• O’zbekiston Respublikasining Oila kodeksi, 5-modda
  • N. ismatova, O. Karimova davlat va huquq asoslari




    Download 4.22 Mb.
    bet5/28
    Sana23.12.2019
    Hajmi4.22 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28

    O‘zbekiston

    Respublikasining

    Konstitutsiyasi,

    18-modda

    *

    *

    *

    *

    *

    ota-onaning (shaxsiy va mulkiy) huquqlari va maj- buriyatlari;

    nikoh tuzishda teng huquqlilik;

    voyaga yetmagan bolalarning (shaxsiy va mulkiy)

    huquqlari va majburiyatlari;

    ota-onalar va bolalar, er-xotin, sobiq er-xotin, qarin- doshlar va boshqa shaxslarning aliment majburiyat- lari;


    *

    *

    *

    *

    *

    *

    nikohning tugatilish asoslari;

    er-xotinning umumiy mol-mulkka egalik qilish, foy- dalanish va uni tasarruf etish huquqi; nikoh shartnomasini tuzishda er-xotinning huquqlari va majburiyatlari; farzandlikka olish tartibi;

    bolaning huquq va manfaatini himoya qilish bo’yi- cha ota-onaning huquq va majburiyatlari; ota-onaning bolani tarbiyalash hamda unga ta’lim berishga doir huquq va majburiyatlari;





    &

    I ■

    0ila to’g’risidagi qonun hujjatlari nikoh tuzish, nikohning tugatilishi (tugashi) va uni haqiqiy emas deb topish shartlari va tartibini belgilaydi, oila a’zolari: er-xo­tin, ota-ona va bolalar (farzandlikka oluvchilar va farzandlikka olinganlar) o’rta- sidagi, oila to’g’risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va doirada esa qarindoshlar hamda o’zga shaxslar o’rtasidagi shaxsiy nomulkiy va mul­kiy munosabatlarni tartibga soladi, shuningdek ota-ona qaramog’idan mahrum bo’lgan bolalarni oilaga olish shakl va qoidalarini, fuqarolik holati dalolatnoma- larini qayd etish tartibini belgilaydi.



    O’zbekiston Respublikasining Oila kodeksi, 5-modda

    • ota-onalik huquqidan mahrum qilish asoslari;

    • vasiylik va homiylikka murojaat etish huquqi.

    0ta-onalik huquqidan mahrum etish instituti oilaviy

    huquqiy munosabatlarda alohida o’rin tutadi.


    0‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiya- sining 18-mod- dasida mustah- kamlangan qoidani «0ilaviy munosabatlarda fuqarolarning teng huquqlili- gi» matni bilan qanday bog‘liqlik tomoni borligini aniqlang.

    0ilaviy huquqiy munosabatlar deganda fuqarolar o’rtasida bo’ladigan va oilaviy huquqiy normalar bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlar tushuniladi.

    Oila huquqining subyektlari

    Har qanday boshqa munosabatlarda bo’lganidek, oilaviy huquqiy munosabatlarda ham uch element: subyekt, subyektiv huquq va majburiyatlarni ko’ri- shimiz mumkin.

    0ilaviy munosabatlarning subyekti bo’lib, er-xo­tin, ota-ona, bolalar, vasiylar va homiylar, boshqa qa- rindosh-urug’lar hamda oila qonunlari sohasida u yoki bu munosabatlarni hal etishda ishtirok etuvchi yuridik shaxslar, fuqarolar uyushmasi, muassasalar, organlar, ij­timoiy birlashmalar hisoblanadi.

    0ila a’zolariga, oilaning sobiq a’zolariga tegishli qonun bilan himoya qilinadigan axloqiy va moddiy qad- riyatlar yuzasidan oila huquqi subyektlari qabul qiladi- gan harakat va qarorlar oilaviy huquqiy munosabatlar­ning obyektlari bo’lishi mumkin.

    Oilaviy munosabatlarda fuqarolarning teng huquqliligi

    0ilaviy munosabatlarni tartibga solish erkak va ayolning ixtiyoriy ravishda nikohlanib tuzgan ittifoqi, er va xotinning shaxsiy hamda mulkiy huquqlari tengligi, ichki oilaviy masalalarning o’zaro kelishuv yo’li bilan hal qilinishi, oilada bolalar tarbiyasi, ularning farovon hayot kechirishi va kamoloti haqida g’amxo’rlik qilish,



    voyaga yetmagan va mehnatga layoqatsiz oila a’zolari- ning huquq va manfaatlarini himoya qilish ustuvorligi tamoyillari asosida amalga oshiriladi.

    Barcha fuqarolar oilaviy munosabatlarda teng huquqlarga egadirlar. Nikoh tuzish chog’ida jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shax­siy va ijtimoiy mavqeyi hamda boshqa holatlarga qa- rab, huquqlarni muayyan tarzda bevosita yoki bilvosita cheklashga, bevosita yoki bilvosita afzalliklar belgi- lashga hamda oilaviy munosabatlarga aralashishga yo’l qo’yilmaydi.
    Berilgan rasm- lardan oilaviy munosabatlar- ning subyektlari- ni aniqlang.

    


    0ilaviy munosabatlarda fuqarolarning huquqla­ri faqat qonunga asosan va faqat oiladagi boshqa a’zo- larning hamda o’zga fuqarolarning axloqi, sha’ni, qadr-qimmati, sog’lig’i, huquqlari va qonun bilan qo’riql anadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida zarur me’yordagina cheklanishi mumkin.

    Savol va topshiriqlar

    1. 0’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida xotin-qizlar va erkaklar teng huquqli ekan- liklari e’tirof etiladi. «0ilada teng huquqlilik» tushunchasi qanday munosabatlarga nisbatan ko’proq ishlatiladi?

    2. 0ilaviy huquqiy munosabatlar deganda nima- ni tushundingiz? Hayotiy misollar keltiring.

    3. 0ilaviy huquqiy munosabatlar bilan fuqarolik huquqiy munosabatlarning bir-biridan farqi nimada?

    4. 0ilaviy huquqiy munosabatlar subyektlariga misol keltiring.

    5. Nima uchun oila jamiyatning asosiy negizi deb ataladi? Fikringizni asoslang.

    • Nikoh tushunchasi. Nikoh tuzish tartibi.

      1. § Nikoh tuzish tartibi va shartlari

      Bugun darsda quyidagilar bilan tanishasiz:


    • Nikoh tuzishning ixtiyoriyligi. Nikoh yoshi. Ni­koh tuzishga monelik qiladigan holatlar. Nikohla- nuvchi shaxslarni tibbiy ko’rikdan o’tkazish.

    Nikoh tushunchasi. Nikoh tuzish tartibi

    Nikoh oilaning vujudga kelishi uchun birdan-bir asosdir. Nikoh ahdi insonlarga mas’uliyat yuklaydi. Chunki oilada erning ham, ayolning ham o’z vazifa- si bor, ulardan har biri o’z vazifasini to’la ado etishga mas’uldirlar. Nikoh tufayli yangi oilalar vujudga keladi.


    Nikoh - erkak bilan ayolning teng huquqli, er­kin va ixtiyoriy ittifoqi bo‘lib, u fuqarolik holati dalolatnomala- rini qayd etish organlarida tuziladi va oila tuzish maqsadiga xizmat qiladi.




    Download 4.22 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




    Download 4.22 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    N. ismatova, O. Karimova davlat va huquq asoslari

    Download 4.22 Mb.