• “ BLITS” so‘rov topshiriqlari
  • Uy vazifasini bajarish uchun
  • Mavzusida ilg‘or pedagogik texnologiyalar asosida o`tkazilgan ochiq darsning dars ishlanmasi Geografiya




    Download 322.39 Kb.
    bet7/8
    Sana10.04.2017
    Hajmi322.39 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8



    Dars bosqichlari

    Bosiqichlar

    Mazmuni

    Metodlar

    Vaqti

    1-bosqich Tashkiliy qism

    Salomlashuv. Mashg‘ulotning borishi haqida tushuncha berish.

    og‘zaki

    muloqot


    3 daqiqa

    2-bosqich Motivatsiya

    Nazorat bosqchi “BLIS” so‘rov orqali sinf o‘quvchilarini to‘liq nazorat qilishdan iboratdir. “BLIS” so‘rov o‘tkazishda uning “ha-yo‘q”elementidan foydalanish yaxshi samara beradi.

    BLITS” so‘rov topshiriqlari


    SHakli: “ha-yo‘q”



    8 daqiqa

    3-bosqich Mavzu va topshiriqlar bayoni

    O‘qituvchining “Daryolar” mavzusi mazmuni to‘g‘risidagi suhbat-ma’ruzasi (slaydlar hamda savollar asosida) – jamoaviy ish va guruhlardagi mustaqil ish

    Asosiy bosqich:

    a) “Aqliy hujum” metodi yordamida o‘quvchilarning daryolar haqidagi bilimlari aniqlab olinadi.

    b) yangi mavzu bayoni - daryo elementlarini ko‘rgazmali usulda muammoli bayon etish o‘quvchi bilimlarini to‘ldirish.



    og‘zaki bayon, tushuntirish,

    savol-javob



    20 daqiqa

    4-bosqich Mustahkamlash

    Grafik usulda test topshirig‘i. Daryoning elementlari rasmlardagi qaysi harflarga mos kelishini aniqlash.

    Grafik usulida test topshirig‘i.


    12 daqiqa

    5-bosqich

    Dars yakuni va mustaqil ish uchun topshiriq


    Uy vazifasini bajarish uchun

    tavsiyalar






    2 daqiqa





    Mashg‘ulotning borishi
    Dars rejasi:

    1. O`qituvchining kirish so`zi (1 daqiqa).

    2. Guruhlarga bo`linish (2 daqiqa).

    3. “Geografik nomlarni bilasizmi?” elektron doskasi orqali bilimlarini tekshirish. (elektron doska bo‘lmasa o‘qituvchi tomonidan geografik nomlar yozilgan tarqatmalar tayorlab qo‘yiladi.) (5 daqiqa)

    4.“Amaliy topshiriq” orqali uyga berilgan mavzu yuzasidan bilimlarni tekshirish (7daqiqa).

    5 Yangi mavzu bayoni. O‘ituvchining kichik maruzasi (6 daqiqa).

    6.“Yer yuzida esuvchi shamollar” filmini ko‘rish (5 daqiqa).

    7. Guruhlar taqdimoti “O‘tkir zehinlilar o‘yini” (12 daqiqa).

    8. “Qisqa muddatli test sinovi” (3 daqiqa).

    9. Mavzuni mustahkamlash (2 daqiqa).

    10. O`quvchilarni rag‘batlantirish va baholash (2 daqiqa).

    11. Uyga vazifa.



    1. O`qituvchining kirish so`zi (1daqiqa).

    Darsning tashkil etilishi:

    a) salomlashish, davomatni aniqlash;

    b) o`quvchilarni darsga hozirlab, jonli muhit yaratish;

    2. Guruhlarga bo`linish (2 daqiqa).

    O`quvchilar iqlim elementlariga ko`ra 5 ta guruhga bo`linib, joylariga o`tirishadi (emblemalar ilova qilinadi).

    I-guruh. Quyosh

    II-guruh. Bulut

    III-guruh. Shamol

    IV-guruh. Yomg`ir

    V-guruh. Qor

    O`quvchilar bilan birgalikda guruhlarda ishlash uchun amal qilinishi lozim bo`lgan qoidalar ishlab chiqiladi:



    Oltin qoidalar:

    1. Faollik.

    2. Vaqtga rioya qilish.

    3. Aytilgan fikrni takrorlamaslik.

    4. O`zaro hurmat.

    5. To`g`ri javob uchun rag`bat.

    6. O`ng qo`l qoidasi.

    7. “Bir yoqadan bosh chiqarish”.

    8. Intizom.

    Ishlab chiqilgan oltin qoidalar doska chetiga osib qo‘yiladi.



    3. Biz bilgan bilimlar (xotirani sinash - 7 daqiqa).

    Guruhlar o`qituvchi tomonidan oldindan tayyorlab qo‘yilgan savol va topshiriqlarni tanlab oladilar. (savollar ilova qilinadi).
    1-savol

    Havo haroratining sutkalik amplitudasi deb nimaga aytiladi?

    Javob: Sutkalik havo haroratining eng yuqori va eng past ko‘rsatkichlari oasidagi farqqa havo haroratining sutkalik amplitudasi deb ataladi.
    2-savol

    Havo haroratining yillik amplitudasi deb nimaga aytiladi?

    Javob: Yil davomidagi eng yuqori harorat bilan eng past harorat oasidagi tafovut havo haroratining yillik amplitudasi deb ataladi.
    3-savol

    Yillik amplituda Yer yuzining qayerlarida kattalashib boradi?

    Javob: Ekvatordan qutublarga tomon yillik amplituda kattalashib boradi.
    4-savol Havo bosimi deb nimaga aytiladi?

    Javob: Havoning Yer yuzasiga va undagi barcha narsalarga bergan bosimini havo bosimi deb aytiladi.
    5-savol Havo bosimi qanday asbob bilan o‘lchanadi va u necha xil bo‘ladi?

    Javob: Havo bosimi barometr asbobi bilan o‘lchanadi. U ikki xil bo‘ladi,

    simobli barometr va metal barometr.


    4. “Amaliy topshiriq” orqali uyga berilgan mavzu uyzasidan bilimlarni

    tekshirish (7daqiqa).
    1-topshiriq

    Berilgan ma’lumotlarga asoslanib, Andijon shahrining o‘rtacha sutkalik haroratini toping. (Kechasi soat 1da 40C, soat 4da 40C, ertalab soat 7da 60C, soat 10da 120C, kundizi soat 13da 160C, soat 16da 180C, kechqurun soat 19da 120C, soat 20da 80C ga teng)


    Javob: Buning uchun sutka davomida kuzatilgan natijalar qo‘shilib, kuzatilgan songa bo‘linadi. Ya’ni: Haroratlar yig‘indisi 80 : 8 =100C

    Andijon shahrining o‘rtacha sutkalik harorati 100C ga teng.


    2-topshiriq

    Yanvar oyining o‘rtacha harorati -80C, iyul oyidagi o‘rtacha harorat 220C bo‘lsa, bir yillik havo haroratining amplitudasi necha gradusga teng bo‘ladi?
    Javob: Yillik havo haroratining amplitudasini aniqlash uchun (issiq) iyul oyining havo haroratidan (sovuq) yanvar oyining havo harorati ayriladi, ya’ni

    22 - (-8) = 22 8 = 300C demak yillik amplitudasi 300C ga teng.
    Yanvar (lot.; Jānuārius mēnsis 'Yanus oyi' rimliklar xudosi Yanus nomidan) - Grigoriy kalendari boʻyicha yilning birinchi oyi. Yanvar 31 kundan iborat (yana q. Kalendar).

    3-topshiriq

    Agar tog‘ etagida havo harotati 300C bo‘lsa, 5000 m balandlikda havo harorati necha gradusga teng bo‘ladi?


    Javob: Havo harorati har 1000 m balandlikka ko‘tarilganda -60C ga soviydi.

    5000: 1000 = 5 marta soviydi. 5. (-6) = - 300C. Demak, 30 ( -30) = 00C

    Demak havo harorati 5000 m balandlikda 00C ga teng.
    4-topshiriq

    Samolyot 3 km balandlikda uchib borayotganda Yer yuzasida harorat 200C bo‘lsa, Samolyot uchib borayotgan balandlikdagi haroratni aniqlang.


    Javob: Har 1000 m balandlikda harorat -60C ga pasaysa, 3 kmda - 180 C ga pasayadi ya’ni 3 . (-6) = - 180C 20 (-18) = 20C.

    Demak samolyot uchib borayotgan balandlikda havo harorati 20C ga teng.


    5-topshiriq

    Troposferada havo harorati o‘rtacha har kilometr balandlikda 6°C pasayadi. Shuni hisobga olib, Toshkent va Samarqand shaharlarida Yer yuzasidagi harorat 22, 27°C bo‘lsa, bu shaharlardan 4 km balandlikdagi havo haroratini hisoblang.

    Toshkent - Markaziy Osiyoning eng yirik qadimiy shaharlaridan biri - O‘zbekiston Respublikasining poytaxtidir. Oʻrta Osiyoning yirik sanoat-transport chorraxasi va madaniyat markazlaridan biri. Mamlakatning shimoli-sharqiy qismida, Tyanshan togʻlari etaklarida, 440–480 m teppalikda, Chirchiq daryosi vodiysida joylashgan.
    Samarqand - Samarqand viloyatidagi shahar. Viloyatning maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy markazi (1938 yildan). 1925-30 yillarda Respublika poytaxti. Oʻzbekistonning jan.gʻarbida, Zarafshon vodiysining oʻrta qismida (Dargʻom va Siyob kanallari orasida) joylashgan.


    Javob:

    1 Toshkent 22 4 : (-6 ) = 22 - 24 = 2°C

    2. Samarqand 27 4 : (-6 ) = 27 – 24 = 3°C

    5. Yangi mavzu bayoni. O‘ituvchining kichik maruzasi (7 daqiqa).
    Samollar va havo massalari
    Havoning gorizontal harakatiga shamol deyiladi. Samolning vujudga kelishining asosiy sababi Yer yuzasining turli joylaridagi havo bosimiga farq bo‘lishidir.

    Quyosh nuri quruqlik va suv yuzasini bir xil isitmaydi. Suv sekin isiydi va asta soviydi. Quruqlik esa tez isib, tez soviydi. Kunduz kuni quruqlik ustidagi havo isib, kengayadi va bosim kamayadi, yani past bo‘ladi. Ko‘l va dengiz ustidagi havo esa salqin turadi. Havo bosimi katta, yuqori bo‘ladi. Natijada ko‘l va dengiz ustidagi havo esa salqin turadi.

    Kechasi esa quruqlik tez soviganidan havo bosimi ortib, shamol quruqlikdan dengiz tomonga esadi. Bir kecha-kunduzda o‘z yo‘nalishini ikki marta o‘zgartirib turadigan shamolga briz shamoli deyiladi. Briz fransuzcha brise-shabada degani.

    Yer yuzida esadigan asosiy shamollar. Musson shamollari. Yoz faslida quruqlikda havo bosimi past bo‘ladi. Dengizlarda havo bosimi yuqori bo‘ladi. Natijada butun yoz bo‘yi dengizlardan quruqlikka tomon shamol esadi. Qishda esa aksincha quruqlik sovib, bosim ortadi. Dengiz iliq bo‘lib, bosim pasayadi. Bunda butun qish davomida shamol quruqlikdan dengizga esadi. Mana shunday bir yilda ikki marta o‘z o‘nalishini o‘zgartiradigan shamollar musson shamollar deyiladi (musson arabcha mavsum so‘zidan olingan).



    Passat shamollari. Yer sharining ekvator atroflari Quyoshdan eng issiq oladi. Shuning uchun bu hududlarda yil bo‘yi havo bosimi past bo‘ladi. Natijada 300 kengliklardan ekvatorga qarab doimiy shamollar esib turadi. Yer aylanib turishi hisobiga shamollar ekvator yaqinida g‘arb tomonga burilib ketadi. Bu shamollar passat shamollaridir.

    O‘rta kengliklarda Shimoliy yarimsharda ham, Janubiy yarimsharda ham, doim g‘arb tomondan shamollar esib turadi. Bular G‘arbiy shamollar deyiladi. Respublikamizga yog‘inlarni ham shu shamollar olib keladi.

    Shamol yuo‘nalishi flyuger asbobi bilan aniqlanadi. Shamolning tezligi esa anemometr yordamida o‘lchanadi.

    Havo massalari. Troposfera havosining harorati, namligi, shamollari va boshqa xususiyatlariga ko‘ra bir-biridan farq qiladigan katta qismlari havo massalari deyiladi.

    Yer sharining turli joylarida bir-biridam farq qiluvchi havo massalari tarkib topadi. Masalan:Shimoliy yarim sharda arktika, mo‘tadil mintaqada mo‘tadil, tropik o‘lkalarda tropik, ekvator atrofida ekvatorial havo massalari hosil bo‘ladi.

    Arktika - Yerning eng shimoliy nuqtasida joylashgan qutbiy mintaqa. Arktikaga Shimoliy Muz okeani hamda Kanada, Rossiya, Daniya (Grenlandiya), Norvegiya, AQSh (Alaska), Shvetsiya, Finlandiya va Islandiya davlatlarining bir qismi kiradi.
    Havo massalari okeanlar va ququqlik ustida paydo bo‘lishiga qarab, dengiz va kontinental havo massalariga bo‘linadi.


    Izoh: O‘qituvchi ajratilgan vaqt davomida o‘z ma’ruzasida aytilgan ma’lumotlarni o‘quvchilar bilan birgalikda darslikdagi 49,50,51-rasmlardan foydalangan holda ularga yetkazib bersa, ushbu dars yuqori samara berishi va o‘quvchilar bilimida bo‘shliq hosil bo‘lmasligi ko‘zda tutiladi.
    6.“Yer yuzida esuvchi shamollar” filmini ko‘rish (4 daqiqa).
    O‘qituvchi oldindan 5-sinf uchun yaratilgan o‘quv filmidan foydalangan holda mavzuga mos bo‘lgan “Yer sharida esuvchi shamollar” filmini tayyorlab qo‘yadi va namoyish etadi.

    (5-sinf uchun “Kompyuter Osiyo”ITP tomonidan yaratilgan o‘quv filmi (CD-R diski) ilova qilinadi)
    7. Guruhlar taqdimoti “O‘tkir zehinlilar o‘yini” (15 daqiqa).
    O‘tilgan mavzu o‘qituvchining o‘quvchilarga bergan ma’lumotlariga va ko‘rilgan filmga asoslanib savol va topshiriqlar bo‘yicha mustahkamlanadi.

    Yangi mavzu o‘quvchilarga tushuntirilib bo‘lingach “O‘tkir zehinlilar o‘yini” tashkil etiladi. Bunda mavzu materiallari asosida guruhlarga briz shamollariga doir muammoli rasmlar chiziladi va rasmlarga taalluqli savolar yozilib guruhlarga tarqatilib chiqiladi.

    Guruhlar o`qituvchi tomonidan oldindan tayyorlab qo‘yilgan savol va topshiriqlarni tanlab oladilar. (muammoli rasmlar va savollar ilova qilinadi) (Guruhlar o‘rtasida bajarilgan topshiriqlar almashinib ko‘rib chiqilib tahlil qilinadi)

    сканирование0006
    1-rasm. Kunduzgi briz shamoli
    Savollar:
    1.Rasmdagi holatda shamol qaysi tomonga esadi?

    Javob: Dengizdan quruqlikka tomon esadi.

    2. Kundizgi briz deb nimaga aytiladi?

    Javob: Kundizi dengizdan quruqlikka tomon esuvchi shamolga kundizgi briz deb ataladi.

    3. Shamolming kuchi nimaga bog`liq?

    Javob: Muayyan masofadagi havo bosimi orasidagi farq qancha katta bo‘lsa, shamol shuncha kuchli esadi.


    Savollar:
    1. Shamol deb nimaga aytiladi?

    Javob: Havoning gorizontal harakatiga shamol deyiladi.



    1. Rasmda shamol yo‘nalishini aks ettiring, ushubu shamol qanday nomlanadi?

    Javob: Kundizgi briz deb ataladi.

    1. Briz qanday ma’noni anglatadi?

    Javob: Briz fransuzcha brise-shabada degani.
    сканирование0007
    2-rasm. Tungi briz shamoli


    Savollar:

    1. Rasmdagi holatda shamol qaysi tomonga esadi?

    Javob: Quruqlikdan dengizga.

    2. Rasmda shamol yo‘nalishini aks ettiring, ushubu shamol qanday nomlanadi?

    Javob: Tungi briz deb ataladi.

    3. Shamolming tezligi qanday asbob yordamida aniqlanadi?

    Javob: Shamolming tezligi anemometr yordamida o‘lchanadi.
    Savollar:

    1. Shamol deb nimaga aytiladi?

    Javob: Havoning gorizontal harakatiga shamol deyiladi.


    1. Rasmda shamol yo‘nalishini aks ettiring, ushubu shamol qanday nomlanadi?

    Javob: Kungi briz deb ataladi.

    3. Kecha –kundiz o‘z yo‘nalishini ikki marta o‘zgartirib turadigan shamolga ………….…..deyiladi. Javob: briz shamollari


    Savollar:

    1. Shamolning vujudga kelishining asosiy sababi nimada?

    Javob:Yer yuzasining turli joylaridagi havo bosimida farq bo‘lishidir.

    2. Shamolming yo`nalishi qanday asbob yordamida aniqlanadi?

    Javob: Shamolming yo`nalishi flyuger yordamida aniqlanadi.

    3. Tungi briz deb nimaga aytiladi?

    Javob: Tunda quruqlikdan dengizga tomon esuvchi shamolga tungi briz deb aytiladi.

    8. “Qisqa muddatli test sinovi” (3 daqiqa).

    O‘quvchilarni o‘tilgan yangi mavzu yuzasidan olgan bilim, ko‘nikma va malakalari qisqa muddatli test savollari orqali tekshirilib ko‘riladi. (test savollari ilova qilinadi)



    9. Mavzuni mustahkamlash. (2 daqiqa)

    O‘tilgan mavzu bo‘yicha o‘qituvchi tomonidan o‘quvchilarning taqdimotiga yakun yasaydi va o‘quvchilar tomonidan bergan javoblardagi kamchiliklarni to‘ldirilib, guruhlarning to‘g‘ri javoibi uchun rag‘bat bayroqchasi beriladi.


    10. O`quvchilarni rag‘batlantirish va baholash (2 daqiqa)

    Dars yakunida guruh o`quvchilari to`plagan globus (maketchalari) sanaladi, g`olib guruh aniqlanadi va rag`batlantiriladi. Guruhlarga darsdagi ishtirokiga qarab ”Eng zukko guruh”, ”Eng faol guruh”, ”Eng intizomli guruh” ”Eng hamjihat guruh”, ”Eng chaqqon guruh” nominasiyalari o`z egalariga topshiriladi.


    11. Uyga topshiriq:

    Izoh: O‘qituvchi oldindan oq (vatmin) qog‘ozga uyga vazifa yozib osib qo‘yadi.
    Yer yuzida esuvchi quyidagi shamollarni yozuvsiz xaritaga tushurish.

    Musson, passat, Shimoliy-sharqiy va G‘arbiy shamollar.

    Darslikdan 25- mavzuni o‘qib, 49-rasmni daftarga chizib kelish.

    Dars davomida ”Amaliy mashg‘ulot”, “Guruhlar bilan ishlash”, usulidan keng foydalanganda o‘qituvchi o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishadi. O‘quvchilar og‘zaki va amaliy mashg‘ulotlarni mustaqil bajaradilar, boshqalarga yetkazish, savol va javob berishga, vaqt reglamentiga rioya etishga o‘rgatiladi.


    O‘quvchilarni o‘tilgan yangi mavzu yuzasidan olgan bilim, ko‘nikma va malakalarni aniqlash uchun test savollari


    Download 322.39 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 322.39 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzusida ilg‘or pedagogik texnologiyalar asosida o`tkazilgan ochiq darsning dars ishlanmasi Geografiya

    Download 322.39 Kb.