• II BOB. ARXIV MANBALARNI HISOBGA OLISH VA ARXIV MANBALARNING AXAMIYATI......................................................................18
  • XULOSA ...............................................................................................................37
  • Mundarija: kirish




    Download 166.19 Kb.
    bet1/6
    Sana10.05.2022
    Hajmi166.19 Kb.
    #20840
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Arxiv manbalarning o\'lka tarixini o\'rganishdagi axmiyati
    METODLAR

    MUNDARIJA:
    KIRISH ....................................................................................................................2
    I BOB. ARXIVSHUNOSLIK TO'G'RISIDA UMUMIY MA'LUMOTLAR. ULARNING TURLARI VA AHAMIYATI..........................................................5
    1.1 Arxivshunoslik to`g`risida umumiy ma`lumotlar...........................................5
    1.2 Tarixiy o`lkashunoslikda yozma manbalarning ahamiyati va ularning turlari.......................................................................................................................10
    II BOB. ARXIV MANBALARNI HISOBGA OLISH VA ARXIV MANBALARNING AXAMIYATI......................................................................18
    2.1 Tarixiy o`lkashunoslikni o`rganishda arxiv manbalarining ahamiyati........18
    2.2 Arxiv manbalarni hisobga olish, saqlash va ulardan foydalanish to`g`risida umumiy ma`lumotlar..........................................................................................26
    XULOSA ...............................................................................................................37
    ADABIYOTLAR RO'YXATI .............................................................................38
    KIRISH
    Mavzuning dolzarbligi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov o‘zining “Yuksak ma’naviyat – engilmas kuch” asarida yosh avlod qalbida yuksak ma’naviyatni shakllantirishda ta’lim-tarbiya tizimining o‘rni yuksakligiga alohida e’tibor qaratib “... farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lgan, ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga etkazish – ta’lim-tarbiya sohasining asosiy maqsadi va vazifasi bo‘lishi lozim, deb qabul qilishimiz kerak”1, - deb ta’kidlab o‘tadi.
    Ma’lumki, axborot va bilimlar doirasi tez sur’atlar bilan kengayib borayotgan hozirgi sharoitda barcha ma’lumotlarni faqat dars mashg‘ulotlari paytida talabalarga etkazish vaqt nuqtai nazaridan amalga oshirish mushkul vazifa hisoblanadi.
    Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, talaba mustaqil ravishda shug‘ullansa va o‘z ustida tinimsiz ishlasagina bilimlarni chuqur o‘zlashtirishi mumkin. Talabalarning asosiy bilim, ko‘nikma va malakalari mustaqil ta’lim jarayonidagina shakllanadi, mustaqil faoliyat ko‘rsatish qobiliyati rivojlanadi va ularda ijodiy ishlashga qiziqish paydo bo‘ladi.
    Shuning uchun talabalarning mustaqil ta’lim olishlarini rejalashtirish, tashkil qilish va buning uchun barcha zaruriy shart-sharoitlarni yaratish, dars mashg‘ulotlarida talabalarni o‘qitish bilan bir qatorda ularni ko‘proq o‘z ustida mustaqil ta’lim olish uchun yo‘llanma berish oliy ta’lim tizimida faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilarning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
    Talabaning mustaqil ishi – muayyan fandan o‘quv dasturida belgilangan bilim, ko‘nikma va malakaning ma’lum bir qismini talaba tomonidan fan o‘qituvchisi maslahati va tavsiyalari asosida auditoriya va auditoriyadan tashqarida o‘zlashtirilishiga yo‘naltirilgan tizimli faoliyatdir.
    Boshlang’ich sinf matematik darslarida ilg’or pedagogik texnologiyadan foydalanib dars o’tilsa, o’qitish jarayoni takomillashadi. Kurs ishi dolzarbligi ana shu bilan asoslanadi.
    Arxeologlar qazishma usuli bilan ish ko`radilar. Ayniqsa yozuvlar paydo bo`lmasdan burungi davr tarixini arxeologiya qazishmalarida topilgan buyumlar to`ldiradi, arxeologiya qazishmasining natijalari matbuotda keng yoritib boriladi. Katta qurilishlardao`tkaziladigan er qazish ishlarida arxeologiya buyumlariga ehtiyot bo`lish yuzasidan ilmiy tushuntirishlar o`tkaziladi. Arxeologiya fani hali boshqa fanlarga qaraganda yosh bo`lishiga karamasdan, dunyoda katta e`tibor qozongan va hammani qiziqtirgan fandir. Tarixchilikning katta yutuqlaridan biri arxeologiyaga katta e`tibor berganligi bilan belgilanadi. Jamiyat tarixi ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivoji va shu asosda ishlab chiqarish munosabatlarining turli davrda o`zgarib borishidan iborat ekanligi fanda e`tirof etilgach, tarixni ijtimoiy-iqtisodiy tuzumlarga ajratib davrlash masalasi kun tartibiga qo`yildi. Tarixchilikda butun insonyyat tarixi quyidagi davrlarga bo`lib o`rganiladi: 1. Ibtidoiy jamoa tuzumi davri. 2. quldorlik davri. 3. Feodalizm davri. 4. Kapitalizm davri. Hozirgi fanning aniqlashiga ko`ra, kishilik jamiya-ti tarixi bir million yilga yaqinlasha boradi. SHu uzoq davrning oxirg`i ming yillaridangina sinfiy jamiyat, ya`ni quldorlik jamiyati vujudga kelgan bo`lib, unga qadar o`tgan davrlar ibtidoiy jamoa davrini, ya`ni sinf paydo bo`lgunga qadar o`tgan davrni o`z ichiga oladi. O`zbekistonda tarix fani rivoj topgunga qadar, birinchidan, tarixni ishlab chiqarish usullariga qarab davrlashtirish yo`q edi. O`zbekistonda, umuman O`rta Osiyoda ibtidoiy jamoa davri bo`lganligiga shubha bilan qaralgan edi. Ikkinchidan, O`rta Osiyoga aholi eron va Shimoliy Hindiston tomondan ko`chib kelgan, deb taxmin qilinar edi. quldorlik davri ham go`yo bo`lmagan, eng qadimgi zamonlardan tortib, so`nggi Buxoro amirlari yamonigacha O`rta Osiyo xalqlarining hayotida o`zgarish bo`lmagan, deb uqtirilar edi. Bundan tashqari jamoat o`lkashunosligiga mustaqil ravishda tanga pullarni o`rganuvchi mutaxassislar — numizmatlar, muhrlarni o`rganuvchilar sfragistlar, tamg`a (gerb)larni o`rganuvchilar — geraldistlar, tosh, metall, sopol va yog`ochdagi yozuvlarni o`rganadigan olimlar-epigrafistlar, eski asbob-uskunalar va qurol-aslaha hamda shu kabi narsalarni to`plovchilar ham uyushadi. Maktab o`lkashunosligi esa maktablarda tarih inson va jamiyat fani o`qituvchilarining bevosita rahbarligida tashkil qilinadi. Maktab o`lkashunosligining a`zolari V-X (XI) sinflarning eng intizomli va a`lochi o`quvchilaridan tuzilib, ular o`lka materiallarini to`rt guruhga bo`lingan holda to`playdilar. To`plangan arxeologik, etnografik, toponimik va arxiv hujjatlari maktab o`lkashunoslik va tarix muzeylarida namoyish qilinadi. Maktab o`lkashunosligi ta`lim-tarbiyani turmush, ishlab chiqarish, yangi jamiyat qurish tajribasi bilan uzviy bog`liq holda o`rganadi. O`qitish jarayonida o`lka materiallaridan o`rinli foydalanish o`quvchilarning o`z o`lkasi tarixini bilib olishga, chuqur bilim olishga, mustaqil ijod qilishga bo`lgan qiziqishini orttiradi va kelgusi hayot yo`lini tanlab olishga yordam beradi.

    Download 166.19 Kb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 166.19 Kb.