Mavzusida ilg‘or pedagogik texnologiyalar asosida o`tkazilgan ochiq darsning dars ishlanmasi Geografiya




Download 322.39 Kb.
bet4/8
Sana10.04.2017
Hajmi322.39 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




BLIS” so‘rov topshiriqlari:



Shakli: “ha-yo‘q”.


  1. Granit va qumtosh suvni yaxshi o‘tkazmaydi




  1. Artezian suvlari bosimli bo‘ladi




  1. Grunt suvlarining sathi bahorda yuqori bo‘ladi




  1. Tabiiy buloqlarning ko‘pchiligi grunt suvlaridan paydo bo‘ladi




  1. Artezian quduqlaridan suv otilib chiqadi




  1. Yirik qum suvni yaxshi o‘tkazmaydi




  1. Yer osti suvlari cho‘llarda mavjud emas




  1. Shag‘al va qum qatlamlari orasida yer osti suvlari to‘planishi mumkin




  1. Yer osti suvlari doimo chuchuk bo‘ladi




  1. Tog‘ jinslari qancha g‘ovak bo‘lsa suvni shuncha sekin o‘tkazadi.


So‘rovni o‘tkazish tartibi:
1.Har bir o‘quvchi ucchun individual nazorat topshiriqlari beriladi.
2. “BLIS” so‘rov topshiriqlari uchun javob varaqasi:

Topshiriqni bajarish tartibi:


1

2

3

4

5

6

7

8

9

10






























O‘zingiz to‘g‘ri deb hisoblagan to‘g‘ri javoblarni X belgisi bilan, noto‘gri deb hisoblagan javoblarringizni O belgisi bilan belgilang.


3. O‘quvchi quyidagi shaklda javoblarni belgilaydi:


1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

X

X

X

X

X

O

O

O

O

O


4.Nazorat uchun belgilangan vaqt tugagach o‘qituvchi o‘quvchilarning javob varaqalarini tekshirib chiqadi va baholaydi.
Baholash mezonlari:


  • 9-10 ta to‘g‘ri javob uchun “5” ball

  • 7-8 ta to‘g‘ri javob uchun “4” ball

  • 5-6 ta to‘g‘ri javob uchun “3” ball

Yangi mavzu bayonidan oldin “Aqliy hujum metodi yordamida o‘quvchilarning daryolar haqidagi bilimlari aniqlab olinadi.

Aqliy hujum” metodi


  • Bevosita jamoa bo‘lib “fikrlar hujumi”ni olib borish. Bu uslubdan maqsad-mumkin qadar katta miqdordagi g‘oyalarni yig‘ilish, talaba (yoki o‘quvchi)larni ayni bir xil fikrlashdan holi qilish, ijodiy vazifalarni yechish jarayonida dastlab paydo bo‘lgan fikrlarni yengishdir.



  • AQLIY HUJUM” metodi- biror muammo bo‘yicha o‘quvchilar tomonidan bildirilgan erkin fikr va mulohazalarni to‘plab, ular orqali ma’lum bir yechimga kelinadigan metoddir



  • «AQLIY HUJUM»
    metodining tuzilmasi

  • Muammoli savol beriladi

  • Fikr va g‘oyalar bildiriladi va jamlab boriladi

  • Fikr va g‘oyalar guruhlanadi

  • Aniq va to‘g‘ri javoblar tanlab olinadi




  1. Daryo nima?

  2. Kim daryoni ko‘rgan?

  3. Respublikamiz hududida oqadigan daryolardan 4 tasini nomini ayting.

  4. Siz yashaydigan joyda daryo oqib o‘tadimi? Daryoning nomini ayting.


Yangi mavzuning bayoni

Reja:
1. Daryo va uning elementlari.

2. Daryo havzasi va suvayirg‘ich.

3. Tog‘ va tekislik daryolari.

4. Daryolarning suv rejimi.

5. Daryolardan xo‘jalikda foydalanish.
O‘zan deb ataluvchi chuqurlikda oqayotgan suv oqimi daryo deb ataladi. Odatda daryolar doim oqib turadi. Lekin iqlimi quruq o‘lkalarda issiq, yog‘in kam vaqtlarda goho qurib qoladigan daryolar ham bor.

Iqlim tushunchasi oʻz ichiga muayyan hududda uzoq vaqt davomida yigʻilgan harorat, namlik, atmosfera bosimi, shamol, yogʻin va boshqa meteorologik parametrlar statistikalarini oladi. Ushbu parametrlarning uzoq vaqt emas, balki muayyan vaqtdagi holatlariga ob-havo deyiladi.
Ularni vaqtincha qurib qoladigan daryolar deyiladi.

Har bir daryoning boshi va quyilar joyi bo‘ladi. Daryo boshlanadigan joy uning manbai deb ataladi.

Sirdaryo va Amudaryo baland tog‘lardagi qor va muzliklardan boshlanadi. Volga daryosi tekislikda, ko‘ldan boshlanadi. Daryolar qaerdan boshlanmasin, ularning irmoqlari bo‘lsa, katta sersuv daryolarga aylanadi. Irmoqlar deb daryoga yon tomondan kelib quyiladigan kichikroq daryolarga aytiladi. Ko‘pchilik daryolar okean, dengiz, ko‘l yoki boshqa daryolarga kelib quyiladi.

Daryoning okean, dengiz, ko‘l yoki boshqa daryoga quyiladigan joyi daryoning mansabi deyiladi (O‘rta Osiyoning tabiiy xaritasidan Sirdaryoning manbaini, mansabini, Chirchiq va Qoradaryo irmoqlarini toping).

Chirchiq - Toshkent viloyatidagi shahar. Chirchiqdaryosining oʻng sohilida, Qorjontovning yon bagʻrida, 730 m balandlikda, Toshkentdan 30 km shim.sharqda joylashgan. Toshkent Chorvoq temir yoʻldagi stansiya va avtomobil yoʻllari chorrahasi.
Osiyo (yun. Asia, ehtimol ossuriycha asu - sharq) - Yer sharidagi eng katta qitʼa (butun quruqlik maydonining 30 % chasini egallagan). Yevrosiyo materigining bir qismi..

Bosh daryo o‘zining barcha irmoqlari bilan birga daryo sistemasini hosil qiladi.

Daryo havzasi va suvayirg‘ich. Yerga shimilishga ulgurmagan va bug‘lanib ketmagan hamma suv daryolarga oqib tushadi. Barcha suvi bir daryoga oqib tushadigan quruqlik maydoni daryo havzasi deb ataladi



Download 322.39 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 322.39 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzusida ilg‘or pedagogik texnologiyalar asosida o`tkazilgan ochiq darsning dars ishlanmasi Geografiya

Download 322.39 Kb.