Multimedia vositalari va ulardan foydalanish




Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana28.09.2023
Hajmi0.52 Mb.
#85112
  1   2
Bog'liq
Multimedia vositalari
35133 компьютерная графикаЕ, dirijyorlik, Raqamli musiqa texnologiyasi raqamli asboblarni o, About myself, Attestatiya nizomi, ILTIFOTHONGA UZBEKISTON DAVLAT SANBAT VA MADANIYaT


168 
«Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya» 
nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya 
MULTIMEDIA VOSITALARI VA ULARDAN FOYDALANISH 
Jalilova Nigina Jalol qizi 
O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Buxoro xalq ta’limi 
boshqamasi Vobkent tuman XTBga qarashli 32-son maktabning 
informatika fani o’qituvchisi 
https://doi.org/10.5281/zenodo.6628549 
Anotatsiya.Mazkur maqolada multimedia vositalari va ulardan foydalanish 
haqida so’z boradi.Mazkur vositalarga alohida e’tibor qaratilsa tizimda 
yutuqlarga erishish mumkin. 
Kalit so’zlar: multemediya, Interaktiv texnologiyalar, virtual borliq, Distant, 
Macintosh, videokonferensiya 
Multimediy vositalari (multimedia – ko’pvositalilik) - bu insonga o’zi uchun 
tabiiy muxit: tovush, video, grafika, matnlar, animatsiya va boshqalardan 
foydalanib, kompyuter bilan muloqatda bo’lishga imkon beruvchi texnik va 
dasturiy vositalar majmuidir. 
Multimedia - gurkirab rivojlanayotgan zamonaviy axborotlar texnologiyasidir. 
Uning ajralib turuvchi belgilariga quyi-dagilar kiradi: 
- axborotning xilma-xil turlari: an'anaviy (matn, jadvallar, bezaklar va 
boshqalar), original (nutk, musika, videofilmlardan parchalar, telekadrlar, 
animatsiya va boshqalar) turlarini bir dasturiy maxsulotda integratsiyalaydi. 
Bunday integratsiya axborotni ro’yxatdan o’tkazish va aks ettirishning turli 
kurilmalari: mikrofon, audio-tizimlar, optik kompaktdisklar, televizor, 
videomagnitafon, videokamera, elektron musiqiy asboblardan foydalanilgan 
holda kompyuter boshqaruvida bajariladi; 
- muayyan vaqtdagi ish, o’z tabiatiga ko’ra statik bo’lgan matn va grafikadan 
farqi ravishda, audio va videosignallar faqat vaqtning ma'lum oralig’ida ko’rib 
chiqiladi. Video va audio axborotlarni kompyuterda qayta ishlash va aks ettirish 
uchun markaziy protsessor tez harakatchanligi, ma'lumotlarni o’zatish
shinasining o’tkazish qobiliyati, operativ (tezkor) va video-xotira katta 
sig’imli tashqi xotira (ommaviy xotira), hajm va kompyuter kirish-chiqish 
kanallari bo’yicha almashuvi tezligini taxminan ikki baravar oshirilishi talab 
etiladi; 
- "inson-kompyuter" interaktiv mulokotining yangi darajasi, bunda muloqot 
jarayonida foydalanuvchi ancha keng va har tomonlama axborotlarni oladiki, 
mazkur xolat ta'lim, ishlash yoki dam olish sharoitlarini yaxshilashga imkon 
beradi. 
Multimedia vositalari asosida o’quvchilarga ta'lim berish va kadrlarni qayta 
tayyorlashni yo’lga qo’yish xozirgi kunning dolzarb masalalaridandir. 
Multimedia tushunchasi 90-yillar boshida xayotimizga kirib keldi. Uning o’zi 


169 
«Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya» 
nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya 
nima degan savol tug’iladi? Ko’pgina mutaxassislar bu atamani turlicha tahlil 
qilishmoqda. Bizning fikrimizcha, multimedia - bu informatikaning dasturiy va 
texnikaviy vositalari asosida audio, video, matn, grafika va animatsiya 
(ob'yektlarining fazodagi xarakati) effektlari asosida o’quv materiallarini 
o’quvchilarga yetkazib berishning mujassamlangan xoldagi ko’rinishidir. 
. Avvalombor, o’quv jarayonida zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan 
foydalanish taxsinga sazovordir. 
O’z o’rnida, multimedia vositalaridan keng foydalanish yo’lida ayrim ob'yektiv 
muammolar ham mavjud. Bulardan eng asosiysi - o’quvchilar uchun kerak 
bo’lgan o’quv materiallarini, qonunlarni va boshqa ko’rsatmalarni qo’llanma 
qilib kompyuter dasturlarini ishlab chiqarishdir. Ishlab chiqilgan kompyuter 
dasturlarida multimedia elementlarini qo’llash esa, kompakt disklarni (lazer 
disklari) qo’llashni talab qiladi. Xozirgi kunda bunday ko’rinishdagi kompakt 
disklarni respublikamizda ishlab chiqarish imkoniyati yo’qdir. Bular ma'lum bir 
miqdordagi mablag’ni oldindan jalb etishni talab qiladi. 
Bizning fikrimizcha, zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan o’quvchilarga 
ta'lim berish va qayta tayyorlash jarayonida keng foydalanish, kelajakda yetuk 
va yuqori malakali mutaxassislarni kamol toptiradi. 
2. Distant uslubi asosida o’quvchilarni o’qitish xozirgi kunning eng rivojlanib 
borayotgan yo’nalishlaridan bo’lib, o’qituvchi bilan o’quvchilar ma'lum bir 
masofada joylashgan holda ta'lim berish tizimidir. O’qituvchi va o’quvchining 
ma'lum bir masofada joylashganligi, o’qituvchini dars jarayonida kompyuterlar, 
sputnik aloqasi, kabel televideniyesi kabi vositalar asosida o’quv ishlarini tashkil 
qilishini talab qiladi. Zamonaviy kompyuter texnologiyalarining tez rivojlanib 
borishi, 
ayniqsa, 
axborotlarni 
o’zatish 
kanallarini 
rivojlanishi 
telekommunikatsiya sohasiga o’ziga xos tarixiy o’zgarishlar kiritmoqda. 
Mamlakatimizdagi barcha o’quv yurtlarini va biznes bilan shug’ullanayotgan 
kompaniyalarni distant uslubi asosida birlashtirilsa, o’qitish jarayonini va tijorat 
ishlarini yanada yuqori pog’onaga olib chiqadi. 
Distant uslubi asosida o’qitish quyidagi texnologiyalarni o’z ichiga oladi: 
Interaktiv texnologiyalar: 
- audiokonferensiyalar ; 
- videokonferensiyalar ; 
- ish stolidagi videokonferensiyalar ; 
- elektron konferensiyalar ; 
- ovoz kommunikatsiyalari ; 
- ikki tomonlama sputnik aloqa 
- virtual borliq ; 


170 
«Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya» 
nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya 
Nointeraktiv texnologiyalar: 
- bosib chiqarilgan materiallar; 
- audiokassetalar; 
- videokassetalar; 
- bir tomonlama sputnik aloqa; 
- televizion va radio ko’rsatuvlari; 
- disketa va CD-ROM lar. 
Distant uslubining qo’yidagi afzalliklari mavjuddir: 
a) o’qitishning ijodiy muxiti. Mavjud ko’pgina uslublar asosida o’qituvchi ilm 
tolibini o’qitadi, o’quvchi esa faqat berilgan materialni o’qiydi. Taklif 
qilinayotgan distant metodi asosida esa o’quvchilarning o’zlari kompyuterlar 
asosida axborotlar bankidan kerak bo’lgan ma'lumotlarni qidirib topadi va 
albatta o’zlarining tajribalarini boshqalar bilan elektron tarmoqlari asosida 
almashadi. Bu esa o’quvchilarni boshqalar bilan yaxshi muloqotda bo’lishini 
ta'minlaydi va o’z o’rnida bunday mexnat ta'lim olishni rag’batlantiradi. 
b) mustaqil ta'lim olishning imkoniyati borligi. Distant uslubi asosida ta'lim 
berish - boshlangich, o’rta, universitet, sirtqi - kechki va malaka oshirish 
bosqichlarini o’z ichiga oladi. Tayyorgarligi har xil darajadagi inspektorlar 
o’zlarining shaxsiy dars jadvallari asosida ishlashlari mumkin va o’zining 
darajasidagi talabalar bilan muloqotda bo’lishi mumkin. 
v) ish joyidagi katta o’zgarishlar. Distant uslubi asosida ta'lim berish turi 
millionlab insonlarga, hammadan xam ishlab chiqarishdan ajralmasdan ta'lim 
olayotganlar uchun qulay sharoit yaratib beradi. Bunday uslub asosida o’qitish 
kadrlarni tayyorlashda judayam katta ro’l o’ynamoqda, ya'ni jug’rofiy va 
moliyaviy qiyinchiliklarsiz o’zining ishlab turgan o’rnida ilm opishi mumkindir. 
g) o’qitish va ta'lim olishning yangi va unumli vositasi. Statistik ma'lumotlar 
shuni ko’rsatmokdaki, distant uslubi asosida ta'lim berish, ishlab chiqarishdan 
ajralgan holda o’qish kabi unumlidir. Bundan tashqari, distant uslubi asosida 
ta'lim olish universitet tomonidan qo’yilgan chegaradan ham chetga chiqib 
ketadi. Bunday asosda ta'lim olayotgan talabalar yoki o’quvchilarning 
boshqalardan ustunligi - ularning eng yaxshi, sifatli materiallar va o’qituvchilar 
bilan ta'minlanishidir. Ta'lim berish va boshqarish uslubiyotiga asoslangan 
holda, o’qituvchi auditoriyada o’qitish shartlaridan xoli bo’lishi kerakdir. Distant 
uslubi asosida o’qitishning o’quv qoidalaridan kelib chiqsak, soliq, inspektorlari 
INTERNET turi orqali jaxon bo’yicha sayyohat qilishlari mumkin. Shu bilan 
birga, ta'lim berish uslubining o’zgarishi bilan uning shakllari ham o’zgarishi 
shartdir. 


171 
«Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya» 
nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya 
Xozirgi kunda to’g’ridan-to’g’ri INTERNET tarmog’ig’a kirish xizmati distant 
uslubi asosida ta'lim berish uchun elektron pochtalar, kompyuter 
konferensiyalari va ma'lumotlarning elektron bazasida foydalaniladi. 
Axborotlashgan tezkor kanalning rivojlanishi yangi gipermedia tizimini berib, u 
o’z ichida INTERNET tarmog’iga kirishning uchta asosiy xizmatini 
mujassamlashtiradi va foydalanuvchining interfeysini (muloqoti) yanada 
takomillashtirishga yordam beradi. Masalan, maltikast texnologiyalarining, 
konferensiya vositalarining va multimedia kompyuterlarining mavjudligi 
INTERNET tarmog’i orqali video-konferensiyalarni yulga qo’yishga imkoniyat 
berdi. Shunday qilib, bunday gigant axborotlashgan tarmoq o’quvchilarning 
distant uslubi asosida zamonaviy bilim olishlari uchun vaqti yoki qayerda 
turganligiga qaramasdan keng sharoit yaratib beradi. 
Bugungi kunda matnlar va matematik formulalarni qayta ishlash uchun odatiy 
tusga aylangan tovush va tasvirning kompyuterli qayta ishlash imkoniyatining 
paydo bo’lishi, shubxasiz, butun insoniyat faoliyatiga ta'sir ko’rsatadi. 
Multimedik tizimlarni ko’rish uchun foydalanilayotgan kompyuterning 
hisoblash kuvvatini oshirishigina yetarli emas, buning uchun kushimcha 
apparatli qo’llab-kuvvatlash analogli audio va videosignallarni rakamli 
ekvivalentga kushish va uning teskarisi uchun zarur bo’lgan analogli-rakamli 
(ARU) va rakamli-analogli o’zgartirgich (RAU) videoprotsessorlar, dekoderlar 
maxsus integral chizmalar va boshqalar ham zarur.. 
4. IVM Vetimedia /OS-2. IVM Sogr firmasi multimedia ishlanmalari sohasida 
ancha faol ish olib boradi. Firma Windows interfeysidan grafik foydalanishni 
qo’llab-quvvatlashdan 
tashkari 
o’zining 
OS/2 
operatsion 
tizimini 
multimediyaning ko’pgina imkoniyatlari bilan jixozlagan. Ular orasida, eng 
avvalo, MM RM/2 nomini olgan Rgesentation Manageg (prezentasiya menejeri) 
dasturini ajratib ko’rsatish mumkin. U audio-platalar, SD-ROM rusumidaga 
ommaviy xotira va video proigrovatelni qo’llab-quvvatlaydi, shuningdek, Audio 
Visual Connection adapterining IVM uchun drayverini o’zida saqlaydi. 
IVM firmasi RS/2 turkumidan keyingi o’z kompyuterlari uchun Ultimedia
sifatida mashhur multimedia vositalari paketini ishlab chiqqan. Bu vositalar 
quyidagilarni o’z ichiga oladi: 
- kompakt-diskda yetkazib beriladigan va operatsion tizim turlarini tanlash 
hamda multimedia dasturlarini namoyish etishga imkon beruvchi M57 va M77 
qurilma modullari; 
- amaliy dasturli multimedia kioski (o’yinli, ta'lim beruvchi, xizmat ko’rsatuvchi 
va hokazolar); 


172 
«Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya» 
nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya 
- Storyboard Livel, Linkway Livel va Audio Visual Connestion singari 
multimedia ishlab chiqishning foydalanuvchi vositalari turkumi; 
- konferensiya ishtirokchilariga umumiy axborotlarni ekranda taqsimlashga 
imkon beruvchi kompyuterli videokonferen-siyalarni qo’llab-quvvatlash uchun 
R2R moduli (IVM Regson to Regson); 
- turli manbalardagi audio va video axborotlar yuqori sifatini kafolatlagan holda 
videoni 30 kadr/s chastotali qamrab olish, siqish va aks ettirishni ta'minlovchi 
IVM RS/2 Astion Media II Display Adapters moduli. 
Aftidan, ishchi stansiyalari uchun eng oddiy mualliflik tizimi Standford 
universitetida yaratilgan va elektron pochta bo’ylab bepul tarqatiladigan 
MAYEstro tizimidir. 
Xozirgi jamiyatimiz uchun multimedianing ahamiyatini tasdiqlovchi - 1987 
yilda Vashingtonda AQSH kongressi kutubxonasida Interaktiv axborot 
texnologiyalari milliy namoyishlar laboratoriyasi va original multimedia - 
ilovalar va dasturlarning doimiy ko’rgazmasi ochilganligi dikkatga sazovordir. 
Multimedia va distant uslublari asosida ta'lim berish yildan-yilga ortib, 
takomillashib bormoqda. 
Xulosа 
Mutimediali taqdimot – bugungi kunda axborot taqdim etishning yagona va eng 
zamonaviy shakli hisoblanadi. Bu matnli ma'lumotlar, rasmlar, slayd-shou, 
diktor jo‘rligidagi ovoz bilan boyitilgan, videoparcha va animatsiya, uch 
o‘lchamli 
grafika tarzidagi dasturiy ta'minot bo‘lishi mumkin. Taqdimotning ma'lumot 
taqdim etishning boshqa shakllaridan asosiy farqi ularning mazmunan 
boyitilganligi va interfaolligidir, ya'ni belgilangan shaklda o‘zgarishga moyilligi 
va foydalanuvchi faoliyatiga munosabatini bildirishidir. Bundan tashqari, 
taqdimot Sizning saytingiz kaliti ham bo‘lishi mumkin. Ya'ni Internetga chiqish 
imkoniyati mavjud bo‘lgan paytda sichqonchani bir martagina bosish orqali 
taqdimotni ko‘rib, kompaniya saytidan eng yangi ma'lumotni olish mumkin. 
Multimediali texnologiya Multimediali texnologiya (multi – ko‘p, media – 
muhit) bir vaqtning o‘zida ma'lumot taqdim etishning bir necha usullaridan 
foydalanishga imkon beradi: matn, grafika, animatsiya, videotasvir va ovoz. 
Ma'lumot taqdim etishning boshqa shakllaridan farqli ravishda multimediali 
taqdimot bir necha o‘n minglab sahifa matn, minglab rasm va tasvirlar, bir necha 
soatga cho‘ziladigan audio va video yozuvlar, animatsiya va uch o‘lchamli 
grafikalarni o‘z ichiga olgan bo‘lishiga qaramay, ko‘paytirish xarajatlarining 
kamligini va saqlash muddatining o’zoqligini ta'minlaydi. 


173 
«Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya» 
nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya 

Download 0.52 Mb.
  1   2




Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Multimedia vositalari va ulardan foydalanish

Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish