• Tuzuvchi: Sh.Xolmirzayev
  • Namangan davlat universiteti




    Download 55.98 Kb.
    bet1/7
    Sana18.04.2022
    Hajmi55.98 Kb.
    #19940
      1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    1 курс Bolalarni ijtimoiy moslashuva fanidan Mustaqil ta\'lim ishlanmasi



    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS
    TA’LIM VAZIRLIGI
    NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI
    MAKTABGACHA VA BOSHLANG’ICH TA’LIM FAKULTETI
    MAKTABGACHA TA’LIM METODIKASI KAFEDRASI



    «TASDIQLAYMAN»
    Maktabgacha ta’lim metodikasi
    mudiri ___________Z. Qodirova
    «___» _______________ 2021




    5111800-Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi
    1-bosqich talabalari uchun


    Namangan – 2021
    Ushbu uslubiy ko‘rsatma Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 9 avgustdagi 19-2018-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Talabalar mustaqil ishini tashkil etish va nazorat qilish”to‘g‘risida yo‘riqnomasiga asosida ishlab chiqilgan.
    Uslubiy ko‘rsatmada Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan talabalarni «Bolalarni ijtimoiy moslashuvi » fanidan bajaradigan mustaqil ishlarining maqsadi va vazifalari, uning tashkiliy shakllari, axborot ta’minoti, uni bajarish, rasmiylashtirish, nazorat qilish va baholash tartiblari bayon qilingan.
    Uslubiy ko‘rsatma talabalar bilimlarini reyting tizimi asosida baholashni tashkil etishga va o‘quv rejasida shu fan uchun ajratilgan mustaqil ish soatlarni to‘laqonli bajarilishini ta’minlashga amaliy yordam beradi.
    Uslubiy ko‘rsatmadan maktabgacha ta`lim yo‘nalishida taxsil olayotgan talabalar foydalanishlari mumkin.

    Tuzuvchi: Sh.Xolmirzayev



    Taqrizchi: Z.Qoraboyeva


    Uslubiy ko‘rsatma Maktabgacha ta’lim metodikasi kafedrasining 2021 yil 29-avgustdagi yig‘ilishida muhokama qilingan va ma’qullangan (bayonnoma -1)


    K I R I SH
    Talabalar mustaqil ishini tashkil etish O`zbekiston Respublikasi Oliy va O`rta Maxsus ta`lim vazirligining 2018 yil “9” avgustdagi 19-2018-sonli buyrug`i bilan qabul qilingan Yo`riqnomaga asosan tashkil etiladi.
    Kadrlar tayyorlash milliy dasturida chuqur faoliyat ko`rsata oladigan, o`z bilimi va malakasini mustaqil ravishda oshirib boradigan, masalaga ijodiy yondoshgan holda tashkil etiladi.
    Talaba mustaqil ishi (TMI) –muayyan fanda o`quv dasturida belgilangan bilim, ko`nikma va malakaning ma`lum bir qismini talaba tomonidan fan o`qituvchisi maslahati va tavsiyalari asosida auditoriya va auditoriyadan tashqarida o`zlashtirilishiga yo`naltirilgan tizimli faoliyatdir.
    Ta’lim bosqichlariga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llashda ta’lim oluvchining shaxsini xurmat qilish, xar bir shaxsning erkin fikr bildirishiga imkoniyat yaratish, ijod bilan shug‘ullanishi va o‘z-o‘zini rivojlantirishga qulay ijtimoiy va psixologik muxit yaratish orqali tinglovchini mustaqil fikrlashga undaydi. Mutaxassislar tayyorlash tizimini tubdan qayta qurishda, o‘quv tarbiya jarayonining axamiyatini oshirishda talabalarning mustaqil ishlari muhim o‘rin egallaydi. Taxlillar shuni ko‘rsatadiki, mustaqil ishlar deganda shunday o‘quv faoliyati tushunilib, unda bilimlar egallanishi bilan birga, ko‘nikmalarni shakllantirish ham mustaqil egallanadi.
    Talabalarning mustaqil ishlarini tashkil etishning asosiy shartlari quyidagilardan iborat:

    • mustaqil ishlarning ilmiyligi va uning tanqidiy xarakteri;

    • mustaqil ravishda o‘z bilimlarini yanada oshirib borishga bo‘lgan extiyojning shakllanishi;

    • mustaqil ishlar vazifalarini individuallashtirish;

    • mustaqil ishlarni tashkil etishga metodik rahbarlik qilish.

    Pedagogik texnologiyalarini amalga oshirish sharoitlarida talabalar quyidagi ko‘nikma va mahoratlarni egallab olishlari zarur:
      1   2   3   4   5   6   7




    Download 55.98 Kb.