Mеxatron modullarni boshqarish




Download 231.58 Kb.
bet1/2
Sana04.04.2024
Hajmi231.58 Kb.
#187829
  1   2
Bog'liq
Nutq ostirish nazariyasi va metodikasi, Mashg‘ulotlar shakli Seminar mashg‘ulotlar (A), Falsafa va hozirgi zamon, Farg’ona politexnika instituti

Mеxatron modullarni boshqarish
Mеxatron modullarni boshqarish
Keng ma`noda harakatlari komputerli boshqariluvchi texnik sistemalarni, agregatlarni, mashinalarni va mashinalar kompleksini o’rganadi. «Texnik tizimlarni boshqarish modullari»ning asosiy uslubiy g’oyasi aniq mexanika, mikroelektronika, elektrotexnika, komputerli boshqaruv va informatsion texnologiya fanlarini sistemali birlashtirishdan iborat.
Boshqarish sistemalar uchta asosiy qismlardan tashkil topadi (rasm 7.1). Bular – mexanika, elektronika va komputerlashgan qism. Sistemaning komputerlashgan qismida harakatni boshqarish algoritmi turadi.
boshqarish sistemaning komponentlari
«Texnik tizimlarni boshqarish modullari» nuqtai nazardan bu komponentalar tayor mahsulotni butun “Umri” davomida bir – biri bilan chambarchas bog’liq bo’ladi. Tayor mahsulotni “Umri” – bu uni loyihalashdan boshlab uni ishlab chiqarish va buyrtmachi tomonidan foydalanishgacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi.
Boshqarish qurilmalarni an`anaviy avtomatlashtirilgan qurilmalardan farqi:
  • Hamma elementlar standartlashtirilganligi va bir xillashganligi (unifikatsiya) tufayli hamda yuqori darajada integratsiya natijasida tannarhni arzonligi;
  • Intellektual boshqarish metodlarini qo’llanilishi natijasida murakkab harakatlarni yuqori aniqlikda bajarilishi;
  • Yuqori ishonchlilik, pishiq – puxtalilik va himoyalanganlik;
  • Konstruktiv ihchamlilik;
  • Mashinaning massa va gabarit o’lchamlari hamda dinamik harakterictikasini yahshilanishi.

Hozirda boshqarish modullar va sistemalar quyidagi sohalarda keng qo’llanilmoqda:
  • Robototexnikada;
  • Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish uchun ishlatiladigan qurilmalar va dastgohlar ishlab chiqishda;
  • Aviatsiya, kosmik va harbiy texnikada;
  • Avtomobilsozlikda;
  • Noan`anaviy transportda (elektrovelosped, elektr yuk tashish aravalari, nogironlar aravasi va boshqalar);
  • Ofis texnikasi;
  • Komputer texnikasi elementlari (printerlar, plotterlar);
  • Tibbiyot qurilmalari;
  • Maishiy texnika (kir yuvish mashinalari, idish yuvish mashinalari);
  • Nazorat – o’lchov qurilmalari;
  • Foto – va video texnika;
  • Trenajerlar;
  • Shou industriyada (ovoz chiqarish sistemalari va turli rangdagi yorug’lik bilan bezash);

XX asrning 90 – yillarida «Texnik tizimlarni boshqarish modullari»ning shiddat bilan rivojlanishi uchta asosoy faktorlarga bog’liq:
  • Dunyo sanoatini rivojlanishini yangilanishga moyilligi;
  • «Texnik tizimlarni boshqarish modullari»ning fundamental va uslubiy asoslarini kengayishi (asosiy ilmiy g’oya, printsipial yangi texnik va texnologik echimlar);
  • Ilmiy – tekshirish va ta`lim sistemalaridagi mutahassislarni faolligi.



Download 231.58 Kb.
  1   2




Download 231.58 Kb.