Musiqa madaniyati
Musiqa ta’limining ham bola shaxsini shakllantirishdagi o‘rni beqiyos. Shunday ekan, ushbu fan o‘qitilishida samaradorlikni oshirish, shaxsning ta’lim markazida bo‘lishiga e’tibor qaratish musiqa madaniyati fani o‘qituvchilariga alohida mas’uliyat yuklaydi. Musíqa (yunoncha μουσική - ilhom parilari san’ati) - tovush san’atidir; musiqiy asarga nisbatan ham musiqa atamasi qo‘llanishi mumkin. Prezidentimizning “Musiqa va san’at maktablarining moddiy-texnik bazasini yaxshilash to‘g‘risida”gi 910-sonli qarori doirasida amalga oshirilayotgan ishlar zamirida o‘quvchilarimizni barkamol qilib tarbiyalash, ma’naviyatli yoshlar orqali yurtimiz taraqqiyotining poydevorini mustahkamlash, uning buyuk kelajagini bunyod etishdek ezgu maqsad yotadi.
2012-2013-o‘quv yili uchun takomillashtirilgan o‘quv dasturi bola ruhiyati va ma’naviy ola-mini go‘zallashtiruvchi, Vatan tuyg‘usini kuchaytiruvchi, milliy va umuminsoniy qadriyatlar tarannumi aks etgan kuy-qo‘shiqlar bilan boyitildi. Optimallashtirilib, qayta ishlangan o‘quv dasturi asosida tuzilgan taqvim-mavzuli reja asosida 2—7-sinflarga jamoa bo‘lib kuylash uchun quyidagi qo‘shiqlar kiritildi: 2-sinfda “Bolalar qo‘shig‘i”, Mirshakar she’ri, X. Dastur - 1) biron-bir faoliyat, ishning mazmuni va rejasi; 2) siyosiy partiyalar, tashkilotlar, alohida arboblar faoliyatining asosiy qoidalari va maqsadlari bayoni; 3) oʻquv fani mazmunining qisqacha izohi; 4) teatr, konsertlar va b. Mirshakar (taxallusi; asl ism-sharifi Mirshakarov Mirsaid) (1912.23.4, Tojikiston, Shugʻnon tumani - 1993.31.8, Dushanba) - tojik shoiri, dramaturg . Tojikiston xalq shoiri (1962). Tojik adabiyotida sheʼriyatning epik janrlarini rivojlantirgan. Hasanova musiqasi, “Sho‘x bolajonlar”, I.Jiyanov she’ri, X. Hasanova musiqasi “Quyosh”, I.Jiyanov she’ri, G.Qo‘chqorova musiqasi; 3-sinfda “Maktabim”, A. To‘xtayev she’ri, X. Inag‘omov musiqasi, “Bolalik”, Dilnur she’ri, X.Hasanova musiqasi; 4-sinfda “Vatan”, X.Raxmat she’ri, X.Hasanova musiqasi, “Mehrli kunlar”, N.Isroilov she’ri, X.Hasanova musiqasi, “Navbahor”, N.Narzullayev she’ri, G.Qo‘chqorova musiqasi, “Maktab”, K.Turdiyeva she’ri, J.Abdurahmonov musiqasi; 5-sinfda “Mening diyorim”, I. Jiyanov she’ri, X. Hasanova musiqasi, “Navro‘z”, K.Turdiyeva she’ri, N.Qurbonova musiqasi, “Sumalak”, A.Obidjon she’ri, X.Hasanova musiqasi, “Barkamol avlod”, I. Mirzo she’ri, I.Yo‘ldosheva musiqasi, “Gullar”, Fotima va Zuhra Ziyomuxamedova she’ri va musiqasi; 6-sinfda “Ustozlar”, G.Qo‘chqorova she’ri va musiqasi, “Sport”, K.Turdiyeva she’ri X. Hasanova musiqasi; 7-sinfda “Tinchlik bo‘lsin”, X. Axmedova she’ri,
X. Hasanova musiqasi, “Shodiyona”, R.Isroilova she’ri, X.Hasanova musiqasi, “O‘zbekiston”, M.Omon she’ri, D.Omonullayeva musiqasi.
O‘quvchilarning musiqaga qiziqishi, o‘zlashtirish samaradorligini oshirish uchun o‘qituvchilar quyidagi jihatlarni e’tiborga olgan holda darslarni rejalashtirishi lozim:
— nazariy mashg‘ulotlarda o‘quvchilarda musiqa savodi haqida umumiy tushunchani shakllantirish va notalar haqida bilim berish;
— musiqiy cholg‘ularni xususiyatiga ko‘ra guruhlarga bo‘lib o‘rgatish;
— dirijorlik qoidalari va ko‘nikmalarini shakllantirishda o‘quvchilarga tanish bo‘lgan musiqiy asarlardan foydalanish.
O‘qituvchilar shunga asosiy e’tibor qaratishi lozimki, amaliy mashg‘ulotlarda o‘quvchilar tinglash, jamoa bo‘lib kuylash, musiqaga ritmik jo‘r bo‘lish faoliyat turlarini bajaradilar.
Qo‘shiq o‘rgatishdan avval ovoz sozlash mashqlari bajariladi. Bunda ovozning sof, tiniq sozlanishiga erishish va o‘quvchilarni toliqtirib qo‘ymaslik uchun notalar o‘rniga so‘zlar qo‘yib, musiqiy shaklda kuylanadi. Bunday kuylash o‘quvchilarning talaffuzi rivojlanishini ham ta’minlaydi. Ovoz sozlash mashqlari bolalarga yaqin she’riy misralar, tez aytishlar, o‘yin sanoqlaridan tashkil topgan bo‘lishi mumkin. Bunda to‘g‘ri nafas olish va nafas chiqarish qoidalari haqida ham tushuncha berilishi lozim. Nafas olish texnikasini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish uchun bolalarga shar puflash mashqini bajartirish tavsiya etiladi.
Boshlang‘ich sinflarda musiqiy asarlarning diapazoni kvinta oralig‘ida bo‘lishi, seksta intervalidan oshmasligi lozim. Ovoz sozlash mashqlaridan so‘ng qo‘shiq o‘rgatishga o‘tish mumkin. Bunda avval qo‘shiq matni va mualliflari haqida qisqagina ma’lumot suhbat tarzida beriladi. Suhbat o‘quvchilarda mavzu haqida to‘liq tushunchaga ega bo‘lib, fikr-mulohazasini ifodalash ko‘nikmasi rivojlanishiga yordam beradi.
Ritmik jihatdan qiyinchilik tug‘diradigan qo‘shiqlarning ritmini avval chapak yordamida o‘rganib, so‘ng so‘zlar bilan takrorlab, so‘z va ritm aniq o‘zlashtirilgandan so‘ng ohang yo‘li o‘rgatilishi tavsiya etiladi. Musiqa savodi mashg‘ulotlarida esa asta-asta milliy cholg‘ular bilan tanishtirgan holda keyinchalik notalar haqida bilimlar boyitib boriladi.
Boshlang‘ich sinflarda bolaning tez toliqishini inobatga olgan holda amaliy mashg‘ulotlardan so‘ng musiqa tinglash, musiqa ijodkorligi hamda bolalarning musiqa asboblariga jo‘r bo‘lib kuylashi kabi faoliyat turlarini amalga oshirish mumkin.
4—6-sinflarda ham ovoz sozlash va qo‘shiq o‘rganish jarayonlari quyi sinflarniki kabi bo‘lib, ovoz diapazonini sekunda va tersiya intervaligacha ko‘tarish mumkin. Bu yoshdagi o‘quvchilarning musiqiy tarbiyasida jamoa bo‘lib kuylash va tinglash bilan birga, musiqaga mos raqs elementlarini bajarish boladagi jismoniy sezgirlikni, musiqiy xarakterni to‘g‘ri anglash va unga munosabat bildirish ko‘nikmalarini rivojlantiradi.
7-sinf o‘quvchilarining musiqiy va estetik didi bir muncha shakllangan bo‘ladi. Shuning uchun bu yoshdagi o‘quvchilarga zamonaviy musiqa va jahon musiqa madaniyatining ko‘zga ko‘ringan sozanda va xonandalarining ijrosini eshittirish lozim. O‘smir yoshga mo‘ljallangan barcha turdagi ovoz sozlash mashqlari ham shunga xos tanlanadi. Ushbu ovoz sozlash mashqlari qo‘shiqlardan olingan lavhalar ko‘rinishida bo‘lishi hamda notalarning nomlari bilan berilishi mumkin. Bunda mashqlar quyi sinflarga qaraganda ritmik va ohang jihatdan murakkabroq bo‘lishi maqsadga muvofiq. Bu yoshdagi o‘quvchilarning ijro repertuariga alohida e’tibor berish talab etiladi. Chunki ularning ijro mahorati darajasi ancha o‘sgan, ko‘nikma va malakalari shakllangan bo‘ladi.
7-sinf o‘quvchilari bilan tinglash faoliyatini amalga oshirish jarayonida musiqani anglashga, uni idrok etishga, cholg‘ularni bir-biridan farqlashga, musiqiy janrlarni ajratish hamda diqqatni jamlashga o‘rgatish tavsiya etiladi.
Musiqa madaniyati darslarida kompyuterning sibelius programmasidan foydalangan holda musiqa savodi, musiqa tinglash kabi faoliyat turlarini amalga oshirish mumkin. O‘quvchilar mazkur programma orqali nota yozuvini o‘zlashtirishda muammoga duch kelmaydi. Musiqa madaniyati darslarida mavzuga oid slaydlar, texnologik xaritalar, multimedia darslar, ko‘rgazmali, tarqatma materiallar, mavzuga oid animatsion tasvirlar hamda tinglash uchun operalarning audio va video variantlaridan foydalanish maqsadga muvofiq.
| Xarita (yun. chartes - varaq yoki xat yoziladigan papirus), karta - Yer yuzasi, boshqa osmon jismlari yoki kosmik fazoning matematik aniq belgilangan, kichraytirilgan, umumlashtirilgan tasviri. Qabul qilingan shartli belgilar sistemasida ularda joylashgan obʼyektlar koʻrsatiladi (q. Geografik xaritalar, Xaritagrafiya) |
Musiqa madaniyati darslarida internet tarmog‘idan foydalanish o‘quvchilarda qiziqishni oshirib, ularning dunyoqarashini shakllanishiga yordam beradi. Internet tarmog‘idan foydalanishda quyidagilar tavsiya etiladi:
1. Internet tarmog‘idan foydalangan holda musiqa tinglash uchun sinf fonotekasini tashkil etish.
2. Enkor, sibelius (notalarni terish, notali matnlar ijrosi) dasturlaridan foydalanib darslarni tashkil etish.
3. Musiqa madaniyati faniga oid yangiliklarni izlab topish va amaliyotga joriy etish.
4. Ta’lim saytlaridan foydalangan holda kerakli manba va ma’lumotlarni o‘quvchilarga o‘rgatish.
5. Internet tarmog‘idan foydalangan holda fanga oid turli tadbirlar, konferensiyalar va videoroliklarni masofaviy ta’lim asosida amalga oshirish.
Bugungi kunda Internetning turli saytlaridan musiqa madaniyati fani bo‘yicha kerakli ma’lumotlarni topish mumkin. Quyida shunday saytlardan ayrimlari sanab o‘tilgan bo‘lib, musiqa madaniyati darslarini tashkil etishda tayyorgarlik ko‘rish uchun ushbu saytdagi ma’lumotlar va metodik qo‘llanmalardan foydalanish tavsiya etiladi:
http://www.uzedu.uz
http://www.rtm.uz
http://pedagog.uz
http://www.ziyonet.uz
http://www.marifat.uz
|