• METALL KESISH STANOKLARIGA NISBATAN QOYILADIGAN UMUMIY XAVFSIZLIK TALABLARI
  • Metall kesish stanoklariga nisbatan qo'yiladigan umumiy xavfsizlik talablari




    Download 84 Kb.
    Sana26.05.2023
    Hajmi84 Kb.
    #64926
    Bog'liq
    5 glava
    Web sayt universitetlar, Kurs ishi Yangi (2)


    Подп. и дата




    Инв.№ дубл.




    Взам.инв.№




    Подп. и дата




    Инв.№ подл.








    METALL KESISH STANOKLARIGA NISBATAN QO'YILADIGAN UMUMIY XAVFSIZLIK TALABLARI
    Metall materiallarining xususiyati, avvalo, ularning o'ziga xos yaltiroqligidadir. Metallar mana shu yaltiroqligi bilan boshqa jismlardan ajralib turadi. Metallar elektr tokini va issiqlikni yaxshi o'tkazadi, solishtirma og'irligi boshqa moddalarga qaraganda ancha katta. Ayrim metallar juda puxta, bolg'alanuvchan, egiluvchan va qattiq bo'ladi. Metallar sof holida kam ishlatiladi, chunki ularning xususiyatlari buyumlar tayyorlash talablariga javob bermaydi. Shuning uchun ham, ko'pincha, metallarning qotishmalari ishlatiladi. Temir bilan uglerod qotishmasi qora metallar deb ataladi. Qora metallar qotishmasida kremniy, fosfor, oltingugurt va bosh elementlar ham bo'ladi. Umumiy ma’lumot GOST 12.2.009. - 80 «SSBT. Metall ishlash stanoklari. Umumiy xavfsizlik talablari» stanoklarni loyihalashda va ularni takomillashtirishda xavfsizlikni ta’minlash uchun asosiy qo'llanmadir. GOST stanok korpusi tashqarisiga joylashgan uzatmalar (tasmali, zanjirli, tishli va hokazo) yahlit qilib, jalyuzlar bilan yoki to'siladigan mexanizimni kuzatib turish uchun to'r to'siqlar bilan to'silishini talab qiladi. Ko'zg'aluvchi yig'ish birliklari hamda to'sish qurilmalarini rangli signallarga bo'yash nazarda tutiladi. Qulaylik yaratish va mehnat xavfsizligini ta’minlash maqsadida stanoklarni boshqarish organlariga bir necha talablar, masalan boshqarish organlarini ularning o'z-o'zidan siljib ketishidan va tasodifan ulanib qolishidan saqlovchi ishonchli fiksatorlar bilan ta’minlash; stanok yig'ish birliklarining betartib harakatlanish extimolini bartaraf etuvchi blokirovkalar bilan jixozlash; doim qo'l bilan boshqarilganda dasta va boshqarish organlari richaglariga 40 N (4 kgk) dan oshmaydigan kuch, bir smenada ko'pi bilan 25 marta ishga tushiriladigan dasta va richaglarga ko'pi bilan 80 N (8 kgk) kuch tushishini ta'minlash, boshqarish organlari tushintirish yozuvlari yozib qo'yish hamda rainziy tasvirlar chiqib qo'yish va boshqa muhim talablar qo'yiladi GOST 12.2009 - 80* da qurilmalarni o ‘rnatishga, detallar va asbobni stanoklarga mahkamlashga nisbatan qo'yiladigan talablar nazarda tutiladi. Aylanadigan qurilmalarning (patronlar, povodoklar, planshaybalar va hokazolar) tashqi sirtlari silliq bo'ladi, klarda turtib chiqqan qismlar yoki chuqurchalar bo'lganda esa ular to'silgan bo'lishi lozim. Elektr energiyasini uzatish to'satdan to'xtaganda, gidravlik yoki pnevmatik yuritmalarda moy yoki havo bosimi pasayganda elektr, gidravlik va pnevmatik qismlarga nisbatan xavfsizlikni ta’minlashga oid talab qo'yiladi. Shuningdek, ba’zi stanoklarni massasi 8 kg dan ortiq zagotovkalar, massasi 20 kg dan ziyod bo'lgan asbob va moslamalami o'rnatish uchun alohida ko'tarish qurilmasi bilan ta’minlash to'g'risida muhim talab mavjud. GOST 12.2.009. - 80* stanoklarni ishlov berish zonasidan ifloslangan xovani (chang, mayda qirindi, sog'lik uchun zararli aerozollar) so'rish qurilmalari (shu jumladan, chang-qirindi qabul qilgichlar va so'rish agregatlari xam) bilan ta’minlashga oid talablami nazarda tutadi. GOST eslatmasida ana shu masalalami hal etish uchun misollar keltirilgan. GOSTda shovqin va stanoklaming titrashini cheklashga, maxalliy yoritish asboblarini ratsional ravishda joylashtirishga, elektr xavfsizligi masalalarini hal qilishga, shuningdek stanoklar guruhlari (tokarlik, frezalash, parmalash, jilvirlash va hokazo) bo'yicha xavfsizlikning o'ziga xos talablari bayon etilgan.
    GOST 12.2.009 - 80 Davlat standard tomonidan 1981-yil sentyabrdan boshlab qo'llanilayotganligi sababli ancha ilgari ishab chiqarilgan stanoklar ko'zda tutilgan talablarga to'la javob bermaydi. Bu stanoklarni ko'rsatilgan GOST talablariga mos keltirish korxonalar stanoklarni sotib oluvchilaming vazifasiga kiradi va avval ishlab chiqarilgan stanoklarni zamonaviylashtirish planiga muvofiq amalga oshirilishi lozim. Yangi stanoklarni loyihalash va ishlab turgan stanoklar parkini zamonaviylashtirishda stanoklarni odamning antropometrik va psixofiziologik xususiyatlariga mos keltirish maqsadida GOST 12.2.009 - 80 «SSBT. Ishlab chiqarish jihozlari. Umumiy ergonomik talablar» talabalarini xisobga olish zarur.
    Metall kesish stanoklarini sun'iy yoritish, ish o’rinlarini yaxshi yoritish korxonada mehnat unumdorligini oshirish va jaroxatlanishning oldini olish faktorlaridan biridir. Korxona uchun sun’iy yoritish ayniqsa muhim axamiyatga ega bo’lib, bu yerdagi ishlar ko’zni zo’riqtiradi va ular kechki yoki tungi smenada bajariladi. Metallni kesib ishlash ana shunday ish toifasiga ta’luqlidir. Yetarli darajada yoritilmaganlik oqibatida ishlov beriladigan detal va o’lchash asbobini ko’zga juda ham yaqinlashtirib ko‘rish uzoqni ko'ra olmaslik kasalligi kelib chiqishiga sabab bo'ladi. Stanok har xil zonalarining yetarli darajada yaxshi yoritilmasligi stanokchini detalga ishlov berish jarayonida detallarga, shuningdek stanokni uning aylanayotgan va suriladigan qismlariga yaqinroq engashishga majbur etadi. Bu xol ishchini qirindi, ishlanayotgan detal, asbob va hokazolar bilan shikastlanishiga sabab bo'lishi mumkin.
    Metall kesish stanoklarini sun’iy ravishda yoritish ishlari yoritish tizimini tanlashga hamda stanokchi ish o'rinlarini yoritish normalariga rioya qilish talablariga mos ravishda qat’iy bajarilishi lozim. Metall kesish stanoklari uchun kombinatsiyalangan yoritish tizimini, ya’ni umumiy va mahalliy yoritish tizimlaridan biriga foydalanishni nazarda tutish zarur.
    Aksari metall kesish stanoklarida ko'z bilan doim qarab turib bajariladigan quyidagi uchta asosiy zona bor:
    a) detalga ishlov berish va uni nazorat o'lchash zonasi;
    b) limblar zonasi;
    v) kesish rejimlarining hisob jadvallari zonasi.
    Bu zonalarning yoritilish normalarini stanoksozlik va asbobsozlik sanoati uchun soha normalari belgilab beradi. Stanokni mahalliy yoritish xavfsiz bo'lishi lozim. GOST 12.2.009 - 80* ga muvofiq cho'g'lanish lampalari bor maxalliy yoritish yoritkichlari ko'pi bilan 42V kuchlanish bilan ta’minlanishi darkor (metall ishlash sexlariga o'rnatiladigan stanoklar uchun 24V va metallurgiya sexlariga o'rnatiladigan stanoklar uchun ko'pi bilan 12V).
    Maxalliy yoritish kronshteynining konstruktsiyasi yoritkichning barcha zarur vaziyatlarda. hech qanday qo'shimcha mahkamlash operatsiyalarisiz, qotirib qo'yishni ta’minlash lozim. Yoritkichga elektr simlari kronshteyn ichidan o'tkaziladi. Simni ko'rinib turadigan qilib o'tkazishga yoki qo'yilmaydi. Uzellar va kronshteyn shamirlarining konstruktsiyasi simlarning buralishiga va bir-biriga ishqalanishiga hamda ularga ishlov berayotganda ishlatiladigan suyuqlik (emulsiya, moy va xokazo) tushishiga yo‘l qo‘ymasligi lozim. Chilangarlik o‘quv ustaxonasida o‘tkaziladigan ishlarning turlari Chilangarlik o‘quv ustaxonasida o'tkaziladigan praktikumda metallar turli chilangarlik asboblari yordamida sovuq holatda ishlanadi. Chilangarlik o'quv ustaxonasida o'tkaziladigan praktikum ishlari, rejalash, yo'nish, to'g'rilash va qaychi bilan qirqish, egovlash, parma bilan teshish, teshikni zenkovka qilish va yo'nib kengaytirish, rezba qirqish, parchinlash, shaberlash, pritirka qilish va moslash, kavsharlash, qalay yugurtirish va hokazo texnologik jarayonlami o'z ichiga oladi.Talabalar metalldan chilangarlik usulida buyum yasaganda yoki ishlaganda eng muhim chilangarlik ishlarini ma’lum bir tartibda bajaradi. Bundan maqsad talabalami metall parchasini (zagotovkani) chizmada ko'rsatilgan holatga keltirishga o'rgatishdir. Dastlab metalldan zagotovka tayyorlash yoki uni tuzatish (qirqish, to'g'rilash, egish) ishlari bajariladi; bu ishlar tayyorgarlik ishlari deb ataladi. Chilangarlik o'quv ustaxonasida o'tkaziladigan praktikum ishlarida barcha talabalar ko'rgazma buyumlar tayyorlashda, va xususan, modellashda qatnashadilar. Har xil buyumlarni va ko'rgazmali qurollarning detallari donalab tayyorlanadigan praktikumlarda talabalaming texnikaviy bilimi, ko'nikma va malakalari bo'lishi, ya’ni detal yasashda jarayonlarni to'g'ri bajarish talab etiladi.
    Kesish jarayonida lentasimon qirindini boshqarish vositalari.
    Kesish jarayonida lentasimon qirindining shaklini vintsimon spiral shaklida o'rash yoki alohida-alohida bo'laklarga maydalab yuborish uning kesilib uzilishiga yo'l qo'ymaslikning eng samarali vositasidir. Bu ish keskichning old qirrasini egri chiziq shaklida yasab, shuningdek keskichning old qirrasiga doimiy yoki rostlanuvchi to'siqlar o'rnatib xam bajariladi. Lentasimon qirindini maydalash yoki o'rash birinchi xolatda quyidagidan iborat:
    keskichning old sirti bo'ylab sirpanib chiquvchi qirindi ariqcliaga kirib bamisoli ariqcha shaklini qayd qiladi (ariqcha profili aylanib o'tadi) va ariqchadan buralib chiqib halqasimon bo'lib o'raladi. Agar halqa erkin harakatlanayotganda biror to‘siqqa duch kelmasa, unda qirindi uzluksiz spiral shaklida o‘ralib chiqadi. Qirindi o'rami to‘siqqa (detal, keskich va hokazo) tiralganda alohida-alohida bo'laklarga bo'linib ketadi. Lentasimon qirindining to'siqlar ta’sirida maydalanish va o'ralish printsipi ariqchalar yordamida maydalanish va o'ralishga o'xshashdir. Bu holda keskichning old qirrasi bo'ylab sirpanib chiquvchi qirindi to'siqqa duch keladi, to'siq uni ishlov berilayotgan detalga, keskichning ketingi qirrasiga va hokazolarga og'diradi qirindi o'rami yangi to'siqqa tegib sinib tushadi. Agar to'siq keskichning old qirrasiga qirindi o'rami ikkinchi to'siqqa duch kelmaydigan qilib joylashtirilgan bo'lsa, u xolda qirindi keskichdan vintsimon spiral shaklida tushadi.
    Kesish asbobining tegishli parametrlariga, ayniqsa keskichning asosiy kesish qinasining qiyalik burchagi q va asosiy old burchak v ning kattaligiga, shuningdek to'siqning asosiy kesish qirrasiga nisbatan joylashishiga va uning o'lchamlariga qarab, kesish rejimlarining muayyan orolig'ida lentasimon qirindining doimiy maydalanishi yoki o'ralishiga erishiladi. Universal stanoklar va avtom atik jihozlarda ishlash uchun plastinkalarni presslab tayyorlashda shakllanadigan kichik o'chamli chuqurchalari (ariqchalari) bo'lgan ko'p qirrali yo'nilmaydigan plastinkalar bilan ta’minlangan yig'ma keskichlardan foydalanish ancha samaralidir. Shuni nazarda tutish kerakki, kesish jarayonida qirindini maydalash vositalaridan foydalanilganda qirindi bo'laklari ancha uzoq masofaga otilib, ko'zni shikastlantirish uchun xavf tug'diradi. Shuning uchun ham himoya vositalaridan (himoya ekranlari yoki ko'zoynakdan) albatta foydalanish shart.

    - -Дата создания 25.05.2023 19:00:00 - -













    BMI.5111000.104.04.22

    varoq
















    12345

    O’zg

    Varoq

    № Xujjat

    Imzo

    Sana







    Download 84 Kb.




    Download 84 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Metall kesish stanoklariga nisbatan qo'yiladigan umumiy xavfsizlik talablari

    Download 84 Kb.