• «Tasdiqlayman» Toshkent tо‘qimachilik va yengil sanoat instituti rektori I.Sabirov _____________________
  • Toshkent - 2021 y. 2 ANNOTATSIYA
  • TUZUVCHILAR
  • Министрество высшего и среднего образования республики узбекистана




    Download 215.64 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/7
    Sana02.06.2022
    Hajmi215.64 Kb.
    #22735
      1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    Ìèíèñòðåñòâî âûñøåãî è ñðåäíåãî îáðàçîâàíèÿ ðåñïóáëèêè óçáåêèñòà
    Nav A2 Grammar PowerPoint 1.1


    О‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
    OLIY VA О‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
     
     
    TOSHKENT TО‘QIMACHILIK VA YENGIL SANOAT INSTITUTI 
    «Kelishildi» 
    Oliy va о‘rta maxsus ta’lim 
    vazirligi 
    _____________________ 
    «____» ___________ 2021 yil 
     
    «Tasdiqlayman» 
    Toshkent tо‘qimachilik va yengil sanoat 
    instituti rektori I.Sabirov
     
    _____________________ 
    «____» ___________ 2021 yil 
     
     
     
     
    5320900 – Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va 
    texnologiyasi (yigirilgan ip ishlab chiqarish) ta’lim yо‘nalishi 
    negizidagi: 
     
    5A320901 - Tо‘qimachilik maxsulotlari texnologiyasi (mahsulot turlari 
    bо‘yicha)
    magistratura mutaxassisliklariga kiruvchilar uchun 
    maxsus (ixtisoslik) fanlaridan 
    D A S T U R 
     
     
    Toshkent - 2021 y. 



    ANNOTATSIYA
    Dastur 5A320901 - Tо‘qimachilik mahsulotlari texnologiyasi (yigirish 
    texnologiyasi) magistratura mutaxassisligiga kiruvchilar uchun 5320900 – Yengil 
    sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi (yigirilgan ip ishlab 
    chiqarish) ta’lim yо‘nalishining 2017-2018 о‘quv yilida tasdiqlangan о‘quv 
    rejasidagi asosiy fanlar asosida tuzilgan. 
    TUZUVCHILAR: 
     
    O.O.Rajapov 
    - TTESI, “Yigirish texnologiyasi” kafedrasi 
    mudiri, PhD, dotsent 
    S.L.Matismailov 
    - TTESI, “Yigirish texnologiyasi” kafedrasi, t.f.n., 
    dotsent 
    SH.R.Fayzullayev 
    - TTESI, “Yigirish texnologiyasi” kafedrasi, t.f.n., 
    dotsent 
    Dastur “Tо‘qimachilik sanoati texnologiyasi” fakultetining 2021 yil ___ 
    iyundagi ___ - sonli Kengashi yig‘ilishida muhokama qilingan va tasdiqlashga 
    tavsiya etilgan. 



    KIRISH 
    Respublikamizda iqtisodiy muammolarni hal etish, ichki va tashqi bozorlar 
    ehtiyojlarini qondirish uchun faqat yuqori sifatli, raqobatbardosh bо‘lgan 
    mahsulotlar ishlab chiqarish zarurdir. 
    Istimolchilarning talablari kundan-kunga nafis matolarga, bejirim liboslarga, 
    trikotaj buyumlariga, dekorativ matolarga ortib bormoqda, bu talablarni 
    tо‘qimachilik sanoati muhandislari bilimlari asosida, ilg‘or tajribalarga suyanib, 
    yangi texnologiyalarni boshqarish orqali qanoatlantirishi mumkin.
    Mahsulot sifatini ta’minlash, faqat texnika va texnologiyaga bog‘liq bо‘lmay 
    kо‘p jihatdan xizmat kо‘rsatayotgan mutaxassislarga bog‘liqdir. Mahsulot sifatini 
    hal etish uchun texnologik jihozlar va kompyuter texnikasi sohasidagi yutuqlardan 
    foydalanish muhim ahamiyatga ega. Bundan tashqari mahsulotning bozordagi 
    о‘rnini mustahkam ushlab turish uchun texnika va texologiyalar rivojlanishi 
    yо‘nalishini va undagi yangiliklarni baholash о‘ta muhim masaladir. 
    Ip ishlab chiqarish jarayonlari murakkab jarayonlardan hisoblanib, asosan 
    yigirish tizimiga, ya’ni tola turiga, ipning chiziqiy zichligiga, uning nima 
    maqsadda ishlatilishiga qarab texnologik mashinalar va ularning ketma-ketligiga 
    bog‘liq holda baholanadi. Mazkur dasturda yigirish texnikasi va texnologiyasining 
    taraqqiyyoti holati ularning rivojlanish yо‘nalishidagi yangiliklari yigirish asoslari, 
    ya’ni texnologik jarayonlar nuqtai nazaridan baholangan. Yigirish texnikasi va 
    jihozlariga tegishli ma’lumotlar ham shu tarzda kо‘rilgan. Ayrim о‘timlar kengroq, 
    ayrimlari esa qisqaroq tahlil qilinadi. Ipni sifatli qilib tayyorlashga katta ta’sir 
    kо‘rsatuvchi texnologik о‘timlar mashinalari yaniliklariga alohida e’tibor berib 
    bayon etilgan.
    Aerodinamik tozalagichlar va changsizlantiruvchi separatorlar ahamiyati 
    kengroq yoritilgan. 
     
    Tarash jarayoni samaradorligi qisqa vaqtda keskin oshganligi asosini tashkil 
    etuvchi omillar tahlil etilib, tarash mashinasi konstruktiv va texnologik 
    yangiliklarga keng о‘rin berilgan. Yigirishgacha bо‘lgan о‘timlarning ishlab 
    chiqarish samaradorligini oshirishda qо‘llanilayotgan yangiliklar batafsil 
    yoritigan. Yigirish о‘timida mashina unumdorligi urchuq tezligini ip sifatini 
    pasaytirmay oshirish, avtosyemniklarni joriy etib, qayta о‘rash avtomatlariga 
    tutashtirish kabilar yangiliklar tariqasida izohlangan. 
    Ta’lim yо‘nalishi negizidagi mutaxassisliklarning vazifasi - talabalar 
    bilimlarini chuqurlashtirish tо‘qimachilik matolarini ishlab chiqarish texnologik 
    jarayonlarini tuzish, ishlab chiqarish bazasida chiqindilarning miqdorini 
    kamaytirishni 
    intensifikatsiyalash, 
    ishlab 
    chiqarishning 
    qisqa 
    jarayonlar 
    texnologiyasi, texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishni nazarga olgan holda 
    EHM uskunalaridan ratsional foydalangan holda bilimlarini oshirish va kо‘nikma 
    hosil qilishdan iboratdir. 



    5320900 - Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va 
    texnologiyasi (yigirilgan ip ishlab chiqarish) ta’lim yо‘nalishi negizidagi 
    5A320901-Tо‘qimachilik mahsulotlari texnologiyasi (yigirish texnologiyasi) 
    magistratura mutaxassisliklariga kiruvchi talabalar uchun ta’lim yо‘nalishi о‘quv 
    rejasiga asosan 1 ta umumkasbiy fanlar blogi bо‘yicha “Tо‘qimachilik 
    mahsulotlari texnologiyasi va jihozlari” va 3 ta ixtisoslik fanlar blogi bо‘yicha 
    “Xom ashyoni yigirishga tayyorlash”, “Yigirish texnologiyasi” “Ikkilamchi iplar 
    texnologiyasi” fanlaridan test savollari shakllantirilgan. Bu fanlar bо‘yicha о‘z 
    negizida qamrab olingan ma’lumotlar quyida batafsil keltirilgan.

    Download 215.64 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7




    Download 215.64 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Министрество высшего и среднего образования республики узбекистана

    Download 215.64 Kb.
    Pdf ko'rish