Metallurgiya




Download 73.08 Kb.
bet1/2
Sana01.08.2021
Hajmi73.08 Kb.
  1   2

KIMYO-METALLURGIYA FAKULTETI

METALLURGIYA” KAFEDRASI

Navoiy davlat konchilik institutda “Metallurgiya” kafedrasini tashkil etilishi XXI asr boshlarida jadal rivojlanayotgan fan va texnologiyalarning ehtiyojlari tufayli yuzaga keldi. Ushbu progressiv rivojlanish inson hayotida metallarning ahamiyati oshib borishiga yordam berdi. Biz hayotimizning barcha jabhalarida metallarga duch kelamiz. Amaliy jihatdan olganda har qanday inshootning asosi temirbeton konstruksiyadan tuzilganligini ko’ramiz, biz metalldan tayyorlangan mashinalarda yuramiz, biz hatto oziq-ovqatlarni alyuminiydan tayyorlangan qog’ozga o’raymiz. Ularsiz tasavvur qilib bo'lmaydigan narsalar uyali telefonlar, kompyuterlar, tekis displeylar, ko’chma pleerlar va ko’plab boshqa narsalar odatiy holga aylandi. Shu nuqtai nazardan metallar ishlab chiqarishda yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash juda muhim.
Mubolag‘asiz shuni aytish mumkinki, metallurgiyani rivojlantirmasdan turib hech bir sohada texnik taraqqiyotga erishib bo’lmaydi. Shuning uchun deyarli barcha sanoatlashgan davlatlar metallurgiya sanoatini rivojlantirishga alohida e'tibor berishadi. Shunday qilib O’zbekiston Respublikasi ham mustaqillikka erishganidan so’ng tog'-kon va metallurgiya majmuasini, tog'-kon va qayta ishlash sanoatini jadal rivojlantirishga katta ahamiyat berdi. Respublikamizning Birinchi Prezidenti I.A. Karimov farmoni bilan 1995 yil 7 iyulda Navoiy davlat konchilik institute tashkil etildi. 1995 yil sentyabrda institut tarkibida “Konchilik ishi va metallurgiya” kafedrasi tashkil etildi. 1997 yil 2 iyunda Navoiy davlat konchilik institute rektori professor B.R. Raimdjanov buyrug’i bilan “Metallurgiya va boyitish” kafedrasi tashkil etildi.

Talabalar “Metallurgiya” va “Foydali qazilmalarni boyitish” yo'nalishlari bo'yicha ikki bosqichli "bakalavr-magistr" tizimi bo'yicha tahsil olishadi.





Download 73.08 Kb.
  1   2




Download 73.08 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Metallurgiya

Download 73.08 Kb.