Moddaning zichligi




Download 0.86 Mb.
Sana11.04.2023
Hajmi0.86 Mb.
#50424
Bog'liq
6-sinf dars ishlanma
Temir, cobalt, nikel. Olinishi va xossalari, 2, 13. Категория бытия в философии, O`zbekistonda ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan o`zgarishlar, DAVRON, семинар для 2 курса, Raximov. Sh, Yarim gruppa, gruppa tushunchalari va ularga misollar. Reja, Ялпи ички маҳсулот статистикаси, Практика 5. Деревья., MvpUzbek, portal.guldu.uz-7-MAVZU O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDAGI IJTIMOIY O’ZGARISHLAR., Boysaidov Kamronbek IAKTmustaqil ishi1, 9-мавзу









MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI
O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI


GEOGRAFIYA VA TABIIY RESURLAR FAKULTETI
GEOGRAFIYA YO’NALISHI 4-KURS TALABASI


MUSTAFOQULOV TO’LQINNING
6-SINFLAR UCHUN

MODDANING ZICHLIGI


mavzusidagi bir soatlik

DARS
ISHLANMASI


Toshkent-2022


Sana: 27.09.2022-yil
Sinf: 6-“ ”
Tabiiy fan


MAVZU: MODDANING ZICHLIGI
Darsning maqsadi:
a) ta’limiy: o‘quvchilarga modda va uning zichligi haqida tushuncha berish; darslikdagi materiallarni o‘rganish usullarini tushuntirish; FK2-modda nomlari, modda xususiyatlarini to‘g‘ri qo‘llay olish kompetensiyasi; FK3- globus, xarita va atlaslardan to’g’ri foydalana olish kompetensiyasi.
b) tarbiyaviy: O’quvchilarga insonparvarlik, hamdo’stlik va milliy g’oyalarni singdirish, atrof muhitni sevishga o’rgatish. TK4-ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi; TK5-milliy va umummadaniy kompetensiya;
c) rivojlantiruvchi: O`quvchilarda mustaqil fikrlashni, tahlil qila bilishni rivojlantirish. TK2-axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi; TK3-o‘z-o‘zini rivojlantirish kompetensiyasi;


Darsning turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.


Darsning usuli: “Zanjir”, “Aqliy hujum“, “Kichik guruhlarda ishlash, test savollari.


Darsda foydalaniladigan jihozlar:
Texnik jihoz: Kompyuter.


Didaktik jihoz: Tarqatma materiallar, slaydlar, xarita


Dars uchun talab etiladigan vaqt: 45 minut:





Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism: O’quvchilar bilan salomlashish, tozalikni aniqlash, davomatni aniqlash. Kun yangiliklari tinglangach, darsning mavzusi, maqsadi bilan tanishtiriladi. O’quvchilar guruhlarga bo’linadi.
II. O’tilgan mavzuni mustahkamlash.


1-topshiriq. 10 ta o’quvchiga 1 dan 10 gacha bo’lgan raqamlar tarqatiladi. 1-o’quvchi o’tgan mavzu bo’yicha ikkinchi raqamni olgan o’quvchiga savol beradi, 2-raqam egasi savolga javob beradi va 3-raqamni olgan o’quvchiga savol beradi. Shu zaylda davom etadi va oxirgi 10-raqam egasi o’zidan oldingi 9-raqamni olgan o’quvchining savoliga javob beradi va o’zi esa 1-raqam egasiga savol beradi.
(Javob berishiga qarab 3, 4, 5 baholik kartochkalar bilan baholab boriladi)

2-topshiriq. Har bir guruhga o’tgan mavzu yuzasidan tuzilgan rasmli savollar beriladi.
Rasmda berilgan jismlarning qattiq modda guruhiga mansublarini belgilash










3-topshiriq. Quyidagi savollarga javob bering.
1) Suv qattiq jism hisoblanadimi?
2) Qattiq jism deb nimaga aytiladi?
3) Siz qanday qattiq jismlarni ko’rgansiz?
4) Suyuq va qattiq jismlar o’rtasidagi farq nimada?
5) Suyuqliklar deb nimaga aytiladi?


III.Yangi mavzu bayoni:
Massa va hajm orasidagi bog‘liqlik zichlik deb ataladigan kattalik bilan xarakterlanadi. Zichlik deb moddaning birlik hajmiga mos keluvchi
massasiga aytiladi. Formulasi: = m/V . Moddaning zichligi o‘sha modda massasini hajmiga bo‘lish orqali topiladi. Massaning birligi gramm (g), hajmning birligi santimetr kub (cm3) deb olinsa, hisoblab chiqarilgan natija har bir santimetr kub hajmda joylashgan moddaning grammdagi massasini bildiradi. Bunday zichlikning birligi esa g/cm3 bo‘ladi. Ba’zi moddalarning zichligi quyidagi jadvalda keltirilgan.






Nega po’sti archilmagan mandarin suvda cho’kmadi?


Ushbu tajribaning siri zichlikda. Po‘sti olinmagan mandarinning suvda suzishiga sabab shuki, uning
po‘sti g‘ovak-g‘ovak va mayda havo bo‘shliqlari bilan to‘lgan. Havo bo‘shliqlari mandarinning suzuvchan ligini oshirishga yordam beradi.
Bu suzuvchanlikning oshishi mandarinning suvga qaraganda zichroq bo‘lishiga yordam beradi, shuning uchun mandarin
suvda suzadi. Mandarinning po‘stini olib tashlaganingizda, u yengillashadi, lekin uning po‘stiga qo‘shib mayda havo bo‘shliqlarini ham olib tashlagansiz. Shuning uchun po‘sti yo‘q mandarin suvdan zichroq bo‘ladi va u cho‘kadi.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash:
Mavzuni mustahkamlashda “B.B.B jadvali” dan foydalaniladi.

B.B.B” jadvali



V. Darsni yakunlash va baholash. Dars yakunida guruhlar to’plagan ballari hisoblanadi, eng faol guruh hamda eng faol o’quvchi aniqlanadi va rag’batlantiriladi.





VI. Uyga vazifa: Mavzuni o’qib o’rganish va test savollari tuzib kelish. Hamda uyda tuxum yordamida tajriba o’tkazish albatta, ota-ona nazorati ostida. Tajriba natijasini tahlil qilib kelish
Download 0.86 Mb.




Download 0.86 Mb.