilma qum Yopishqoq qum tuproq Qumloq tuproq Yengil qumoq tuproq O‘rta qumoq tuproq Og‘ir qumoq tuproq Yengil soz tuproq O‘rta soz tuproq Og‘ir soz tuproq 0 – 5 5 – 10 10 – 20 20 – 30 30 – 45 45 – 60 60 – 70 70 – 80 80 dan ko‘p 95 – 100 90 – 95 80 – 90 70 – 80 55 – 70 40 – 55 30 – 40 20 – 30 20 dan kam Tuproqning mexanik tarkibi uning eng muhim xossalaridan biri bo‘lib, tuproq unumdorligini belgiloychi asosiy ko‘rsatkichlaridan biri hisoblanadi. Tuproqning suv o‘tkazuvchanligi, nаm sig‘imi kabi xossalari hamda havo, suv, issiqlik kabi tartiblari mexanik tarkibi bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, sug‘orish vа zax qochirish melioratsiyasida bu ko‘rsatkichlar muhim ahamiyatga ega. Turli mexanik tarkibli tuproqlar har xil unumdorlikka ega bo‘lganligidan tuproqqa ishlov berish, o‘simliklarni oziqlantirish kabi agrotexnik tadbirlar turlicha usulda olib boriladi. Mexanik tarkibi tuproqning singdirish qobiliyati, oksidlanish-qaytarilish sharoitlariga, tuproqda chirindining vа oziq moddalarning to‘planishida ham muhim rоl o‘ynaydi. Mexanik tarkibiga ko‘rа tuproqqa ishlov berish tizimi, dala ishlarining muddatlari, o‘g‘itlash meyori, qishloq xo‘jalik ekinlarini joylashtirish sxemalari belgilanadi. Tuproqqa ishlov berishda qishloq xo‘jalik mashinalari vа qurollariga ko‘rsatiladigan qarshilikni belgilaydigan tuproqning fizik-mexanik xossalari ham mexanik tarkibiga bog‘liq. 14 Muloqot savollari: 1. Tuproq morfologiyasi deganda nima tushuniladi? 2. Tuproq qatlami qanday genetik qismlardan iborat? 3. Tuproqlarni mexanik tarkibiga ko‘ra ajratishda asosiy ko‘rsatkich nima? 4. Tuproq donadorligi qanday ko‘rinishlarda bo‘ladi? 5. Tuproq rangi nimalarga bog‘liq? 1.3. Tuproqning umumfizik va fizik-mexanik xossalari Tabiiy sharoitda ona jins parchalanishi natijasida har xil kattalikdagi zarrachalar hosil bo‘ladi. Asosiy omillar va sharoitlarning o‘zaro chambarchas bog‘liq bo‘lgan va muntazam ta’siri natijasida hosil bo‘lgan tuproqda o‘ziga xos fizik va fizik-mexanik xususiyatlar shakllanadi. Tuproqning mexanik tarkibi vа donadorligi bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan fizik xossalari hamda unda kechadigan fizik jarayonlar tuproqning suv, havo va issiqlik tartiblari, shu bilan birga o‘simliklarning o‘sib rivojlanishida juda muhim ahamiyatga ega. Tuproqning fizik xossalariga uning suv, havo, issiqlik, umumfizik va fizik-mexanik xossalari kiradi. Tuproqning fizik xossalari ko‘plab omillarga, jumladan, tuproqning qattiq, suyuq, gazsimon qismi vа tirik fazalari tarkibi, ularning nisbati vа o‘zaro ta’siri kabilar bilan bevosita bog‘liqdir. Tuproqning umumfizik xossalariga tuproq zichligi, tuproq qattiq qismining zichligi, g‘ovakligi, elektrligi va radioaktivligi kiradi. Tabiiy holati saqlangan holda olingan, ma’lum hajmdagi tuproq og‘irligiga uning zichligi deyiladi. U tuproq zarrachalarining bir-biriga nisbatan joylashishini, ularning katta-kichikligi va zichligini izohlaydi. Tuproq qatlamining zichligi uning mexanik va mineralogik tarkibiga, donadorligiga va organik moddalar miqdoriga bog‘liq. Tuproq zichligi g/sm3 birligi bilan ifodalanadi. Sug‘oriladigan tuproqning zichligi 1 g/sm3 dan 1,81 g/sm3 gacha bo‘lishi mumkin. Tarkibida gumus moddasi ko‘p bo‘lgan tuproqlar 15 zichligi 1-1,2 sm3 , gumusi kam bo‘lgan tuproqlar zichligi 1,3-1,5 g/sm3 bo‘ladi. O‘zbekistonning sug‘oriladigan dehqonchilik rivojlangan hududlarida tarqalgan tuproqlarning zichligi 1,3-1,52 g/sm3 atrofida bo‘ladi. Tuproq zichligi tuproqning mineralogik vа mexanik tarkibiga, struktura holatiga va organik moddalar miqdoriga bog‘liq. Bundan tashqari, tuproq zichligiga ishlov berish jarayoni va qishloq xo‘jalik texnikasi ham katta ta’sir qiladi. Tuproq qattiq qismining zichligi − ma’lum hajmdagi tuproq qattiq qismining + 4°С dagi shuncha hajmdagi suvga bo‘lgan nisbati hisoblanadi vа g/sm3 bilan ifodalanadi. Turli tipdagi tuproqlar qattiq qismining zichligi bir xil emas. U tuproq tarkibidagi organik moddalar miqdoriga vа mineral qismi tarkibiy qismlarining nisbatiga bog‘liq. Tuproqda organik moddalar qancha ko‘p bo‘lsa, ular qattiq qismining zichligi shuncha past vа tuproqlarda temir oksidlari qancha ko‘p bo‘lsa shuncha yuqori bo‘ladi. Ko‘pchilik tuproqlarning mineralli qatlamlarida qattiq qismining zichligi 2,4-2,85 g/sm3 oralig‘ida bo‘ladi. Tuproq g‘ovakligi tabiiy holatda joylashgan qatlam hajmiga barcha bo‘shliqlarning nisbatini ifodalaydi. G‘ovaklik tuproq qatlamida suv va havoning bo‘lishi va harakatini ta’minlaydi, mikroorganizmlarning yashashiga sharoit yaratadi. Umumiy g‘ovaklik quyidagi formula yordamida aniqlanadi: = (1− )⋅100, d dv Ðum % bunda, Pum – umumiy g‘ovaklik (tuproq hajmiga nisbatan), %; dv – tuproq zichligi, g/sm3 ; d – tuproq qattiq qismining zichligi, g/sm3 . Odatda tuproq zarrachalari qancha yirik va bir xilda bo‘lsa, umumiy g‘ovaklik shunchalik kam bo‘ladi. Tuproqning mexanik tarkibini nazarda tutgan holda umumiy g‘ovaklik quyidagicha bo‘lishi mumkin: dv P % 16 Qum tuproqlar – 30 – 40 %; Qumloq tuproqlar – 40 – 45 %; Qumoq tuproqlar – 45 – 50 %; Soz tuproqlar – 50 – 60 %. Tuproq qatlamidagi bo‘shliqlarning katta-kichikligiga qarab kapillyar va nokapillyar g‘ovaklikka ajraladi. Odatda, nokapillyar bo‘shliqlarda suv kapillyar kuchi ta’sirida ushlab turolmaydi va o‘z og‘irligi ta’sirida pastga shimilib ketadi, bo‘shliqlar havo bilan to‘ladi. Umumiy g‘ovaklik ikki turga bo‘linadi: agregatlar orasidagi va agregatlar ichidagi g‘ovaklik. Agregatlar ichidagi g‘ovaklik odatda tuproq donalari – mikro va makroagregatlar ichida shakllanadi hamda tuproqning suv ushlab turish qobiliyatini ifodalaydi.Tuproq g‘ovakligi va zichligi o‘zgaruvchan ko‘rsatkich bo‘lib, tuproq qatlamining zichligiga va zarrachalarning tuproqqa ishlov berilganda maydalanish darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Tuproqning fizik-mexanik xossalari deganda, uning tashqi yoki ichki kuchlar ta’sirida o‘zgarishi tushuniladi. Tuproqning fizikmexanik xossalariga bo‘kishi vа cho‘kishi, plastikligi, yopishqoqligi, bog‘liqligi (ilashimligi), qattiqligi, solishtirma qarshiligi vа fizik yetilishi kabilar kiradi. Bunda, tuproqning bo‘kishi − tuproq hajmining namlanganda ortishi, tuproqning cho‘kishi − tuproq quriganda hajmining kamayishi, tuproq plastikligi − ma’lum darajada namlanganda unga berilgan shaklni saqlab turishi, tuproq yopishqoqligi − nam tuproq zarrachalarining biron jism yoki ishlov berish qurollariga yopishishi, tuproq bog‘liqligi − tuproq zarrachalarining o‘zaro ilashuvchanligi yoki bir-biriga tortilishi, tuproq qattiqligi − tuproqning qattiq jism ta’siriga qarshilik ko‘rsatishi. Tuproq qattiqligi odatda yumshoq, yumshoqroq, zichlashgan, qattiq va juda qattiq holatda bo‘lishi mumkin. Tuproqning sоlishtirma qarshiligi. Tuproqqa ishlov berish uchun sarflanadigan kuchlarning umumiy ko‘rsatkichidir. Solishtirma qarshilik deb, tuproq qatlamini qirqish, ag‘darish uchun hamda qurollar yuzasiga tushadigan qarshilikni yengish uchun sarf bo‘lgan kuch miqdoriga 17 aytiladi. Solishtirma qarshilik tuproq qatlami ko‘ndalang kesimining 1 sm2 yuzasiga qancha kg kuch sarf bo‘lganiga qarab aniqlanadi. Tuproqning mexanik tarkibi, fizik-kimуоviу xossalari, tuproq namligi ko‘ra solishtirma qarshilik 0,2-1,2 kg\sm2 oralig‘ida bo‘ladi. Fizik-mexanik xossalari tuproqning texnologik xususiyatlarini baholashda, ya’ni yerlarni ishlashning turli sharoitlaгini aniqlashda, ekish vа yig‘ib-terib olish agregatlari, mashinalarning ishlash holatlarini o‘rganishda muhim ahamiyatga ega. Tuproqqa ishlov berilganda u har xil kattalikdagi bo‘lakchalarga (zarrachalarga) maydalanadi. Bu jarayon tuproq donadorligiga, tuzilishiga va namligiga bog‘liq bo‘lib, uning ishlov berishga yetilganligini izohlaydi. Tuproq yetilganda ishlov berilsa, qurollarga (plug, kultivator, yumshatgich va h.k.) qarshilik ko‘rsatish darajasi nisbatan kam bo‘ladi, ya’ni tuproqqa ishlov berishning maqbul darajasini ko‘rsatadi. O‘zbekistonning sug‘oriladigan dehqonchilik mintaqasida tuproqqa ishlov berishning maqbul vaqti uning tarkibidagi namlik dala nam sig‘imining 40% ini tashkil etganda sodir bo‘ladi. Qumoq va soz tuproqlar namlanganda (suv berilganda, yomg‘ir yoqqanda) ularning ustki qismida qatqaloq hosil bo‘ladi. Odatda, bu jarayon tuproq tarkibida mayda chang (0,001-0,005 mm) yoki loyqa (0,001 mm dan mayda) 25 % dan ko‘proq bo‘lganda vujudga keladi. Undan tashqari, yerni doimo bir xil chuqurlikda haydash natijasida haydalma qatlamning ostida zichlashgan qatlam shakllanadi. Bunday qatlamning suv o‘tkazuvchanlik darajasi nihoyatda past bo‘lib, o‘simlik ildizi yaxshi rivojlanmaydi, issiqlik, havo va boshqa xossalari nisbatan yomon bo‘ladi. Muloqot savollari: 1. Tuproqning umumfizik xossalariga nimalar kiradi? 2. Tuproq zichligi deganda nima tushuniladi? 3. Tuproqning fizik-mexanik xossalariga nimalar kiradi? 4. Tuproqning fizik-mexanik xossalarini bilish nima uchun zarur? 18 1.4. Tuproq kolloidlari. Tuproqning singdirish qobiliyati Har xil minerallar, tog‘ jinslari va organik qoldiqlarning tuproq hosil bo‘lish jarayonida maydalanishi va parchalanishi natijasida mayda zarrachalar aralashmasi – dispers tizim hosil bo‘ladi. Tizim tarkibidagi dag‘alroq zarrachalar (suspenziyalar) fizik-kimyoviy xossalariga ko‘ra mayda zarralardan (chang, qum) farq qilmaydi, juda mayda zarralar (kolloidlar) o‘z xossalari bilan farq qiladi. Dispers tizim zarralarning kattaligiga qarab 3 guruhga bo‘linadi: − dag‘al dispersiya − zarralarning diametri 0,1 mikrondan katta (mikron − millimetrning mingdan bir qismi); − kolloid dispersiya − zarralarning diametri 1 millimikrondan 0,1 mikrongacha; − maksimal yoki molekulyar dispersiya − zarralarning diametri 1 millimikrondan kichik. Dispers tizimdagi o‘lchami 0,2 dan 0,001 µ (mikron) gacha bo‘lgan zarrachalarga tuproq kolloidlari deyiladi. Ularning miqdori tuproq og‘irligiga nisbatan 1-2 dan 30-40 foizgacha o‘zgarib turadi. Rus olimi K.K.Gedroys fikricha, tuproq kolloidlari mineral jismlarning kimyoviy nurash jarayonida paydo bo‘lgan har xil oksidlardan (Al2 O3 ; Fe2 O3 ; SiO2 va boshqalardan) iborat. Kolloid zarrachalar (mineral yoki organik) bir-biri bilan birikadi, ya’ni sintezlanish jarayoni sodir bo‘ladi. Kolloid zarralarning ko‘pchiligi kristall tuzilishiga ega va 3 qavatdan − yadro, ichki va sirtqi qavatdan iborat. Bunday murakkab tuzilgan kolloid zarracha mitsella deyiladi. Kolloid zarra ikki holatda – zol va gel holda bo‘lishi mumkin. Zol holdagi kolloid suyuq muhitda erigan va tarqoq holatda bo‘lib to‘xtovsiz harakat qiladi. Gel holatdagi kolloid bir necha zarralar yig‘indisidan iborat yopishqoq quyqa xolida bo‘lib, suyuq muhitda osonlik bilan cho‘kadi. Tabiiy omillar ta’sirida zol holdagi kolloid gelga o‘tadi. Zol holdagi kolloidlarning to‘planib cho‘kma hosil qilishga, ya’ni gel paydo bo‘lishga koagulyatsiya, gel holdagi kolloidning yana qaytadan tarqalib zol hosil bo‘lishiga peptizatsiya jarayoni deyiladi. 19 Tuproq kolloidlari kimyoviy tarkibiga ko‘ra 3 guruhga bo‘linadi: 1. Mineral kolloidlar – fizik-kimyoviy va biologik nurash jarayonida paydo bo‘ladi (Al2 O3 ·H2 O, CaO·H2 O). 2. Organik kolloidlar – bu o‘simlik va hayvon qoldiqlarining chirishi, ya’ni gumifikatsiya jarayoni natijasida paydo bo‘lgan organik kislota va gumatlardan iborat. 3. Organo-mineral kolloidlar – mineral va organik kolloidlarning birikishi natijasida vujudga keladi. Tuproq paydo bo‘lishi va uning rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan tuproq singdirish qobiliyatining turlari qoldiqlarga bog‘liq bo‘ladi. Tuproqning turli qattiq, suyuq vа gazsimon moddalarni o‘ziga singdirishi yoki kolloidlar yuzasida ular konsentratsiyasining oshirish xossasiga tuproqning singdirish qobiliyati deyiladi. Ular quyidagi ko‘rinishlarda bo‘ladi. Mexanik singdirish – tuproq qatlamida yuqoridan pastga harakatlanayotgan suvdagi loyqa holdagi zarralarning qatlamlar orasida ushlanib qolishi. Bu ko‘rsatkich tuproqning mexanik tarkibi, donadorligi, qatlam zichligi va g‘ovakligiga bog‘liq bo‘ladi. Fizik singdirish – tuproqdagi mayda zarrachalarning yuza energiyasi ta’sirida turli gaz vа suv bug‘lari, mikroorganizmlar vа organik moddalarning fizik уо‘l bilan singdirilishi. Fizik singdirish jarayonida kolloid zarra yuzasiga singgan modda molekula xolida bo‘ladi. Shuning uchun bu molekulyar singdirish deb aytiladi. Fizik-kimyoviy singdirish. Tuproq eritmasidagi har xil tuzlar va kislotalar molekulasi suvli muhitda kation va anionlarga ajraladi. Ular o‘ziga xos elektr zaryadli bo‘ladi. Bu ionlar bilan tuproq kolloidlari orasidagi o‘zaro ta’sir natijasida kationlar tuproqqa singadi. Kolloid zarralar yuzasiga ionlarning singishi va ular o‘rniga zarralardan ekvivalent miqdorda ionlarning ajralib chiqish jarayoniga fizik-kimyoviy singdirish yoki o‘rin almashish adsorbsiyasi deyiladi. Bu jarayon quyidagicha sodir bo‘ladi: Tuproq [Ca] + 2KCl = tuproq] + CaCl2 K K 20 Kimyoviy singdirish. Eritmadagi moddalar bilan tuproqdagi har xil birikmalar orasida kimyoviy reaksiya natijasida suvda juda qiyin eriydigan yoki erimaydigan modda hosil bo‘ladi va qatlam orasida ushlanib qoladi. 3CaSO4 +2Na3 PO4 =Ca3 (PO4 )2 +3Na2 SO4 Biologik singdirish. Tuproqdagi mikroorganizm va o‘simliklarning hayoti tufayli har xil oziq moddalarning ushlanib qolishiga biologik singdirish deyiladi. Tuproqning kolloid zarralar to‘plamidan tashkil topgan va kationlarni singdirish va almashtirish qobiliyatiga ega bo‘lgan qismiga singdiruvchi kompleks deyiladi. Tuproqning bu qismida har xil mineral va organik birikmalar bo‘lib, ulardagi singdirilgan kationlar almashib turadi. Kationlar almashinish jarayonida faqat tuproqning kolloid qismi ishtirok etadi. Singdiruvchi kompleksning hajmi tuproqning mexanik tarkibi, organik moddaning miqdori va tarkibiga bog‘liq bo‘ladi. Qumoq, soz va sergumus tuproqlarda ko‘proq, kam gumusli yoki qumloq tuproqlarda nisbatan kamroq bo‘ladi. Singdiruvchi kompleksdagi singdirilgan kationlarning umumiy miqdoriga singdirish sig‘imi deyiladi. Bu miqdorni ko‘pincha kalsiy (Ca) kationiga nisbatan ekvivalent hisobida ifoda etiladi. Masalan, tuproqdagi singdirilgan vodorodning miqdori 0,02 % bo‘lgan taqdirda, uning kalsiy kationiga nisbatan ekvivalent miqdori 0,02 x 20 = 0,4 Ca bo‘ladi (bunda 20 − kalsiyning, 1-vodorodning ekvivalent og‘irligi). Demak, 0,02% vodorod 0,4 kalsiyga ekvivalent ekan. Odatda singdirilgan kationlarning miqdori 100 g tuproqqa nisbatan milliekvivalent (m-ekv) hisobida ifoda etiladi. Buning uchun 100 gramm tuproqdan ajratib olingan kation miqdori 1000 ga ko‘paytiriladi va bir valentli kation bo‘lganda ekvivalent og‘irligiga, ikki valentli bo‘lganda atom og‘irligiga taqsim qilinadi. 21 Masalan, 100 g tuproqdan 0,360 g kalsiy ajratib olingan bo‘lsa, quyidagicha bo‘ladi: 0,360 x 1000 = 18 mg-ekv Ca. 20 Singdirish energiyasi jihatidan ikki valentli Ca++, Mg++ singari kationlar bir valentli kationlar Na+, K+, NH4 + singarilarga qaraganda kuchliroq bo‘ladi. Ammo bir valentli Na+ ionning singdirish energiyasi ikki valentli kationlarga nisbatan kuchli bo‘ladi. Tuproqning singdirish qobiliyati eng muhim xossalaridan biri hisoblanib, u tuproq hosil bo‘lishi va unumdorligining rivojlanish jarayonlarida ishtirok etadi. Singdirish qobiliyati o‘simliklar va mikroorganizmlar uchun oziq elementlarining to‘planishini ta’minlashi hisobiga tuproqning oziq rejimini tartibga soladi, tuproq reaksiyasi, uning buferlik darajasi, suv-fizik xossalarini ham tartibga solishda ishtirok etadi. Muloqot savollari: 1. Tuproq hosil bo‘lish jarayonida qanday dispers tizim hosil bo‘ladi? 2. Tuproq kolloidlari haqida tushuncha bering. 3. Tuproqning singdirish qobiliyati deganda nimalar tushuniladi? 4. Tuproq singdirish qobiliyatining qanday turlari mavjud? 5. Tuproqning singdiruvchi kompleksi deganda nima tushuniladi? 1.5. Tuproqning organik qismi. Tuproq unumdorligi Tuproq qatlamida o‘simlik, hayvon va mikroorganizmlar qoldig‘idan iborat organik moddalar uchraydi (1-rasm). 22 1-rasm. Tuproq organik qismining o‘rtacha taxminiy tarkibi: 1) gumus – 85 %, 2) o‘simlik qoldiqlari – 10 %; 3) tuproq biotasi (zamburug‘lar, suv o‘tlari, chuvalchanglar) – 5 %. Biokimyoviy jarayonlar ta’sirida organik moddalar chiriydi va murakkab organik birikma – gumus (chirindi) hosil bo‘ladi. Tuproqda yig‘ilayotgan moddalarning gumusga aylanishi murakkab biokimyoviy jarayon. Uning sodir bo‘lishida mikroorganizmlar, hayvonlar, suv va havo qatnashadi. O‘simlik qoldiqlarining gumusli kislota va ularning tuzlariga aylanishi gumifi katsiya jarayoni deyiladi. Tuproq tarkibida organik moddaning miqdori mazkur hududdagi o‘simlik turiga, qalinligiga, iqlim sharoitiga bog‘liq bo‘ladi. Tuproqning organik qismi 4 ta kimyoviy elementdan – azot, uglerod, kislorod va vodoroddan iborat. Bu elementlar asosan quyidagi organik birikmalar tarkibini tashkil etadi: uglevodlar, ligninlar, oqsil (protein), yog‘lar, yelim va ishqorli moddalar, kul elementlari. Bunda: – uglevodlar (mono, di, polisaxaridlar) hujayra, sellyuloza tarkibida bo‘lib, xashaklarda 40 %, daraxt poyasida 60 % ni tashkil etadi; – ligninlar o‘simlik qoldig‘i, o‘simlik turiga qarab 30-40 % gacha bo‘ladi; – oqsil moddalar (oqsil, protein) hujayraning asosiy qismida bo‘lib, 10-14 % ni tashkil etadi va aminokislotalarga parchalanadi; – yog‘lar hujayra yadrosi va urug‘ida 5-6 % bo‘ladi; – kul moddalar − ishqorli moddalar: magniy, kalsiy, kaliy, fosfor, sink, kobalt, rux, temir va h.k. 23 Tuproq qatlamida organik moddalar suv va havo ta’sirida ma’lum sharoitda ikki xil o‘zgarishga uchraydi. Dastlabki o‘zgarish natijasida CO2 , N2 O, NH3 singari mineral birikmalar paydo bo‘ladi, bunga mineralizatsiya deyiladi. Keyinchalik esa gumifikatsiya jarayoni natijasida murakkab organik modda – gumus vujudga keladi. Bu jarayonlarda o‘simlik tarkibida bo‘lgan oksidlovchi enzim – suyuqlik ishtirok etadi. Tuproqda gumus moddasining shakllanishini quyidagi tartibda ifodalanadi: Tuproqda gumus hosil bo‘lish tartibi O‘simlik qoldiqlari Tuproqning mineral qismi Parchalanish: oksidlanishtiklanish reaksiyasi, gidroliz Parchalanishda hosil bo‘lgan moddalar Atmosferaga o‘tishi, yuvilishi Yuvilishi Mikroblar ishtirokida oqsil, lipid, uglevodlar hosil bo‘lishi Gumus hosil bo‘lishi: gumusli kislotalar Tuproqqa singishi Organik-mineral birikmalar shakllanishi To‘liq minerallashgan moddalar Biologik aylanishga kirishi 24 Tuproq unumdorligi − bu o‘simlikni yetarli miqdorda suv va oziq moddalar, zarur sharoitlar bilan ta’minlay olish xususiyatini ifodalaydi. Tuproq unumdorligi uning asosiy ko‘rsatkichi bo‘lib, mazkur tuproqning dehqonchilik uchun yaroqligini izohlovchi asosiy mezon hisoblanadi. Tuproq unumdorligi 6 xil ko‘rinishda bo‘ladi. 1. Tabiiy unumdorlik − tuproq hosil bo‘lish jarayonida tabiiy sharoitda shakllangan unumdorlik hisoblanadi. U tabiiy sharoitlarga va tuproq paydo bo‘lish jarayonida ishtirok etuvchi omillarga bog‘liq bo‘lib, ba’zan past, ba’zan yuqori bo‘ladi. Tabiiy pichanzorlar, yaylovlar, qo‘riqxonalardagi unumdorlik shular qatoriga kiradi. 2. Sun’iy unumdorlik − inson mehnati va fan-texnika yutuqlarini muntazam va sifatli ravishda amalga oshirish natijasida shakllanadi. Sun’iy unumdorlikka ega bo‘lgan tuproqlarda ma’lum darajada tabiiy unumdorlik ham mavjud bo‘ladi. 3. Potensial yoki yashirin unumdorlik − tabiiy tuproq hosil bо‘lish jarayonlari natijasida paydo bo‘lgan xossalar vа insonlar faoliyati ta’sirida o‘rganilgan tuproq xususiyatlari bilan belgilanadigan barcha unumdorliklar yig‘indisidir va tuproqning meliorativ holati yaxshilangandan so‘ng shakllanadi. Sho‘rlangan, botqoqlangan yoki butazor, tosh bosgan yerlarda meliorativ tadbirlarni (sho‘r yuvish, quritish, butalarni yo‘qotish, toshlarni yig‘ib tashlash) amalga oshirgandan so‘ng biron bir madaniy ekin ekish uchun sharoit yaratiladi. 4. Effektiv yoki samarali unumdorlik − muаууаn iqlim vа texnik-iqtisodiy (agrotexnologik) sharoitda ekinlardan yuqori hosil olish uchun tuproq potensial unumdorligining foydalaniladigan qismi hisoblanadi. Hozirgi yaqtda bu unumdorlik ekinlardan olinadigan hosil miqdori bilan ifodalanadi. 5.Nisbiy unumdorlik− muаууаn guruh yoki turdagi o‘simliklarning tuproq unumdorligiga nisbatan bo‘lgan talabi bilan belgilanadi. Bir turdagi o‘simliklar uchun unumdor hisoblangan tuproq, boshqa turdagi o‘simlik uchun yaroqsiz bo‘lishi mumkin. 6. Iqtisodiy unumdorlik − tuproqning potensial unumdorligi vа уеr uchastkalarining iqtisodiy xarakteristikasiga ko‘ra tuproqlarni iqtisodiy jihatdan baholashdir. 25 Tuproq unumdorligini doim yaxshi vа yuqori holatda saqlab turish maqsadida, insonlar tomonidan tuproq tabiiy xossalarining o‘zgartirish jarayonlariga tuproqni madаniуlаshtirish deyiladi. Tuproqlarni madaniylashtirishga qaratilgan kompleks tadbirlar tizimi, ekinlardan barqaror va muttasil yuqori hosil olishni ta’minlovchi tuproq xossalarini yaxshilash imkonini beradi. Tuproqlarni madaniylashtirishning biologik, kimyoviy va fizikaviy usullaridan foydalaniladi. Muloqot savollari: 1. Tuproqning organik qismi nimalar hisobiga shakllanadi? 2. Tuproqning organik qismi qanday birikmalardan iborat? 3. Tuproq unumdorligi deganda nima tushuniladi? 4. Tuproqda samarador unumdorlik qanday shakllanadi? 5. Tuproq unumdorligining ahamiyatini izohlang. 1.6. Tuproq eritmasi, uning tarkibi va reaksiyasi Tuproq eritmasi − tuproqning eng muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Tuproqqa kelib tushadigan yomg‘ir va sug‘orish suvlari tarkibida doim ma’lum miqdorda erigan moddalar, atmosfera gazlari (02 , СО2 N2 , NH) vа boshqalar bo‘ladi. Tuproqning qattiq fazasi bilan о‘zaro ta’sirda bo‘lgan bu suvlar tuproq tarkibidagi moddalarni eritadi. Shuning uchun ham tuproq namligining kimyoviy tarkibi juda murakkab vа o‘zgaruvchandir. Tuproq eritmasi – uning suyuq qismi bo‘lib, yog‘ingarchilik va ekinlarga berilgan suv hisobiga shakllanadi. Tuproq tarkibidagi har xil tuzlar va minerallashgan organik birikmalar suvda eriydi va uning konsentratsiyasini oshiradi. Tuproq eritmasi uning eng harakatchan va faol qismi hisoblanib, sodir bo‘layotgan biokimyoviy, fizik-kimyoviy jarayonlarning jadalligi, yo‘nalishi, o‘simliklarning oziqlanishida muhim ahamiyatga ega. 26 Tuproq eritmasi reaksiyasini belgiloychi eng muhim omillardan biri tuproqdagi tuzlarning tarkibidir. Tuproqda nаm ko‘p bo‘lganda uning qattiq qismidagi neytral, kislotali vа ishqorli tuzlar eritmaga o‘tadi. Tuproq quriganda aksincha holat ro‘y beradi. Shunday qilib, tuproq eritmasining reaksiyasi yuzaga keladi vа tuproq unumdorligiga ta’sir etadi. Tuproqda ko‘proq tarqalgan mineral kislotalardan biri ko‘mir kislotasidir. Termodinamik sharoitlar vа tuproqning biologik aktivligiga ko‘ra karbonat angidrid ta’sirida tuproqdagi рН ko‘rsatkichi 3,9–4, 4–5,7 atrofida bo‘lishi mumkin. Tuproqdagi karbonat angidridning miqdori ob-hayoning kecha-kunduzgi o‘zgarishi vа mikroorganizmlarning faolligiga bog‘liq. Tuproq eritmasining reaksiyasi shu eritmadagi vodorod ionining konsentratsiyasiga bog‘liq. Vodorod ioni tuproq eritmasida ikki xil jarayon natijasida paydo bo‘ladi. Kuchli va kuchsiz mineral kislotalarning hamda organik kislotalarning dissotsiatsiyasi qonuniga muvofiq ionlarga ajralishi yoki singdirilgan ionlarning ajralib chiqishi tufayli tuproq eritmasida vodorod ioni ko‘payadi va muvozanat (neytral) holat buziladi. Vodorod (H) ioni konsentratsiyasi gidroksil (OH) ioni konsentratsiyasi bilan teng bo‘lganida neytral, undan ortiq bo‘lganida kislotali, kam bo‘lganida ishqorli reaksiya (muhit) bo‘ladi. Tuproq eritmasining muhiti pH – vodorod ionining manfiy 10 000 lagorifm qiymati bilan ifodalanadi. Kislotali reaksiya singdirish kompleksida Н+ vа Al3+ ionlari bo‘lgan (asoslar bilan to‘yinmagan) podzol, chimli podzol, botqoq vа qizil tuproqlar uchun xosdir. Tuproq kislotaliligi aktual (aktiv) va potensial (yashirin) bo‘ladi. Aktual kislotalik tuproq eritmasi tarkibida erkin holdagi vodorod ionlarining to‘planishi sababli vujudga keladi. Bu holat gumifikatsiya jarayonida paydo bo‘lgan suvda eriydigan organik kislotalar va karbon kislotasi ta’sirida shakllanadi. Alyuminiy va temir elementlarining ba’zi turlari (AlCl3 , FeCl3 ) ta’sirida ham aktiv kislota hosil bo‘lishi mumkin. Aktiv kislotalik holati tuproq singdiruvchi kompleksi asoslar bilan to‘yinmagan sharoitda bo‘lishi mumkin. 27 Potensial kislotalik tuproq eritmasi va singdiruvchi kompleksning o‘zaro ta’siri va almashinish reaksiyasi natijasida hosil bo‘ladi. Masalan: + 4KCl → 4K + HCl + AlCl3 AlCl3 + 3H2 O = Al(OH)3 + 3HCl pH ko‘rsatkichi katta yoki kichikligiga qarab tuproq eritmasining kislotalik darajasi quyidagicha bo‘ladi: pH = 3-4,5 – kuchli kislotali; pH = 4,5-5,5 – o‘rta kislotali; pH = 5,5-6,5 – kuchsiz kislotali. Ishqoriy reaksiyaning kelib chiqishida tuproq eritmasidagi kuchli asosli va kuchsiz kislotali (К2 СО3 , КНСО3 , Nа2 СО3 , NаНСО3 ) tuzlar asosiy o‘rinni egallaydi. Singdirish kompleksida natriy kationlari saqlovchi tuproqlar ishqoriy reaksiyaga ega. Ishqoriy muhit birikmalari tuproq eritmasida erib, uning tarkibidagi gidroksil ionlarni ko‘paytirganida vujudga keladi. Aktual ishqoriy muhit eritmada Na2 CO3 , NaHCO3 , Ca(HCO)2 va boshqa birikmalarning erishi hisobiga, potensial ishqoriylik esa tuproq singdiruvchi kompleksida Na ioni mavjud bo‘lishi hisobiga hosil bo‘ladi: + H2 O + CO2 → + Na2 CO3 (soda) Na2 CO3 + 2H2 O = 2NaOH + H2 CO3 , bunda TSK – tuproq singdiruvchi kompleksi. Tuproqlar pH ko‘rsatkichi bo‘yicha quyidagi ishqoriylik darajalariga ajratiladi: pH = 7-7,5 – kam ishqoriylik; pH = 7,5-8,5 – o‘rtacha ishqoriylik; pH = 8,5 va undan yuqori – kuchli ishqoriylik. O‘simliklarning aksariyati pH ko‘rsatkich 3,5 dan past va 9 dan yuqori bo‘lganda o‘smaydi. O‘simliklarning yaxshi rivojlanishi uchun tuproq eritmasining pH ko‘rsatkichi 5,5-6,5 dan 7-7,5 gacha bo‘lishi maqsadga muvofiq. Mg Ca H Ca Mg Al Na TSK] TSK] TSK]Na TSK] H H 28 Tuproqning singdirish qobiliyati bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan xossalardan biri − uning buferligidir. Tuproq reaksiyasi o‘z holatini saqlash va tashqi muhitdan ta’sir etuvchi aktual reaksiyalarga qarshi turish qobiliyatiga ega. Tuproqning kislotali yoki ishqorli aktual reaksiya ta’siriga qarshi tura olish xususiyati tuproq buferligi deyiladi. Buferlik tuproqda nisbatan o‘zgarmas muhit yaratish imkonini yaratadi. Bu ko‘rsatkich tuproqning kimyoviy tarkibiga, kolloid qismiga va mexanik tarkibiga bog‘liq bo‘ladi. Mexanik tarkibi soz, gumusli tuproqlar katta buferlikka, qumloq, qumli va gumusi oz tuproqlar kam buferlikka ega bo‘ladi. Tuproq buferligi o‘simliklar vа tuproqdagi mikroorganizmlar hayotida muhim ahamiyatga ega. Chunki bu organizmlar, tuproqda neytral vа unga yaqin reaksiya bo‘lganda yaxshi riyojlanadi. Muloqot savollari: 1. Tuproq eritmasi deganda nima tushuniladi? 2. Eritmaning reaksiyasi qanday sharoitda nordon bo‘ladi? 3. Eritmaning reaksiyasi qanday sharoitda ishqoriy bo‘ladi? 4. Madaniy o‘simliklar eritmaning pH ko‘rsatkichi qanday bo‘lganda yaxshi rivojlanadi? 5. Tuproq buferligi deganda nima tushuniladi? 1.7. Tuproqning issiqlik va havo xossalari Tuproq harorati o‘simliklar o‘sib rivojlanishining eng muhim omillaridan biridir. Tuproq harorati tuproqda kechadigan kimyoviy va biologik jarayonlarga ham bevosita ta’sir etadi. Tuproqda ma’lum harorat bo‘lgandagina o‘simliklar yaxshi o‘sib rivojlanadi, mikroorganizmlar faoliyati faollashadi. Tuproqda sodir bo‘ladigan fizik, fizikkimyoviy va biologik jarayonlarning yo‘nalishi va jadalligi tuproq qatlamidagi haroratga bog‘liq bo‘ladi. Harorat ko‘tarilishi natijasida tuzlarning eruvchanlik darajasi ortadi, kimyoviy reaksiya tezlashadi va ona jinsning yemirilishi jadallashadi, tuproq qatlamida namlik 29 va havoning harakati, yo‘nalishi o‘zgaradi, mikroorganizmlarning rivojlanishi, biokimyoviy jarayonlar va organik moddalarning parchalanishi tezlashadi. O‘simliklar turining botanik xususiyatlari, o‘sish davrlariga qarab issiqlikka bo‘lgan talabi har xil bo‘ladi. Masalan, 0-10 sm chuqurlikka ekilgan ayrim o‘simliklar urug‘i quyidagi haroratda unadi: G‘o‘za – +12-14 0 C; Kungaboqar – +5-6 0 C; Makkajo‘xori – +8-10 0 C; Kartoshka – +5-6 0 C. Aksariyat mikroorganizmlar tuproq ustki qatlamida harorat +25– 30 0 C bo‘lganda yaxshi rivojlanadi. O‘simliklarning o‘sib rivojlanishi yoz davridagi o‘rtacha haroratga bog‘liq bo‘ladi. Asosiy issiqlik manbai quyosh radiatsiyasidir. Uning foydalanadigan tuproq yuzasida yig‘ilishi hududning geografik joylashishiga, kun va yil davriga, yer yuzasining past-balandligiga bog‘liq bo‘ladi. Foydalaniladigan tuproq yuzasi deganda 1 sm2 maydonga 1 daqiqada 2 kalloriya issiqlik yig‘ilishi tushuniladi. Tuproqning issiqlik bilan ta’minlanganligi ma’lum qatlamdagi issiqlik muvozanatini taqqoslash bilan aniqlanadi. Tuproqning ma’lum qatlamidagi issiqlik muvozanati quyidagi tenglama yordamida aniqlanadi: ΔC = R − LEc ± B ± P, bunda, ΔC−ma’lum hajmdagi tuproqda issiqlik miqdorini o‘zgarishi; R−quyosh radiatsiyasi muvozanati; LEc − umumiy bug‘lanishga sarflanadigan issiqlik; B − muvozanatligi aniqlanayotgan va uning ostidagi qatlamlar orasidagi issiqlik almashinishi; P − atmosfera bilan tuproq orasidagi issiqlik almashinishi. Tuproqning issiqlik muvozanati tenglamasi yordamida tuproqning issiqlik tartibini yaxshilash usullarini belgilash mumkin. Yuqoridagi tenglama asosida ma’lum qishloq xo‘jalik ekini bilan band bo‘lgan dalaning umumiy bug‘lanish miqdorini aniqlash mumkin: 30 Ec (R B P C) L l = ± ± − ∆ bunda, Ec − daladan umumiy bug‘lanish miqdori; l − qisqa to‘lqinli quyosh radiatsiyasi; L − bug‘lanish hisobiga hosil bo‘ladigan issiqlik; R − quyosh radiatsiyasi muvozanati; B − muvozanatligi aniqlanayotgan va uning ostidagi qatlamlar orasidagi issiqlik almashinishi; P − atmosfera bilan tuproq orasidagi issiqlik almashinishi; ΔC − ma’lum hajmdagi tuproqda issiqlik miqdorini o‘zgarishi. Tuproq harorati unda shakllanayotgan yoki sarflanayotgan issiqlik miqdoridan tashqari uning issiqlik sig‘imi va issiqlik o‘tkazuvchanligiga bog‘liq. Issiqlik sig‘imi deganda 1 g yoki 1 sm3 tuproqni 10 C ga isitish uchun sarflanadigan issiqlik miqdori tushuniladi va kal/g·grad birligi bilan o‘lchanadi. Tuproqning issiqlik sig‘imi uning tarkibiga, qattiq, suyuq va gazsimon qismining nisbatiga, organik moddaning miqdoriga bog‘liq bo‘ladi. Tuproqning issiqlik o‘tkazuvchanligi deganda 1 sm qalinlikdagi tuproqda harorat 10 C ga oshganda 1 sm2 maydondan 1 sekundda o‘tadigan issiqlik tushuniladi va kal/sm2 ·s·grad birligi bilan o‘lchanadi. Issiqlik o‘tkazuvchanlik quruq tuproqlar namlanganda oshadi. Tuproq namligi yuqori bo‘lganda nisbatan sekinlashadi. Qum va qumloq tuproqlarning issiqlik o‘tkazuvchanligi yuqori, lekin issiqlik sig‘imi nisbatan kam bo‘ladi. Qumoq va soz tuproqlarda esa aksincha bo‘ladi. Tuproqning issiqlik tartibi deganda, ma’lum qatlamga issiqlikning yig‘ilishi, sarflanishi va harakatlanishi tushuniladi. Tuproqning issiqlik tartibi iqlim sharoitlari (quyosh radiatsiyasining oqimi, atmosferada namlikning ortishi yoki kamayishi vа boshqalar), joyning relyef sharoitlari, o‘simlik vа qor qoplami singarilar ta’sirida vujudga keladi. Tuproqning issiqlik muvozanatini belgilovchi issiqlik tartibining asosiy ko‘rsatkichi tuproq harorati hisoblanadi. Tuproq harorati kelayotgan quyosh radiatsiyasi oqimi vа tuproqning issiqlik xossalari bilan belgilanadi. Ec 31 Tuproq harorati uning mexanik tarkibi, namligi va rangiga bog‘liq. Havo harorati 00 C dan pasayganda tuproq muzlaydi. Nam, soz tuproqlar, qumloq va qumoq tuproqlarga nisbatan kam chuqurlikkacha muzlaydi. Issiqlik ta’sirida qumloq va qumoq tuproqlar soz tuproqlarga nisbatan tez qiziydi. Tuproqning issiqlik tartibi unga ishlov berish, tuproq ustini yopish (qipiq, go‘ng, plyonka bilan), maxsus issiqxonalar qurish orqali boshqariladi. Tuproqning nam bo‘lmagan bo‘shliqlarini egallab turuvchi turli gazlar va uchuvchi organik birikmalar aralashmasiga tuproq havosi deyiladi. Tuproq havosi yoki gazsimon qismi tuproqning muhim tarkibiy qismi bo‘lib, uning qattiq, suyuq va tirik organizmlardan iborat qismlari bilan bevosita bog‘liq hamda o‘simliklarning hayot omillaridan biridir. Tuproq havosi va uning tarkibi tuproqda kechadigan turli jarayonlarda katta ta’sir etadi. Har bir tuproqda ma’lum miqdorda havo bo‘ladi. Havo tuproq bo‘shliqlariga atmosferadan kiradi, qisman tuproqdagi biokimyoviy jarayonlar natijasida paydo bo‘ladi. Havo o‘simliklar va tuproqdagi mikroorganizmlar hayoti uchun katta ahamiyatga ega. Tuproqda havo bo‘lmaganda aerob bakteriyalar hayot kechira olmaydi, organik moddalar chirimaydi, azotli oziq moddalar paydo bo‘lmaydi. Havo bo‘lmagan tuproqda o‘simlikka zararli bo‘lgan kimyoviy birikmalar vujudga keladi. Tuproqdagi havo o‘simlik ildizlarining nafas olishini ta’minlaydi. Tuproq havosi fotosintez jarayonida o‘simliklar foydalanadigan CO2 gazining manbai ham hisoblanadi. Fotosintez jarayonida sarflanadigan jami CO2 miqdorining 36-72 foizini о‘simlik tuproqdan oladi. Tuproqdagi havo shuningdek, tuganak va azot to‘plovchi bakteriyalarni azot bilan ta’minlaydi. Tuproqdagi havoning miqdori qatlamlar orasidagi bo‘shliq va namlik darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Tuproqdagi bo‘shliq qanchalik ko‘p va ular suv bilan kam ishg‘ol etilgan bo‘lsa, havo shunchalik ko‘p (35-40 %) bo‘ladi. Havoning miqdori tuproq turi, donadorligi, qo‘shilmalari, 32 namligi, tuproqqa ishlov berish darajasi va sifatiga qarab o‘zgarib turadi. Tuproq havosida 20 % dan ortiqroq kislorod va 0,15–0,65 % karbonat angidrid bo‘ladi. Qolgan qismi azot (78-80 %), ammiak (NH3 ), metan (CH4 ), vodorod sulfid (H2 S), vodorod (H) dan iborat. Tuproq havosida hamma vaqt ma’lum miqdorda suv bug‘i bo‘ladi. Tuproqning havo xossalariga havo o‘tkazuvchanligi va sig‘imi singarilar kiradi. Tuproqning o‘z qatlamlari orqali havoni o‘tkazish qobiliyatiga tuproqning havo o‘tkazuvchanligi deyiladi. Нavо o‘tkazuvchanligi muayyan vaqtda 1 sm qalinlikdagi tuproqning 1 sm2 ko‘ndalang kesimi yuzasidan ma’lum bosimda mm hisobida o‘tadigan havo miqdori bilan o‘lchanadi. Hаvо o‘tkazuvchanlik qanchalik to‘1iq ifodalangan bo‘lsa, gaz almashinuvi ham shuncha yaxshi bo‘ladi. Hаvо o‘tkazuvchanlik tuproqning mexanik tarkibi, uning zichligi, namligi va donadorlik holatiga bog‘liq. Tuproqning havo sig‘imi − hajmiy foiz bilan ifodalanadigan vа tuproqning barcha g‘ovakliklarida ushlanib turiladigan havo miqdoridir. Hаvо miqdori tuproqdagi namlik va g‘ovakliklar miqdoriga bog‘liq. Bo‘shliqlar qanchalik ko‘p vа namlik kam bo‘lsa, tuproqdagi havo ham shuncha ko‘p bo‘ladi. Havoning tuproqdagi harakati va tarkibining o‘zgarishi tuproqning havo tartibi deyiladi. Havo rejimining o‘zgarishida tuproqdagi biokimyoviy jarayonlar va atmosfera havosi bilan to‘xtovsiz almashinib turishi muhim ahamiyatga ega. Havo almashinishi natijasida tuproqqa kislorod kiradi. Natijada urug‘ unadi, ko‘karadi, o‘simlik ildizi nafas oladi va bakteriyalar hayoti jadallashadi. O‘simlik, hayvon va bakteriya qoldiqlarining chirishi natijasida hosil bo‘lgan karbonat angidrid atmosferaga chiqadi. Harorat ko‘tarilganda tuproqqa kiradi. Shu tartibda kun va yil davomida tuproqda muntazam ravishda havo almashinib turadi, ya’ni tuproq «nafas oladi». Tuproqda havo almashinishi umuman ikki xil bo‘ladi. Aktiv − tuproq havosining bosimi, quyuqligi va haroratining o‘zgarishi natijasida va passiv − tuproq namligi, yer osti suvlarining sathi o‘zgarganda sodir bo‘ladi. Tuproq havosi unda sodir bo‘layotgan oksidlanish – qayta tiklanish jarayonining asosi hisoblanadi. Bu jarayonning jadalligi va yo‘nalishi 33 millivolt (mV) birligida ifodalandi. Millivolt – platina yoki boshqa indifferekt elektrodning nam tuproqda qaytish potensiali. Oksidlanish jarayoni tuproqda kislorod bo‘lganida sodir bo‘ladi. Qaytmas oksidlanish jarayoni organik moddalarning parchalanishida (aminokislotalar, oqsil, shakar, yelimsimon va ishqoriy moddalarning oksidlanishi) sodir bo‘ladi. Qayta tiklanadigan oksidlanish jarayoni temir, marganes, oltingugurtning oksidlanishi va qayta tiklanishida vujudga keladi. Donador, aeratsiyasi yaxshi, tarkibida kislorod ko‘p tuproqlarda oksidlanish − qayta tiklanish jarayoni 300-600 mV, botqoq va sernam tuproqlarda 200 mV miqdorda – proporsional nisbatda bo‘ladi. Oksidlanish jarayoni jadal sodir bo‘lganda (500 mV dan yuqori) organik moddalar to‘liq parchalanadi. Natijada tuproqda gumus yig‘ilmaydi, tarkibida mineral tuzlar ko‘p bo‘lgan och tusli tuproqlar shakllanadi. Bu jarayon cho‘l mintaqasida, quruq iqlim sharoitida sodir bo‘ladi (masalan, bo‘z tuproqlar mintaqasi). Qayta tiklanish jarayoni jadal sodir bo‘lganda (200 mV dan kam) organik moddalar sekin parchalanadi (torf hosil bo‘lishi). Natijada tuproqda o‘simlik uchun zarur bo‘lgan ozuqa moddalar kam yig‘iladi. Tuproqda o‘simlik uchun zaharli birikmalar hosil bo‘ladi. Tuproqning suv-havo rejimi maqbul bo‘lgan sharoitda oksidlanish-qayta tiklanish ko‘rsatkichi 350-500 mV atrofida bo‘lganda gumus miqdori ko‘p, fizik, kimyoviy xossalari yaxshi bo‘lgan tuproqlar (qora tuproq) shakllanadi. Oksidlanish – qayta tiklanish jarayonining jadalligi va yo‘nalishi tuproq hosil bo‘lishini izohlovchi ko‘rsatkich hisoblanadi. Muloqot savollari: 1. Tuproqning issiqlik sig‘imi deganda nima tushuniladi? 2. Tuproqning issiqlik o‘tkazuvchanligi deganda nima tushuniladi? 3. Tuproqning issiqlik rejimi qanday boshqariladi? 4. Tuproq havosining tarkibi nimalardan iborat? 5. Tuproqda havo nima uchun zarur? 34 1.8. Tuproqning suv xossalari Tuproq hosil bo‘lish jarayonida sodir bo‘ladigan biokimyoviy o‘zgarishlar suv ishtirokida amalga oshadi. Undan tashqari, o‘simliklarning oziqlanishi va rivojlanishi tuproqning suv bilan ta’minlanganlik darajasiga bog‘liq. Tuproqda suv quyidagi holatlarda bo‘ladi: Bug‘simon suv – tuproq qatlamidagi bo‘shliqlarda erkin harakat qiladi. Bug‘ sernam joydan nami kam tomonga, yuqori haroratli qatlamdan past haroratli qatlamga, bosimi ko‘p joydan kam bosimli joyga erkin harakat qiladi. Bug‘simon suvni o‘simlik o‘zlashtirmaydi. Ammo quyuqlashib suyuq holga o‘tgandan (haroratning pasayishi natijasida kondensatsiya hisobiga) so‘ng o‘simlikka singadi. Bunday suv dehqonchilikda ahamiyatga ega emas. Gigroskopik suv – kuchli bosim natijasida tuproq zarrachalari yuzasiga singdirilgan suv. Uning miqdori tuproqning mexanik tarkibiga, organik moddaning miqdoriga, namlik va issiqlik darajasiga bog‘liq. Gigroskopik suv tuproq zarrachalari yuzasidan juda mahkam ushlab turilganligi sababli, uni ajratib olish uchun tuproqni 105-110 0 C gacha qizdirish kerak. Tuproqdagi suvning miqdori maksimal gigroskopik suvga nisbatan ikki marta ko‘p bo‘lsa, o‘simlik so‘liy boshlaydi. Har bir tuproqdagi maksimal gigroskopik suvning ikki hissasiga teng bo‘lgan namlik o‘simlikning so‘lish koeffitsiyenti deyiladi. Bu miqdordagi suv o‘simlik uchun foydasiz. Parda suv. Tuproq zarrasi yuzasidagi gigroskopik suvning ko‘payishi natijasida paydo bo‘lgan yupqa suv qatlamiga parda suv deyiladi. Bu xildagi suv ham zarra yuzasiga juda singan bo‘lib, zarraning markazga tortish kuchiga bo‘ysunadi. Ba’zida parda suvni gid-ratatsion yoki osmotik suv ham deyiladi. Parda suv o‘simlikka qisman singadi, lekin uning talabini qondirolmaydi. Kapillyar suv. Mayda zarralar orasidagi bo‘shliqni egallagan nozik qilsimon g‘ovaklarda pastdan yuqoriga erkin harakat etadigan suv. Kapillyar suvning harakat tezligi zarralarning yirikligiga bog‘liq. Zarralar qancha mayda bo‘lsa, garchi sekin harakat qilsa ham, kapil- 35 lyar suv shuncha yuqori ko‘tariladi. Qum tuproqlarda 30–60 sm, qumoq va soz tuproqlarda 3–4 m va undan ham yuqoriroq ko‘tarilishi mumkin. Kapillyar suv o‘simlik uchun eng foydali suvdir. Gravitatsion suv – tuproq qatlamlari orqali yuqoridan pastga harakat etadigan suv o‘simlikka juda oson singadi. Gravitatsion suv yog‘indan yoki o‘simlik sug‘orilgandan so‘ng ko‘payadi. Tuproqda kapillyar va gravitatsion suv miqdori qatlamning zichlik darajasiga, qo‘llaniladigan agrotexnik tadbirlarning sifatiga bog‘liq bo‘ladi. Tuproq qatlamida saqlanadigan suvning holatini belgilovchi uning barcha xossalari yig‘indisiga tuproqning suv xossalari deyiladi. Eng muhim suv xossalariga tuproqning nam sig‘imi, suv o‘tkazuvchanligi, suv ko‘tarish qobiliyati va gigroskopikligi kiradi. Tuproqning ma’lum miqdorda o‘ziga suvni singdirishi va ushlab turish qobiliyatiga tuproqning nam sig‘imi deyiladi. Tuproq ushlab qolgan suv miqdori va holatiga ko‘ra nam sig‘imi to‘liq, kapillyar va maksimal molekulyar bo‘ladi. Tuproqdagi hamma bo‘shliqlar suv bilan tamomila to‘yingan namlikka to‘liq nam sig‘imi deyiladi. Tuproqning faqat kapillyar bo‘shliqlari suv bilan ishg‘ol bo‘lsa kapillyar nam sig‘imi yoki nisbiy nam sig‘imi deyiladi. Kapillyar suv o‘simlikni suv va oziq moddalar bilan ta’minlashda asosiy manba hisoblanadi. Tuproq qatlamida faqat parda suv bo‘lsa, maksimal molekulyar nam sig‘imi deyiladi. Tuproq nam sig‘imining me’yori uning mexanik va organik tarkibiga, donadorligiga bog‘liq. Ko‘p gumusli, soz va donador tuproqlarda nam sig‘im katta, qumloq va kam gumusli tuproqlarda kichik bo‘ladi. Tuproqning suv o‘tkazuvchanligi deganda, qatlamning ustki qismidan pastki qismiga ma’lum miqdordagi suvni o‘tkazish xususiyati tushuniladi. Tuproqning kapillyarlik yoki suv ko‘tarish qobiliyati – kapillyar yo‘llar orqali suvni pastki qatlamdan yuqoriga ko‘tarilishidir. Suvning kapillyar orqali yuqoriga ko‘tarilish tezligi va balandligi tuproqning mexanik tarkibiga, donadorligiga va qatlam zichligiga bog‘liq bo‘ladi. 36 Tuproqning gigroskopikligi deganda, uning havodagi suv bug‘larini singdirib olish xususiyati tushuniladi. Tuproqning gigroskopikligi gumus, loyqa va kolloid zarrachalarining miqdori va xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi. Tabiiy sharoitda atmosferadan tushadigan qor va yomg‘ir suvlari, qatlamlar orasidagi suv bug‘larining quyuqlanishi natijasida paydo bo‘lgan suvlar, sug‘orish suvlarining bir qismi tuproqqa shimiladi, qolgan qismi hududning nishab tomoniga qarab oqib ketadi. Ma’lum vaqtda tuproq tarkibidagi namlikning o‘zgarishi tuproqning suv tartibi deyiladi. Tuproqning suv tartibi uning namlanish koeffitsiyenti orqali izohlanadi. Tuproqning namlanish koeffitsiyenti deganda ma’lum vaqt ichida mazkur maydonga kelayotgan suv miqdorining (qor, yomg‘ir) shu maydondan bug‘lanish va transpiratsiyaga sarflanayotgan suv miqdoriga bo‘lgan nisbati tushuniladi. Tuproqning namlanish koeffitsiyenti quyidagi formula asosida aniqlanadi: Eo Oc K = bunda, Oc – o‘rtacha yillik yog‘in miqdori, mm; E0 – o‘rtacha yillik umumiy bug‘lanishga sarflanadigan suv miqdori, mm. Namlanish koeffitsiyentining ko‘rsatkichi asosida tuproqning quyidagi suv rejimi turlari shakllanadi: 1. Muzlaydigan suv rejimi – torfli-geliyli tuproqlar. 2. Yuviladigan suv rejimi – namlanish koeffitsiyenti 1,3 dan katta bo‘lgan subtropik mintaqalardagi qizil, sariq tuproqlar. 3. Vaqti-vaqti bilan yuviladigan suv rejimi – namlanish koeffitsiyenti taxminan 1 ga teng bo‘lgan o‘rmon-cho‘l mintaqasidagi bo‘z tusli o‘rmon tuproqlari. 4. Yuvilmaydigan suv rejimi – namlanish koeffitsiyenti 1-0,7 ga teng bo‘lgan kashtan, qora tuproqlar. 5. Terlama suv rejimi – namlanish koeffitsiyenti taxminan 0,7 ga teng bo‘lgan cho‘l mintaqalardagi qo‘ng‘ir, bo‘z tuproqlar. E0 Oc Oc 37 6. Irrigatsion suv rejimi – sug‘orma dehqonchilik sharoitida tuproqning qo‘shimcha ravishda namlanishi natijasida ro‘y beradi. O‘zbekiston hududining tekislik qismida yuvilmaydigan suv tartibi bo‘lganligi sababli yetishtiriladigan o‘simliklarning aksariyati sun’iy sug‘orish yordamida mo‘ljaldagi hosilni beradi. Tuproqning ma’lum vaqtdagi suv rejimini tenglik asosida baholash mumkin. Tuproqdagi suv muvozanati quyidagi tenglama yordamida aniqlanadi: ΔW = K – CH, bunda, K – muvozanatning kirim qismi; CH – muvozanatning chiqim qismi. «K» quyidagi tenglama asosida hisoblanadi: K = M + Ak + Ksh + (Wb –Wo), bunda, M – sug‘orish me’yori, m3 /ga; Ak – atmosfera yog‘inlari va undan foydalanish koeffitsiyenti, m3 /ga; Ksh – kapillyar naychalar orqali ko‘tariladigan suv, m3 /ga; Wb – mavsum boshidagi tuproq namligi, m3 /ga; Wo – mavsum oxiridagi tuproq namligi, m3 /ga. «CH» quyidagi tenglama yordamida hisoblanadi: CH = (B + T) + (Wo–Wb), bunda, B – tuproqning ustki qismidan bug‘lanish, m3 / ga; T – o‘simliklar orqali transpiratsiya, m3 /ga; Wb – mavsum boshidagi tuproq namligi, m3 /ga; Wo – mavsum oxiridagi tuproq namligi, m3 /ga. Qishloq xo‘jaligida tuproqlarni melioratsiyalash muhim ahamiyatga ega. Melioratsiya tuproq holatini yaxshilaydi, uning unumdorligini oshiradi. Melioratsiya loyihalari amalda qo‘llanilayotganda tuproqning suv rejimlarining turlari albatta e’tiborga olinadi. Muloqot savollari: 1. Tuproqda suv nima uchun zarur? 2. Tuproqda suv qanday shakllarda bo‘ladi? 3. Tuproqning suv xossalarini izohlang. 4. Tuproqning namlanish koeffitsiyenti deganda nima tushuniladi? 5. Tuproqning qanday suv rejimlari mavjud? 38 1.9. Tuproq va o‘simliklarning yer yuzida tarqalish qonuniyatlari Yer sharining iqlim sharoiti har xil bo‘lganligi sababli tuproq qoplami ham bir-biridan farq qiladi. Tuproq va o‘simliklarning yer yuzida tarqalishi o‘ziga xos qonuniyatlarga bo‘ysunadi. Mazkur qonuniyatlarni bilish tuproq va o‘simlik zaxiralarini keng miqyosda va chuqur o‘rganish, ularning xossalarini yaxshilash, samarali foydalanish usullarini qo‘llash va muhofaza qilish imkonini yaratadi. Bu ishlar asosida tuproqlarni hududlashtirish yotadi. Tuproqlarni geografik hududlashtirish tamoyillari V.V.Dokuchayevning tuproqlarning уеr yuzasida mintaqaviy tarqalish ta’limotiga asoslangan. Mintaqaviylik tuproq hosil bo‘lishida ishtirok etuvchi omillar va sharoitlar hududning geografik joylashishiga bog‘liqligini nazarda tutadi. Tuproq mintaqasi deganda ayrim tuproq tipi va o‘simliklar nisbatan ko‘p tarqalgan hudud tushuniladi. Yer sharida iqlim sharoiti va o‘simlik dunyosi kengliklar bo‘yicha o‘zgaradi. Shu sababli tuproq qoplamining kengliklar bo‘yicha o‘zgarishi mavjud. Tuproqlarning bu tartibda tarqalishi gorizontal mintaqaviyligi deyiladi. Tog‘li yoki tog‘ oldi hududlarida iqlim sharoiti, o‘simlik dunyosi va tuproq qoplami balandlikdan pasttekislikka qarab o‘zgaradi. Tuproqlarning bu tartibda tarqalishi vertikal mintaqaviylik deyiladi. Tuproqni geografik hududlashtirishda bir nechta taksonomik birliklardan foydalaniladi. Ularning eng kattasi tuproq bioiqlim mintaqalari bo‘lib, Yer sharining quruq qismida joylashgan bir xil yorug‘lik va issiqlik bilan ta’minlangan, tuproq hosil bo‘lish jarayoni va o‘simlik dunyosining shakllanishiga bir xil ta’sir etadigan hududlarni o‘z ichiga oladi. Yer sharida quyidagi tuproq bioiqlim mintaqalari mavjud: qutbiy, boreal, subboreal, subtropik, tropik. Tuproq bioiqlim mintaqalari ichida tuproq bioiqlim oblastlar iqlimi va yog‘ingarchilik miqdori har xil bo‘lgan hududlar mavjud. Ular nam (ekstragumid va gumid), o‘tkinchi (subgumid va subarid) va 39 quruq (arid va ekstraarid) oblastlardan iborat. Pasttekisliklar, tog‘lar o‘z navbatida tuproq mintaqalari, mintaqachalari, provinsiyalari, okruglari va rayonlariga bo‘linadi. Tuproq mintaqasi tekis hududlardagi muayyan tuproq tiplarini, ba’zan intrazonal tuproqlarni o‘z ichiga oladigan tuproq bioiqlim oblastlarning bir qismidir. Tuproq mintaqachasi tuproq mintaqasining bir qismi bo‘lib, mintaqa tuproqlar orasida ma’lum tuproq mintaqasining bir qismi hisoblanadi. Tekisliklardagi tuproq provinsiyalari deb, mahalliy tuproq hosil bo‘lish xususiyatlari bilan farqlanadigan tuproq mintaqasi yoki mintaqachasining bir qismiga aytiladi. Tuproq okrugi tuproq provinsiyasining bir qismi bo‘lib, tuproq paydo bo‘lishiga ta’sir etuvchi: joyning relyefi, iqlimi, o‘simliklar tarkibi, gidrogeologik sharoitlarning o‘ziga xos xususiyatlari bilan belgilanadi. Tuproq rayoni tuproq okrugining bir qismi bo‘lib, tuproq qoplamining aksariyat ko‘p qismi bir xil, samaradorlik va unumdorlikni oshirishga qaratilgan tadbirlar tarkibi va me’yori ham nisbatan bir xil bo‘ladi. Pasttekisliklarni tuproq-geografik hududlashtirishda asosiy birlik sifatida mintaqa qabul qilinadi. Mintaqada olib boriladigan dehqonchilik tizimi, tuproq unumdorligini oshirish va muhofaza qilishga oid agrotexnik, agromeliorativ va biologik tadbirlar nisbatan bir xil tartibda va me’yorda amalga oshiriladi. Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi hududida quyidagi tuproq mintaqalari mavjud: − arktika va subarktika mintaqasi (tundra tuproqlari); − tayga-o‘rmon mintaqasi (podzol, botqoq, muzlagan, o‘tloqio‘rmon, o‘rmon tuproqlari); − keng bargli o‘rmon mintaqasi (qo‘ng‘ir o‘rmon tuproqlari); − o‘rmon-dasht mintaqasi (bo‘z o‘rmon tuproqlari); − dasht mintaqasi (qora tuproqlar); 40 − quruq dasht mintaqasi (kashtan tuproqlar); − cho‘l-dasht mintaqasi (qo‘ng‘ir va bo‘z tuproqlar); − cho‘l mintaqasi (bo‘z − qo‘ng‘ir tuproqlar, taqirlar); − nam subtropik mintaqa (sariq tuproqlar, taqirlar). Agrotuproq hududlashtirish tuproq-geografik hududlashtirish asosida o‘tkaziladi. Lekin bunda tuproqning agronomik ko‘rsatkichlari, joyning tabiiy, ishlab chiqarish sharoitlariga alohida e’tibor beriladi va batafsil o‘rganiladi. Xo‘jalik hududida tarqalgan va asosiy agronomik xossalari (mexanik tarkibi, gumus miqdori, ozuq moddalari, suv-havo xossalari va h.k.) yaqin bo‘lgan tuproqlar agroishlab chiqarish guruhlariga birlashtiriladi va alohida xaritogramma tarzida tuzib chiqiladi. Agroishlab chiqarish guruhlari izohlanayotganda tuproqlar va alohida dalalarning salbiy xossalariga alohida e’tibor beriladi. Shular asosida yerlarni tubdan yaxshilash uchun zarur bo‘lgan meliorativ tadbirlar amalga oshiriladi. Muloqot savollari: 1. Yer yuzidan qanday tuproq bioiqlim mintaqalari va oblastlari mavjud? 2. MDH hududida qanday tuproq mintaqalari mavjud? 3. Tuproq va o‘simliklarning yer yuzida gorizontal tarqalishi deganda nima tushuniladi? 4. Tuproq va o‘simliklarning yer yuzida vertikal tarqalishi deganda nima tushuniladi? 5. Tuproqlarni geografik va agrotuproq hududlashtirish haqida tushuncha bering. 1.10. O‘zbekiston tuproqlari, ularning tarqalishi va tasnifi O‘zbekiston Respublikasining hududi ikki xil geografik mintaqa (zona) da joylashgan. Bu mintaqalardagi iqlim sharoiti, relyef tuzilishi, o‘simliklar olami va tuproqlarning tarqalishi ma’lum qonuniyatlarga asoslangan. Birinchi geografik hudud – bu quruq iqlimli, asosan 41 pasttekisliklardan iborat cho‘l mintaqasi. Bu hudud Respublika umumiy maydonining 71,7 % ini tashkil etadi. Ikkinchi geografik hudud – iqlim sharoiti yumshoqroq va namli, tog‘ oldi va tog‘liklardan iborat cho‘l-dasht mintaqasi bo‘lib, umumiy maydonning 28,3 % ini tashkil etadi. Tuproqni geografik hududlashtirish – bu har bir hududning joylanishi, relyef tuzilishi, iqlim sharoiti va tuproqlariga ilmiy asosda ta’rif berishdir. Hududlashtirish ma’lum tartib, ya’ni tuproqlarning tekislik va balandlikdagi o‘zgarishi mintaqaviylik (zonallik) va provinsiyallik qonunlari asosida o‘tkaziladi. O‘zbekiston hududi Turon tuproq iqlim provinsiyasiga qarashli bo‘lib, umumiy o‘zgaruvchanlik (yog‘ingarchilik, o‘simliklarning tarkibi va qalinligi, suvning bug‘lanish miqdori va h.k.) shimoldan janubga va g‘arbdan sharqqa qarab sezilarli darajada o‘zgaradi. Tuproq iqlim provinsiyasi bir-biridan yer yuzasining orografik belgilari (tog‘ cho‘qqilari, suv ayirgichlar) bilan chegaralanadi. Provinsiya ichidagi okruglar bir-biridan iqlim sharoiti, geologik tuzilishi, relyefi, tuproq hosil qiluvchi yotqiziqlar va tuproqlari bilan farqlanuvchi vodiy va daryo vohalaridir. Bunday okruglardan O‘zbekistonda 8 tadir: 1. Ustyurt okrugi – shimoli-g‘arbda joylashgan, cho‘l mintaqasining shimoliy qismi. Ustyurt okrugi asosan yaylov sifatida chorvachilikda keng foydalaniladi. O‘zlashtirish uchun yer ko‘p bo‘lishiga qaramay, suv yetishmasiligi tufayli dehqonchilik olib borish juda ham qiyin. 2. Quyi Amudaryo okrugi – Qoraqalpog‘iston Respublikasining bir qismi va Xorazm viloyati hududi. Dehqonchilikda keng foydalaniladi. G‘o‘za, beda, makkajo‘xori, Sholi va boshqa ekinlar yetishtiriladi. Agro va gidromeliorativ tadbirlarni amalga oshirish lozim, yer zaxiralari ko‘p. 3. Qizilqum okrugi – Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududining katta qismi, Buxoro, Samarqand viloyatlari, Mirzacho‘l, Dalvarzin dashtlari, Nurota, Turkiston tog‘larining shimoliy yonbag‘ridagi Jizzax va Sirdaryo viloyatlariga qarashli yerlar. Sug‘oriladigan dehqon- 42 chilik okrugning shimoliy qismida joylashgan Mirzacho‘l va Dalvarzin dashtlarida olib boriladi. Tog‘ oldi qismida bahorikor don ekinlari ekiladi. Chorvachilik (qorako‘lchilik) keng rivojlangan. 4. Zarafshon okrugi – Zarafshon daryosi vohasida joylashgan (Buxoro va Samarqand viloyatlari hududi). Sug‘oriladigan, bahorikor dehqonchilik, chorvachilik rivojlangan. Cho‘l tuproqlar mintaqasida meliorativ tadbirlarni amalga oshirish zarur. 5. Qashqadaryo okrugi – Qashqadaryo viloyati hududi. Okrug shimoli-sharq va janubi-sharqdan Zarafshon va Hisor tog‘ tizmalari bilan o‘ralgan. Sug‘oriladigan, bahorikor dehqonchilik, o‘rmon xo‘jaligi va chorvachilik rivojlangan. Okrugning cho‘l qismida so‘nggi yillarda sug‘oriladigan dehqonchilik meliorativ tadbirlar bilan birgalikda amalga oshiriladi. 6. Surxondaryo okrugi – Surxondaryo viloyati hududi. Shimoli-g‘arb va shimoli-sharqdan Hisor tog‘lari bilan o‘ralgan. Sug‘oriladigan, lalmikor dehqonchilik va chorvachilik rivojlangan. Cho‘l mintaqasida so‘nggi yillarda sug‘oriladigan dehqonchilik meliorativ tadbirlar asosida amalga oshirilmoqda. 7. Chirchiq–Ohangaron okrugi – Chirchiq va Ohangaron daryolarining vohasi. Sirdaryoning o‘rta oqimi, Toshkent viloyatiga qarashli Tyanshan tog‘ tizmasining g‘arbiy qismidagi tog‘ oldi va tog‘li qismlarni tashkil etadi. Sug‘oriladigan va bahorikor dehqonchilik, o‘rmon xo‘jaligi va yaylov chorvachiligi keng rivojlangan. Meliorativ tadbirlar o‘tkazish zarurati yo‘q. 8. Farg‘ona okrugi – shimoli-sharqdan Chotqol va Farg‘ona, janubdan Oltoy va Turkiston tog‘ tizmalari bilan o‘ralgan (Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari hududi). Dehqonchilik asosan meliorativ tadbirlar bilan birga olib boriladi. Yangi sug‘oriladigan yerlar faqat Markaziy Farg‘onani o‘zlashtirish hisobiga ko‘payib bormoqda. Yuqorida ko‘rsatilgan tuproq okruglarining iqlim sharoitiga oid ma’lumotlar, asosiy tarqalgan tuproqlar quyidagi jadvalda keltirilgan (3-jadval). 43 3-jadval Tuproq okruglari O‘rtacha yillik harorat, 0 C Harorat +10 0 C dan ortiq bo‘lgan kunlar +10 0 C dan yuqori bo‘lgan harorat yig‘indisi Tarqalgan tuproqlar Ustyurt 8,6-10 178-186 1950 Sur-qo‘ng‘ir, sho‘rxoksimon, taqirsimon, taqir Quyi Amudaryo 10-12,4 188-200 2000-2300 O‘tloqi, allyuvial, ayrim hollarda sho‘rxoklar Qizilqum 13,3-15,0 207-224 2400-2800 Tekisliklarda och tusli sho‘rlangan bo‘z tuproqlar. Tog‘ oldi va tog‘larda to‘q tusli bo‘z tuproqlar, jigarrang tuproqlar Zarafshon 11,5-15,1 200-225 Bo‘z tuproqlar mintaqasi 2040-2330, Cho‘l tuproqlari mintaqasi 2530-2840 Cho‘l, bo‘z, o‘tloqi va botqoq-o‘tloqi tuproqlar Qashqadaryo 14,8 242 2533-2939 Cho‘l, och tusli bo‘z tuproqlar, o‘tloqi va botqoq o‘tloqi tuproqlar Surxondaryo 14-17 242-260 2533-3100 Cho‘l, bo‘z va jigarrang tuproqlar. Tog‘ qismida ochqo‘ng‘ir, o‘tloqidasht tuproqlar ChirchiqOhangaron 12,5-13,6 211-217 2150-2138 Bo‘z tuproqlar, o‘tloqi va botqoq o‘tloqi tuproqlar Farg‘ona 12,7-13,6 212-233 2200 Cho‘l tuproqlari (Markaziy Farg‘ona), tog‘ yonbag‘irlarida bo‘z tuproqlar, daryo vohasida o‘tloqi, botqoq-o‘tloqi, allyuvial tuproqlar 44 Tuproqlarning muhim va asosiy xususiyatlariga qarab ajratilishi tuproq tasnifi deyiladi. Tuproqning kelib chiqishi va rivojlanishini o‘z ichiga olgan guruhlarga ajratish genetik tasnif (klassifikatsiyasi) deyiladi. Tuproqlar tasnifini tuzishda quyidagi taksonomik birikmalardan foydalaniladi: Tuproq tipi – bir xil sharoitda hosil bo‘lgan, tuzilishga va xususiyatga ega bo‘lgan tuproqlar (bo‘z tuproq, qora tuproq, sho‘rxok tuproq). Tuproq tipchasi – bir xil tipdagi, lekin hosil bo‘lishda asosiy va qo‘shimcha xususiyatlar bilan farqlanadi (oddiy, to‘q tusli yoki och tusli bo‘z tuproq). Tuproq avlodi – tuproq hosil bo‘lish jarayonida ona jins yoki gidrologik sharoitlarga bog‘liq bo‘lgan belgilar bilan ajralib turadi (sho‘rtoblar, sho‘rxoklar). Tuproq turi – tuproq hosil bo‘lishidagi asosiy jarayon bilan belgilanadi (kam gumusli, o‘rtacha sho‘rlangan tipik bo‘z tuproqlar). Tuproq xili – mexanik tarkibi bilan belgilanadi (qum, qumloq, qumoq, soz tuproqlar). Tuproq razryadi – bir xilga ega bo‘lgan, lekin har xil ona jins asosida hosil bo‘lgan tuproqlar (lyoss yotqiziqlarida hosil bo‘lgan soz tuproqlar). O‘zbekiston hududida tarqalgan tuproqlar yer osti suvlarining past-balandligi, ularning hosil bo‘lish jarayonida ishtirok etishi va boshqalarni nazarda tutgan holda quyidagilarga bo‘linadi. 1. Avtomorf tuproqlar – yer osti suvlari 5 metrdan chuqurda joylashgan bo‘lib, tuproq xossalarining shakllanishida sezilarli darajada ishtirok etmaydi. Bularga taqirlar va taqirsimon, bo‘z-qo‘ng‘ir tusli, cho‘l-qum, och tusli, tipik va to‘q tusli bo‘z, cho‘l-bo‘z tusli tuproqlar kiradi. 2. Yarim gidromorf tuproqlar – yer osti suvlari 2-5 metr chuqurlikda joylashgan bo‘lib, tuproq xossalarining shakllanishida qisman ishtirok etadi. Bularga o‘tloqi-bo‘z va o‘tloqi-cho‘l (yer osti suvlari 3-5 m chuqurlikda), bo‘z-o‘tloqi va cho‘l-o‘tloqi (yer osti suvlari 2-3 m chuqurlikda) tuproqlar kiradi. 3. Gidromorf tuproqlar – yer osti suvlari tuproq xossalarini shakllanishda ishtirok etadi. Bularga o‘tloqi (yer osti suvlari 1-2 m 45 chuqurlikda), botqoq-o‘tloqi (yer osti suvlari 0,5–1,0 m chuqurlikda), o‘tloqi-botqoq va botqoq (yer osti suvlari 0,5 m dan yuqori) tuproqlar kiradi. Muloqot savollari: 1. O‘zbekistonda nechta tuproq-iqlim okruglari mavjud? 2. Tuproq-iqlim okruglari qanday ko‘rsatkichlar asosida ajratilgan? 3. Tuproqlar tasnifi deganda nima tushuniladi? 4. Tuproqlar tasnifi qanday taksonomik birliklar asosida tuziladi? 5. Yer osti suvlarining chuqurligiga ko‘ra qanday tuproqlarga ajratiladi?

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Боҳодиров М. Расулов А. Тупроқшунослик. – Т: Ўқитувчи, 1975. 2. Гедройц К.К. Солонцы, их происхождение, свойства и мелиорация // Избр. соч. – М., 1955. 3. Качинский Н.А. Физика почв. – М.: Высшая школа, Ч.2, 1970 ,359 с. 4. Кашкаров А.К. и др. Орошаемое земледелие аридной зоны (С основами растениеводства) / Под общ.ред. Кашкарова А.К. Ташкент: Укитувчи, 1984, 272 с. 5. Нематов Х., Баталов А. Фермерлар китоби. Энциклопедия. – Т.: 2014. 6. Рамозонов О., Юсупбеков О. Тупроқшунослик ва деҳқончилик. – Т.: «Шарқ», 2003, 272 б. 7. Рамазанов А. Почвоведение и земледелие. – Т.: «Fan va texnologiya», 2007, 176 с. 8. Рамазанов А. и др. Процессы осолонцевания орошаемых почв пустынной зоны Узбекистана//Ирригация и мелиорация. – 2016. – №3 (05). – С. 9.Рамазонов О. Илм сўқмоқларида. – Т.: «Adabiyot uchqunlari», 2016. – 214 б. 10. Рамазанов А. Модернизация приёмов мелиорации и орошаемого земледелия – залог повышения продуктивности водно–земельных ресурсов // Ирригация и мелиорация. – 2016. – №4 (6). – С. 15–18. 11.Умаров М.У. Основные физические свойства почв районов нового и перспективного орошения УзССР. «Фан», Ташкент, 1974. 12. Холиков Б.М., Намозов Ф.Б. Алмашлаб экишнинг илмий асослари. – Т.: 2016. 13. Юлдашев Х. Ўсимлик маҳсулотлари етиштириш технологияси. – Т.: 1984. 14. R.E. White. Principles and Practice of Soil Science. Oxford, UK, Blackwell Publishing company, 2006.




MUNDARIJA Kirish...........................................................................................3 I qism. TUPROQSHUNOSLIK 1.1. Tuproqning hosil bo‘lish jarayoni..........................................6 1.2.Tuproqning morfologik belgilari, tuzilishi va mexanik tarkibi..................................................................................................9 1.3. Tuproqning umumfizik va fizik-mexanik xossalari..............14 1.4. Tuproq kolloidlari. Tuproqning singdirish qobiliyati............18 1.5. Tuproqning organik qismi. Tuproq unumdorligi...................21 1.6. Tuproq eritmasi, uning tarkibi va reaksiyasi.........................25 1.7. Tuproqning issiqlik va havo xossalari...................................28 1.8. Tuproqning suv xossalari......................................................34 1.9.Tuproq va o‘simliklarning yer yuzida tarqalish qonuniyatlari.....................................................................................................38 1.10.O‘zbekiston tuproqlari, ularning tarqalishi va tasnifi.............40
Download 51.02 Kb.




Download 51.02 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: tuproqshunoslik va dehqonchilik

Download 51.02 Kb.