• 3. Axborotlashgan jamiyat.
  • Axborot resurslari.
  • . Axborotning salbiy tomoni
  • Axborotlashuv jarayoni
  • Mavzu;Axborat,ma’lumot tushunchasining mazmun mohiyati




    Download 491.93 Kb.
    Sana25.05.2023
    Hajmi491.93 Kb.
    #64692
    Bog'liq
    taqdimot
    4-m. taqdimot, pedagogik texnologiya, 111, 13, 14, Ilmiy ishlar 3-4 shakl, Eshquvvatova Mohinurning kurs ishi, Rashidova Gulhayo, shakorova sevinch antropologiya, tarbiyaviy ishlar metodikasi мажумаси, ZUHRIYO, xolbotayeva Maftuna 6 22, Toshpo\'latova Dilnura, Kompyuterlarning asosiy va qo’shimcha qurilmalari

    Fan va texnologiyalar universiteti 101 t/s guruh talabasi rahimjonova madinaning mediya savadhonlik va axborot texnologiyalari fanidan mustaqil ishi

    .

    Mavzu;Axborat ,ma’lumot tushunchasining mazmun mohiyati Reja;

    1.Axborot tushunchasi. 

    2 Jamiyatning axborot resurslari.

    3. Axborotlashgan jamiyat.

    1.Axborot tushunchasi.

    • Axborot (lotincha «informatio»-tushuntirmoq, bayon etmoq) zamonaviy fan va siyosatning asosiy tushunchalaridan biri; dastlab kishilar tomonidan og`zaki, keyinroq yozma yoki boshqa shakllar uzatilgan ma`lumot; XX asrning o`rtalaridan boshlab insonlararo, inson-avtomat, avtomat-avtomat o`rtasidagi ma`lumot hamda hayvonlar va o`simliklardagi signal almashinuvi, hujayrada hujayraga muayyan belgilarning uzatilishi va shu kabilarni anglata boshlagan.
    • Ijtimoiy hayotga tatbiqan axborot-kishilar, predmetlar, faktlar, hodisalar, jarayonlar va shu kabilar haqidagi ma`lumot (ma`lumotlar majmui)ni anglatadi.

    .

    • Axborotlashtirish-axborot resurslarini shakllantirish va ulardan foydalanish hisobiga fuqarolar, davlat hokimiyati va o`z-o`zini boshqarish organlari, tashkilotlar va jamoat birlashmalarining axborot sohasidagi ehtiyojlarini qondirish, huquqlarini ro`yobga chiqarish maqsadida optimal sharoitlarni yaratish uchun tashkil etiladigan ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnik jarayonlar majmui.
    • Informatsion jarayonlar-axborotni qidirish, yig`ish, qayta ishlash, to`plash, saqlash va tarqatish jarayoni.
    • Axborot tizimi (informatsion sistema)-informatsion jarayonlarni amalga oshiruvchi tartibga solingan hujjatlar hamda axborot texnologiyalari majmui.
    • Axborot resurslari-muayyan (kutubxona, arxiv, fond, ma`lumotlar banki kabi) axborot tizimlaridagi alohida hujjatlar va hujjatlar majmui.

    Axborot resurslari.

    •  Axborot resurslari va axborot tizimlari. O’zbekiston Respublikasining 2003 yil 11 dekabrdagi 560-II son “Axborotlashtirish to’g’risida”gi Qonuniga binoan quyidagicha ta’rif berish mumkin.
    • Axborot resurslari — alohida hujjatlar, hujjatlarning alohida to’plamlari, axborot tizimlaridagi (kutubxonalardagi, arxivlardagi, fondlardagi, ma’lumotlar banklaridagi va boshqa axborot tizimlaridagi) hujjatlar va hujjatlarning to’plamlari.
    • Ommaviy axborot – bunga cheklanmagan doiradagi shaxslar uchun mo’ljallangan hujjatlashtirilgan axborot, bosma, audio, audiovizual hamda boshqa xabarlar va materiallar kiradi.

    . Axborotning salbiy tomoni

    • Axborotning salbiy tomoni shundan iboratki, hozirgi kunda ayrim g’arb davlatlaridan kirib kelayotgan bizning milliy qadriyatlarimizga yot bo’lgan axborotlar va qarashlar hamda insonlar ongini zaharlovchi ma’lumotlar ham mavjud. Ayniqsa bunday ma’lumotlar Internet tarmog’i orqali keng tarqalmoqda. Internet va SMS xabarlar orqali tarqalayotgan jamiyatimizga, qadriyatlarimiz va an’analarimizga, davlatchiligimizga zid bo’lgan nojo’ya axborotlar yoshlarning ongini zaharlashi va ularni noto’g’ri yo’llarga boshlashi mumkin. Bunday holatlarning oldini olish bizning vazifamizdir. Har doim axborotdan o’rinli va to’g’ri foydalanish zarur.

    Axborotlashuv jarayoni

    • Axborotlashuv jarayoni jamiyatdagi iqtisodiy hamda ijtimoiy-madaniy o`zgarishlarga jiddiy ta`sir ko`rsatadi. G`arb sotsiologlari fikriga ko`ra, axborotlashgan jamiyat texnika sohasida-ishlab chiqarish, iqtisodiyot, ta`lim va maishiy hayotga axborot texnologiyalarining keng joriy etilishi; iqtisodiy hayotda-axborotning tovarga aylanishi; ijtimoiy hayotda-axborot turmush, hayot darajasi o`zgarishining asosiy omiliga aylanishi; siyosiy sohada-keng miqyosda fikr almashishga zamin yaratuvchi xilma-xil axborotlarni erkin olishga yo`l ochilishi; madaniyat sohasida-axborot almashinuvi davr ehtiyojlariga javob beradigan normalar va qadriyatlarning shakllanishi bilan xarakterlanadi.

    E’tborngiz uchun raxmat
    Download 491.93 Kb.




    Download 491.93 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu;Axborat,ma’lumot tushunchasining mazmun mohiyati

    Download 491.93 Kb.