• 2.Tarbiyaviy maqsad
  • Darsning tashkiliy qismi
  • Mavzu: Vodorodning olinishi. Darsning maqsadi: Ta`limiy maqsad




    Download 199.67 Kb.
    bet1/31
    Sana04.04.2022
    Hajmi199.67 Kb.
    #19278
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
    Bog'liq
    7- sinf III chorak yangi konspekt 2019-2020
    9-sinf III chorak yangi konspekti 2019-2020

    “Tasdiqlayman” o`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari: ________________
    Sana: ____________________ Sinf: __________________FAN: Kimyo
    Mavzu: Vodorodning olinishi.
    Darsning maqsadi:
    1. Ta`limiy maqsad:Vodorodning olinishi. haqida bilim, ko`nikma va malakalarini oshirishdan iborat.
    2.Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarga mavzuda keltirilgan misollar asosida nutqini oshirish va tarbiya berish;
    3.Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchhilarni ongini varafakkurini o’stirish,dunyoviy bilimlarini rivojlantirish.
    Dasrning turi:An`anaviy. Yangi materialni o’rganuvchi dars.
    Darsning usuli: Tushuntirish. Savol- javob
    Darsning jihozi: kimyo faniga oid rasmlar, slaydlar va o’quv darsligi.
    Darsning tashkiliy qismi:
    1. O`quvchilar bilan salomlashish. 2. Navbatchilikni o`tkazish va davomatni aniqlash.
    3. Siyosiy daqiqa o`tkazish. 4. O`tilgan mavzuni so`rash baholash.
    Yangi darsni rejasi.
    Vodorodning laboratoriyada olinishi. 2. Vodorodning sanoatda olinishi.
    Yangi darsning bayoni.
    Vodorodning valentligi o‘zgarmas bo‘lib, doimo I ga teng. Shuning uchun biri vodorod bo‘lgan ikki element atomidan tashkil topgan birikmalarda (binar birikmalar) vodorodning indeksidagi son ikkinchi element valentligini ko‘rsatadi Zn ning HCl kislotadan vodorodni siqib chiqarishi. Demak, vodorodning valentligi o‘zgarmas bo‘lganligi uchun unga nisbatan boshqa elementlarning valentligini oson aniqlash mumkin.
    Laboratoriyada olinishi.Laboratoriyada vodorod rux yoki temirning xlorid yoki sulfat kislota bilan ta’sirlashuvi natijasida olinadi :
    Zn+2HCl=ZnCl2+H2 Fe +2HCl=FeCl2+H2 Zn+2HCl=ZnCl2+H2
    Buning uchun maxsus moslama yoki Kipp apparatidan foydalaniladi Kipp apparati hamma vaqt ishlashga tayyor turadi va uni istalgan vaqtda ishdan to‘xtatish mumkin. Apparat B-voronka va A-idishdan iborat, bu idish o‘zaro tutashgan sharsimon va yarim sharsimon ichi bo‘sh shisha idishdir.
    B-voronka qo‘yilganda shar va yarim shar tutashgan tor qism va voronka uchi orasida tirqish hosil bo‘ladi. Shu tirqishdan tushib ketmaydigan kattalikdagi metall bo‘lakchalari E-tubulus orqali solinadi. Voronkaga kislota eritmasi quyiladi, yarim shar to‘lib, tirqishdan o‘tib metall bo‘lakchalarini ham to‘ldirgach, kislota quyish to‘xtatiladi. Metall bo‘lakchalari va kislota orasida reaksiya boshlanib, gaz pufakchalari chiqa boshlaydi va gaz tubulusga o‘rnatilgan tiqindagi gaz chiqarish nayi-D orqali tashqariga chiqariladi. Tajriba tugagach D-kran berkitiladi. Ajralib chiqayotgan gazning chiqish yo‘li berkilib qolgach, gaz to‘planib, kislotani bosa boshlaydi; kislota voronka orqali yuqoriga ko‘tariladi va metall bo‘lakchalariga tegmay qoladi, natijada reaksiya to‘xtaydi. Idishning sharsimon qismida yana ishlatish mumkin bo‘lgan vodorod gazi saqlab turilishi tajribalar o‘tkazishda qulaylik tug‘diradi. Kipp apparati bo‘lmaganda maxsus moslamani laboratoriyada mavjud idishlardan oson tayyorlash mumkin, uning ishlash prinsipi ham Kipp apparatiniki bo`ladi. Sanoatda olinishi.Vodorod xalq ho‘jaligida ko‘p ishlatiladigan modda bo‘lganligi uchun uni sanoatda olinish usuli bilan ham tanishamiz. Vodorod oddiy modda sifatida tabiatda juda kam uchraydi. Uni sanoat miqyosida olish uchun tabiatda ko‘p tarqalgan birikmalardan foydalaniladi. Suv va tabiiy gazning asosiy tarkibiy qismi bo‘lgan metan shu jumladagi moddalardir. Ulardan quyidagicha usullarda vodorod olinadi:1. Suvni elektroliz qilish: 2H2O = 2H, + O,.
    2. Metanni qayta ishlash: CH4 + H2O = CO + 3H2 + 206 kJ.



    Download 199.67 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




    Download 199.67 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Vodorodning olinishi. Darsning maqsadi: Ta`limiy maqsad

    Download 199.67 Kb.