• Bolalarning tashqi nafas olish va qon aylanish faoliyatlaridagi o’rtacha o’sish darajalari
  • Oilada jismoniy tarbiya mashqlarini qo’llash yo’llari.
  • Barmoqlarning tortish (qisish) va gavda mushaklarining kuchlari hajmi




    Download 3.64 Mb.
    bet9/13
    Sana24.06.2021
    Hajmi3.64 Mb.
    #15177
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
    1-jadval

    Barmoqlarning tortish (qisish) va gavda mushaklarining kuchlari hajmi


    Bola-lar yoshi

    Jinsi

    Barmoqlarning qisishi, kg

    Gavda mushagi yozilishi, kg

    o’ng qo’l

    chap qo’l

    • x

    s

    • x

    s

    • x

    s

    3

    O’g’illar

    Qizlar


    4,1

    3,5


    0,45

    0,60


    3,5

    3,1


    0,30

    0,28


    17,0

    15,2


    1,14

    1,02


    4

    O’g’illar

    Qizlar


    5,8

    4,9


    0,25

    0,20


    5,4

    5,1


    0,20

    0,42


    17,6

    16,2


    0,70

    0,63


    5

    O’g’illar

    Qizlar


    8,6

    6,7


    0,12

    0,28


    6,3

    7,8


    0,40

    0,38


    22,5

    20,8


    0,70

    0,55


    6

    O’g’illar

    Qizlar


    11,8

    9,9


    0,25

    0,49


    10,7

    9,3


    0,25

    0,29


    27,8

    26,3


    0,75

    0,61


    7

    O’g’illar

    Qizlar


    13,3

    11,5


    0,44

    0,42


    11,8

    9,9


    0,26

    0,35


    34,5

    30,8


    1,20

    0,80



    Eslatma: : o’rtacha ko’rsatkichlar.

    s: umuiy holatdan og’ish darajasi.

    Ma’lumki, bolalarning gavda rivojlanishi, harakatlar-ning mukammallashi, kuch, tezlik, chidamlilik va egiluvchanlik kabi jismoniy sifatlari 3-5 va ayniqsa 6-7 yoshida aynan namoyon bo’ladi. bu jarayonalar tana a’zolarining ichki va tashqi ko’ri-nishlariga ijobiy ta’sir o’tkazadi. Bunday holatlarni ilmiy sinov tajribalardan o’tkazish deyarli barcha yirik shaharlar doirasida olib borilmoqda.

    Ma’lumki, Qozog’iston va O’zbekistonning tog’li va tog’ oldi hududlaridagi shaharlar (Almati, Chirchiq, Angren va h.k.) iqlim sharoiti va aholining yashash sharoitlari bir-biriga yaqin turadi. Shu asosda Qozog’iston olimlari L.I. Orlov, O.I. Kasimbekova, E.P. Karavaevalarning ilmiy tadqiqotlari natijalaridan namu-nalar keltirildi (2-jadval).

    Jadval ko’rsatkichlaridan ma’lumki, nafas olish tezligi bolalar o’sgan sayin kamayadi va o’pka sig’imidagi havo esa 2-3 barobar oshib boradi. Kichik bolalarda qon tomiri va yurak urishi nisbatan ancha tezroq bo’ladi, qon bosimi ham katta yoshdagilarga (6-7) nisbatan pastroq turadi. Bu ko’rsatkichlar tinch holda turganda ancha pasayadi va faol harakatlarning (yurish, yugurish, sakrash, osilish, tortilish va h.k.) turlari hamda ularni bajarish darajalariga qarab 3-4 baravar ortishi tabiiydir.

    2-jadval

    Bolalarning tashqi nafas olish va qon aylanish faoliyatlaridagi o’rtacha o’sish darajalari



    Ko’rsatkichlar nomi

    Yoshlari

    3

    4

    5

    6

    7

    1.

    Nafas olish tezligi, 1 daq.

    25

    24,5

    23,7

    23,2

    21,3

    2.

    O’pka havo sig’imi, ml

    625,0

    761,1

    1405,5

    1717,7

    1971,1

    3.

    Kislorodni qabul qilish, mlG’minG’kg

    9,0

    9,0

    8,4

    7,6

    7,7

    4.

    Yurak qisqarish tez-ligi, 1 daq.

    103,5

    100,3

    97,4

    91,7

    90,0

    5.

    Arteriya qon bosimi, yuqorisi va quyisi, mm.sim. ust

    98,8

    55,5


    99,3

    53,6


    108,5

    56,9


    105,2

    64,4


    103,4

    62,1


    6.

    Qonning 1 daq dagi hajmi, l

    3,18

    3,70

    3,87

    4,08

    4,28

    7.

    Qon tomiri urishi, ml,urishi, daq.

    1,23

    1,60

    1,90

    2,13

    2,20

    Demak, oila sharoitlarida bolalardagi o’sish, rivojla-nishlarni nazorat qilishda ularning tana og’irligi, gavdadagi kenglik-uzunliklar, o’pka, yurak, qon tomiri kabi a’zolarning o’lchov darajalariga alohida e’tibor berish lozim. Ular talab darajasida bo’lsa, avvalo bolalar sog’lom o’sadi va keyin esa ota-onalarning osoyishtaligi buzilmaydi.

    Oilada jismoniy tarbiya mashqlarini qo’llash yo’llari. Bolalarning ma’naviy va jismoniy jihatdan kamol topishida oila asosiy bosqich bo’lib hisoblanadi. Shu sababdan ham ota-onaning farzandlar oldidagi burchi va mas’uliyati beqiyos ko’p daraja bo’ladi. Bunda har bir ota-onaning kundalik yashash tartibi va jismoniy mashq-o’yinlar haqidagi ma’lumotlar, tushunchalar hamda nazariy bilim va amaliy bilimlarga ega bo’lishi burch hisoblanadi. Bolalar bilan birgalikda mashq-o’yinlarni bajarish, ularning erkin-mustaqil holatda o’ynash-larini nazorat qilish, jismoniy jihatdan o’sish jarayonlarini kuzatish va bilish, ayniqsa mashq-o’yinlarni bolalarning yoshi, jismoniy holati – salomatligiga qarab tanlash, ularni bajartirish esa ota-ona mas’uliyatidir. Bunda quyidagilarga amal qilish zarur bo’ladi, ya’ni:

    - bog’chalarga qatnaydigan farzandlarning salomatligi, jismoniy jihatdan rivojlanishini tarbiya muassasalari xodimlari bilan birgalikda kuzatish va o’rganish iqtidorli bolalarga qo’shimcha mashq-o’yinlarni uy sharoitida berish;

    - bog’chaga qatnamaydigan bolalarning salomatligi va jismoniy jihatdan rivojlanish darajalarini uy sharoitida poliklinika shifokorlari ko’magida tekshirish;

    - yurak-qon tomirlarining urish holatlarini (har bir daqiqada: 10 soniyada necha marotaba urishini 6 raqamiga 1 daqiqa o’lchovi ko’paytirib) bilish, nafas olish holatini tekshirish, qon bosimi miqdorini aniqlash kabi birinchi tekshiruvlarni ota-ona o’zlashtirib olishlari maqsadga muvofiqdir.

    Bog’chaga qatnamaydigan bolalar uchun uy sharoitidagi kundalik tartibda jismoniy mashq-o’yinlar bilan shug’ullanti-rishning namunaviy rejasini taxminan quyidagicha belgilash va amalga oshirish mumkin, ya’ni:

    1. ob-havoning holatini kuzatish;

    2. ertalab soat 6-8 da yugurish, gimnastika mashqlarini bajarish (15-20 daqiqa);

    3. soat 10-11 da ochiq havoda yurish, yugurish, o’yinlar;

    4. soat 17-18 da tengqur bolalar bilan birgalikda o’ynash – 50-60 daqiqa;

    5. soat 19-20 da sayr qilish. Kechki harakatli o’yinlarni takrorlash – kamida 20-30 daqiqa.

    Dam olish kunlari oila a’zolari birgalikda sayr-tomosha qilish, turli mashq-o’yinlarni musobaqa shaklida bajarish va h.k.

    Oilada bolalarning jismoniy jihatdan rivojlanishini o’stirish va ularning sport turlariga qiziqishini uyg’otish, tarbiyalashda imkoniyat darajasida quyidagi sharoitlarni yaratish mumkin:

    - turli shakl va vazndagi to’plarni yig’ish;

    - arg’amchi yoki uning o’rnini bosuvchi arqonchalarni yasash; qizlarga chambarak;

    - rezina gantellarni xarid qilish;

    - ixcham va o’zlariga loyiq kiyimlarni olib berish;

    - hovli yoki ayvonda kichik narvonchalarni o’rnatish;

    - sport burchagini tashkil etish.

    Shu asosda bolalarning yoshiga qarab mashq-o’yinlarni bajartirish va harakat malakalarini (epchillik, hushyorlik, muvozanat saqlash va boshqa sifatlar) tarbiyalashni amalga oshirish zarur bo’ladi.

    Eng kichik bolalik (1 yoshgacha va undan ham keyin) davridan boshlab harakatli o’yinlarga qiziqtirish va ularni me’yorida bajarishni ta’minlash muhim ahamiyatga ega. Chunki, ko’pchilik o’yinlar orqali barcha tabiiy harakatlarni (o’rindan turish, qadamlab yurishni boshlash – 7-9 oylik) erkin ravishda yurish, sekin yugurish, osilish, tortilish, to’plarni otish, tepish va h.k. o’yinlarni bajarishga kirishishda (1-2 yosh) turli xil o’yinlar muhim omil bo’lib xizmat qiladi.

    Qaysi harakatli o’yin bo’lmasin, ularni bajarishda barcha bolalarning emotsional darajasini ko’taradi. Bu esa quvnoq bo’lib o’sishiga ijobiy ta’sir etadi.

    Shuningdek, harakatli o’yinlar orqali bolalarning aqliy va axloqiy, odoblarini ham tarbiyalashni amalga oshiriladi.

    Bolalarda to’p va boshqa buyumlar, o’yinchoqlarga talashib, xasislik xususiyatlari ancha kuchli bo’ladi, ya’ni “meniki” degan hukm kuchli bo’lib, hatto boshqalarnikini ham “o’ziniki qilib” olishga urinadi. Bu salbiy xususiyatlarni yo’q qilib bo’lmaydi, lekin kamaytirish mumkin. Buning uchun bolalar (boshqalar bilan birgalikda) o’ynaganda o’rtoqlik, do’stlik his-tuyg’ularni shakllantirish zarur. Ota-onalarga bu yo’lda koyish, so’kish, ta’qib qilish bilan emas, yaxshi muomalalarni qo’llashlari kerak. Masalan, bu sening akang (ukang), sening yaxshi o’rtog’ing, senga ham o’yinchoqlarini beradi kabi iboralardan ko’proq foydalanish lozim bo’ladi.

    Harakatli o’yinlar jarayonida qo’l, oyoqlar, gavda va bo’g’inlarning har xil shaklda harakat qilishi sodir bo’ladi. Shu sababdan bunday o’yinlarning mazmuni va tarbiyaviy jihatlariga qarab qo’llash vaqti, joyi va bajarish me’yorlarini albatta inobatga olishga to’g’ri keladi.

    O’yin mashqlar jarayonida (ko’pchilik birgalikda) chaqirish, baqirish, qattiq kulish va hatto qo’shiqlar aytish kabi holatlar yuz berishi tabiiydir. Shu sababdan bolalarning tomoq yo’llari va ovozning past-baland chiqishlariga ham e’tiborni qaratish zarurdir.

    Dam olish kuni va bayramlarda shahar atroflarida sayr qilishda bolalarda tabiat manzaralari, turli xil o’simlik, hashorat va hayvonlar hamda parrandalarga qiziqishi paydo bo’ladi. Ular haqida aniq ma’lumotlarni berish ota-ona uchun burchdir. Demak, ota-onalar hayvonot va o’simlik dunyosi bilan ham yaqindan tanish bo’lishlari lozim.

    Yuqorida bayon etilgan tadbirlarni maqsadli va uzluksiz ravishda amalga oshirilsa bolalarda jismoniy rivojlanish, aqliy taraqqiyot va mustaqil harakat qilish, fikr yuritish imkoniyatlari tarbiyalanib, ularning maktabda yaxshi va a’lo darajada o’qishlariga zamin bo’ladi.

    Bola o’tirish va emaklash hamda xontaxta, devorlarga suyanib turish, yurishni boshlaganda ko’proq o’yinchoq, kichik to’plarga etib olish, ushlash, otishni o’rgatish lozim. Bunda bolalarning harakatchanlik, tezlik, epchillik, chamalash, muvozanat saqlash kabi qobiliyatlari shakllanib, kun sayin takomillashadi. Bunda raqslarga tushirish, so’zlarni aniq-burro qilib talaffuz etish-lariga ham e’tibor qaratilishi lozim. Ya’ni “qushlar uchdi” (qanot qoqish), “xo’roz qichqirdi”, “it vovulladi”, “eshak hang-radi”, “ot kishnadi”, “qo’y-echkilar ma’radi” kabi o’yinlarga o’rga-tish (harakat va ovoz tarbiyasi) mumkin. Bu jihatlar hayvonot olami, parrandalar hayoti bilan tanishishda ham o’ziga xos tarbiya bo’ladi.

    Yana muhimi shundaki, o’yinlar va turli mashqlar bilan shug’ullantirish jarayonida bolalarning tana a’zolari tabiiy harakatlarni erkin va yaxshi bajarishlariga yordam beradi. Ularga misol tariqasida quyidagi amaliy tadbirlarni ko’rsatish mumkin, ya’ni: 4-7 yoshdagilar uchun:

    Yurish: oyoq uchlari, tovon, tashqi va ichki iz bilan yurish. Bunda qo’llarni yonga yozish, baland ko’tarish, elkaga qo’yish, beldan ushlash kabi mashqlar yarim o’tirgan, o’ng va chap tomonlarga izma-iz, chalkashtirib yurish, orqaga yurish, ko’zni yumib yurish kabilar.

    Yugurish: chiziq usti, ingichka yo’l, to’g’ri yo’llarda qadamlarni qisqa, keng, baland ko’tarib yugurish; oyoqlarni juft qilib yugurish (qop ichida), oyoqlarni oldinga, orqaga va yon tomonlarga silkitib yugurish.

    To’plarni urib yuritish, ilib olish, otish, savatga tushirish. Bolalar o’rtasida o’zaro to’pni bir-biriga uzatish (otish) va ilib olish, egri-bugri shaklida to’pni yuritish, uzoqqa otish, to’ldirilgan to’pni bir va ikki qo’llab uzoqqa otish.

    Sakrashlar: joyda turib oyoqlar juft va yozilgan holda sakrash, qo’llarni baland ko’tarib, orqada qarsak chalish, tor yo’l yoki chiziqlar ustida sakrab o’tish; oyoqlarni juftlab oldinga, orqaga, yon tomonlarga sakrash. Bir oyoqda sakrash va juft holda sakrab, yana bir oyoqda sakrash; joydan balandlikka sakrash, balanddan (40-50 sm) pastga sakrash, arg’amchida bir oyoqlab, juft qilib va qadamlab sakrash; yugurib kelib balandga sakrash.

    Emaklash va tortilib chiqishlar: o’tirg’ich yoki ixcham to’shakchi ustida tirsaklarga tayanib emaklash; tizzalarda yurish; chambarak ichidan emaklab, tortinib o’tish; qiya narvonga chiqish va tik zinalaridan tushish; arqon, narvondan chiqish va tushish; o’tirg’ich yoki erda qo’l va tizzalarga tayanib, orqaga yurish; tik arqonda osilib turish, oyoqlarni qisib, cho’zilib chiqish harakati va h.k.

    Jismoniy tayyorgarligi oshgan va iqtidorli 5-7 yoshdagi bolalarga yuqoridagi mashqlarni murakkablashtirish va qo’shimcha o’yin-mashqlarni (futbol, stol tennisi, badminton, kurash, suzish va h.k. sport elementlari qismlarini) o’rgatish bilan ularni sportga qiziqtirish va to’garak mashg’ulotlariga, hatto BO’SMga jalb etish mumkin.

    Ta’kidlash lozimki, mashg’ulot jarayonlarida asbob-uskunalarning nomi, hajmi, yaratilishi va qaysi jihatlarda ko’proq qo’llanishlari haqida qisqa tushunchalar berib borish ular uchun foydali bo’ladi.

    Bolalarning juft va guruh bo’lib o’ynashlarida, shuning-dek, oilaviy o’yin-mashqlar jarayonida aralash harakat o’yinlardan foydalanish yaxshi samara beradi va barcha fazilatlar hamda jismoniy sifatlarni tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.

    Bunda “bo’sh joy”, “uchinchisi ortiqcha”, “qopqon”, “tuzoq”, “xo’rozlar jangi”, “mushuk va sichqon”, “to’p boshlovchiga”, “kartoshka ekish” kabi harakatli o’yinlarni osonlashtirilgan shakl va o’yin qoidalari bo’yicha tashkil qilishni tavsiya etiladi.

    Xulosa shundan iboratki, maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi va uni maqsadli ravishda bog’chalar hamda oila muhitida amalga oshirish eng murakkab va mas’uliyatli pedagogik jarayondir. Bu yo’lda mashg’ulotlarni qiziqarli, mazmunli qilib tashkil qilishda o’yin maydonlari, sport zallari, suv havzalari va ularni zamonaviy asbob-uskunalar bilan ta’minlash, jihozlash asosiy o’rinda turadi. Shuningdek, ta’lim-tarbiya jarayonlarini talab darajasida tashkil qilish, bolalarning salomatligini nazorat qilish va tekshirib baholashda tarbiya muassasalari xodimlarining faoliyati ham ustun turadi.

    Bog’chaga qatnaydigan yoki uy sharoitida yashovchi bolalarning sog’lom o’sishlari uchun o’yin-mashqlar bilan tarbiyalashda oilaning o’rni va mas’uliyatlari davr talablarida bo’lishini hayot taqozo etadi.



    Download 3.64 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




    Download 3.64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Barmoqlarning tortish (qisish) va gavda mushaklarining kuchlari hajmi

    Download 3.64 Mb.