Muammoli ta’lim va uning ta’lim tarbiyadagi mohiyati




Download 15.65 Kb.
Sana30.05.2022
Hajmi15.65 Kb.
#22385
Bog'liq
Muammoli ta\'lim
Yetakchi boshqaruvchi shaxslar va jamoalar, SINONIMLAR 37593, ИХ фанидан Мамлака иқтисодий хавфсизлиги, PEDAGOGIK FАОLI, 1-mavzu slayd, БУЛУТЛИ ТЕХНОЛОГИЯЛАРИ MAVZULArI, 7 mavzu, Kurs ishi yuzi (RUS), 2 laboratoriya, Mustaqil ish, Заявка на бронирование помещения, Fizika attestatsiya 2022 , 3-амалий. Toʻgʻri chiziq va tekislikdagi nuqtaning koordinatalari., 4-амалий. Мatritsalar va determinantlar

Muammoli ta’lim va uning ta’lim tarbiyadagi mohiyati

Muammoli ta’lim texnologiyalari o’quvchi faoliyatini faollashtirish va jadallashtirishga asoslangan. Muammoli ta’lim texnologiyasining asosi – insonning fikrlashi muammoli vaziyatni hal etishdan boshlanishi hamda uning muammolarni aniqlash, tadqiq etish va yechish qobiliyatiga ega ekanligidan kelib chiqadi. Muammoli ta’lim talabaning ijodiy tafakkuri va ijodiy qobiliyatlarini o’stirishda jiddiy ahamiyatga ega.


Muammoli ta’limning bosh maqsadi – talabaning o`rganilayotgan mavzuga doir muammolarni to’liq tushunib yetishiga erishish va ularni hal eta olishga o’rgatishdan iborat. Muammoli ta’limni amaliyotda qo’llashda asosiy masalalardan biri o’rganilayotgan mavzu bilan bog’liq muammoli vaziyat yaratishdan iborat.
Turli o’quv fanlari bo’yicha o’qituvchilar darslar jarayonida muammoli vaziyatlar hosil qilishni va ularni yechish usullarini oldindan ko’zda tutishlari kerak.
Muammoli vaziyat yaratish usullari:
—talabaga dars mavzusi bilan bog’liq ziddiyatli holatni tushuntiradi va uni yechish yo’lini topishni taklif qiladi;
— bir masalaga doir turli nuqtai-nazarlarni bayon qiladi;
— hal etish uchun yetarli bo’lmagan yoki ortiqcha ma’lumotlar bo’lgan yoki savolning qo’yilishi noto’g’ri bo’lgan masalalarni yechishni taklif etadi va boshqalar.
Muammoli vaziyatni hal etish darajalari: o’qituvchi muammoni qo’yadi va o’zi yechadi; o’qituvchi muammoni qo’yadi va uning yechimini talaba bilan birgalikda topadi; talabaning o’zlari muammoni qo’yadilar va uning yechimini topadilar.
Muammoli vaziyatni yechishda qo’llaniladigan usullar: muammoni turli nuqtai-nazardan o’rganish, tahlil qilish; solishtirish, umumlashtirish; faktlarni aniqlash va qiyoslash; vaziyatga bog’liq xulosalar chiqarish; talabaning o’zlari aniq savollar qo’yishi va boshqalar.
Muammoli ta’lim mashg’ulotlarini tashkil etish va boshqarish quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi: o’quv fani va darslar mavzusini o’rgatishda ular bilan bog’liq muammoli masalalarni belgilash; ulardan muammoli vaziyatlar hosil qilish va amalda foydalanishni oldindan rejalashtirib borish; talabaning tayyorgarlik darajasini hisobga olish; zarur o’quv vositalarini tayyorlash; muammoli vaziyatdagi mavjud ziddiyatni ko’rsatish; topshiriqni va uni yechish uchun yetarli shartlarni aniq bayon qilish; talabaning muammoni hal etishda yo’l qo’yayotgan xatolarini, ularning sababini va xususiyatini ko’rsatish; talabaning noto’g’ri taxminlari asosida chiqargan xulosalari oqibatini muhokama etib, to’g’ri yo’lni topishlariga ko’maklashish va boshqalar.
Darsda hosil qilinadigan muammoli vaziyat hamda talabaga hal etish taklif etiladigan muammoga qo’yiladigan eng asosiy talab – talabaning qiziqishini oshiradigan, eng kamida esa, talabada qiziqish hosil qiladigan bo’lishi kerakligidan iborat. Aks holda ko’zda tutilgan natijaga erishish imkoni bo’lmaydi.
Muammo talabaning bilim darajalariga hamda intellektual imkoniyatlariga mos bo’lishi shart. Hosil bo’lgan muammoli vaziyatni yechish uchun topshiriqlar yangi bilimlarni o’zlashtirishga yoki muammoni aniqlab, yaqqol ifodalab berishga yoki amaliy topshiriqni bajarishga yo’naltirilgan bo’ladi. Talabaning muammoli vaziyatni tushunishlari, uning kelib chiqishi sabablari hamda nimalarga, qanchalik darajada bog’liqligini idrok qila olishlari natijasida hosil bo’ladi. Bunday tushuna olish esa talabaga mustaqil ravishda muammoni ifodalay olish imkoniyatini beradi.
Muammoni yechish taxminlarini shakllantirishda o’quvchi o’zlashtirgan bilimlari asosida kuzatish, solishtirish, tahlil, umumlashtirish, xulosa chiqarish kabi aqliy faoliyatlarni bajaradi.
Aqliy faoliyatdagi asosiy jarayon fikrlash jarayoni bo’lib, fikrlashning sifati uning mantiqiyligi, mustaqilligi, ijodiyligi, ilmiyligi, asosliligi, uzviyligi, tejamliligi, maqsadliligi, tezligi, tahliliyligi, qiyosiyligi, umumlashtirilganligi, xususiylashtirilganligi, kengligi, chuqurligi, ishonarliligi, realligi, haqqoniyligi darajasi bilan belgilanadi.
Shu bilan birga intellektual sifatlar xotira, tasavvur, anglash va shu kabi psixologik jarayonlarning tezligi hamda boshqa parametrlari bilan bog’liq. Intellektual taraqqiyot darajasi o’qituvchilarda hamda talabada qancha yuqori bo’lsa, shunchalik yaxshi natijalarga erishish imkoniyati hosil bo’ladi.
Shunga ko’ra talabada muammoni sezish, uni aniqlash, yechimiga doir taxminni to’g’ri belgilash va yechimning to’g’riligini tekshirish qobiliyatlari rivojlanib boradi.
Muammoni hal etishni 3 ta bosqichga ajratish mumkin:

  1. Isbotlash – bu muammoning ilgari to’g’ri deb tan olingan sabablar bilan bog’liqliklarini topish asosida amalga oshiriladi.

  2. Tekshirish – buni tanlangan sababning oqibatida hal etilayotgan muammo hosil bo’lishi to’g’riligini asoslash bilan amalga oshiriladi.

  3. Tushuntirish – bu muammoning yechimi nima uchun to’g’riligini tasdiqlovchi sabablarni aniqlash asosida amalga oshiriladi.

Xulosa qilib aytganda, ta’lim jarayoni talabalarga intellektning har xil tiplarini jalb qilishni talab etadigan tajribalar orttirish imkoniyatini beradigan holda tashkil etilishi lozim.
Download 15.65 Kb.




Download 15.65 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Muammoli ta’lim va uning ta’lim tarbiyadagi mohiyati

Download 15.65 Kb.