• Jinoyat tarkibining birinchi elementi
  • Jinoyat tarkibining ikkinchi elementi
  • Jinoyat tarkibining uchinchi elementi
  • O’zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi, 2-modda




    Download 1.47 Mb.
    bet9/28
    Sana23.12.2019
    Hajmi1.47 Mb.
    #4660
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   28

    O’zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi, 2-modda

    Jinoyat qonunlarining vazifalari qatoriga jinoyat- larning oldini olish kiradi. Ushbu vazifalar jinoyat huquqiga oid taqiqdan kelib chiqadi hamda ba’zi toi- fadagi shaxslarni jinoyat sodir etishdan qaytarishga yo’naltirilgan bo’ladi. Jinoyat qonuni vazifalarini baja- rish quyidagilar orqali amalga oshiriladi: javobgarlik asoslari va prinsiplarini aniqlash; jinoyat toifasiga kiri­tilgan qilmish l ar doirasini aniqlash; jinoiy jazo chora- larini tay inlash; jazodan tashqari huquqiy ta’sir chora- larini tayinlash va hokazo. Mazkur vazifalarni amalga oshirishda Jinoyat kodeksi qonuniylik, fuqarolarning qonun oldida tengligi, demokratizm, insonparvarlik, odillik, ayb uchun javobgarlik, javobgarlikning muqar- rarligi prinsiplariga asoslanadi.



    Mazkur tizimga kiritilgan barcha prinsiplar o’zaro teng qimmatlidir. Ularning har biri mustaqil mohiyatga ega bo’lib, davlatning jinoyat huquqiga oid siyosatini amalga oshirish uchun zarur bo’lgan bir qator vazifalar­ni bajaradi.
    Aybsizlik pre- zumpsiyasi- ning ikki jihati mavjud, birinchi- dan, muayyan jinoyat tarki- bini aniqlash va shaxsni uni sodir etganlikda aybdor deb topish qonunga muvofiq ravishda amalga oshirilishi shart va, ikkinchi- dan, faqat sud hukmiga ko‘ra, shaxs aybdor deb topilib, Jinoyat kodeksi­da ko‘rsatilgan jinoiy javobgar- likka, jazoga yoki boshqa huquqiy ta’sir chorala- riga tortilishi mumkin.

    O’zbekiston Respublikasi jinoyat huquqining asosiy prinsiplariga:



    • qonuniylik — sodir etilgan qilmishning jinoiy - ligi, jazoga sazovorligi va boshqa huquqiy oqi- batlari faqat Jinoyat kodeksi bilan belgilanadi. Hech kim sud hukmi bo’lmay turib jinoyat sodir qilishda aybli deb topilishi va qonunga xilof ra­vishda jazoga tortilishi mumkin emas;

    • fuqarolarning qonun oldida tengligi — jinoyat sodir etgan shaxslar jinsi, irqi, millati, tili, ijti­moiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar, bir xil huquq va majbu- riyatlarga ega;

    demokratizm — jamoat birlashmalari, fuqaro- larning o’zini-o’zi boshqarish organlari yoki ja- moalar jinoyat sodir etgan shaxslarni ahloqni tu- zatish ishiga qonunda nazarda tutilgan hollarda jalb qilishlari mumkin;

    insonparvarlik — jazo va boshqa huquqiy ta’sir choralari jismoniy azob berish yoki inson qadr-qim- matini kamsitish maqsadini ko’zlamasligi; odillik — jinoyat sodir etishda aybdor bo’lgan shaxsga nisbatan qo’llaniladigan jazo yoki boshqa huquqiy ta’sir chorasi odilona bo’lishi, ya’ni jinoyatning og’ir-yengilligiga, aybning va shaxsning ijtimoiy xavflilik darajasiga muvofiq bo’lishi;
    O‘zbekiston Res- publikasi Kon- stitutsiyasining qaysi moddasida hech kim sud huk- misiz va qonunga nomuvofiq hol- da jinoyat sodir etishda aybdor

    deb topilishi va jinoiy jazoga tortilishi mumkin emasligi qayd etiladi? Ushbu moddaning ayb- sizlik prezumpsi- yasi bilan qanday aloqasi bor?

    shaxs qonunda belgilangan tartibda aybi isbot- langan ijtimoiy xavfli qilmishlari uchungina ja- vobgar bo’lishligi;



    javobgarlikning muqarrarligi — qilmishida ji­noyat tarkibining mavjudligi aniqlangan har bir shaxs javobgarlikka tortilishi shartligi kiradi. Jinoyat huquqi huquqning boshqa sohalaridan quyi- dagi jihatlari bilan farq qiladi:

    birinchidan, jinoyat sodir etilishi munosabati bilan vujudga kelgan jinoiy-huquqiy munosabatlarda, bir to- monidan jamiyat, davlat, ikkinchi tomonidan esa jinoyat sodir etgan shaxs subyekt bo’ladi;

    ikkinchidan, jinoiy-huquqiy norma bilan belgilab qo’yilgan taqiqlarni buzganlik uchun sud davlat nomi- dan belgilangan jinoiy jazoni tayinlaydi.

    Jinoiy huquq normalari o’z mazmuniga ko’ra ikki qismga bo’linadi. Ulardan biri jinoyat huquqining umu- miy o’rnini, qoida va tartibini belgilab beradi. Ikkin- chisi esa aniq jinoyatlar belgilarini ta’riflab, mazkur jinoyatlarni sodir etgan shaxslarga nisbatan qo’llani-



    ladigan jazolarni aniqlaydi. Birinchi normalar jinoyat huquqining umumiy qismini, ikkinchi normalar esa maxsus qismini tashkil etadi.

    Jinoyat huquqida jinoiy qilmishni aniqlash ham mu- him rol o’ynaydi. Jinoiy qilmish — bu jinoyat qonunlari bilan muhofaza qilinuvchi ijtimoiy munosabatlarga tah- did qiluvchi jamiyatga qarshi va inson ahloq qoidalari- dan chetga chiquvchi harakatdir. Jinoiy qilmish o’zining obyektiv xossalariga ko’ra jamiyat uchun xavfli harakat yoki harakatsizlik, subyektiv xossalariga ko’ra esa ha- misha muayyan maqsad va sabablarga ko’ra sodir etil- gan aybli amal hisoblanadi.
    O‘zbekiston Respublikasining jinoyat qonunlari kodifikatsiya qilingan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining asosiy jinoyat qonuni 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan hamda 1995-yil

    1-apreldan kuch- ga kirgan Jinoyat kodeksi hisobla- nadi.


    Jinoyat qonuni bilan qo’riqlanadigan har qanday ijtimoiy munosabat jinoyatning obyekti hisoblanishi mumkin. Har qanday ong bilan boshqarilgan qilmish ichki va tashqi mohiyatdan iborat bo’lib, uning ichki mohiyati subyektiv tomoni, tashqi mohiyati esa obyek- tiv tomoni deb ataladi. Jinoyatning obyektiv tomoni ijtimoiy xavfli qilmishning tashqi tomoni sifatida ji­noyatning qanday sodir etilganligini aniqlaydi.

    Savol va topshiriqlar



    1. Aybsizlik prezumpsiyasi nima? Fikringizni asoslang.

    2. O’zbekiston Respublikasi jinoyat huquqining asosiy prinsiplarini tushuntiring.

    3. Jinoyat qonun hujjatlarining asosiy vazifalari nimadan iborat?

    4. Jinoiy huquq normalari o’z mazmuniga ko’ra necha qismga bo’linadi va ularning vazifalari nimalardan iborat?

    ф.§ Jinoyat belgilari


    




    Jinoyat belgilari. Ayb, ayb shakllari, qasd. Qilmishning jinoiyligini istisno etadigan holatlar. Ehtiyotsizlik oqibatida jinoyat sodir etish va uning oqibatlari.

    Jinoyat boshqa qonunbuzarliklardan o’ziga xos ji- hatlari bilan ajralib turadi. Bu qilmishning ijtimoiy xavfliligidir Chunki jinoyat natijasida jamiyat va shaxs uchun ham moddiy, ham ma’naviy zarar yetkaziladi. Shuning uchun jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasi jinoiy oqibatda aks etadi.

    Jinoyatning qonunga xilofligi uning yuridik huquqiy belgisidir. Bundan tashqari, jinoyat sodir etgan shaxs- ning aybdor deb topilishi jinoyatning muhim belgi- laridan biridir. Shundagina unga nisbatan jinoiy jazo qo’llaniladi. Ijtimoiy xavfli qilmish faqat qonunda

    Ijodiy faoliyat





    1. sinfda «O’zbekiston davlati va huquqi asoslari» fanidan olgan bilimla- ringizga tayanib, quyidagi savollarga javob berishga harakat qilib ko’ring.

    1. Jinoyat nima? Huquqbuzarlik bilan jinoyat o’rtasida qanday farq bor?

    2. Quyidagi voqealardan qaysi biri jinoyat bo’lishi mumkin?

    1. 9-sinf o’quvchisi A. muntazam ravishda dars qoldirib kelgani uchun uning ota-onasi javobgarlikka tortildi.

    2. Z. ismli 7-sinf o’quvchisi qo’shni hovlida o’g’rilik sodir etilayot- ganini bilgan bo’lsa-da, bu haqida hech kimga xabar bermadi.

    3. K. ismli fuqaro ifloslantiruvchi moddalarni ikki chelakda olib chiqib, uyi oldidan oqib o’tayotgan kanalga to’kib yubordi.

    ko’rsatilgan jinoyat belgilari mavjud bo’lgan taqdirda, ya’ni uning tarkibi aniqlanganida jinoyat deb topiladi.

    Jinoyat tarkibi jinoyat to’g’risidagi qonunlarda aniq bir ijtimoiy xavfli qilmishni jinoyat deb ta’riflovchi eng kam va yetarli obyektiv va subyektiv belgilar yig’indi- sidir. Jinoyat tarkibining obyektiv va subyektiv belgilari o’rtasida o’zaro aloqa va uzviy bog’liqlik mavjud.
    Jinoyat kodeksiga binoan ushbu kodeks bilan taqiqlangan, aybli ijtimoiy xavfli qilmish (harakat yoki harakatsizlik) jazo qo‘llash tahdidi bilan jinoyat deb topiladi.

    Jinoyat tarkibi tuzilishi bo’yicha to’rt elementdan iborat: obyekt, obyektiv tomon, subyekt va subyektiv tomon.

    Obyektiv, ya’ni tashqi belgilar jinoyatning obyekti va obyektiv tomonini ta’riflaydi.

    Subyektiv (ichki) belgilar jinoyatning subyekti va subyektiv tomonini aniqlaydi.

    Har bir belgi boshqalari bilan birgalikda mavjud va ajralmas bir butunlikning zaruriy qismini tashkil qiladi.

    Jinoyat tarkibining birinchi elementi jinoyat obyektidir. Bu jinoyat qonuni bilan qo’riqlanadigan ij­timoiy munosabatlar bo’lib, jinoiy tajovuzlar shularga qaratiladi. Qasddan odam o’ldirishda jinoyat obyekti boshqa shaxsning hayoti, o’g’rilikda esa o’zgalar mulki bo’ladi va hokazo.



    Ijodiy faoliyat

    Jinoyat tarkibining ikkinchi elementi jinoyatning obyektiv tomonidir. Jinoyatning obyektiv tomonini atrof muhitda biron muayyan o’zgarishga olib keladigan va sabab bo’ladigan shaxsning aqliy va irodaviy xatti-ha- rakati tashkil qiladi. Ushbu elementning zaruriy belgisi qilmish (harakat yoki harakatsizlik) hisoblanadi. Qil­mish orqali jinoyat sodir etiladi.


    &



    VI J

    Jinoyat — jazo- ga loyiq qilmish. Shunga ko’ra, qilmishning jinoyat sifatidagi eng muhim bel- gisi uning jazoga loyiqligidir. Jinoyat bosh- qa huquqbu- zarliklardan quyidagi belgi- lari bilan farqla- nadi: 1) obyekti;

    1. ijtimoiy xavf- lilik darajasi va xususiyati;

    2. g’ayriqonuniy- lik ko’rinishi.
    Jinoyat tarkibining uchinchi elementi jinoyat subyekti, ya’ni jinoyat sodir etgan jismoniy shaxsdir.

    Jinoyat subyekti faqat qilmish uchun javob bera oladi- gan, ya’ni jinoyat to’g’risidagi qonunlarda ko’rsatil- gan ma’lum yoshga yetgan va aqli raso shaxs bo’lishi mumkin.




    Download 1.47 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   28




    Download 1.47 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi, 2-modda

    Download 1.47 Mb.