• Meva daraxtlarni hosildorligini o‘sishida sug‘orishning ahamiyati
  • Sug‘orish sonini hosildorlikka ta’siri.
  • Meva daraxtlarni hosildorligini o‘sishida sug‘orishning ahamiyati




    Download 44.79 Kb.
    bet1/5
    Sana27.05.2022
    Hajmi44.79 Kb.
    #22068
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    madina
    5, Mustaqil ish9, 282-285, 13. Oybek. Fanorchi ota, OYBEK hayoti va ijodi ppt1

    MAVZU: Mevali bog'larda tomchilatib sug'orish usullari.

    1. Meva daraxtlarni hosildorligini o‘sishida sug‘orishning ahamiyati.


    2. Meva daraxtlarini o‘sib, rivojlanishida sug‘orish usullarining o‘rni. 3. Mevali bog‘larda o‘tkaziladigan agrotexnik tadbirlar


    Meva daraxtlarni hosildorligini o‘sishida sug‘orishning ahamiyati: O‘zbekiston sharoitida ekinlarni talablarga nisbatan yuqori miqdorda suv bilan ta’minlash yuqori hosil olish shartlaridan biridir hozirgi davrda Respublikamizdagi sug‘oriladigan qarib 4,3 million gektarga etdi aholi soni esa 30 million kishiga yaqinlashdi. Kishi boshiga to‘g‘ri keladigan yer maydoni yildan yilga kamayib bormoqda. Har yili 50 ming gektarga yaqin eskidan sug‘orib kelinayotgan maydonlarning unumdorligi oshirilib qaytadan tiklanmoqda, lekin suv zaxiralarini cheklanganligi sug‘orish ishlarini toboro yangi texnologiya asosida olib borishga to‘g‘ri keladi.
    Suvdan samarali foydalanish uchun hozirda joriy qilingan qoidalarga mofiq har bir hujalik suvdan foydalanishga ruxsatnoma olib ish ko‘radi. Bu hujjar viloyat suv hujaligi xodimlari tomonidan amalga oshiriladi. Suvdan foydalanuvchi tashkilotlar ma’lumotni hamma fermer hujaliklari uchun ish pilan sifatida foydalanishga junatadi. Hosilga kirgan meva va daraxtlarni bog‘larni sug‘orishda normasiga rioya qilgan holda 24-36 soat ichida bog‘larni qondirib sug‘orishga amal qilish kerak. Men Nishon tumanidagi och tuslu bo‘z tuproqlarda hosilga kirgan bo‘glarni sug‘orish bo‘yicha bitiruv malakaviy ishni olib borib shunga amin bo‘ldimkiy mevali daraxtlatni sug‘orish eng muhim agratexnik tadbirlardan biri hisoblanadi . Men o‘zimni tajribamda hosilga kirgan billiy nalif olma ustida olib brogan tajribamda mevali daraxtlarni sug‘orish agrotexnikasi qanchalik muhim ekanligi jadval orqali ko‘rishimiz mumkin.

    1- jadval


    Sug‘orish sonini hosildorlikka ta’siri.

    Daraxtlarni necha marta sug‘orilishi

    Har daraxtdan olinga hosil miqdoriga

    Kilogram hisobida

    Sug‘orilmagan daraxtga nisbatan %

    4

    182

    227

    3

    230

    287

    2

    180

    225

    Sug‘orilmagan

    80

    100

    Ushbu jadvaldan ko‘rinib turibdiki mevali bog‘larni sug‘orish eng muhim juda zarur agrotexnik tadbirlardan biridir. Chunki tajriba ma’lumotiga qaraganda sug‘orilmagan olma daraxtlariga nisbatan qancha marta sug‘orilganligiga qarab hosildorlik ko’tarilgan. Eng yaxshi ma’lumotni uch marta sug‘organda olingan shunda meva hosildorligi sug‘orilmagan olma daraxtiga nisbat hosil 230 kg gektariga ko’tarilgan bu esa o‘z navbatida ushbu sug‘orishda 287 s/ga tashkil qiladi. Jadvalga qaraganda daraxtlarni ya’ni hosilga kirgan daraxtlarni to’liq normada sug‘orish orqali yuqoridagi hosildorlikka erishgan shuni nazarda tutgan holda bog‘ shunday qondirib sug‘organda uch marta sug‘orish hosilga kirgan bog’lar uchun yetarli deb hisoblayman. Sug‘orishlar hosil miqdoriga emas o’sishiga ham ta’sir qiladi. Bog‘lar qanchalik texnologiyaga rioya qilinib, 3-4 marta sug‘orilsa shoxlarni o‘sishi shuncha ertaroq va barglari tezroq o’sa boshlaydi. Sug‘orishlar mevalarning sifatiga ham qattiq ta’sir etadi. Masalan: bog‘larni ayniqsa daraxtlar mo‘l hosil berganida ko‘p sug‘orish mevalarni to’kilib ketishiga ta’sir qiladi. O‘tkazilgan tajribalar shuni tasdiqlaydikiy bog‘ olmalri terib olishdan 7 kun oldin sug‘orilganda hosilni 10-15 % tukilib tushgan eng muhim olma va nok daraxti pishgandan keyin 3-4 kun ichida va 3-4 kun olidin sug‘orilsa bog‘larda terib olingan hosilni saqlanishi 20-30 kunga qisqaradi. Yana bir muhim tomoni shundakiy meva daratxlarni pishishi oldidan 3-4 kun oldin sug‘orilganda mevali daraxtlarni tarkibidagi qand moddasi ham kamaygan. O‘zbekistonda hosilga kirgan mevali daraxtlarni sug‘orishda eng qulay usullardan biri bu bog‘larni juyak olib sug‘orish hisoblanadi. Shuning uchun bunda meva va daraxtlarni butun ildiz jarayonu suv bilan to‘liq namlanadi. Bunda juyaklarni uzunligiga ham e’tibot berish kerak dalalarda uzun egatlar olib sug‘orish yaramaydi. Egat uzunligi 200 mdan oshmasligi kerak, sug‘orishda shunga e’tibor berish kerakiy juyaklardan utadigan suvlar 24 soat dovimida jildiratib egatlarga quyilishu kerak shunda daraxt ildizlari 2-2,5 m chuqurlikgacha nam etib boradi bunda mevalarning hosildorligi ortishi juyaklarni qotor oarsiga ham bog‘liq bo‘ladi sug‘oriladigan juyaklar 60-90 sm oralig‘ida bo‘lgani maqul eng yuqori samaradorlik bu 90 sm juyak olinib suv meva daraxtlari tagida 36 soatgacha juldiratib ushlab turganda eng yaxshi natija bergan.


    Mevali daraxtlarni hosildorligi tasirida sug‘orish uchastkalarini qanday sharoitda shoylashuviga ham bog‘liq bog‘lar asosan ekilishda to‘g‘ri burchakli to‘rtburchaklari aniq chiqarilgan bog‘lar tashkil qilinib ekilgan shularni e’tiborga olib har bir bo‘g dalasini kichik sug‘orish uchastkalari orqali sug‘orish zarur. Hosil beradigan mevali bo‘glarda sug‘orilgandan so‘ng tuproq yitilishi bilan daraxt kultivatsiya qilinib kultivatsiya bilan birga boronalanib nam ketmaydigan shaklga olib keladi. Kultivatsiya ishlari bir ikki kun ichida to‘liq amalga oshirilishi kerak aks holda yer qotib yirik kessaklar vujudga kelib qoladi, chunki bog‘da yani hosil beradigan butun maydoni daraxt ildiz sestimasi egallaydi buning natijasida ildiz suvni surishi tuproq tez qurub qolishi mumkin shuning uchun bog‘lar sug‘orilgandan keyin albatta kultivatsiya vaqtida o‘tkazilishini talab qiladi.
    Shundan so‘ng alohida e’tibor qo‘l chopiqqa qaratiladi chunki hosilga kirgan meva daraxtlari ichida kul’tivator yurolmay qolsa albatta qo‘l chopig‘i bilan yerni nami qochmaslik choralari ko‘riladi.
    Ekin maydonlarini sug‘orishni asosan tuproqda suv utkazuvchanligiga qarab sug‘orish yaxshi natija beradi. Sug‘orish natijasi egat uzunligiga ham bog‘liq degan nazariyani yuqorida aytgandik amalga oshirsak yaxshi natija berishini jadval orqali ifoda qilaman.
    Sug‘orish egatlarining uzunligi.
    2-jadval

    Yer Nishon
    tumani

    Tuproqni suv utkazuvchanligi.

    kuchsiz

    O‘rtacha

    Kuchli

    0,010

    125-150

    100-130

    50-80

    0,007

    250-300

    200-250

    100-150

    0,005

    300-400

    250-300

    120-180

    0,002

    350-500

    300-400

    140-200

    0,0005

    200-250

    150-200

    60-100

    Jadvaldan kurinib turibdiki olma bog‘larini juyak olib sug‘orishda tuproqni suv utkazuvchanligini ham inobatga olish kerak ekan men tajriba o‘tkazgan Nishon tumani och tusli bo‘z tuproqlari suv o‘rtacha miqtorda o‘tkazadi shuning uchun juyakni uzunligi olma bog‘i ichida 200 metr atrofida bo‘lganda yaxshi natija beradi.


    Sug‘orishni har qanday usulini agrotexnik va iqtisodiy qiymati suvni foydali maydonini, mehnat va mablag‘ni juda kam sarflagan holda daraxtlarning rivojlanishi uchun optimal sharoit berish bilan aniqlanadi.
    Egatlardan jilratib infitiratsiya sug‘orish usuli hosilga kirgan meva daraxtlar uchun juda qulay usul hisoblanadi. Strukturasiz tuproqlarni mevali daraxtlari hosildorligi ta’sir seziluvchan bo‘ladi. Sug‘orish suvi egatning o‘rta va etak qisimlariga qaraganda tuprog‘i o‘zoqroq namlandigan bosh qismida ildiz taralgan zonadan chuqurroq singib ketishi natijasida bir qismi yuqoladi. Dalaning etak qismidagi tuproqlarni namiqib turishi uchun odatda suv egatni ohiriga etgandan keyin ham suv oquvaga oqizib quyilishi kerak. Suv oqivaga chiqqandan keyin meva beradigan bog‘larda suv 24 soat oqib turganda tuproq yaxshi namlanadi. Meva beradigan bog‘larda egat orqali infiltiratsion sug‘orish tekis dalalarda juda yaxshi natija beradi. Agar dala notekis bo‘lsa infiltiratsion sug‘orish iqdisodiy samaradorligini pasaytiradi. Chunkiy tekismas dalada juyak oralarida suvni tuxtab qolishi olma daraxtlarini qurishiga olib keladi.
    Meva daraxtlari tuliq hosilga kirgandan keyin uning shox shabbalarini meva og‘irligidan pastga tashlanganda traktorni yurishiga imkon bermaydi bunday hollarda daraxt tanasiga yaqin bo‘lgan joylarni juyak olishi qo‘lda bajariladi. Umuman meva daraxtlari to‘liq hosilga kirgandan keyin 50-60 % ishlar qo‘lda bajarilishiga to‘g‘ri keladi. Har qanday bog‘da ham kul’tivator utsa qolganlari qo‘lda bajariladi. Hosilga kirgan meva daraxtlariga o‘tkazilgan agrotexnik tadbirlar ichida muhimi sug‘orish bo‘lganidik unga juda katta e’tibor berilib bu tadbirni o‘z vaqtida o‘tkazgan juda ijobiy natija beradi.
    Meva daraxtlarini hosildorligini oshirishda egatlar orqali sug‘orish tuproq tagida shag‘alli qatlami bor joylarda yaxshi natija bermaydi chunkiy egatni namlash uchun quyilgan suvni 50-60% filtiratsiya bo‘lib ketadi. Bunday joylarda meva daraxtlari tagidan juyak olinib sug‘orilganda yaxshi natija beradi. Tagida shag‘alli qatlami bor tuproqlarda juyak olib infiltratsion yo‘l bilan sug‘orilganda grunt suvvini tarkibi ko‘payib ketib yerni sho‘rlanishiga olib kelishi mumkin, natijada ko‘p yillar davomida etishtirilgan bog‘ qurib qolishi mumkin. Nishopi katta bo‘lgan joylarda olma bog‘ tashkil qilinganda albatta kam suvdan foydalanishni tavsiya qilimiz va juda qisqa ariqlar orqali juyak olib sug‘orishni tashkil qilish kerak. Hozirgi texnika rivojlangan sharoitda yangi ekilgan bog‘larni sug‘orish texnologiyasiga to‘liq javob beradi. Hozirda sug‘orish suvlari beton ariqchalarda dalaning boshiga keltirilib sofon trubalar orqali egatlarga tushiriladi bunda har bir egatga sofon truba kelib turadi, undan tashqari yangi texnologiya asosida qurilmagan eski mevali bog‘larda ham imkon darajasida tekislanib juyaklar orqali meva daraxtlari qondirib sug‘orilmoqda.
    Ekinlardan yuqori hosil olishdan muhim shart sharoitlardan biri tuproqning ildiz orqali taraladigan qatlamini hammasida suv oziq moddalarini o‘simlik tomonidan o‘zlashtira bilishdir. Shuning tuproqning suv, havo va tuz rejimlari ularni daraxtlarni turli rivojlanish davrida talab qiladigan darajada bo‘lib turishi sug‘orish texnologiyasining kelajakdagi eng muhim ko‘rsatgichlaridan biri hisoblanadi.
    Sug‘orishda ish unumdorligi hosil birligi hisobiga sarflanadigan suv va moddiy harajatlar miqdori katta ahamiyatga ega. Shuning uchun sug‘orishda yuqori samaraga erishish sug‘oriladigan daraxlar hisobiga qilingan moddiy harajatlarga bog‘liq. Sug‘orish texnikasi istiqboliga umumiy ravishda baho berganda birinchi joy sharoiti ikkinchi relifi e’tiborga olinadi. Sug‘orish texnikalarini sifati va qiymati daraxt ildizlarini qancha metr pastga namni etkazishi inobatga olinadi. Hozirda bunday yangi texnologiya mevachlik ilmiy tekshirish institutga qraydigan yoki shu institutlar bilan hamkorlikda ish yuritadigan fermer xujalliklarida qo‘lanilmoqda.
    Mevali daraxtlarda sug‘orish soni va normasi muddatlari hammasi grunt suvini joylashish chuqurligiga bog‘liq, grunt suvi qanchalik chuqur bo‘lsa meva daraxtlari chuchuk suvga qonib ichadi natijada yaxshi o‘sadi va rivojlanadi. Hosilga kirgan olma daraxtalri zararli tuzlar tarkibiga o‘ta chidamsiz bo‘ladi, shuning uchun bunday bog‘larni har ikki yilda bir marta 50-60 sm balandlikda 5-10 sotix atrofida polo lib sug‘orish tavsiya qilinadi.
    Infiltratsion juyak olib sug‘orish 24 soat davomida suv ushlanib turgandan keyin kapilyarlar orqali suv balandga parchalanishi natijasida tuz ham balandga ko‘tariladi. Shuning uchun mevali daraxtlarni tagini yaxob suvi bilan yoki vegetatsiya davrida sug‘orishda yil oralatib shur yuvish ishlarini olib borish kerak. Sug‘orish sifatini yaxshilash va bunda mehnat unumdorligini oshirishga oid umumiy talablardan tashqari ya’na muhimi bu bog‘larni shirin chuchuk ariq suvlari bilan sug‘orishdir. Imkoni boricha yer osti suvlari bilan bog‘ maydonlarini sug‘ormaslik va zovur suvlaridan umuman fodalanmaslik kerak. Bog‘larni sug‘orishga e’tibot bersak ulardan albatta yuqori hosil olish imkoni bo‘ladi.



    Download 44.79 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 44.79 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Meva daraxtlarni hosildorligini o‘sishida sug‘orishning ahamiyati

    Download 44.79 Kb.