INNOVATION S
C
I
ENCE AND
RESEARCH
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 3 JULY 2023
ISSN: 2992-8877
| SCIENCEJOURNAL.UZ
83
GIDROPONIKA USULIDA ISSIQXONALAR TASHKIL ETISHNING ILMIY
ASOSLARI
Tilavoldiyeva Dilafro'z Xabibidin qizi
Farg'ona viloyati, Farg'ona tumani 56-maktab biologiya fani o'qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.8212093
Annotation: this article contains information on
the scientific basis of the
organization of greenhouses in the hydroponics method.
Keywords: hydroponics, water and fertilizer consumption, greenhouse, vegetables,
vitamins, potassium, phosphorus, calcium.
Аннотация: В данной статье отражены данные по научным основам
организации теплиц методом гидропоники.
Ключевые слова: Гидропоника, расход воды и удобрений, теплица, овощи,
витамины, калий, фосфор, кальций.
Annotatsiya: Ushbu maqolada gidroponika usulida issiqxonalar tashkil etishning
ilmiy asoslari borasida ma’lumotlar o‘z aksini topgan.
Kalit so‘zlar: Gidroponika, suv va o‘g‘it sarfi, issiqxona, sabzavotlar, vitaminlar,
kaliy, fosfor, kalsiy.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Fermer, dehqon xo’jaliklari va tomorqa
yer egalari faoliyatini yanada rivojlantirish bo’yicha tashkiliy chora-tadbirlar to’g’risida»
2017 yil 10 oktyabrdagi PQ-3318-son qarori ijrosini ta’minlash hamda dehqon xo’jaliklari
va aholi tomorqa yer uchastkasidan foydalanish samaradorligini oshirish, aholi bandligini
ta’minlash va tomorqa yer uchastkasidan olinadigan daromadlarni yanada oshirish
maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 18-mart kuni 205-son “Dehqon xo’jaliklari
va tomorqa yer uchastkalaridan samarali foydalanishni tashkil
etish chora-tadbirlari
to’g’risida” qarori qabul qilingan. So’ngi yillarda dehqon xo’jaliklari va tomorqa yer
uchastkalaridan samarali foydalanishni tashkil etish bo’yicha amalga oshirilgan islohotlar
natijasida qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlari sezilarli darajada
oshishiga erishildi. Ayniqsa, aholi tomonidan xonadonlarda barpo etilgan issiqxonalarda
limon yetishtirish, 100 boshdan tovuq boqish tashkil qilinishi natijasida 2017 yilning o’zida
qo’shimcha 1,2 ming gektar maydonda limonariy barpo etildi, 32 ming xonadonga 3,2 mln.
ta 90 kunlik tovuq tarqatilib, 2,3 mln. dona tuxum yetishtirishga erishildi. Shuningdek, grek
yong’og’i, unabi kabi inson salomatligi uchun foydali mevali ko’chatlar ekish tashkil
qilindi.
XXI-asrga kelib dunyo aholisini ko'payshi yildan-yilga oshib bormoqda,
bunday
sharoitda insonlarni oziq-ovqat mahsulotlariga bo'lgan talabni etarli miqdorda ta'minlash
ko'p jihatdan ilm fanning rivojlanishi va yangi innovasion texnologiyalarni yaratilishi
hamda ularni ishlab chiqarishga ko'proq joriy qilinishiga bog'liqdir.
Hozirgi paytda juda ko'p mamlakatlarda tabiiy resurslar jumladan er va suv
resurslari keskin kamaymoqda ulardan samarali foydalanish yo'llarini qidirib topish
dolzarb masala bo'lib qolmoqda.Qishloq xo'jaligi rivojlangan Gollandiya, Isroil, Janubiy
Koreya, Yaponiya, AQSh, Germaniya mamlakatlarida o'tgan asrning oxirlaridan boshlab
maxsus issiqxonalarda gidroponika usulida sabzavot mahsulotlarini etishtirish yo'lga
qo'yilgan.
INNOVATION S
C
I
ENCE AND
RESEARCH
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 3 JULY 2023
ISSN: 2992-8877
| SCIENCEJOURNAL.UZ
84
Gidroponika (Gidroponika grekcha suz bo'lib "gidro"- suv, "Ponos"-ishchi, "suvli
ish eritmasi"- manosini anglatadi) bu qishloq xo'jalik ekinlarini tuproqsiz mahsus
jihozlangan sharoitda suvda eritilgan oziqa moddalari yordamida etishtiriladi.
Gidroponika sharoitida o'simliklar uchun zarur bo'lgan barg mutadil omillar jumladan havo
harorati,
namligi issiqlik, yorug'lik, karbonat angidrid, toza suv, makro va mikro oziqa
elementlari bilan ta'minlash suniy ravishda vujudga keltiriladi. Mutadil sharoitlarni
vujudga keltirilishi natijasida o'simliklarda kechadigan fotosintez jarayoni faollashadi va
ko'plab organik moddalar to'planib o'simliklarni o'sishi rivojlanishi va mo'l xosil berishi
ta'minlanadi.
Gidroponikaning
samaradorligini ifodalovchi, u haqda tasavvur uygʻota oladigan
raqamlar talaygina. Masalan, anʼanaviy issiqxona sharoitida bir tup pomidor koʻchati
oʻrtacha 3 kilogramm hosil tugsa, gidroponikada bu 12 kilogrammgacha yetadi. Boshqacha
aytganda, koʻchat ildizi ham, tanasiyu bargi ham turli zararkunanda va kasalliklardan
mustahkam ihotalangan (yoki himoyalangan) koʻchatlarning umri uzoq boʻladi. Buni
noyabrda oʻtqazilgan koʻchat qariyb bir yil yashnab turishi bilan izohlasak boʻladi.
Binobarin, dastlabki 3-4 oy koʻchatlarning hosilga kirish davri boʻlsa, soʻngra undan 6-7
oy davomida sarxil pomidor uzish mumkin. Boʻyi shiftga yetmasligi uchun esa hosildan
boʻshagan poyaning pastki qismi yer tomon tushirib boriladi. Shunday qilib, gidroponika
orqali dehqonning hisob-kitob daftarida bir gektardan 120 — 140 tonna pomidor, 80 —
100 tonna bodring olinganligi toʻgʻrisidagi qaydlar paydo boʻladi. Oʻz navbatida,
hosil
berish davri qisqa boʻlganligi bois bodringni bir yilda uch marta ekish imkoniyati ham
mavjud. Yana deng, takror boʻlsa ham aytish oʻrinliki, tashlandiq va ekin oʻstirish uchun
yaroqsiz maydonlar hisobiga.
Issiqxonada sabzavot yetishtirish yilning istalgan vaqtida aholini yangi qishloq
xo‘jaligi mahsulotlari bilan ta’minlash imkonini beradi.
Bugungi kunda O‘zbekistonda 6,5 ming gektarga yaqin issiqxonalar mavjud bo‘lib,
shundan 1,1 ming gektar yoki 17 foizi gidroponika, 4,9 ming gektar yoki 83 foizi tuproq
usulida yetishtirishga asoslangan oddiy issiqxonalardir.
2021-yilda respublika issiqxonalarida 271 ming tonna mahsulot, xususan, 167 ming tonna
pomidor (53 foiz) yetishtirildi. 2022-yilda esa jami 342 ming tonna mahsulot yetishtirish
rejalashtirilgan bo‘lib, shundan 199 ming tonnasi (59 foiz) pomidorga to‘g‘ri keladi.
Respublikamizning Buxoro, Xorazm, Samarqand va Toshkent viloyatlaridagi
issiqxonalarda yetishtirilayotgan mahsulotlarning asosiy qismini pomidor tashkil etadi.
Hozir O‘zbekistondagi issiqxonalarda sabzavot yetishtirishda zamonaviy
texnologiyalar qo‘llanilmoqda. Issiqxonalarda o‘g‘it va sug‘oriladigan
suv sarfini
kamaytirish maqsadida tomchilatib sug‘orish, masofadan boshqarish va gidroponika
usulidan foydalanilmoqda. Natijada bunday issiqxonada yetishtirilgan hosil an’anaviy
usulga nisbatan 30 foizga ortib, suv va o‘g‘it sarfi esa 30–40 foizga kamaymoqda.
Tomchilatib sug‘orish tizimi va gidroponika usul joriy etilgan issiqxonalar uchun
o‘g‘itlarni masofadan turib avtomatik tarzda kiritish tizimi joriy etilmoqda, agrokimyoviy
laboratoriyalar o‘rnatilmoqda.
Yetishtirish usuli tuproqqa asoslangan, ya’ni oddiy issiqxonalarni ishga tushirishdan
oldin yerga organik va mineral o‘g‘itlar beriladi, so‘ngra tuproq shudgorlanadi va
tekislanadi. Urug‘lar unib chiqqunga qadar harorat +24 °C darajasida saqlanadi. Urug‘lar
va ko‘chatlar bir vaqtda bir xil o‘sib-unib chiqishi uchun shunday qilinadi.
Kuz-qish davrida urug‘lar 1–15-iyulda, 30 kunlik ko‘chatlar esa issiqxonaga 10–20-
avgustda ekiladi. Avgust-sentabr oylarida o‘simliklar har 5–7 kunda, keyin esa oyiga 3
marta sug‘oriladi.
INNOVATION S
C
I
ENCE AND
RESEARCH
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 3 JULY 2023
ISSN: 2992-8877
| SCIENCEJOURNAL.UZ
85
Qish-bahor davrida urug‘lar 1–20-dekabrda ekiladi, 45–55 kunlik ko‘chatlar
issiqxonalarga yanvar oyining oxiri – fevral boshida ekiladi. Qishda har 7–8 kunda,
quyoshli kunlar boshlanishi bilan esa har 2–3 kunda sug‘orib turiladi.
Oraliq mavsumda urug‘lar 1–15-avgustda ekiladi, 30 kunlik ko‘chatlar esa shu oyning
birinchi yarmida yerga qadaladi. Dekabr oyining o‘rtalarida pomidor o‘zining eng yuqori
cho‘qqisiga yetadi. Shuning uchun o‘simlik 0,7 metrga, fevral oyining oxirida esa yana 1
metrga tushiriladi.
Natijada, o‘simlik yana o‘sishni boshlaydi va 1 m2 dan olinadigan
qo‘shimcha hosil 2,0–3,5 kg ni tashkil qiladi.
Bitta pomidor C vitaminiga bo‘lgan kunlik ehtiyojning taxminan 40% ni qoplay oladi.
Pomidorda, shuningdek, A, B vitaminlari va kaliy, fosfor, kalsiy singari boshqa minerallar
mavjud.
Adabiyotlar:
1. Zuev Vladimir Ilich, Qоdirxo‘jaev Оrif, Adilоv Maxsud Mirvasitоvich, Akramоv
Umidilla Ikramdjanоvich; Sabzavоtchilik va pоlizchilik Toshkent 2010.
2. G'.a. Samatov, j.y. yodgorov, z. T. Siddiqov: Issiqxona xo'jaliklarini tashkil
qilish va
yuritish. Toshkent 2007.
3. Хуррамов Ш.Х., Бекмуродов А.С. Испытание нового нематоцида в борьбе с
галловыми нематодами гранатовых агроценозов в Узбекистане // Узбекский
биологический журнал. – Ташкент, 2015.