Mehnat muhofazasi




Download 446.12 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana06.11.2023
Hajmi446.12 Kb.
#94838
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
MM 1-mavzu Документ Microsoft Word



1-ma’ruza 
Mehnatni muhofaza qilish qonuniyatlari. Fanning maqsadi va vazifalari
 
Reja: 
1. “Mehnat muhofazasi” fanining dunyoga kelishi. 
2. MM fanining maqsadi va vazifalari. 
3. MM fanining tarkibiy qismlari. 
4. O‘zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida” gi 
qonuni. 
5. 
Instruktajlarni turlari.
6. 
Javobgarlik turlari.
Insoniyat jamiyati mavjudligining, yashashining va taraqqiy etishining 
asosiy shartlaridan biri unda turli shakllarga ega bo‘lgan faoliyatning olib 
borilishidir. Faoliyatni olib boruvchi subyekt esa faqat – ong va tafakkurga ega 
bo‘lgan insondir. 
Jamiyat uchun eng katta ahamiyatga ega bo‘lgan faoliyat shakli mavjud. Bu 
faoliyatning oliy shakli hisoblangan – mehnatdir. Chunki,, faqat mehnat tufayligina 
insoniyatning barcha moddiy, ma’naviy va boshqa turdagi boyliklari yaratiladi. 
Mehnatning shakllari xilma-xildir. Ular turmushda, jamiyat hayotida, madaniyatda, 
ishlab chiqarishda, ilmda va hayotning boshqa sohalarida kechadigan amaliy, aqliy 
va ma’naviy jarayonlarni o‘z ichiga oladi. 
Inson o‘z mehnatining sifati va unumdorligini oshirish maqsadida mehnat 
qurollarini va ishlab chiqarish vositalarini doimiy va to‘xtovsiz ravishda o‘zgartirib 
va mukammallashtirib boradi. Buning natijasida u mehnat jarayonida doimiy 
ravishda yuzaga chiqadigan turli zararli va xavfli omillar ta’siri ostida qoladi. 
Тurli zararli va xavfli omillar ta’siri ostida qolish hozirda, insoniyat XXI 
asrga qadam qo‘yganda, dolzarb muammoga aylandi. Iqtisodiyot obyektlarining 
turli sohalarida murakkab texnik qurilmalar va mashinalarning qo‘llanilishi 
natijasida ishlovchilarda nerv-psixologik, statik yuklanishlar, nevroz holatlari, kasb 
kasalliklari ko‘paydi, avariya va falokatlar sodir bo‘lishi ortdi. Bular o‘z navbatida 
ishlab chiqarishda mehnat xavfsizligini ta’minlash masalasining ahamiyatini 
oshiradi. 
Ishlab chiqarishda mehnat xavfsizligini ta’minlashni samarali yechish 


muammosi jamiyat tomonidan qonuniy, ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy, texnik, 
gigiyenik va davolash-oldini olish tadbirlari va vositalari tizimini ishlab chiqishni 
va amalga joriy qilishni talab etadi. Jamiyatdagi bu faoliyat va jarayon mahsuli 
sifatida mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha bilim sohasi hosil bo‘ladi va 
shakllanadi. Bu bilim sohasidan esa jamiyat hayotida juda katta ahamiyatga ega 
bo‘lgan “Mehnat muhofazasi” fani dunyoga keladi. 
“Mehnat muhofazasi” ijtimoiy-texnik fan bo‘lib u ishlab chiqarishdagi 
zararli va xavfli omillarni aniqlaydi va o‘rganadi, ishlab chiqarishdagi baxtsiz 
hodisalarning va ishchilar kasb kasallanishlarining oldini olish yoki kamaytirish 
tadbirlarini, hamda avariya va portlash sodir bo‘lishini bartaraf etish uslublarini 
o‘rganadi va ishlab chiqadi. 
GOSТ 12.0.002-80 (2003) bo‘yicha “Mehnat muhofazasi” deganda mehnat 
jarayonida ishlovchilar sog‘lig‘ini va ish qobiliyatini saqlashga, hamda 
xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan qonuniy hujjatlar, ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy, 
texnik, gigiyenik va davolash-oldini olish tadbirlari va vositalari tizimi tushuniladi 
[26, 35]. 
Yuqoridagi ta’rifdan ko‘rinib turibdiki, “Mehnat muhofazasi” fani bir 
qancha bilim sohalari chegarasida vujudga keladi. 
MM fanning asosiy o‘rganish obyektlari bo‘lib mehnat jarayonidagi inson va 
uning holati, ishlab chiqarish muhiti, inson bilan ishlab chiqarish uskunalari va 
texnologik jarayonlarning o‘zaro bog‘lanishlari va ta’sirlari, mehnat va ishlab 
chiqarishni tashkillashtirish, hamda boshqa barcha mehnat xavfsizligini 
ta’minlashga ta’sir qiluvchi omillar va jarayonlar xizmat qiladi. 

Download 446.12 Kb.
  1   2   3   4   5   6




Download 446.12 Kb.
Pdf ko'rish