• Tayanch iboralar
  • -Mavzu: O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining e’lon qilinishi va uning tarixiy ahamiyati




    Download 0.74 Mb.
    bet5/53
    Sana13.05.2022
    Hajmi0.74 Mb.
    #21042
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53
    Bog'liq
    умк
    Elektrotexnika, elektronika va elektr yuritmalari, algatirm mazmua, Adabyotlar, Impuls diodning tavsiflarini o, 1 laborotoriya ishi O\'zgarmas tok elektr zanjirlarini tekshirish, Rezistorlar va ularning turlari, Mashinasozlik materiallari fan dasturi, Davomat jadvali, 2-lab.ishi, 8-lab.ishi, IELTS SPEAKING IDIOMS, Part2 Speaking, payvandlash topshiriq, 4-topshiq
    3-Mavzu: O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining e’lon qilinishi va uning tarixiy ahamiyati
    Reja:

    1. O’zbekiston davlat mustaqiligini qo‘lga kiritish tomon yo‘l tutish.

    2. Dunyo xaritasida mustaqil davlat – O’zbekiston Respublikasining paydo bo‘lishi.

    3.O’zbekiston Respublikasi davlat ramzlarining qabul qilinishi, ularning mustaqillikni mustahkamlashdagi ahamiyati.
    Tayanch iboralar
    Mustaqillik, demokratik huquqiy davlat, totalitar tuzum, milliy qadriyatlar, davlat tili maqomi, suverenitet, xalq deputatlari sovetlari, Prezidentlik boshqaruvi, Mustaqillik deklaratsiyasi, Oliy Kengash, Diplomatik aloqalar, O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Milliy istiqlol davri, referendum, davlat ramzlari, davlat bayrog‘i, davlat gerbi, davlat madhiyasi, milliy valyuta.
    O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov tarixchilar bilan bo‘lgan uchrashuvda “Odamlarga mustaqillikning afzalligini mustaqil bo‘lmagan millatning kelajagi yo‘qligi, bu tabiiy bir qonuniyat ekanini isbotlab, tushuntirib berish kerak”1 deb ta’kidlagan edilar. Prezidentimizning ana shu ko‘rsatmalariga tayanib, ma’ruza matnida, O’zbekistonning davlat mustaqilligini qo‘lga kiritish tomon yo‘l tutish, uning qo‘lga kiritilishi, uning tarixiy ahamiyatini ko‘rsatib berishga harakat qilamiz.
    Ajdodlarimiz keyingi ikki yarim ming yilning qariyb ming yili mobaynida o‘z mustaqilligidan mahrum bo‘lib, ajnabiylar hukmdorligi ostida o‘tgan.
    XIX asrning ikkinchi yarmida Rossiya imperiyasi yurtimizni bosib olib o‘z mustamlakasiga aylantirdi. Sho‘rolar hokimiyati darvrida ham u markazga bo‘ysinuvchi homashyo yetkazib beradigan qaram o‘lka bo‘lib qolaveradi.
    Qaramlik, avvalo, mamlakatimizning, xalqimizning siyosiy jihatdan muteligidan namoyon bo‘ldi. Milliy davlatchiligimiz inkor etildi, xalqning xohish-irodasiga qarshi yagona Turkiston parchalanib, imperiyaning ma’muriy-hududiy qismga aylantirildi, oddiy masalalarni ham markazning ruxsatisiz hal qilolmaydigan bo‘lib qoldi, mustaqil faoliyat yuritishga uringanlar hibsga olindi, ozodlikdan mahrum etildi. Xalqimiz o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqidan mahrum etilgan edi.
    Mamlakatimiz iqtisodiy jihatdan ham qaram edi. Bu haqida Prezidentimiz I. A. Karimov “Shu narsa shak-shubhasiz va ochiq oydindirki, respublika barcha asosiy iqtisodiy va ijtimoiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha Ittifoqdagi o‘rtacha darajadan ham ancha orqada bo‘lib, mamlakatda oxirgi o‘rinlardan birida turibdi”2 degan edilar.
    Mustaqillik arafasida O’zbekiston kishi boshiga yalpi ijtimoiy mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha ittifoqda 12 o‘rinda, aholi jon boshiga milliy daromad ishlab chiqarish bo‘yicha ko‘rsatkich esa Ittifoqdagi o‘rtacha darajadan ikki hissa past, sanoatdagi mehnat unumdorligi jihatidan respublika mamlakatdan 40 foiz, qishloq xo‘jaligidagi mehnat unumdorligi jihatidan esa ikki barobar orqada, respublikada aholi jon boshiga xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish o‘rtacha Ittifoq darajasining atigi 40 foizini tashkil etar edi. O’zbekiston aholisi daromad darajasi jihatidan, asosiy turdagi mahsulotlarni iste’mol qilish jihatidan ittifoqdosh respublikalar orasida eng oxirgi o‘rinlardan birini egallardi.
    Qishloq aholisining atigi 5 foizi kanalizatsiya va vodoprovod bilan, salkam 50 foizi ichimlik suv bilan, 17 foizi tabiiy gaz bilan ta’minlangandi, xolos.
    Boy tabiiy boyliklarga, unumdor yerga ega bo‘lsakda, unga egalik qila olmas edik. Masalan, paxta tolasi va qorako‘lning 90 foizi, tabiiy junning 71 foizi, sintetik tolaning 93 foizi, pilla va charmning anchagina qismi arzimas baho bilan respublikadan olib ketilardi.
    Yerga nima ekish markazdan belgilanar, paxta yakka hokimligi yuqoridan tiqishtirilgan edi. Respublika rahbariyati va xalqi qancha tabiiy resurslar qazib olinayotgannini, korxonalarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni, paxtani kimdir olib ketib, qaysidir narxda kimgadir sotayotganini, bundan qancha daromad kelayotganini bilmas edi. Bu haqda Prezidentimiz shunday degan edilar: “Paxta tolasi belgilab qo‘yilgan past narxlarda O’zbekistondan tashqariga jo‘natildi... Paxta yetishtirishda mehnatning 84 foizi bizning zimmamizga tushmoqda va uni qayta ishlashdan keladigan daromadning atigi 16 foizi bizga tegmoqda. Paxtani olayotgan boshqa respublikalarda nisbat aksincha bo‘lmoqda. Masalan, aytaylik, Rossiyada to‘qilgan va tikilgan tayyor ko‘ylak g‘oyat katta foyda keltirmoqda. Mehnati - bizga, puli - boshqalarga. Mamlakatning “paxta tsexi” bo‘lish, mana, nimani anglatadi”3. Xalqimizga boqimandasizlar, sizlarni biz boqyapmiz, deb ta’na qilinar edi. Xalqimiz ma’naviy asoratga solingan edi. Tilimiz, dinimiz, milliy qadriyatlarimiz toptaldi. Tarixiy yordgoliklar, madrasalar, masjidlar yopildi. Mashhur allomalarimiz qoralandi, kitoblari yo‘qotildi. Elning ilmli kishilari quvg‘in ostiga olindi, qatag‘on qilindi. Biz mustaqilliknigina emas, tilimizni, dinimizni, butun ma’naviyatimizni yo‘qotish darajasiga yetgan edik. Shu yerda Prezidentimiz I. A. Karimovning quyidagi fikrini keltirish o‘rinlidir: “Chor Rossiyasining Skobelev degan generali o‘z imperatoriga murojaat qilib, shunday deb yozgan edi: Mahalliy xalq biz o‘ylagandan ko‘ra madaniyatli ekan. Ularni bo‘ysundira olmayapmiz. Bu xalqning o‘tmishda yaratilgan barcha osori atiqalarini, masjidu madrasalarini, diniy kitoblarini yer bilan yakson qilibgina, ularning ma’naviyatini so‘ndiribgina o‘z qanotimiz ostiga olishimiz mumkin”4. Totalitar tuzim davrida davlat mamlakat boshqaruv tizimidan tortib alohida-alohida shaxslarning kundalik turmushiga va istiqboliga dahldor bo‘lgan har qanday katta kichik masalalarni hal etishni ham o‘z zimmasiga olgani uchun mehnatkash xalq boqimandalik kayfiyatiga duchor bo‘lgan edi. U faqat ishlash huquqiga ega edi xolos. Odamzot shunchaki ishlar, shunchaki umr kechirardi, xolos. Aql bilan ish tutish, voqelikni idrok qilish, bunyod etish, yaratish tuyg‘ulari so‘ndirilgan edi. Shuning uchun ham mamlakat taraqqiyoti sustlashib, odamlar turmush darajasi pasayib boradi.
    Sobiq Ittifoqda 1985 yildan boshlab hukm surgan qayta qurish siyosati uning tarkibiga kirgan ittifoqdosh respublikalarning mustaqillikka chiqishga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida qilingan makkorona harakat edi.
    XX asrning 90-yillariga sotsialistik mamlakatlarda inson huquqlarini himoya qilish, ozodlikka intilishining yangi bosqichi boshlandi. Sharqiy Yevropa mamlakatlarida qariyb yarim asr hukm surgan totalitar davlat tuzumi inqirozga yuz tutib, demokratik tartibotlar qaror topa boshladi.
    Ko‘pgina mamlakatlarda mustaqillikka erishish masalasi dunyoni keng qamrab olgan jarayonga aylandi.
    Ana shunday qaltis davrda O’zbekiston rahbari etib tayinlangan Islom Karimov respublika hukumatining majlisida “Biz bundan buyon eskicha yasholmaymiz va bunday yashashga zamonning o‘zi yo‘l qo‘ymaydi” deb, qat’iy bayonot berdi.

    Download 0.74 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53




    Download 0.74 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -Mavzu: O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining e’lon qilinishi va uning tarixiy ahamiyati

    Download 0.74 Mb.