Mundarija: I. O’quv materiallar




Download 0.74 Mb.
bet6/53
Sana13.05.2022
Hajmi0.74 Mb.
#21042
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53
Bog'liq
умк
Elektrotexnika, elektronika va elektr yuritmalari, algatirm mazmua, Adabyotlar
Izoh: Muammoli savolga talabalarning qisqa javoblari eshitiladi va reyting asosda baholanadi.
Mustaqillik deganda nimalarni tushunamiz, mustaqillik deganda eng avvalo, o‘z taqdirimizni o‘z qo‘limizga olishni, o‘zbek xalqining izzatini va tilini o‘z o‘rniga qo‘yishni, o‘zligimizni anglashni, milliy qadriyatlarni, urf-odatlarimizni tiklashni tushunamiz. Mustaqillik- bu milliy davlatchiligimizni tiklash, kuchli demokratik huquqiy davlat barpo etish, hech kimning qosh- qovog‘iga qaramay mustaqil ichki va tashqi siyosat yurgizish degani.
Mustaqillik-bu mamlakatimizning yer usti va yer osti tabiiy boyliklariga egalik qilish, xalq qudrati, salohiyati, aqlu-zakovatiga tayanib ish yuritish, mustaqil iqtisodiy siyosat olib borish, har bir inson, har bir oila uchun munosib turmush sharoiti yaratish deganidir.
Mustaqillik- bu har bir fuqaro uchun millati, irqi, diniy e’tiqodidan qat’iy nazar, tenglik, erkinlik yaratib berish degani. Mustaqillik deganda sog‘lom avlodni, barkamol va fidoyi o‘g‘il-qizlarni tarbiyalash, kelajak avlodga ozod va obod Vatan qoldirishni tushunamiz.
Mustaqillik deganda O’zbekistonning jahon hamjiyatiga qo‘shilishi, unda munosib o‘rin egallashni tushunamiz.
80-yilllar oxirida respublika ijtimoiy hayotida jonlanish boshlandi. Odamlar xilma-xil fikrlar bildirish imkoniyatiga ega bo‘la boshladilar. O’zbek xalqining dilidagi g‘oya mustaqillik g‘oyasi edi, xalq ana shu g‘oyani ko‘tardi.
Mustaqillik uchun harakatda yangi to‘lqin boshlandi. Ammo yurtimizda hukmron bo‘lgan markazdan yuborilgan kishilar, ularning qosh-qovog‘iga qarab ish yuritadigan ayrim mahalliy ojiz rahbarlar bu g‘oyaga, uni amalga oshirishga to‘sqinlik qildilar. Milliy qadriyatlarimizga nisbatan yana qatag‘onlik uyushtirildi, to‘qib chiqarilgan “paxta ishi” bahonasi bilan o‘n minglab kishilar jinoiy javobgarlikka tortildi. Tarix taqozosi bilan elim, yurtim deb yonib yashayotgan Islom Karimovdek fidoyi insonning O’zbekistonnning birinchi rahbari lavozimini egallashi bu sohadagi adolatsizliklarga barham berilishiga olib keldi.
I.Karimov xalq xohish-irodasini bajarib, o‘zbek tiliga davlat tili moqomini berish ishiga boshchilik qildi. 1989 yil 21 oktyabrda Respublika Oliy Kengashi O’zbekistonning davlat tili haqidagi Qonunni qabul qildi. Qonunning 1-moddasi 1qismida “O’zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir”, deb yozib qo‘yildi. Shunday qilib, o‘zbek tili davlat tili maqomini oldi. Siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotning barcha sohalarida o‘zbek tili to‘la amal qilishi qonunlashtirildi. “Respublika Oliy Sovetining sessiyasida O’zbekiston SSRning Davlat tili to‘g‘risidagi qonunining qabul qilinishi respublika hayotida muhim tarixiy voqeadir”5, dedi I. Karimov.
Bu qonunning qabul qilinishi mamlakatimizning mustaqillik sari tashlagan birinchi qadami bo‘ldi. Islom Karimovning sa’y harakatlari natijasida markazdan yuborilgan “kadrlar to‘dasiga” zarba berildi. Respublika rahbar kadrlarni tanlash, joyjoyiga qo‘yish ishini o‘z tasarrufiga oldi. Bu ham O’zbekistonning mustaqillik sari tashlagan navbatdagi qadami edi.
90 - yillarning boshlariga kelib O’zbekistonda xalqining mustaqillikka erishishidan iborat azaliy orzusini amalga oshirish kun tartibidagi bosh masala bo‘lib qoldi.
SSSR hukumati inqiroziy holatdan chiqish yo‘lini tola olmay qoldi. 90yillarning boshlariga kelganda markaz va ittifoqdosh Respublikalar o‘rtasidagi munosabatlar keskinlashib, markaziy hokimiyatning obro‘si pasayib ketdi. Oqibatda turmushning barcha sohalaridagi salbiy ahvoldan xalqning kun sayin noroziligi ortib, turmush darajasi yomonlasha boshladi.
1990 yillarga kelib respublikalar suverenitetini va inson huquqlarini paymon qilgan totalitar buyruqbozlik boshqaruvining istiqbolsiz ekanligini hayotning o‘zi ko‘rsata boshladi.
O’zbekiston rahbariyati respublika xalq xo‘jaligini bozor iqtisodiyotiga o‘tkazishning o‘ziga xos yo‘lini mustaqil tarzda o‘zi belgilay boshladi. Unga binon, SSSR markaziy idoralaridan farqli o‘laroq, O’zbekiston dadillik bilan iqtisodiy mustaqillik va siyosiy severenitenti qo‘lga kiritish uchun amaliy harakat qila boshladi.
Masalan, O’zbekiston SSR Oliy Soveti 1989 yil 25 noyabrda bo‘lgan sessiyasida “O’zbekiston SSR ni iqtisodiy va sotsial rivojlantirishning 1990 yilgi Davlat plani to‘g‘risida” gi masalani muhokama qilar ekan, respublikaning iqtisodiy mustaqilligiga oid muhim tadbirlarni belgiladi.
1990 yil 24 martda bo‘lib o‘tgan O’zbekiston Kompartiyasi Makaziy
Komitetining Plenumida O’zbekiston SSRning siyosiy suvereniteti masalasiga jiddiy e’tibor berildi. Unda nutq so‘zlagan I. Karimov “eng muhimi shundan iboratki, Prezidentlik institutining joriy etilishi – respublikamiz uchun suverenitet va davlatchilikda printsip jihatdan yangi bosqichga o‘tilishini bildiradi”6, deb ta’kidladi. 1990 yil 24 martdagi O’zbekiston SSR Oliy Sovetining sessiyasida O’zbekiston tarixida birinchi marta Prezidentlik lavozimini ta’sis etish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Sessiyada yakdillik bilan Islom Abdug‘anievich Karimovni O’zbekiston Sovet Sotsialislistik Respublikasining Prezidenti etib saylash to‘g‘risida qaror qabul qilindi. O’zbekistonda Prezident lavozimining ta’sis etilishi mustaqillik uchun kurashidagi navbatdagi qadam bo‘ldi. Respublikaning birinchi Prezidenti I.A.Karimov Prezident vazifasiga to‘xtalib, bunday dedi: “O’zbekiston Sovet
Sotsialistik Respublikasining Prezidenti sifatida o‘zimning asosiy vazifalarimni nimalardan iborat deb bilaman?

  1. O’zbekiston SSRning siyosiy mustaqilligini mustahkamlash va yanada takomillashtirish, uni yangi va hayotiy mazmun bilan boyitish...

  2. Prezident boshqaruvining muhim vazifalaridan biri respublikaning iqtisodiy mustaqilligini, o‘zini-o‘zi idora qilishga va o‘zini-o‘zi pul bilan ta’minlashga o‘tishini ta’minlashdir...

  3. Mehnatkashlarning, aholining hamma tabaqalari farovonligini oshirish, odamlarning talab ehtiyojlarini qondirish, ijtimoiy sohani tez sur’atlar bilan rivojlantirish respublikaning davlat hokimiyati va boshqaruv organlaridan, shaxsan mendan, O’zbekiston SSR Prezidentidan doimiy e’tibor talab qiladigan vazifadir...

  4. Prezident faoliyatining, respublika partiya, sovet, davlat tashkilotlarining muhim vazifa laridan biri xalqni ma’naviy yuksaltirish, insonning axloqiy va jismoniy takomilidir...

  5. Yuqorida qayd etilgan vazifalarni faqat demokratiyani, huquqqa asoslangan davlat qurilishini rivojlantirib, tartib va intizomni mustahkamlab va nihoyat, respublikaning milliy ijtimoiy taraqqiyoti yo‘lida barcha sog‘lom kuchlarni birlashtiribgina hal qilish mumkin...”7

O’zbekiston mustaqilligi uchun tashlangan navbatdagi qadam- O’zbekiston Oliy Sovetining ikkinchi sessiyasida qabul qilingan O’zbekiston Respublikasi “Mustaqillik deklaratsiyasi”dir. Mustaqillik deklaratsiyasining kirish qismida quyidagilar yozib qo‘yildi:
“O’zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi Oliy Soveti:

  • o‘zbek xalqining davlat qurilishidagi tarixiy tajribasi va tarkib topgan boy an’analari,

  • har bir millatning o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqini ta’minlashdan iborat oliy maqsad haqi,

  • har bir kishining farovon hayot kechirishini ta’minlashni oliy maqsad deb bilgan holda,

  • O’zbekiston xalqlarining kelajagi uchun tarixiy mas’uliyatni chuqur his etgan holda,

  • xalqaro huquq qoidalariga, umumbashariy qadriyatlarga va demokratiya

printsiplariga asoslanib,
O’zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining Davlat mustaqilligini e’lon qiladi”8.
Shu kundan boshlab Respublikada O’zbekistonning iqtisodiy va siyosiy hayotiga doir masalalar mustaqil tarzda hal qilina bordi.
O’zbekiston rahbariyati va xalqining O’zbekistonning mustaqillik sari dadil qadam qo‘yayotganligini 1991 yil 17 martda bo‘lib o‘tgan umumxalq referendumi yakunlarida ham yaqqol ko‘rish mumkin. Referendumda O’zbekiston xalqning mutloq ko‘pchiligida O’zbekistonni mustaqil respublika sifatida ko‘rish xohishi borligining o‘ziyoq respublika rahbariyatining bu boradagi dadil kuch-g‘ayratini qo‘llab-quvvatlash ifodasi edi.
Markaz va respublikalar o‘rtasidagi munosabatlar tobora taranglashib, markaz boshqaruv qobiliyatini yo‘qotgan bir sharoitni to‘g‘ri baholay bilish qobiliyatiga ega bo‘lgan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov Oliy Kengash sessiyasini chaqirishi va unda O’zbekiston Mustaqilligi haqida qonun qabul qilishni talab qildi.
Respublika Oliy Kengashi 1991 yil 26 avgust kuni O’zbekistonning davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi qonun loyihasini tayyorlash hamda 31 avgustda Oliy Kengash sessiyasini chaqirishga qaror qildi.
O’zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo‘mitasining 1991 yil 28 avgustda bo‘lgan Plenumi Respublika kompartiyasininggg KPSS MK bilan har qanday aloqasini to‘xtatishga, KPSS ning barcha tashkilotlaridan chiqishga, uning Markaziy organlaridagi o‘z vakillarini chaqirib olishga qaror qildi.
Ana shunday vaziyatda O’zbekiston Oliy Kengashining XII chaqiriq navbatdan tashqari oltinchi sessiyasi 1991 yil 31 avgustda o‘z ishini boshladi. O’zbekistonning mustaqil davlat deb e’lon qilinishida mazkur sessiya katta tarixiy ahamiyat kasb etdi. Unda “O’zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to‘g‘risida” hamda “O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi masalalar kun tartibiga qo‘yilib, qizg‘in muhokama qilindi.
O’zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to‘g‘risida Prezident I.A.Karimov ma’ruzasi tinglandi. Prezident o‘z ma’ruzasida mustaqil davlatlar maqomiga to‘xtalib, quyidagilarni ta’kidladi:
“O’zbekiston rahbariyati hech qachon, qanday ittifoq bo‘lmasin, kim bilan ittifoq bo‘lmasin, qanday sharoit bo‘lmasin, ikkinchi darajali rolga rozi bo‘lmaydi, bunga yo‘l ham qo‘ymaydi. Tenglar ichida teng bo‘lish — xalqimizning asriy orzusidir... Mana shu sharoitga, sabablarga asoslanib, xalqimiz xohish-irodasini bajo keltirib, Oliy Kengash diqqatiga faqat bir masalani qo‘ymoqchiman: O’zbekistonning mustaqilligi haqidagi qonunni muhokama etish va uni qabul qilishni taklif qilaman. Bu qonunda qadimiy va yangilanayotgan diyorimizda istiqomat qilayotgan barcha kishilarning xohish - irodasi o‘z ifodasini topgan. Xalqimizning bu ezgu xohish irodasi biz uchun muqaddasdir”8.
Oliy Kengash deputatlari muhokamadan so‘ng O’zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi qonunni qabul qildilar. O’zbekiston SSRning nomi O’zbekiston Respublikasi deb o‘zgartirildi. So‘ngra «O’zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to‘g‘risida Oliy Kengash Bayonoti» qabul qilindi. Oliy kengash mazkur bayonot orqali xalqaro-huquqiy hujjatlarda qayd etilgan o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqiga asoslanib, respublika xalqlarining taqdiri uchun butun ma’suliyatni anglab O’zbekistoning davlat mustaqilligini va ozod suveren davlat – O’zbekiston Respublikasi tashkil etilganligini tantanali ravishda e’lon qildi.
Oliy kengash sessiyasi «O’zbekiston Respublikasining Davlat Mustaqilligini e’lon qilish to‘g‘risida» qaror qabul qildi. Qarorda 1 sentyabr O’zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni deb belgilanib, 1991 yildan boshlab bu kun bayram va dam olish kuni deb e’lon qilindi.
O’zbekiston Respublikasining mustaqilligi haqidagi bu hujjatlar o‘zbek xalqining asriy orzusi ro‘yobga chiqqanligining huquqiy ifodasi bo‘ldi. Mazkur qonun asosida O’zbekistonning huquqiy holati tubdan o‘zgardi. O’z mohiyatiga ko‘ra bu hujjat respublika uchun vaqtincha konstitutsiya rolni o‘ynaydigan bo‘ldi. Bunday qonunning qabul qilinishi Mustaqillik davrida qo‘lga kiritilgan yutuqlarning natijasi hisoblanadi. Bu esa huquqiy, iqtisodiy xamda ma’naviy-axloqiy munosabatlar natijasi sifatida muhim ahamiyatga ega.
Shu tariqa xalqimizning asriy orzusi, umidlari ushaldi, ro‘yobga chiqdi. Uzoq yillar davom etgan kurash natijasida mamlakatimiz, xalqimiz siyosiy mutelik asoratidan qutildi. Dunyo xaritasida yana bitta mustaqil davlat – O’zbekiston Respublikasi paydo bo‘ldi. O’zbekiston tarixida yangi davr – Milliy istiqlol davri boshlandi. O’zbekiston uchun mustaqil ichki va tashqi siyosat yuritish, xalqimiz uchun o‘z taqdirini o‘zi belgilash, o‘zlari uchun munosib turmush yaratish imkoniyati vujudga keldi.
O’zbekiston Mustaqillikka erishgandan keyin davlat boshqaruvining yangi, zamonaviy va samarali tizimi shakllana boshladi. Prezidentlik Respublika boshqaruvi tizimi o‘zagini tashkil etdi.
1991 yil oxirida O’zbekiston hayotida ulkan tarixiy voqea sodir bo‘ldi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining VIII sessiyasida «O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida» qonun qabul qilindi. Qonunda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti qilib yoshi 35 dan kam bo‘lmagan va 65 dan oshiq bo‘lmagan, saylanish huquqiga ega bo‘lgan O’zbekiston fuqarosi saylanishi mumkinligi, O’zbekiston Prezidenti 5 yil muddatga saylanishi, bir fuqaroning o‘ziketma-ket ikki muddatdan ortq O’zbekiston Prezidenti bo‘lishi mumkin emasligi belgilab qo‘yilgan. 1991 yil 29 dekabrda xalqimiz uzoq yillik mustamlakachilikdan so‘ng tom ma’nodagi mustaqillik ramzi sifatida birinchi bor umumxalq xohish irodasi bilan mustaqil O’zbekiston Respublikasi Prezidentini sayladi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi muqobillik asosida o‘tdi. Oliy lavozimga ikki nomzod – O’zbekiston XDP va O’zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi nomzodi I.A.Karimov va «Erk» Demokratik partiyasi vakili Saloy Madaminov (Muhammad Solih) nomzodi qo‘yildi.
Saylovlar yakuniga ko‘ra ovoz berishda qatnashganlarning 86 foizi Islom Karimov nomzodini, 12,3 fozi Saloy Madaminov nomzodini yoqlab ovoz berdi.
Respublikaning barcha hududlarida saylov uyushqoqlik bilan, qonunlarga qat’iy amal qilingan holda saylovchilarning yuksak faolligida o‘tdi.
1995 yil 26 mart kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning vakolat muddatini 1996 yil dekabrdan 2000 yilgacha uzaytirishga bag‘ishlangan umumxalq referendumi bo‘lib o‘tdi.
2000 yil 9 yanvarda esa mamlakatimizda O’zbekiston Prezidenti saylovi bo‘lib o‘tdi. Bu saylov ham xalqning siyosiy ongi, madaniyati va faolligi oshganini ko‘rsatdi. Saylovda ro‘yxatga olingan 12 million 746 ming 903 saylovchidan 12 million 123 ming 199 ta saylovchi ishtirok etdi. Bu ro‘yxatga olingan saylovchilar umumiy miqdorining 95,1 foizini tashkil etdi. Saylovda I.A. Karimov 91,9 foiz ovoz bilan g‘alaba qozondi.
Saylovlar natijalari o‘zbek xalqining mustaqil taraqqiyoti va rivojlanishini, yutuqlarini I.A.Karimov shaxsi, uning dono siyosati, tashabbuskorligi va fidoyiligi bilan bog‘lashning yaqqol dalilidir.
O’zbekiston erishgan istiqlolning mustahkamlash uchun xalqning fikrini bilish, mustaqillikka munosabatni aniqlash zarur edi. Shu maqsadda 1991 yil 29 dekabrda
O’zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi masala bo‘icha O’zbekiston Respublikasining referndumi o‘tkazildi. Unda byulletenga «O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan e’lon qilingan O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini ma’qullaysizmi?» degan savol kiritildi. O’zbekiston Respublikasining mustaqil davlat deb e’lon qilinishini yoqlab 9.718.155 kishi yoki referendumda qatnashganlarning 98,2 foizi ovoz berdi. Demak O’zbekistonning davlat mustaqilligi umumxalq tomonidan yakdillik bilan ma’qullandi.
O’zbekiston Respublikasining mustaqil respublika deb e’lon qilinishi faqat mamlakat xalqi emas, balki jahon jamoatchiligi tomonidan ham qoniqish bilan kutib olindi. Tez orada dunyoning ko‘pchilik mamlakatlari O’zbekiston mustaqilligini tan oldilar va O’zbekiston bilan diplomatik, iqtisodiy, madaniy hamkorlik o‘rnatdilar.
O’zbekiston Respublikasi davlat ramzlarining qabul qilinishi mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlashda katta ahamiyatga ega bo‘ldi.
O’zbekiston davlat mustaqilligiga erishgach, o‘zining xalqaro talablar va me’yorlar doirasida qiyofasini ko‘rsatmog‘i, buning uchun esa o‘zining butun imkoniyatlarini, o‘ziga xos jihatlarini ifodalovchi davlat ramzlariga ega bo‘lmog‘i lozim edi.
O’zbekiston mustaqil davlat deb e’lon qilingan kunning o‘zidayoq mustaqil davlat ramzlarini joriy qilish yuzasidan amaliy choralar ko‘rildi.
Chunki qisqa fursatda o‘z mustaqilligini qonun bilan mustahkamlab, uning jahon hamjamiyatida tan olinishiga erishish tarixiy – olamshumul voqea edi. O’zbekiston o‘zining har bir kuniga va olis istiqboliga qat’iy ishonch bilan qaradi, shuning uchun ham u, eng avvalo, davlat ramzlarini qabul qilib, dunyoga ko‘z-ko‘z etib, uni tan oldirish yo‘lida bordi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991 yil 18 noyabrda bo‘lib o‘tgan VIII cessiyasi «O’zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i to‘g‘risida» qonun qabul qildi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992 yil 10 dekabrda bo‘lib o‘tgan XI sessiyasida «O’zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi. Unda shoir Abdulla Oripov va bastakor Mutal Burxonov tomonidan tayyorlangan madhiya varianti tasdiqlandi.
O’zbekiston Prezidentining 1994 yil 16 iyundagi farmoniga muvofiq 1994 yilning 1 iyulidan boshlab O’zbekiston Respublikasining milliy valyutasi – so‘m muomalaga kiritildi.

Download 0.74 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53




Download 0.74 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mundarija: I. O’quv materiallar

Download 0.74 Mb.