• MUSTAQIL ISHI
  • Xulosa. KIRISH
  • Mustaqil ishi qabul qiluvchi: S. Uzakov Mavzu: “ham-emas va yoki-emas elementlar bazisidagi mantiqdan foydalanish” Reja




    Download 0.96 Mb.
    bet1/2
    Sana22.12.2022
    Hajmi0.96 Mb.
    #36639
      1   2
    Bog'liq
    Usmonova Oydinoy KI-301





    Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi
    Andijon davlat universiteti
    Axborot texnologiyalari va kompyuter injiniringi fakulteti
    kompyuter injiniringi 301-guruh talabasi Usmonova Oydinoyning
    “Raqamli qurilmalarni loyihalashtirishga kirish” fanidan tayyorlagan

    MUSTAQIL ISHI

    Qabul qiluvchi: _________________ S.Uzakov


    Mavzu: “HAM-EMAS va YOKI-EMAS elementlar bazisidagi mantiqdan foydalanish”

    Reja:

    1. Kirish.

    2. Asosiy qism:

    1. Mantiq algebrasi va mantiqiy o‘zgaruvchilar.

    2. Rostlik(haqiqiylik) jadvali va Bul algebrasi.

    3. HAM-EMAS va YOKI-EMAS elementlari.

    1. Xulosa.

    KIRISH

    Bu mustaqil ish mavzusini yozishda asosan internet manbaalaridan foydalandim. Menga berilgan “HAM-EMAS va YOKI-EMAS elementlar bazisidagi mantiqdan foydalanish” mavzusi yuzasidan menda ozroq tushunchalar bore di. Mustaqil ish mavzusida izlanar ekanman bu mavzuga qiziqishim ortib, o‘rganishga bo‘lgan ishtiyoqim balandladi. O‘zim bilgan bilimlarga qo‘shimcha sifatida mantiq algebrasi asosan nimalarga tayanib ish ko‘rishini, mantiqiy o‘zgaruvchilar atamasini, Bul algebrasini va yana ko‘plab yangi atamalarni izohlari bilan birga o‘zlashtirishga muvoffaq bo‘ldim. Quyida mustaqil ish mavzusi yuzasidan izlangan bilimlarimni yoritish maqsadida harakat qilganman.




    Matematik mantiqning asosiy qismlaridan biri - mantiq algebrasi hisoblash mashinalarining asosi hisoblanadi. Mantiq algebrasi fikrlar bilan ish ko‘radi. Fikr deganda haqiqiy yoki yolg‘onligi nuqtai nazaridan bildirilgan har qanday tasdiq tushuniladi. Fikrning haqiqiyligi yoki yolg‘onligidan boshqa alomatlari (yaxshi, yomon, nodir va h.k) e’tiborga olinmaydi.
    Mantiq algebrasida fikrlarning haqiqiyligi 1 bilan, yolg‘onligi 0 bilan tenglashtirish qabul qilingan. Fikrlarning bu ikkili tabiatiga mosligini hisobga olib, ularni mantiqiy o‘zgaruvchilar deb atashadi. Fikrlar yoki mantiqiy o‘zgaruvchilar oddiy bo‘ladi va lotin alifbosining kichik harflari - x, y, z, x1, x2, a, b, . . . bilan belgilanadi.
    Oddiy fikrlardan mantiqiy o‘zgaruvchilarning ikkilik funksiyalari hisoblanuvchi murakkab fikrlar tuziladi. Murakkab fikrlar katta harflar A, B, C, D, E, F, ... bilan belgilanadi va ko‘pincha mantiq algebrasining funksiyasi (MAF) deb ataladi.
    Mantiq algebrasi elementar mantiqiy funksiyalar yordamida mantiq algebrasi funksiyalarini ifodalash va o‘zgartirish bilan shug‘ullanadi. MAF larini ifodalash va o‘zgartirish masalalari hisoblash mashinalarini loyihalashda keng qo‘llaniladi.
    Elementar mantiqiy funksiyalar qatoriga avvalo bitta o‘zgaruvchi x ning elementar funksiyalarini kiritish mumkin. Bu funksiyalar haqiqiylik jadvali deb ataluvchi jadvalda keltirilgan (1-jadval). Umuman, haqiqiylik jadvali argumentlarning (mantiqiy o‘zgaruvchilarning) mumkin bo‘lgan to‘plamlaridan har biriga mos funksiya qiymatini akslantiradi. 1-jadval

    Funksiya

    x argumentli funksiya qiymati

    Funksiya belgisi

    Funksiya
    nomi

    0

    1

    f0

    0

    0

    0

    doimo yolg‘on

    f1

    0

    1

    x

    o‘zgaruvchi

    f2

    1

    0

    x

    inkor

    f3

    1

    1

    1

    doimo haqiqiy


    Download 0.96 Mb.
      1   2




    Download 0.96 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mustaqil ishi qabul qiluvchi: S. Uzakov Mavzu: “ham-emas va yoki-emas elementlar bazisidagi mantiqdan foydalanish” Reja

    Download 0.96 Mb.