• MS word matn protsessori interfeysi
  • Matn protsessorlari, odatda, rasmiy hujjatlar tayyorlashda ko‘p qo‘llaniladi. Matn protsessori yordamida tayyorlangan matn hujjat deb yuritiladi.
  • Menyular satridagi har bir menyu o‘ziga xos (yuqoridagi rasmda shtrix chegarali to‘rtburchak ichida ko‘rsatilgan) tasma bilan bog‘langan.
  • Tasmalar, o‘z navbatida, qo‘llanadigan obyektiga hamda vazifasiga mos nom bilan birlashtirilgan tugmalarning mantiqiy guruhlaridan iborat.
  • Matn protsessorlarida ishlaganda hujjatlarga oid quyidagi atamalarni ham bilish lozim.
  • Abzas (nemischa: matnning bo‘limi) – bosh satri bo‘lgan satrlar ketma-ketligi. Bitta fikr haqidagi bir nechta gap alohida abzas ko‘rinishida ifodalanadi.
  • Matn protsessoridagi amallarning ba’zilari bilan Paint dasturi orqali tanishgan edingiz.
  • 2. Matn protsessorida hosil qilingan matn qanday ataladi
  • 6. Word matn protsessorining Fayl menyusi amallarini izohlang.
  • Ms word matn protsessori interfeysi




    Download 5.8 Kb.
    Sana26.01.2023
    Hajmi5.8 Kb.
    #39534
    Bog'liq
    Ms word matn protsessori interfeysi-fayllar.org


    Ms word matn protsessori interfeysi

    Qashqadaryo viloyati G’uzor tumani 47-umumiy o’rta ta’lim maktabining INFORMATIKA fani o’qituvchisi ORALOV JAVOHIRNING 6-sinflarda “MS WORD MATN PROTSESSORI INTERFEYSI” mavzusida tayyorlagan bir soatlik


    DARS ISHLANMASI
    @DARS_ISHLANMA_YANGI

    MS word matn protsessori interfeysi

    Matn protsessorlari matnning faqat mazmuni emas, balki tashqi ko‘rinishi ham katta ahamiyatga ega bo‘lganda qo‘llaniladi. Masalan, matnga turli rasm va jadvallar joylashtirish, belgilarning o‘lchami, rangi va ko‘rinishlarini o‘zgartirish va hokazo.

    Matn protsessorlari, odatda, rasmiy hujjatlar tayyorlashda ko‘p qo‘llaniladi. Matn protsessori yordamida tayyorlangan matn hujjat deb yuritiladi.

    Turli matn protsessorlarida matnni bezatish uchun turli kodlar qo‘llaniladi. Bunday hollarda hujjatlar har xil formatga ega deyiladi.



    Shu sababli formatlangan matnli hujjatlarni bir matn protsessoridan boshqasiga olib o‘tishning har doim ham imkoniyati bo‘lmaydi.

    Word interfeysi



    Ishga tushirilgan MS Word dasturi interfeysida (quyidagi rasm) sarlavha satri , menyular satri , tasma ,
    ish sohasi va holat satri aks etadi.
    Sarlavha satrida Microsoft Word dasturida ishlanayotgan hujjatning nomi, ish faoliyatida juda ko‘p qo‘llaniladigan tugmalarni o‘zida mujassamlashtira oladigan tezkor panel hamda tugmalari aks etadi.
    1
    5
    4
    3
    2
    6

    Menyular satridagi har bir menyu o‘ziga xos (yuqoridagi rasmda shtrix chegarali to‘rtburchak ichida ko‘rsatilgan) tasma bilan bog‘langan.



    Tasmalar matn protsessori bilan ishlashda qulaylik hamda imkon
    beradigan tugmalarni o‘z ichiga olgan (Paint dasturi uskunalar panelini
    eslang).

    Amaliy ishlarni bajarayotganingizda, asosan, quyidagi menyulartasmalaridan foydalanasiz: Fayl (Файл), Bosh (Главная), Joylashtirish (Вставка), Sahifani belgilash (Разметка страницы), Ko‘rinish (Вид). Ish sohasining kattaroq qismini ko‘rish zarur bo‘lsa, u holda 7 tugma yordamida tasmani «yig‘ib» ham qo‘yish mumkin.

    Tasmalar, o‘z navbatida, qo‘llanadigan obyektiga hamda vazifasiga mos nom bilan birlashtirilgan tugmalarning mantiqiy guruhlaridan iborat.

    Har bir menyu hujjat tayyorlashda muhim ahamiyatga ega. Masalan, tasmasi vertikal yo‘nalishda aks etadigan Fayl menyusi yordamida ishlanayotgan hujjat fayli ustida quyidagi amallarni bajarish mumkin:

    Matn protsessorlarida ishlaganda hujjatlarga oid quyidagi atamalarni ham bilish lozim.


    • So‘z belgilar ketma-ketligi bo‘lib, ular bir-biridan probel, nuqta, vergul, nuqtali vergul, ikki nuqta, qavs, tire, uzun tire yoki qo‘shtirnoq kabi belgilar bilan ajralib turadi.

    • Satr – bitta chiziqda yozilgan so‘zlar, harfl ar yoki belgilar ketmaketligi. Matn protsessorlari satr oxirida sig‘may qolgan so‘z yoki belgini keyingi satrga avtomatik o‘tkazadi.

    • Hoshiya – sahifa chetidagi toza saqlanadigan qism.

    • Bosh satr – hoshiyadan chekinishi bo‘lgan satr.


    So‘z belgilar ketma-ketligi bo‘lib, ular bir-biridan probel, nuqta, vergul, nuqtali vergul, ikki nuqta, qavs, tire, uzun tire yoki qo‘shtirnoq kabi belgilar bilan ajralib turadi.
    Satr – bitta chiziqda yozilgan so‘zlar, harfl ar yoki belgilar ketma-ketligi. Matn protsessorlari satr oxirida sig‘may qolgan so‘z yoki belgini keying satrga avtomatik o‘tkazadi.
    Hoshiya – sahifa chetidagi toza saqlanadigan qism.
    Bosh satr – hoshiyadan chekinishi bo‘lgan satr.
    Hoshiya
    So‘z
    Satr
    Bosh satr
    Hoshiya

    Abzas (nemischa: matnning bo‘limi) – bosh satri bo‘lgan satrlar ketma-ketligi. Bitta fikr haqidagi bir nechta gap alohida abzas ko‘rinishida ifodalanadi.

    Matn – abzaslar to‘plami.


    • Matn – abzaslar to‘plami.

    • Fragment (lotincha: bo‘lak) – san’at asari, matnning bo‘lagi.

    • Sahifa – kitob yoki daftar varag‘ining bir tomoni. Matn protsessorlarida sahifa bir bosma qog‘ozga mos keladi.

    • Format (lotincha: shakl beraman) – o‘lcham, shrift shakli, chizma ko‘rinishi, intervalni aniqlash yoki boshqa ko‘rinish berish.

    Matn protsessoridagi amallarning ba’zilari bilan Paint dasturi orqali tanishgan edingiz.



    Shuning uchun hech bir qiyinchiliksiz amalda qo‘llay olasiz.

    Savol va topshiriqlar

    1. Matn muharrirlariga nisbatan matn protsessorlarining afzalligi nimada?

    2. Matn protsessorida hosil qilingan matn qanday ataladi?

    3. Word matn protsessorini ishga tushirish usullarini amalda ko‘rsatib bering.

    4. Word matn protsessorining interfeysi haqida qisqa ma’lumot bering.

    5. Word matn protsessorining sarlavha satrida nimalar aks etadi?

    6. Word matn protsessorining Fayl menyusi amallarini izohlang.

    7. Word matn protsessorida tasmalar qanday vazifani bajaradi?

    8. Word interfeysi rasmidan shrift, satr, abzas kabi tushunchalarga misollar ko‘rsating.



    http://fayllar.org
    Download 5.8 Kb.




    Download 5.8 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ms word matn protsessori interfeysi

    Download 5.8 Kb.