Mikroelektronika




Download 36.2 Kb.
Pdf ko'rish
Sana14.12.2022
Hajmi36.2 Kb.
#34756
Bog'liq
Mikroelektronika - Vikipediya
1-LABORATORIYA MASHG’ULOT MAVZU. Axborot tizimlarida axborotni himoyalash, O\'zbek tilining izohli lug\'ati - A, 10 gerkusov, slayd 1, Aholi daromadlari, ttva tl yakuniy j, nazora, Elma catalog fin, Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish-fayllar.org, 200 Ibora Rus tili - Лист1


Mikroelektronika
Mikroelektronika - elektron uzellar, bloklar va qurilmalarni juda mitti integral qurilmalar tarzida
yaratish bilan shugʻullanadigan elektronika sohasi. 20-asr 60-yillarida vujudga keldi. Qattiq jism
fizikasi M.ning asosi hisoblanadi.
Ayrim qurilmalarda alohida tayyorlangan bir necha ming elektron lampa, tranzistor, kondensator,
rezistor, transformator va boshqalarni qoʻllab, ularni kavsharlab yoki payvandlab yigʻilishi
natijasida apparatlar kupol boʻlgan. Bosma montaj, mikromodul, integral sxemaning yaratilishi
bilan bu kamchiliklar deyarli bartaraf qilindi.
M.ni bir-birini toʻldiruvchi bir necha yoʻnalishlar: integral elektronika, vakuum mikroelektronika,
optik elektronika va funksional elektronika kabi yoʻnalishlarga ajratish mumkin. Integral
elektronika eng keng rivojlangan. Bu sohaning vujudga kelishi radioelektron apparatlarni
mikrominiatyuralashga (mittilashga) imkon berdi. Integral sxema (mikrosxema) hisoblash
texnikasi va kosmik sistemalarda ham, xoʻjalikda ishlatiladigan apparatlarda ham qoʻllaniladi.
Yarimoʻtkazgichli integral sxemalar 1959-61 yillarda yaratildi. Bunday integral sxemalarning
integrallash darajasi yuqori (bitta yarimoʻtkazgich kristallida 10000 gacha va undan
koʻpelement). Guruxlab tayyorlash usuliga oʻtish yoʻli bilan yarimoʻtkazgichli material
plastinkalaridagi aktiv (diodli, tranzistorli) elementlar tayyorlash texnologiyasining
takomillashtirish bosma montaj texnikasining va passiv mikrominiatyur komponentlarni yaratish
texnologiyasining rivojlanishiga, bu esa, oʻz navbatida, plyonkali integral sxemalarni ishlab
chiqishga olib keldi.
Yarimoʻtkazgichli va plyonkali integral sxemalardan tashkari, aralash integral sxema
tayyorlanadi. Aralash integral sxemaning integrallash darajasi yarimoʻtkazgichli integral
sxemanikiga yaqin turadi. Keyinchalik vakuum integral sxemalar ishlab chiqildi va yangi yoʻnalish
— vakuum elektronika yaratildi. Vakuum integral sxemalar barcha komponentlari vakuumga


 
Soʻnggi tahrir 3 oy avval
 
MalikxanBot
 tomonidan amalga oshirildi
joylashtirilgan qurilma va osma mikrominiatyur elektrovakuum asboblari boʻlgan plyonkali
integral sxema koʻrinishida ishlab chiqarilishi mumkin. Bunday integral sxemaning chidamliligi
yuqori boʻladi.
Integral sxemalarning barchasi ishlash belgilariga qarab raqamli (mantiqiy) va chiziqli xillarga
boʻlinadi. Raqamli integral sxemalar EHMlarda ishlatish uchun, chiziqli integral sxemalar esa,
asosan, elektr signallar (kuchaytirish, modulyasiya va boshqalar)ni chiziqli kattaliklarga
aylantirish uchun moʻljallangan.
M., asosan, ikki yoʻnalishda rivojlandi: integral sxemalarning integrallash darajasini va zichligini
oshirish, sxematexnik yoki sistematexnik ishlarga moʻljallangan elektron qurilmalar yaratish
uchun yangi fizik prinsip va hodisalarini izlash.
[1]
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
title=Mikroelektronika&oldid=2848
349
" dan olindi
Manbalar

Download 36.2 Kb.




Download 36.2 Kb.
Pdf ko'rish