Mikrobiologiya




Download 0.5 Mb.
bet1/9
Sana13.09.2023
Hajmi0.5 Mb.
#81713
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Umumiy mikrobiologiya Boltayev Isomiddin 1




Oliy va O'rta maxsus ta'lim vazirligi Toshkent kimyo texnologiyalar instituti
sirtqi bo'lim 2-kurs S21-04u-OO1 guruhi talabasi Boltayev Isomiddinning Mikrobiologiyadan mustaqil ishi





UMUMIY MIKROBIOLOGIYA.

Mikroblar morfologiyasi.


Mikroblar olamiga bakteriyalar, zamburug‘lar, sodda jonivorlar, viruslar, va prionlar kiradi. Ushbu mikroolam vakillarining ayrimlariga mustakil yashash qobiliyatiga ega bo‘lganliklari uchun «mikroorganizmlar» atamasi mos keladi (bakteriyalar, zamburug‘lar, jonivorlar). Bakteriyalarning o‘zagi, o‘zak qobiliyati- ga ega bo‘lmagan bakteriyalar - prokariotlar, boshqalarni (zamburug‘lar, sodda jonivorlar) chegaralangan o‘zak saqlaydi, ularni eukariotlar deb ataladi.
Mikroorganizmlar tabiatda keng tarqalgan. Ular havoda, tuproqda, suvda, ovqat maxsulotlarida, atrof buyumlarida, tanamizning ichida va yuzasida, o‘simlik va hayvonlar organizmlarida uchraydi. Mikroblarning bunday keng tarqalishi ularni tabiatda va odam hayot faoliyatida ahamiyati juda katta ekanligidan darak beradi.
Mikroorganizmlar barchasi uch toifaga bo‘linadi patogen yoki zararli- odam,hayvon,o‘simlik organizmlarida turli yuqumli kasalliklarni qo‘zg‘atadigan shartli- patogen va nopatogenlarga bo‘linadi.
Bakteriyalar (lotincha bacteria katakcha, tayoqcha) tabiatda keng tarqalgan biologik xususiyatlari jihatidan har xil bo‘lgan, bir hujayrali, o‘simlik- lar dunyosidan kelib chiqqan, xlorofilsiz guruhlardir.
Bakteriyalar prokariotlar podshoxligiga, skotobakteriyalar bo‘limiga man- sub, Berji aniqlamasida 2-dan 17-guruhlarga kiradi. Bakteriyalarning o‘lchamlari har-xil bo‘lib, mikrometrlarda (mkm) o‘lchanadi. Ularning ichida yirik, mayda va o‘rtacha kattalikdagi bakteriyalar uchraydi, 0,1-0,15 mkmdan 16-28 mkm gacha keladi. Aksari kasallik qo‘zg‘aydigan bakteriyalarning kattaligi 0,2 mkmdan 10 mkmgacha keladi. Eng yirik bakteriyalarga kuydirgi va gazli gangrena qo‘zg‘a- tuvchilari eng maydalariga-brutsellez va tulyaremiya qo‘zg‘atuvchilari kiradi.
Bakteriyalar ularga bir xil shakl beradigan elastik hujayra devoriga ega. Bakteriyalarning shakllari bilan farqlanadigan 4 ta asosiy guruhlari mavjud: dumaloq, biroz uzunchoq, ovalsimon, lansetsimon yoki loviya shakldagi bakteriyalar:
-kokklar;
-tayoqchasimon;
-ipsimon;
-burama shakldagi bakteriyalar.
Hamma bakteriyalar o‘zlarining shakllaridan qat’iy nazar, oddiy ikkiga bo‘linish yo‘li bilan ko‘payadi, ammo bo‘linish usullari har xildir: uzunasiga, ko‘ndalang, ikkita o‘zaro kesishgan (perpendikulyar) tekislikda va boshqalar bo‘linish usullariga qarab, bakteriyalar ichida morfologik farq kuzatiladi.




Download 0.5 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 0.5 Mb.