• BOSHLANGʻICH SINFlAR MATEMATIKA DARSLARIDA TIPIK MASALALAR YECHISHGA OʻRGATISH TEXNOLOGIYASI
  • Kalit soʻzlar
  • Ключевые слова
  • Maxsus son, 2020 pedagogik mahorat 47




    Download 328.99 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/4
    Sana27.05.2022
    Hajmi328.99 Kb.
    #22117
      1   2   3   4
    Bog'liq
    tipik masala
    gromov-t, Sarvinoz Allayorovna. Die aktuellen Herausforderungen, Munavvar Qori Abdurashidxonovniong pedagogik qarashlari, Mirjalol kurs ishi 1, Academic-Data-304211100769, topshiriqlar, 111111111111, 2022 yil 18-iyunga qadar fanlar, 15 мажбурий, B2-English-test-with-answers, Axmatqulova Muborak, SHAYBONIYLAR VA ASHTARXONIYLAR DAVRIDA MADANIYAT VA ADABIYOT, zaripov, Marketing va uning asosiy vazifalari[1]


    Maxsus son, 2020 
     PEDAGOGIK MAHORAT
    47 
    Hamro RAHMATOV 
    Buxoro davlat universiteti 
    Boshlangʻich ta’lim nazariyasi 
    kafedrasi oʻqituvchisi 
    BOSHLANGʻICH SINFlAR MATEMATIKA DARSLARIDA TIPIK MASALALAR 
    YECHISHGA OʻRGATISH TEXNOLOGIYASI
     
    Mazkur maqolada bolalar ijodiy iqtidorini oʻstirishga doir zamonaviy matematik masalalar tahlil 
    qilinib ulardan foydalanish usullari bayon etilgan. 
    Kalit soʻzlar: modernizatsiy, innovatsiya, tafakkur, arifmetik amallar. 
    В данной статье проанализированы современные математические задачи по развитию 
    детского творческого таланта и описаны методы их использования. 
    Ключевые слова: модернизация, инновации, мышление, арифметические действия. 
    This article analyzes modern mathematical issues related to the development of children's creativity 
    and describes the methods of their use. 
    Key words: modernization, innovation, contemplation, arithmetic actions. 
    Mamlakatimizda ta’lim tizimining modernizatsiya qilinishi, uni tarkibiy jihatdan qayta qurish, ta’lim, 
    fan, texnika va texnologiyaning iqtisodiyot va madaniyatning jahon miqyosidagi zamonaviy yutuqlarini 
    hisobga olgan holda oʻqitish jarayoniga innovatsiyalarni tadbiq etish bilan bir qatorda, ta’lim-tarbiya jarayoni 
    ishtirokchilarining imkoniyatlari va ehtiyojlari nuqtayi nazaridan ular uchun zarur va yetarli shart-
    sharoitlarni yaratib berishni bugungi kun talab etmoqda. Hozirgi kunda xalq ta’limi oldida ta’lim tarbiya 
    samaradorligini oshirishning turli uslublarini takomillashtirish kabi ulkan vazifalar qoʻyildi. Bu vazifa 
    bevosita boshlangʻch maktabning ham vazifasi. Ta’lim samaradorligi oshirishning turli yoʻllari mavjud. 
    Masalan: ta’limning turli uslublaridan unumli foydalanish, mazmunini qayta koʻrib chiqish, davr talabiga 
    mos materialli tanlash, talim jarayonini tashkil etishning turli shakllaridan maqsadga muvofiq holda oqilona 
    foydalana olish va xokazolar. Mamlakatimizda ta’lim tizimining modernizatsiya qilinishi, uni tarkibiy 
    jihatdan qayta qurish, ta’lim, fan, texnika va texnologiyaning iqtisodiyot va madaniyatning jahon 
    miqyosidagi zamonaviy yutuqlarini hisobga olgan holda oʻqitish jarayoniga innovatsiyalarni tadbiq etish 
    bilan bir qatorda, ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining imkoniyatlari va ehtiyojlari nuqtayi nazaridan 
    ular uchun zarur va yetarli shart-sharoitlarni yaratib berishni bugungi kun talab etmoqda. 
    Boshlangʻich sinf matematika dasturining asosiy talablari oʻquvchilar tomonidan toʻrt arifmetik 
    amalga oid sodda matnli masalalarni yechish koʻnikmasini egallashni nazarda tutadi. Bu quyidagi 
    koʻrinishdagi masalalardir: 
    - har bir amal mazmunini ochib beruvchi (ikki qoʻshiluvchining yigʻindisi, ayirma, koʻpaytmani 
    topish; teng qismlarga boʻlish yoki mazmuniga koʻra boʻlishga oid); 
    - berilgan sondan bir necha birlik (yoki bir necha marta) katta (kichik) boʻlgan sonni topish talab 
    etilgan masalalar hamda ayirish va boʻlish yordamida sonlarni taqqoslashga (ayirmali va karrali 
    taqqoslashga) doir; 
    - amal tarkibiy qismlaridan birini topishga doir; 
    - sonning ulushini va ulushga koʻra sonni topishga doir. 
    4-sinfda oʻquvchilar uchun yangi boʻlgan, yuqorida keltirilgan guruhchalardan ikkinchisiga oid turli 
    koʻrinishdagi masalalar kiritiladi. Bundan tashqari, bolalarga koʻrinishi avvaldan tanish boʻlgan, lekin ular 
    uchun yangi boʻlgan kattaliklar orasidagi oʻzaro bogʻlanishlarni tushunib yechish asosida tuzilgan 
    masalalarni yechishga alohida e’tibor beriladi. 
    Tayyor masalalarni yechish bilan bir qatorda oʻquvchilarni oʻqituvchining turli topshiriqlari boʻyicha 
    masalalar tuzishga masala qildirish foydali. Oʻquvchilar masalalar tuzish uchun sonli va sistemali 
    materiallarni atrof-borliqdan olishlari kerak. Bunday masalalarni tuzish va yechish har xil turdagi 
    masalalarning tuzilishi va уесhilishining oʻziga xos xususiyatlarini chuqur tushunish imkonini beribgina 
    qolmay, balki, bolalarning ijodiy tasavvur qila olishlarini, ularning bilim doiralarini kengaytiradi, ta’limning 
    turmush bilan bogʻlanishini mustahkamlashga imkon beradi. 
    Masalalar bolalarda tafakkur, diqqat, xotira, ijodiy tasavvur etish, kuzatuvchanlikni rivojlantirishga 
    imkon beradi. Shuningdek tarkibli masalalar oʻquvchilarning mantiqiy fikrlash malakalarini oshirish
    ularning oʻz fikrlarini aniq, toʻgʻri va tushunarli bayon etishi uchun zamin hozirlaydi. 
    Matematikaning asosiy mazmunini tarkibli masalalar ochib beradi. Masalalar yechish jarayonida 
    oʻquvchilar har bir amal ma’nosini va ularni qoʻllashning asosiy hollarini oʻzlashtiradilar: ogʻzaki va yozma 



    Download 328.99 Kb.
      1   2   3   4




    Download 328.99 Kb.
    Pdf ko'rish