|
Mustaqil ish Tayyorladi; Fayzullayev Xasan Eshqulovich
|
bet | 1/4 | Sana | 13.11.2023 | Hajmi | 41.7 Kb. | | #98166 |
Bog'liq FAYZULLAYVXASANAxborotlarni himoyalash va arxivlash orqali yuklash akme 8, 30217
Axborotlarni himoyalash va arxivlash orqali yuklash
Mustaqil ish
Tayyorladi ; Fayzullayev Xasan Eshqulovich
Axborotlarni himoyalash, arxivlash va yuklash
Kompyuter qanchalik zamonaviy bo‘lmasin, undagi bo‘sh joy bir kelib to‘lib qoladi. Bunday holatda, albatta yangi hajmi ko‘proqdisk (vinchester) o‘rnatish kerak. Lekin bunga moliyaviy imkoniyat bo‘lmasa, bir xil fayllarni vaqtincha ishlatmaslik yoki
virusdan himoyalash uchun ularni maxsus arxiv fayllariga joylashtirish bu muammoni yechimi hisoblanadi. Arxivator-dasturlar har xil: Zip,
RAR, Arj va hokazo. Ularning har bir operatsion tizimga mo‘ljallangan
versiyalari mavjud.
Windows operatsion sistemasida keng foydalaniladigan
arxivatorlar bu: WinZIP, WinRAR, ZipMagic va boshqalar.
Biz ko‘rib chiqadigan arxivator bu WinRAR arxivatori. U juda
ko‘p imkoniyatlarni beradi: fayllar va kataloglarni arxivga joylashtirish,
arxivdan chiqarish, arxivni tekshirish, arxivni yangilash, o‘zi
ochiladigan (SFX) arxivlarni yaratish, bir nechta qismga parchalangan
ko‘p jildli (qismli) arxivlarni yaratish, ularni shikastlanishdan
himoyalash va xokazo.
WinRAR for Windows dasturining oynasi:
Bu dasturga kirgandan keyin maxsus oynasi hosil bo‘ladi. Bu
oynada kataloglar va fayllar ro‘yxati chiqadi. Biz bu ro‘yxatdan kerakli
katalog yoki fayllarni belgilab, sichqonning o‘ng tugmasini bosish yoki
Commands menyusi orqali ular ustida amallar bajarishimiz mumkin.
Faylni arxivga joylashtirish:
1) Kerakli faylni topamiz va Farmoishlar (Commands) menyusidan
fayllarni arxivga qo‘shish (Add files to Archive) farmoishini tanlaymiz.
2) Maxsus oyna hosil bo‘lganidan keyin, u yerda yaratiladigan
arxiv nomi, uning arxivlanish darajasi, qaysi katalog ichiga joylashishi
va boshqalar ko‘rsatiladi.
- Update mode - arxivlanish rejimini o‘rnatish: yangi arxiv, arxiv
tarkibini yangilash va boshqalar;
- Archiving options - arxivning parametrlarini o‘rnatish;
- Solid archive - uzluksiz arxiv;
- SFX archive - o‘z-o‘zidan ochiladigan arxiv fayl yaratiladi;
uni ochish uchun arxivatorga kirish shart emas, uning kengaytmasi
"EXE" bo‘ladi;
- Multimedia compression - multimedia fayllarini oddiylarga nisbatan
30% ga ixcham qilib arxivlash;
- Put recovery record - shikastlanishdan himoyalash yozuvini
qo‘shish;
- Compression - arxivlanish tartibini o‘rnatish: Fast - tez, Normal -
oddiy, Good - o‘rtacha, Best - sekin lekin eng yaxshi;
- Dictionary size - maxsus arxiv to‘g‘risida yoziladigan kutubxona
hajmini ko‘rsatish, unda arxivning ichidagi fayllar soni, hajmi va
boshqalar saqlanadi;
- Volume size - ko‘p qismli arxiv yaratilganida uning qismlari
hajmini ko‘rsatish;
- Delete files after archiving - fayllarni arxivga joylashtirgandan
keyin ularning asl nusxasini o‘chirish.
WinRAR arxivatori o‘zi yaratadigan arxiv fayllarini parol
yordamida himoyalash imkoniyatiga ega. Buning uchun klaviaturadagi
CTRL+P tugmasini bosib, maxsus oynada kerakli parolni ikki marta
kiritish kerak. Bundan keyin arxivni faqat parol yordamida ochish
mumkin.
RAR formatidagi arxivning ustunlik tomonlari bir nechta bo’lib, ular birinchidan zichlash samaradorligi ancha yuqori, ikkinchidan ko’p tomli va uzuluksiz arxivlar hosil qila oladi, uchinchidan 8 Eksobaytgacha hajmli fayllarni xam arxivlash imkonini beradi
|
|
| |