Mutaxassislik fanlarini o‘qitishdagi innovatsiyalar va ilg‘or xorijiy tajribalar




Download 17.72 Kb.
Sana07.09.2022
Hajmi17.72 Kb.
#25678
Bog'liq
maqola
maqola 3, Мenejerda boshqaruv madaniyatini shakllantirish zaruriyati, maqola2, 4-мавзу 61-93, 6-мавзу 107-115, илмий фаолият хисоботи 2022, Fan matematik modellashtirish asoslari-fayllar.org, Foydalanilgan adabiyotlar, 2.2Mustaqil ish Loyihalash jarayonlari va bosqichlari, 1-Maruza, 1-Mavzu Model va modellashtirish tushunchalari. Matematik va ax, 2- ma’ruza Intellektual boshqaruv tizimlari maqsadi, funktsiyal, 2-mavzu. Zamonaviy kompyuterlar va ularning arxitekturasi. Reja, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olma-fayllar.org (1)

MUTAXASSISLIK FANLARINI O‘QITISHDAGI INNOVATSIYALAR VA ILG‘OR XORIJIY TAJRIBALAR
katta o’qituvchi. N.M.Mallaboyev
o’qituvchi. Sh.Nazarova
talaba D.Hamdamov.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadlaridan biri bozor iqtisodiyoti qonuniyatlariga asoslangan yangi iqtisodiy munosabatlarni vujudga keltirish va ularni izchil huquqiy tartibga solishga qaratilgan qonunchilik bazasini yaratish hisoblanadi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ta’kidlanganidek, “Inson, uning har tomonlama uyg‘un kamol topishi va farovonligi, shaxs manfaatlarini ro‘yobga chiqarishning sharoitlarini va ta’sirchan mexanizmlarini yaratish, eskirgan tafakkur va ijtimoiy xulq atvorning andozalarini o‘zgartirish Respublikada amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohatlarning asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchidir. Xalqning boy intellektual merosi, umumbashariy qadriyatlar asosida, zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan, texnika va texnologiyalarning yutuqlari asosida kadrlar tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirish O‘zbekiston taraqqiyotining muhim shartidir”. XXI asrda O‘zbekiston ta’lim tizimini isloh qilish va takomillashtirish ustivor vazifalardan biridir. Bu esa, o‘z navbatida olimlarimiz zimmasiga tegishli o‘quv fanlari bo‘yicha o‘quv adabiyotlarini hozirgi davr talabi va ilm-fanning so‘nggi yutuqlarini hisobga olgan holda yangilab borish, ta’lim jarayoniga innovatsiya va ta’lim texnologiyalarini joriy etishni taqozo etmoqda. Ma’lumki mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalarida “Taqsimlangan tizimlar” fanini o‘qitish jarayonida innovatsiyalar va ilg‘or xorijiy tajribalarni qo‘llash bugungi kunning dolzarb masalaridan biri hisoblanadi. Avvalo fandagi yangilik nima? Fandagi innovatsiya nima degan savollarga javob berish lozim. Bugungi kunda amaliyotda yangilik va innovatsiya so‘zlari o‘rtasida farqlar mavjud. Yangilik bu fandagi eng so‘nggi yutuqlar, bilimlar, usullar hisoblanadi. 13 Ushbu yutuqlar, bilimlar, usullar amalda qo‘llanilishi bilan innovatsiyaga aylanadi. Hozirgi paytda barcha oliy ta'lim muassasalari bitiruvchilariga qat'iy talab qo'yilmoqda:
1) ular zamonaviy kompyuter va axborot texnologiyalari;
2) horijiy tillar, ayniqsa, ingliz tilini mukammal bilishi kerak.
Bu jihatdan o'quv dasturlarini har bir ta'lim yo'nalishining o'ziga hosligidan kelib chiqqan holda qayta ko'rib chiqish va takomillashtirish ko'zda tutilgan. Talabalarning xalqaro ta'lim resurslaridan foydalanishda qulaylik yaratish maqsadida yaqin yillar ichida oliy ta'lim muassasalarini bitiruvchi zamonaviy optik tolali yagona kompyuter tarmog’i ishga tushiriladi. Yuqori tezlikdagi Internetga ulanuvchi ushbu tarmoq yordamida mamlakatimiz hamda horijdagi ta'lim muassasalari bilan aloqa bog’lash, video-anjumanlar o'tkazish mumkin bo'ladi. Davlatimiz rahbarining 2015 yil 12 iyundagi “Oliy ta'lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g’risida”gi Farmoni bu boradagi ishlarni yangi bosqichga ko'tarishga, oliy o'quv yurtlari professoro'qituvchilarining kasb darajasi va malakasini muttasil oshirib borish, ularni zamonaviy talablarga muvofiq muntazam qayta tayyorlashning takomillashtirilgan tizimini joriy etish asosida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yuksaltirishni ko'zda tutgani bilan nihoyatda ahamiyatlidir. Farmonda oliy ta'lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash hamda malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirishning muhim yo'nalishlari belgilab berildi. Jumladan, yuqori samarali zamonaviy ta'lim va innovasiya texnologiyalari, ilg’or horijiy tajribani keng joriy etgan holda, oliy o'quv yurtlarining pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo'yicha malaka talablari, o'quv rejalari, dastur hamda uslublarini tubdan yangilashga oid chora-tadbirlar o'z ifodasini topdi. Bu, o'z navbatida, oliy o'quv yurtlarida talabalarga saboq berayotgan professor-o'qituvchilarning zamon bilan hamnafas bo'lishlariga, o'quv jarayoniga 14 fanlar bo'yicha innovasiyalar, shuningdek, ilg’or uslublarni keng joriy etishga zarur shart-sharoit yaratadi, shu bilan birga, kasb mahorati, pedagogik va ilmiy faoliyatini muttasil rivojlantirib borishini talab etadi. Negaki, bugun voyaga yetayotgan navqiron avlodni intellektual salohiyatli, zukko qilib tarbiyalash, ularga puhta bilim berish mutaxassislarning yuksak bilim darajasiga bevosita bog’liqdir. Farmonda qayta tayyorlashning tegishli yo'nalishlari bo'yicha doimiy faoliyat ko'rsatadigan oliy o'quv yurtlarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash hamda malakasini oshirish kurslarini tashkil etish, ushbu kurslarda mashg’ulotlarni sifat jihatidan yuqori tashkiliy va professional darajada o'tkazish uchun zarur o'quv-uslubiy hamda moddiy-texnik bazani shakllantirish lozimligi qayd etildi. Bu sa'y-harakatlar, albatta, bugungi bozor iqtisodiyoti sharoitida yuksak malakali va yetuk mutaxassislarni yetishtirib berish, oliy ta'lim tizimini tom ma'noda mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi muhim omilga aylantirish, qolaversa, kadrlar tayyorlash tizimining sifati va samaradorligini oshirishga hizmat qiladi. Yuqoridagilardan kelib chiqib oliy ta’lim tizimi o’quv jarayonida qo’llash mumkin bo’lgan ayrim metodlarni ko’rib chiqamiz. Modulli-kredit tizimi va Blended learning Modulli texnologiyalar - eng zamonaviy texnologiya bo‘lib, modul bloklaridan tashkil topgan axborotni tizimli ravishda qayta ishlash va tahlil qilishga, talabaning mustaqil faoliyatiga asoslangan, bilim, ko‘nikma va malakalar diagnostikasida turli shakllaridan foydalangan holda tashkil etiluvchi yaxlit jarayon. Modul - mazmuniy va mantiqiy yakunga ega bo‘lgan, didaktik jihatdan ishlab chiqilgan, natijaga qaratilgan, kirish va chiqish nazoratlaridan iborat bo‘lgan birlikdir. Modul dastur - bir fan doirasidagi modul bloklarining yig‘indisi bo‘lib, erishish lozim bo‘lgan didaktik maqsad, qo‘llaniladigan usullar va vositalar yig‘indisidir. O‘quv moduli–nisbatan mustaqil, mantiqiy yakunga ega bo‘lgan o‘quv kursining bo‘lagidir. U o‘quv metodik ta’minotdan nazariy va amaliy qismlardan, topshiriq va joriy hamda yakuniy nazorat kabi qismlardan iborat. 15 Blended learning – aralash o‘qitish tizimi bo‘lib, ta’limiy konsepsiya hisoblanadi, qaysiki mustaqil ravishda bilimlarni onlayn orqali va kunduzgi holatda o‘qituvchi ishtirokida o‘rganiladi,ya’ni “shu yerda va hozir” degan ma’nolarni tushuniladi. Brick and Mortar (kirpich i rastvor) ingliz tili idiomasi bo‘lib, an’anaviy ma’noni anglatadi. Demak, Brick and Mortar Education kunduzgi o‘qitishning an’anaviy shaklidir. Bu holatda kompyuter ta’limda mediatr bo‘lib xizmat qiladi. Aralash o‘qitish shakllari:
Blended learning;  Hubrid learning;
Technology-Mediated Instruction;
Web-Enhanced Instruction;
Mixed-Model Instruction.
XX asrning 60 yillarida mavjud bo‘lib, tushunchasi 1999 yilda amerika pressasi Interctive learning Center markazi EPIC Learning deb o‘zgartirdi. Ularning ma’ruzasida internet orqali o‘qitishni tavsiya qilingan. Blended learning metodologiyasidan foydalanishi e’tiborga olingan. 2006 yilda Bonk va Grem kitoblarida “yuzma-yuz” va kompyuter orqali o‘qitish ekanligi e’tiborga olingan. 1998 yilda Aleksandr Mak Kenzi tadqiqotida kompyuter yordamida BKMlarini o‘zlashtirishini osonligi qayd etilgan. Blended learning uch qismdan iborat:
 Masofali o‘qitish (Distance learning);
 Sinfda o‘qitish (Face – To – Face learning);
 Internet orqali o‘qitish (Online learning) Foydali jihatlari: bilimlar to‘plami va baholash imkoniyati hamda o‘qituvchiga ko‘p odamlarni o‘qitish imkoniga ega. Kamchiliklari: Akt bo‘yicha Blended learning modellari:
 Face – To – Face Driver (Drayver kunduzgi ta’lim)
 Rotation Model (Rotatsiya modeli)
 Flex Model (Moslashuvchan model) 16
 Online lab (Onlayn laboratoriya)  Self-Blend Model (O‘zing aralashtir)
 Online Driver Model (Drayver onlayn ta’lim) Case study va masofali o‘qitish Keys study 1870 yilda Garvard universitetida, keyinchalik 1920 yilda Garvard biznes maktabida qo‘llanilgan. Keyslar tipologiyasi asosiy manbalari, syujetli mavjudligi, vaziyat bayonining vaqtdagi izchilligi, keys ob’ekti, materialni taqdim etish usuli, hajmi, tuzilmaviy xarakterga egaligi, o‘quv topshirig‘ini taqdim etish usuli, didaktik maqsadi, taqdim etish usuliga ko‘ra ajratiladi. Keys metodini amalga oshirish bosqichlari:
 Keys bilan tanishuv;
 Asosiy muammoni ajratib olish;
 G‘oyalar yig‘ish va izlash;
 Keys yechimini tavsiya qilgan g‘oyalarni tahlil qilish;
 Keys yechimi va tavsiyalar
Download 17.72 Kb.




Download 17.72 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mutaxassislik fanlarini o‘qitishdagi innovatsiyalar va ilg‘or xorijiy tajribalar

Download 17.72 Kb.