• Foydalanilgan adabiyotlar.
  • Axborot manbaalari. www. lex.uz.
  • Tayanch iboralar.
  • Mundarija: I. O’quv materiallar




    Download 0.74 Mb.
    bet7/53
    Sana13.05.2022
    Hajmi0.74 Mb.
    #21042
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   53
    Bog'liq
    умк
    Elektrotexnika, elektronika va elektr yuritmalari, algatirm mazmua, Adabyotlar
    Nazorat uchun savollar.

      1. Mustaqillik va davlat mustaqilligi deganda nimani tushunasiz?

      2. Totalitar tuzumning mohiyati nimada?

      3. O’zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi va uning ahamiyati nimada?

      4. Referendum nima ?

      5. Qaysi kun O’zbekiston respublikasining mustaqillik kuni deb belgilandi, u qanday hujjatda ko‘rsatib berildi?

      6. O’zbekistonning davlat ramzlari mustaqillikni mustahkamlashda qanday ahamiyatga ega?

    Foydalanilgan adabiyotlar.
    1.Islom Karimov. Biz kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan quramiz. Asarlar, 7-jild. – T.: “O’zbekiston”, 1999 yil.
    2.Islom Karimov. "O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida".T.: "O’zbekiston", 2011 yil.
    3.MustaqilO’zbekiston taraqiyotining g’oyaviy asoslari. - Toshkent, 2001.
    Axborot manbaalari.

      1. www. lex.uz.

      2. www.ziyonet.uz.

      3. www.edu.uz.

      4. www.google.uz.




    4-Mavzu: O’zbekistonning o’ziga xos istiqlol va taraqqiyot yo’li
    Reja:

    1. Demokratik jamiyat qurishda «O’zbek modeli»ning milliy xususiyatlari.

    2. Demokratik jamiyat qurishning rivojlanish istiqbollari.

    3. 2017-2021 yillarga mo’ljalangan ‘‘Xarakatlar strategiyasi’’

    Tayanch iboralar.
    Bozor iqtisodiyoti, “O’zbekiston modeli”, besh tamoyil, iqtisodiy mustaqillik, iqtisodiy islohotlar strategiyasi, kuchli ijtimoiy siyosat, bozor mexanizmi, demografik vaziyat, ko‘p ukladli iqtisodiyot, tadbirkorlik,Xarakatlar strategiyasi xususiylashtirish, infra tuzilmalar, investitsiya, aktsiyadorlik jamiyatlari, ko‘chmas mulk va qimmatli qog‘ozlar bozori, kim oshdi savdosi,
    XXI asr bo‘sag‘asida O’zbekiston o‘zining davlat mustaqilligini qo‘lga kiritdi, xalqimizning asriy orzusi ushaldi, o‘z taqdirini, o‘z kelajagini o‘z qo‘li bilan yaratadigan bo‘ldi. Mamlakatimiz tarixida yangi davr - mustaqil taraqqiyot yo‘li boshlandi. Mamlakatimiz o‘z mustaqilligining to‘qqizinchi yilini boshdan kechirmoqda. Shu davr ichida yuksak darajada rivojlangan O’zbekiston davlatini bunyod etish borasida amalga oshirilayotgan buyuk ishlarning hajmi ham, salmog‘i ham benihoya ulkan. Eng asosiy erishgan yutug‘imiz shu bo‘ldiki, eski ma’muriybuyruqbozlik boshqaruv tizimidan yangi bozor munosabatlari taraqqiyot yo‘liga o‘tish ba’zi qardosh mustaqil davlatlarda bo‘lganidek, inqilobiy qon to‘kilishiga olib kelgan yo‘llar bilan emas, balki asta-sekin va qadamba-qadam rivojlanish orqali sodir bo‘lmoqda.
    Mamlakatimizda bozor munosabatlari qadim zamonlardan boshlab shakllangan. Tarixiy hujjatlarning guvohlik berishicha, bundan ming yillar muqaddam Buxoro va Xiva savdogarlari hayron qoldiradigan tovarlarni Hindiston, Xitoy, Rossiya va G’arbiy Yevropa mamlakatlariga yetkazib berganlar. Bozor munosabatlari qonunlarini nazar-pisand qilmaslik og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin. Sobiq SSSR da bozor iqtisodiyotiga aloqasi bo‘lmagan iqtisodiyotni yaratishga urinib ko‘rildi. Bu urinish xalqlarga juda qimmatga tushdi
    Izoh: Muammoli savolga talabalarning qisqa javoblari eshitiladi va reyting asosda baholanadi.
    O’zbekiston an’analariga, uning tarixiga va xalqning xususiyatiga muvofiq keladi. Ushbu tanlangan yo‘lning mohiyati O’zbekiston Respublikasining 1-Prezidenti I. A. Karimovning besh tamoyilida ta’riflab berilgan. Bu tamoyillar faqat bizning mamlakatimizda emas, boshqa davlatlarda ham tan olindi.
    Iqtisodiy mustaqillik deganda nimani tushunamiz? Eng avvalo, har qanday davlat yoki mamlakat iqtisodiy mustaqil bo‘lishi uchun uning iqtisodiyoti, xo‘jaligi boshqa mamlakatlar iqtisodiyotiga qaramlikdan holi bo‘lishi, eng muhim oziq-ovqat, iste’mol mollari, strategik hom-ashyolar bilan o‘zini-o‘zi, asosan, ta’minlashi kerak. Iqtisodiy mustaqil davlat boshqa davlatlar bilan teng huquqli, o‘zaro manfaatli bitimlar tuzishning iqtisodiy jihatdan kafolatlanganligini ifodalaydi.
    Yuqorida aytib o‘tilgan besh tamoyil ana shu iqtisodiy mustaqillikning ta’minlashga qaratilgan. Ular: 1) iqtisodiyotning siyosatdan ustivor bo‘lishi; 2) davlat asosiy islohotchi bo‘lishi; 3) qonun va qonunlarga rioya qilishning hamma narsadan ustunligi; 4) kuchli ijtimoiy siyosat; 5) bozorga o‘tish bosqichma-bosqich amalga oshirilishi kerak. Bu tamoyillarni alohida-alohida ko‘rib chiqamiz. 1). Iqtisodiyotning siyosatdan ustivorligini qanday tushunmoq kerak?
    Butun insoniyat tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, inson - u dehqonmi, ishchimi, agronommi - kim bo‘lmasin, o‘z ish joyida o‘zini xo‘jayin deb his qilishi, o‘z mehnatining natijalaridan moddiy jihatdan manfaatdor bo‘lish kerak. Bu narsalar, inson mehnatining mahsuloti bozorning o‘zi belgilab beradigan narxlar bo‘yicha erkin sotilishi kerak. Bozorning qoidasi esa shunday:- kimning mahsuloti yaxshiroq va arzonroq bo‘lsa, o‘sha mahsulotga talab hammadan ko‘ra ko‘proq bo‘ladi. Bu yerda hech qanday siyosat o‘z ta’sirini o‘tkaza olmaydi.
    2) Nima uchun davlatning o‘zi asosiy islohotchi bo‘lishi kerak?
    Bozor munosabatlari rivoj topgan davlatlar iqtisodiyotga kamroq buyruq berishga harakat qiladi. Basharti vaziyat taqozo etsa, paydo bo‘lgan muammolarni hal etishni davlat o‘z zimmasiga oladi.
    Bizda, bozor iqtisodiyotga o‘tilar ekan, eski iqtisodiy mexanizmni yo‘qotib, o‘rniga yangi bozor mexanizmini bir laxzada yaratib bulmaydi. Ularni barpo etish, shakllantirish uchun muayyan vaqt kerak. Prezidentimizning “Yangi uy qurmay turib, eskisini buzmang” degan gaplarida jon bor. Xo‘jalikning tayanch tarmoqlari - umummilliy manfaatlarga dahldor bo‘lgan eng muhim vazifalarni davlat amalga oshiradi.
    Bozor munosabatlariga o‘tish uchun ishlab chiqarish va taqsimotning butun tizimi, davlatimizning va ijtimoiy tuzumning binosini qaytadan bunyod etish kerak. Bu ishlarni davlatdan boshqa hech kim hal qila olmaydi. Mana shuning uchun ham bizning bozor munosabatlariga o‘tishimizda davlatning o‘zi bosh islohotchi vazifasini bajaradi.
    3). Qonun ustuvorligini zaruriyati nimada?
    Bozor munosabatlarini zo‘ravonlik yo‘li bilan shakllantirib bo‘lmaydi. Bozor iqisodiyoti huquqiy me’yorlar va qoidalarga tayanishi bilan ma’muriy-buyruqbozlik tizimidan farq qiladi.
    Qonunning ustuvorligi huquqiy davlat barpo etish zaruratidan ham kelib chiqadi. Qonun oldida hamma barobardir. Barcha ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar faqat qonun bilan tartibga solinadi.
    Ma’rifiy dunyodagi bozor- bu eng avvalo qonunga hurmat demakdir.
    4) Kuchli ijtimoiy siyosat yuritishning zaruriyati nimalar bilan bog‘liq? Bu O’zbekistonning iqtisodiy ahvoli, xalqning turmushi, demografik vaziyat bilan bog‘liq. Aholi tarkibida boqimandalarning hissasi ko‘p. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonida dastlab aholi ijtimoiy jihatdan tabaqalanadi va himoyaga muhtoj bo‘lgan qatlami kengayadi. Shuning uchun davlat himoyaga muhtoj qatlamlarni muhofaza qilish uchun baholi qudrat zarur tadbirlar ko‘radi.
    5). Bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o‘tish nimani bildiradi? Bozor iqtisodiyoti murakkab tizim bo‘lib, uni birdaniga yaratib bo‘lmaydi. Totalitar tuzum psixologiyasidan bozor psixologiyasiga o‘tish uchun vaqt hamda yangi iqtisodiy, ma’naviy imk oniyatlar va sharoitlar kerak. Bu ishlarni hammasini bajarish uchun vaqt talab qilinadi.
    Bir necha yillar mobaynida Respublika iqtisodiyoti Markazdan boshqariladigan yagona xalq xo‘jaligi majmuining tarkibiy qismiga aylangan edi. Respublika arzon xomashyo va strategik mineral resurslar yetkazib beruvchi tayyor mahsulot sotiladigan bozorga aylanib qolaverdi.
    Respublika hududida joylashgan ko‘plab korxonalar bevosita Markaz buysunuvida edi. Amalda Respublika tovarni O’zbekiston ichki bozori uchun emas, balki tashib ketish uchun takror ishlab chiqarar edi. Respublika neft va boshqa energetika manbaalari bilan o‘zini-o‘zi ta’minlash bo‘yicha katta imkoniyatlarga ega bo‘la turib, 1 million tonnadan ziyod neftni chetdan olardi. Respublika g‘alla, qand, go‘sht va boshqa hayotiy mahsulotlarni tashib keltirishga majbur edi.
    O’zbekistonda 1700 ta maktab avariya holatida edi. Aholi jon boshiga hisoblaganda, daromadi 75 so‘mdan oshmaydigan 8 million 800 mingga yaqin odam, respublika aholisining 45 foizi qashshoqlikda kun kechirardi. O’zimizda yetishtirilgan paxta xomashyosining aksariyati chetga tashib ketilib, xalq iste’molini qondirish uchun tashqaridan har yili 8-9 milliard so‘mlikka yaqin tayyor mahsulot olib kelingan. Ya’ni, yurtimizda shunchalik boy xomashyo resurslari bo‘lishiga qaramasdan, ulardan deyarli tayyor mahsulot ishlab chiqarilmagan.
    Iqtisodiy muammolar demografik holatda yuzaga kelgan ahvol bilan qo‘shilib, ijtimoiy masalalarni hal etishni g‘oyat qiyinlashtirib qo‘ygan edi.
    80-yillarning oxiri, 90-yillarning boshlarida ijtimoiy keskinlikning kuchayishiga olib keldi.
    O’zbekistonda o‘ta keskin va jiddiy muammolar yuzaga keldi:

    1. respublikada demografik vaziyatning murakkabligi. Statistik ma’lumotlar tahlili aholi ro‘yxatga olingan davr oralig‘ida, ya’ni 1979-1989 yillar davomida respublikada jami aholi soni 15379,4 ming kishidan 19810,0 ming kishiga yoki 28,8 foizga ko‘payganini ko‘rsatadi. Bu davrda aholining o‘rtacha yillik o‘sish sur’ati 2,8 foizni tashkil qilgan. 1991 yilga kelib mamlakatda aholi soni 20,7 million kishidan ortib, 1990 yilga nisbatan 386,0 ming kishiga o‘sgan.

    Bu esa O’zbekistonda aholining o‘sish sur’atlari Ittifoq sur’atlariga qaraganda uch barobardan ziyod yuqori bo‘lganini ko‘rsatadi. Biroq, aholining bunday o‘sishi uzoq yillar davomida sanoat va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida ish joylarini ko‘paytirish hamda aholining hayot ta’minoti uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish bilan mustahkamlab borilmadi. Bu esa odamlar turmush sharoitining yomonlashuvi, ishsizlar sonining ko‘payishi, ijtimoiy mehnat unumdorligi va aholi daromadlarining kamayishi, pirovard natijada xalq farovonligining pasayishiga olib keldi;

    1. respublika iqtisodiyotining biryoqlama, haddan tashqari nomaqbul ixtisoslashtirilishi natijasida qishloq xo‘jaligi bilan bir qatorda sanoatda ham asosan xomashyoni birlamchi qayta ishlash tarmoqlari ustunlik qilib, tayyor mahsulot, avvalo xalq iste’moli mollari ishlab chiqaruvchi tarmoqlarning ulushi juda past edi. Qishloq xo‘jaligi xomashyosining talaygina hajmi (paxta tolasi, xom ipak va boshqa ko‘pgina xomashyo mahsulotlari) respublikadan olib ketilgan bir vaqtda aholining iste’mol tovarlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish uchun 8-9 milliard so‘mlikka yaqin tayyor mahsulot chetdan olib kelingan. O’zbekistonda aholini ish bilan ta’minlash imkonini beruvchi elektronika, asbobsozlik, radiotexnika, murakkab ro‘zg‘or texnikasi ishlab chiqarish kabi va boshqa ko‘pgina ilg‘or tarmoqlar qoniqarli rivojlantirilmadi. Aksincha, respublikada suv ko‘p sarflanadigan va zararli ishlab chiqarishlar asossiz ravishda rivojlantirildi;

    2. ishlab chiqaruvchi kuchlar va avvalo sanoat ob’ektlari asosan stixiyali ravishda, aniqrog‘i, har xil o‘zboshimchalik, buyruqbozlik bilan qabul qilingan qarorlar asosida, ko‘pincha ilm-fan vakillari, bilimli va obro‘li mutaxassislarning tavsiyalari mutlaqo e’tiborga olinmay joylashtirildi. Bu esa respublika iqtisodiyoti hamda aholi punktlarining ekologiyasiga g‘oyat katta ziyon yetkazib, aholining hayot ta’minotiga, odamlarning yashashi va uyg‘un kamol topishi uchun zarur sharoitlarni yaratishga salbiy ta’sir o‘tkazdi;

    3. respublikadagi ijtimoiy ahvolning, odamlarning ijtimoiy ta’minoti va ularni ijtimoiy himoya qilishning mutlaqo qoniqarsizligi. Ayniqsa, qishloq aholisining kanalizatsiya va vodoprovod bilan ta’minlanishi atigi 5 foizni, ichimlik suv bilan ta’minlanishi salkam 50 foizni, tabiiy gaz bilan ta’minlanishi 17 foizni tashkil etar edi. Aholini uy-joy, sog‘liqni saqlash, madaniyat, maishiy xizmat ob’ektlari, maktablar, bolalar bog‘chalari va hokazolar bilan ta’minlash ishlarida siljishlar sezilmadi. Vaholanki, aholining ko‘pchilik qismi qishloq joylarida istiqomat qilar edi.

    Bu davrda respublika barcha asosiy iqtisodiy va ijtimoiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha Ittifoqdagi o‘rtacha darajadan ham ancha orqada bo‘lib, mamlakatda oxirgi o‘rinlardan biriga tushib qoldi. Jumladan, aholi jon boshiga yalpi ijtimoiy mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha ittifoqdosh respublikalar orasida 12-o‘rinni, daromad darajasi, asosiy turdagi mahsulotlarni iste’mol qilish jihatidan eng oxirgi o‘rinlardan birini egallab keldi. Aholi jon boshiga milliy daromad ishlab chiqarish bo‘yicha Ittifoqdagi o‘rtacha darajadan 2 barobar, xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish bo‘yicha 2,5 barobar, sanoatdagi mehnat unumdorligi jihatidan 2,5 barobar, qishloq xo‘jaligidagi mehnat unumdorligi jihatidan esa 2 barobar, aholining o‘rta hisobda go‘sht mahsulotlari, tuxum, sut va sut mahsulotlari iste’moli bo‘yicha 2 barobar orqada qolgan.
    Bu tanglikdan chiqish uchun O’zbekiston bozor munosabatlariga o‘tishning o‘ziga xos yo‘lini tanladi. Shu bilan birga bosqichma-bosqich bozor munosabatlariga o‘tishda ushbu mintaqaga xos bo‘lgan xususiyatlar va shart-sharoitlarni hisobga oldi. Bular: 1) respublikaning qulay jo‘g‘rofiy-siyosiy mavqega ega ekanligi; 2) tabiiyiqlim sharoitlarining o‘ziga xosligi; 3) respublikadagi alohida demografik vaziyat; 4) aholi tarkibida bolalar va o‘smirlarning ko‘pligi; 5) aholining 60% dan ko‘prog‘ini qishloqda yashashligi; 6) Respublika milliy tarkibining o‘ziga xosligi va b.
    O’zbekiston mustaqilligining to‘qqiz yili mobaynida qilingan ishlarning bosqichlari aniq ko‘zga tashlanib qoldi. Iqtisodiy islohotlar birinchi bosqichining asosiy mazmuni ko‘p ukladli iqtisodietning huquqiy asoslarini qurish, kishilarning xususiy mulkdan begonalashuvini bartaraf etish, odamlarga tashabbus va tadbirkorlikni rivojlantirish asosi hisoblangan xususiy mulkni davlat tomonidan muhofaza qilinishini ta’minlashdan iborat bo‘ldi.
    O’zbekistonning iqtisodiy mustaqilligini ta’minlash aynan bir paytda uchta yirik ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal qilish asosida amalga oshirilmoqda:

    1. milliy iqtisodiyotni barpo etish;

    2. bozor munosabatlarini shakllantirish;

    3. xalqaro xo‘jalik tizimiga va jahon bozoriga kirish.

    Milliy iqtisodiyotni barpo qilish - iqtisodiy mustaqillikka erishishning negizi bo‘lib, tub tarkibiy o‘zgarishlarni taqozo qiladi, milliy boylik - yer osti va yer usti boyliklariga to‘la-to‘kis va haqiqiy egalik qilish, ulardan samarali foydalanishni talab qiladi. Iqtisodiy mustaqillikka yetuk va bilimdon, ishbilarmon va tadbirkor mutaxassislarsiz erishib bo‘lmaydi.
    Iqtisodiy mustaqillikka bozor munosabatlarini shakllantirish va ularning amal qilish uchun huquqiy kafolatlar yaratish, tub iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish orqali erishish mumkin. Ma’lumki, yaqin yillargacha xalq xo‘jaligining turli turmoqlarini qator vazirliklar va ishlab chiqarishga dahldor bo‘lgan, mahsulot yetishtirib uni qayta ishlash, sotish imkoniyatiga ega bo‘lgan bu tashkilotlar davlat byudjetidan mablag‘ olib ish yuritishar edi. Hozir ularning ko‘p qismi turli kontsernlar, birlashmalar, hissadorlik tashkilotlariga aylantirildi va tekintomoqlikka chek qo‘yildi. o‘zlari mahsulot ishlab chiqarib, xom ashyoni qayta ishlab, ichki va tashqi bozorga olib chiqib, ana shu yo‘l bilan o‘zlarini ham, davlatni ham boyishi yo‘liga o‘tkazildi.
    Qabul qilingan qonunlar natijasida ko‘p ukladli iqtisodiyot shakllana bordi, korxona va tashkilotlarning xo‘jalik yuritish faoliyatini tartibga soladigan infra tuzilmalar vujudga keltirila boshandi, bozor mexanizmlarini rivojlantirish ishiga mustahkam poydevor qo‘yildi, Respublika iqtisodiga xorijiy investitsiyalarni jalb etishni manfaat va huquqlarini himoya qilishga kafolat yaratadigan imkoniyat yaratildi.
    O’zbekistonda boshqacha yo‘ldan borildi. Isloh qilishning dastlabki bosqichlarida iste’mol bozorini bir qadar cheklashga majbur bo‘lindi. Ayni chog‘da mablag‘ va zaxiralarni iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlarga sarflab, xorijga mahsulot tayyorlaydigan ilg‘or texnologiya bazasi bilan jihozlangan zamonaviy korxonalar barpo etib, ichki bozorni o‘z mollari bilan to‘ldirish yo‘lidan borildi. Shu maqsadlardan kelib chiqib, o‘z-mablag‘larimiz va olgan qarzlarimizning asosiy qismi investitsiyalarga, respublikaga yangi texnologiya va texnika keltirishga sarflandi.
    Bugunga kelib bu siyosat o‘z samarasini bermoqda. Bu Asakadagi avtomobil zavodi, Ko‘kdumaloq va Mingbuloqdagi neft konlarini ishga solish, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, chet ellik sheriklar ishtirokida o‘nlab to‘qimachilik va ip-yigiruv fabrikalari, Andijon, Qo‘qon va Yangiyo‘lda spirt zavodlari, Xorazm viloyatida qand zavodi, Qizilqum fosforid kombinati, Qo‘ng‘irot soda zavodi, Olmaliq va Navoiy kon-metallurgiya kombinatlarini qayta ta’mirlash, yangi temir yo‘l va avtomobil yo‘llari, yangi telekommunikatsiyalar, shahar va qishloqlarni obodonlashtirish, oziqovqat va mahalliy sanoatga qarashli o‘nlab yangi korxonalar demakdir.
    Xususiylashtirish borasidagi barcha ishlar izchil, muntazam olib borilmoqda. Iqtisodiyotning turli sohalarida va Respublika hududlarida mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish bo‘yicha 20 dan ortiq davlat dasturi qabul qilinib, amalga oshirilmoqda.
    Iqtisodiy islohotlarning birinchi bosqichida xususiylashtirish va tadbirkorlikni rivojlantirish sohasida dastlabki natijalar qo‘lga kiritildi. Eng avvalo, kichik xususiylashtirish amalda tugallandi, davlat mulkini boshqarish va uni mulkchilikning boshqa shakllariga aylantirish uchun kerak bo‘lgan muassasalar tizimi, maxsus organlar tuzildi.
    Birinchi bosqichda xususiylashtirishning ushbu jarayoni asosan savdo, aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish, mahalliy sanoat korxonalarini jamoa mulki qilib berish negizida amalga oshirilgan kichik xususiylashtirishdir.
    Uy-joylarni xususiylashtirish ham dastlabki qadam bo‘ldi. Xususiylashtirish jarayonida ilgari davlat ixtiyorida bo‘lgan bir milliondan ortiq kvartira yoki davlat uy-joy fondining 95 foizidan ortiqrog‘i fuqarolarning xususiy mulki bo‘lib qoldi. Bunda har 3 kvartiraning bittasi egalariga imtiyozli shartlar bilan yoki bepul berildi.
    Urush faxriylari, o‘qituvchilar, tibbiyot xodimlari va ilmiy xodimlar, ijodiy ziyolilar kvartiralarning bepul egalari bo‘lishdi.
    Mamlakatimizda o’tkazilayotgan islohotlar innovatsion yuksalish modeli nuqtai nazardan olib borilmoqda. Bunda ta’lim-tarbiya, modernizatsiya, faol tadbirkorlik, faol investitsiya, turizmni rivojlantirish, innovatsion g’oyalar va texnologiyalar,raqamli iqtisodiyot sohalaridagi yo’l xaritalarida amalga oshirilayotgan islohotlar keng qamrovli bo’lib, vazifalar davrga muvofiq qo’yilgan. Shu bilan birga bugungi kunda 2017-2021 yillarga mo’ljallangan Harakatlar strategiyasini amalga oshirish hammamlakatni rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishini o’z ichiga olgan. Ya’ni, davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish; qonun ustuvorligini ta’minlash va sud huquq tizimini yanada isloh qilish; iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish; ijtimoiy sohani rivojlantirish; xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglikni ta’minlash, chuqur o’ylangan, o’zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish.
    Harakatlar strategiyasi rejalari asosida mamlakatimizda sodir bo’layotgan ijtimoiy iqtisodiy o’zgarishlar va xalqaro miqyosida respublikamizni mavqei o’zgarib borayotganini kuzatmoqdamiz. Harakatlar strategiyasi rivojlanishni “o’zbek modeli”ga asoslanib, asosiy g’oyalarini amaliyotga tadbiq qilishi bilan birga yangi vazifalar, yangi imkoniyatlarni joriy etmoqda.
    Harakatlar strategiyasining algoritmi inson manfaatlarini himoyalash jarayonida xalq bilan, boshqa mamlakatlar bilan muloqot olib borishga yo’naltirilgan. Shu sababli inson, davlat, jamiyat o’rtasidagi o’zaro muloqot,
    Bu elementlar o’rtasidagi mavjud bog’lanishlar va ta’sirlarning yanada mustahkamlanishini ta’minlaydi. Albatta, “dialog, so’zlashuv, rahbarlarning xalq bilan so’zlashuvining turli shakllari Kontseptsiya amalga oshirilishinin g eng muhim jihatidir”. Shu sababdan ham davlat va xalq o’rtasida muloqot (dialog) rivojlanishning yangi istiqbollarini ochib berish bilan birga rivojlanish muammolarini qonunlar va farmonlarga tayangan holda hal qilish imkonini beradi.
    Harakatlar strategiyasining rejalarining yo’nalishi ko’p vektorli va har-biri ko’p funktsionallidir.
    Bugungi kunda mamlakatimizda Harakatlar strategiyasi doirasida olib borilayotgan innovatsion rivojlanish bir qator sifat o’zgarishlarda namoyon bo’lmoqda.Ya’ni,“jamiyatningbarchajabhalaridastrukturaviyvafunktsionalyangilanishlarustuvorjarayon gaaylandi. Ma’lumki, “struktura tizimning elementlari o’rtasidagi o’zaro bog’lanish va o’zaro ta’sirlarni o’zida aks ettiradi. Shu sababli strukturaning o’zgarishi jamiyatning ham o’zgarishiga olib keladi”. Darhaqiqat, bunday o’zgarishlar pallasiga kirgan jamiyatda innovatsion texnologiyalarni joriy etish, noan’anaviy fikrlash va faoliyat ko’rsatish, eng yangi ishlab chiqarish usullari va vositalaridan foydalanish ijtimoiy ehtiyoj darajasida ko’rilmoqda. Ya’ni, “biz buyuk kelajagimizni barpo etishni bugundan boshlaydigan bo’lsak, uni aynan innovatsion g’oyalar, innovatsion yondashuv asosida boshlashimiz kerak”. Insoniyat rivojida innovatsion g’oyalarni ilmiy, ijtimoiy yo’nalishni o’zgartiruvchi kuchga egaligini ko’rish mumkin. Ular (innovatsion g’oyalar) inson fan faoliyatining ilmiy, ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy kabi sohalarida shakllanadi.
    Fan sohasidagi innovatsion g’oyalar yangi ilmiy yo’nalishlarni tashkillashtirishga,ishlab chiqarish jarayonlarini yengillashtiradi va yangi sohalarini ochilishi uchun imkon yaratadi.
    Shu nuqtai nazarda mamlakatimizda 2019 yil “Faol tadbirkorlik, innovatsion g’oyalar va texnologiyalarni qo’llab-quvvatlash yili” deb nomlandi.
    Buni mamlakatimizda ta’lim sohasidagi innovatsion o’zgarishlarida ko’rishimiz mumkin. Ayniqsa, harakatlar strategiyasi va keying yillarda ta’lim to’g’risida qabul qilingan qarorlar ta’lim sohasi mamlakatimizdagi olib borilayotgan islohotlarning asosini tashkil etmoqda.
    Hozirgi dunyodagi nihoyatda murakkab vaziyatda inson tez o’zgarib turuvchi vaziyat ga adekvat ravishda mos bo’lishi uchun innovatsion faoliyat ham egiluvchan, o’zgaruvchan bo’lishi kerak. Innovatsion faoliyat doimo yangilanib va to’xtovsiz, muttasil samarasi oshib borishi inson tafakkuriga, uning kreativligi asosida amalga oshiriladi.
    Harakatlar strategiyasida ushbu omillardan foydalanish uchun imkoniyatlar yaratilmoqda. Shu bilan birga yangi vazifalar ham belgilab berilmoqda. Xulosa qilib aytganda, Harakatlar strategiyasining amalga oshirilishi O’zbekiston Respublikasining mamlakatni isloh qilish va modernizatsiyalash, rivojlangan bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy demokratik davlat, kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish, qonun ustuvorligini, xavfsizlik va huquq-tartibotni, davlat chegaralarining daxlsizligini, jamiyatda millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglikni ta’minlash yo’lidagi shaxdam harakatlariga yangi kuch bag’ishlaydi.
    Shu sababli Harakatlar strategiyasining g’oyalarini amaliyotga tadbiq qilish uchun yangi nuqtai-nazar, yondashuvlar, ijtimoiy-iqtisodiy muhitda shakllantirilmoqda. Demak, biz respublikamizni innovatsion rivojlantirish yo’liga o’tgan ekanmiz, inson kapitalini rivojlantirishimiz talab etiladi.

    Download 0.74 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   53




    Download 0.74 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mundarija: I. O’quv materiallar

    Download 0.74 Mb.