Milliy libos va san’at fakulteti Texnolologik ta’lim yo’nalishi 3-kurs 119-guruh talabasi Fayzullayev Turg’unning Texnalogik praktikumi fanidan nazorat savollariga javoblar




Download 0.7 Mb.
Sana02.02.2022
Hajmi0.7 Mb.
#16969
Bog'liq
T.Fayzullayev 2
Voleybol bayoni, Jovliyev juji0, Jovliyev Sardor, jajji kurs ishi, Stat, Документ Microsoft Word, Документ Microsoft Word (2), esse Boltayeva Shaxnoza

Milliy libos va san’at fakulteti Texnolologik ta’lim yo’nalishi 3-kurs 119-guruh talabasi Fayzullayev Turg’unning Texnalogik praktikumi fanidan nazorat savollariga javoblar

Chilangarlik — mayda buyumlar (ustara, qaychi, bigiz, arra, iskana kabi ish asboblari)ni yasash kasbi; zamonaviy ishlab chiqarish sharoitida turli mexanik amallarni bajarish. Ch. buyumlari avval xonaki hunarmandchilik usullarida ishlab chiqarilgan. Chilangarlar, asosan, oʻchoq, dam, bozgʻon, bolgʻa, ombur vab. asboblardan foydalangan. Ular sartaroshlik, etikdoʻzlik, kavushmahsidoʻzlik, tikuvchilik va duradgorlik kasblariga kerakli, shuningdek, binokorlik uchun ish qurollari yasashgan. Hozir Ch. mahsulotlari asosan korxonalarning maxsus sexlarida koʻplab ishlab chiqariladi. Korxonalardagi Ch. (slesarlik) rejalash, kesish yoki qirqish, tekislash yoki toʻgʻrilash, egish, parmalash, oʻyish, egovlash, parchinlash, kavsharlash, qalaylash va boshqa amallarni oʻz ichiga oladi. Biror mahsulotni tayyorlashda bu amallarning baʼzilari birinketin muayyan tartibda bajariladi. Bu tartib texnologik jarayon deb ataladi. Texnologik jarayondagi amallar maxsus asbobuskunalar, dastgohlar, stanoklar, kavsharlash va payvandlash jihozlari yordamida bajariladi.

Ishlab chiqarish jarohatlarining tahlili ko‘pchilik jarohatlar mashina va mexanizmlarni qismlarga ajratish va yig‘ish davrida kelib chiqishini ko‘rsatadi. Bu ishlarni bajarishdagi asosiy xavfsizlik talablaridan biri – asbob va moslamalardan to‘g‘ri' hamda o‘z o‘rnida foydalanish shartidir. Chilangar bolg‘alari qulay, yengil, ularning ushlagichlari namligi12% dan kam bo‘lmagan qattiq yog‘ochdan ovalsimon shaklda tayyorlangan va bolg‘acha yumshoq рo‘lat tiqin yordamida qattiq qilib birlashtirilgan bo‘lishi kerak. Zubila, раrmа va boshqa shu kabi asboblar yeyilmagan, ularni ishlash joylari tekis bo‘lishi lozim. Ularning umumiy uzunligi 150 mm. dan kam bo‘lmasligi, charxlangan qismi esa 60...70 mm bo‘lishi zarur. Metallarni bu asboblar yordamida kesishda, albatta himoya ko‘zoy-nagidan foydalanish talab etiladi, aks holda, metall parcha-lari ko‘zga otilib, turli xil jarohatlarga olib kelishi mumkin. Gayka kalitlari o‘lchami gayka va bolt o‘lchamlariga mos kelishi, ularda yoriqlar va darz ketishlar bo‘lmasligi kerak.

Spiral (vintli) parmalar birinchi bor 1867 yilda amerikaning Morze firmasi tomonidan yaratilgan. Spiral parmalar quyidagi afzalliklarga ega: 1) vintsimon kanavkasi borligi uchun ishlov berila- yotgan teshikdan hosil bo‘lgan qirindini yaxshi chiqarilishi; 2) bosh kesuvchi qirralarning yuqori uzunligida oldingi burchakning qoniqarliligi; 3) qayta charxlab o‘tkirlash uchun zahira yuzaning ko‘pligi (charxlash orqa yuza bo‘yicha bajariladi); 4) asbobning kalibrlovchi qismidagi kalibrlovchi lentacha orqali parmani yaxshi yo‘naltirilishi. Spiral parmalarni maxsuslashgan tsexlar va korxonalarda (zavodlarda) ommaviy usulda ishlab chiqariladi, shuning uchun uni konstruktsiyasining murakkabligiga qaramay tannarxi past. Spiral parmaning asosiy konstruktiv elementlari va geometrik parametrlari 3.2-rasmda keltirilgan. 2φ burchakli konussimon kesuvchi qismning cho‘qqisida ikkita bosh kesuvchi qirralar joylashgan. Orqa yuzaning shakli charxlash usuli bilan hosil qilnadi. 

Bizning katalogimizning ushbu sahifasida siz turli sohalarda va sohalarda eng ko'p talab qilinadigan uskunalarni ko'rishingiz mumkin. Drel-shurup burovchilar, elektr shurup burovchilar- bularning barchasi sozlanishi moment va yoki burama chuqurlik bilan qo'lda ishlaydigan elektr asbob yoki pnevmatik asbobni belgilash uchun ishlatiladi. Barcha turdagi drel-shurup burovchilar uchun umumiy maqsad vintlarni, o'z-o'zidan tejamkor vintlarni, samorezlar, dublonlarni va boshqa turdagi mahkamlash moslamalarini tortish / burama qilishdir. Drel-shurup burovchilar teshiklarni burish uchun ishlatiladi. Asosiy tasniflash printsipi - ishlatiladigan energiya manbaidir. Elektr Drel-shurup burovchilar qayta zaryadlanuvchi batareyadan yoki tashqi quvvat manbasidan (tarmoq, generator) ishlaydi. Pnevmatik burg'ulash / Drel-shurup burovchilar kompressorga yoki siqilgan gaz rezervuariga (odatda havo) ulanadi.

Bizning kompaniyada siz avtoservis sohasida talabga javob beradigan barcha Drel-shurup burovchilarga buyurtma berishingiz mumkin. Agar kerak bo'lsa, siz automaster.uz qo'llab-quvvatlash xizmatining tajribali maslahatchilaridan yordam so'rashingiz mumkin. Mutaxassislar nafaqat mahsulotlar haqida batafsil ma'lumot berishadi, balki sizga Drel-shurup burovchilar maqbul modelini tanlashda va Toshkent yoki O'zbekistonning boshqa shaharlarida yetkazib berish bilan buyurtma berishda yordam berishadi. Har bir Drel-shurup burovchilar modelining texnik tavsiflarini qaerdan topsam bo'ladi. Buning uchun tanlangan Drel-shurup burovchilar sahifasiga o'ting. U yerda siz nafaqat batafsil tavsifni topasiz, balki siz buyurtma berishingiz mumkin. 


Download 0.7 Mb.




Download 0.7 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Milliy libos va san’at fakulteti Texnolologik ta’lim yo’nalishi 3-kurs 119-guruh talabasi Fayzullayev Turg’unning Texnalogik praktikumi fanidan nazorat savollariga javoblar

Download 0.7 Mb.