• (http:// begoyim.edunet.uz/gaz.htm saytiga)
  • Tolaning xossalari asetat shtapel viskoza kapron lavsan nitron
  • Sho‘ba yig‘ilishlarida muhokama uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi
  • Mehnat ta’limi




    Download 42 Kb.
    Sana24.03.2017
    Hajmi42 Kb.
    #1989

    MEHNAT TA’LIMI

    Mehnat ta’limi fani o‘quvchining ham aqlan, ham ma’nan rivojlanishi, o‘zligini namoyon etishi bilan birga, kasb-hunarga yo‘naltirish, mehnat jarayonlari, kasb asoslari (texno­logiyasi)ni o‘rgatish va kasb tanlash bilan uyg‘unlashtirish orqali kasbga tay­yorgarligiga zamin yaratadi. Egallagan bilimini uzviy rivojlantirish asosida mehnat qurollari, hududiy ishlab chiqarish asoslari, tanlagan kasb-hunar sohasi xususiyatlarini o‘rgatadi, shu sohaning ilg‘or vakillari faoliyati bilan tanishtiradi.

    Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida mehnat ta’limi fani bo‘yicha monitoring natijalari tahlil qilinganda 5-sinf «Texnologiya va dizayn» yo‘nalishida “Duradgorlik birikmalari to‘g‘risida ma’lumotlar: yelimlash, mixlar, burama mixlar(shurup) va boshqa vositalar bilan biriktirish”, servis xizmati yo‘nalishi bo‘yicha “Qo‘l yuritmali tikuv mashinasining asosiy tuzilishi va ishlash tartibi. Tikuv mashinasini ishga tayyorlash. Mashinada ipsiz tikish”; 6-sinf “Texnologiya va dizayn” yo‘nalishi bo‘yicha “Tayyorlanadigan detal eskizining chizmalarini, texnologik xaritalarni tuzish va o‘qish, Metallarga ishlov berishga oid xalq hunar­mandchiligi turlari bo‘yicha ish usullarini o‘rganish”. Servis xizmati yo‘nalishi bo‘yicha “Zardo‘zlikda ishlatiladigan naqsh turlari. Kartonga naqsh (gul) tushirish va qirqish. Ish o‘rnini tashkil qilish”; 7-sinf «Texnologiya va dizayn» yo‘nalishi bo‘yicha “Sterjen, tunuka va simlarni qirqish, bukish va to‘g‘rilash asboblaridan foydalanish. Shtan­gensirkul, nutromer, shablonlar, mikrometrning tuzilishi va u bilan o‘lchash usullari. Nonius bilan hisoblash. O‘lchash asboblari yordamida aniqlik sinflarini tekshirish” Servis xizmati yo‘nalishi bo‘yicha “Xonani bezashda pardalarning roli. Parda tikish uchun gazlama va kerakli xom-ashyo, jihoz va moslamalarni tanlash. Parda modeliga qarab gazlamani hisoblash” kabi mavzularni o‘zlashtirishda qisman bo‘shliqlar aniqlandi.

    Ushbu mavzularni o‘tishda o‘quv­chilar salohiyatini inobatga olgan holda dars turi, tipi va metod, ko‘rsatmali vositalarni to‘g‘ri tanlashga e’tibor qaratish lozim.

    Ayniqsa dars jarayonida tajriba-tad­qiqot maydonchalarida sinovdan o‘tgan ”Aqliy hujum”, “Venn diagrammasi”, “Zinama-zina”, “Tarmoqlash”, “Mu­am­moli vaziyat”, “Aql idroki”, “BBB”, “Nilufar guli”, “Qanday, qa­naqa?”, “Nima uchun?”, “Xotira mash­qi” interfaol metodlari va “Tushunchalar tahlili”, “Charxpalak”, “Bumerang”, “Muammo”, “Loyihalash”, “Yel­pig‘ich” texnologiyalaridan foydalanish yaxshi samara beradi.

    Quyida ayrim interfaol metodlardan namunalar berilgan. Masalan: servis xizmati yo‘nalishi bo‘yicha 5-sinfda “Tabiiy tolali gazlamalar, o‘simlik tolasidan tayyorlangan gazlamalar, ularning xususiyatlari. Arqoq va tanda iplarning xossalari” darslarida o‘tilgan mavzuni takrorlashda “Aqliy hujum” metodidan foydalanish mumkin. Bunda o‘quvchilar 5-6 kishidan iborat kichik guruhlarga bo‘linadi va guruhlar hal qilinadigan ijodiy vazifa bo‘yicha 10 daqiqa davomida mustaqil ravishda o‘zaro bahs-munozara o‘tkazadi. Shundan so‘ng har bir guruh vakili o‘z jamoasining javobini taqdim etadi. Muhokama uchun mavzular:

    1. Kundalik kiyimlar qanday gazlamalardan tayyorlanadi?

    2. Gazlamalar qanday hosil qilinadi?

    3. Tolalar haqida nimalarni bilasiz?

    Yangi mavzuni tushuntirishda internet bo‘ylab, (http:// begoyim.edunet.uz/gaz.htm saytiga) “sayohat” uyushtiriladi. Guruhlarga muayyan topshiriqlar yuklanadi. Bu jarayon imkoniyatga ko‘ra dars vaqtida yoki darsga tayyorgarlik vaqtida ham o‘tkazilishi mumkin.

    7-sinfda “Kimyoviy tolalarning xususiyatlarini o‘rganish” mavzusida darsni mustahkamlash bosqichida “Charxpalak” texnologiya elementidan foydalanish qulay va samarali.

    Tolaning xossalari asetat shtapel viskoza kapron lavsan nitron

    1 Ultrabinafsha nurlarni o‘tkazadi +

    2 2150S haroratga chidamli +

    3 Pishiqligi nam bo‘lganda

    1,5 barobar pasayadi +

    4 2400S haroratga chidamli +

    5 Yonganda uksus hidi chiqadi +

    6 Suvni yomon ko‘radigan tola +

    7 2500 haroratga chidamli +

    8 Sariq tutun chiqarib vaqti-vaqti

    bilan yonib turadi +

    9 Eng oddiy tola qaysi biri? +

    10 Nam tortmaydigan tolalar + + +



    Sho‘ba yig‘ilishlarida muhokama uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi:

     2013—2014-o‘quv yilida umumiy o‘rta ta’lim maktablarida qo‘llaniladigan darslik, metodik qo‘llanma va tavsiyalar bilan ishlashning qulay usullari.

     O‘quv jarayonida ilg‘or pedagogik texnologiyalarni qo‘llash orqali o‘quvchilarning bilim samaradorligini oshirishga erishish yo‘llari.

     Mehnat ta’limi xonasini jihozlash, dars samaradorligini oshirishda ko‘rgazmali qurollar, texnik vositalardan maqsadli foydalanish.

     O‘quvchilarni kasbga yo‘naltirishda milliy qadriyatlarning o‘rni.

     Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari aqliy faoliyatini rivojlantirishda qo‘l mehnatining ahamiyati.

     Mehnat ta’limi darslarida xalq hunarmandchiligining tutgan o‘rni, “Ustoz-shogird” maktabi faoliyati.

     Dars samaradorligini oshirishda elektron qo‘llanmalardan foydalanishning qulay usullari.

     Mehnat ta’limi fani orqali o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirishning ilg‘or metodlari.

     Fan xonasidagi jihozlardan unumli foydalanishning afzalligi va saqlash yo‘llari.



    Sho‘ba yig‘ilishlarida o‘qituvchilar orasida «Faol, fidokor va tadbirkor o‘qituvchi», «O‘z fanining ustasi», «Ustoz hurmatda, shogird xizmatda» ko‘rik-tanlovlari, davra suhbatlari o‘tkazish maqsadga muvofiq.

    Avgust kengashlarining sho‘ba yig‘ilishlarini interfaol usullardan foydalangan holda seminar-trening shaklida o‘tkazish lozim. Bunda tanlab olingan mavzular bo‘yicha yakka tartibda, juftlikda, guruhlarda muhokamalar tashkil etilib, mehnat ta’limi fanidagi muammolarga yechim izlanadi.

    Download 42 Kb.




    Download 42 Kb.