Namangan davlat universiteti




Download 252.73 Kb.
Sana26.03.2020
Hajmi252.73 Kb.


O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI




NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI
KASB TA’LIMINI O’QITISH METODIKASI KAFEDRASI






Tasdiqlayman” O’quv ishlari bo’yicha prorektor v.b

______________ D.Dehqonov «___» ____________2019 yil




AVTOMOBILLARNING MAXSUS KURSI

FANIDAN

ISHCI O’QUV DASTURI
2019/2020 o’quv yili kunduzgi ta’lim shakli, 2-kurslari uchun

3 semestrda o’qitiladi


Bilim sohasi:

100 000

-

Gumanitar soha

Ta`lim sohasi:

110 000

-

Pedagogika

Ta’lim yo‘nalishi:

5111000

-

Kasb ta’limi(5310600-Er usti transport tizimi va ularning ekspluatatsiyasi (avtomobil transporti)



NAMANGAN -2019

Fanning ishchi o’quv dasturi O’zbekiston Respublika Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirining 201__ yil ___- avgustdagi___- sonly buyryg’I bilan tasdiqlangan namunaviy fan dasturi asosida tuzilgan.

Tuzuvchi: M.Ibrohimov – NamDU kasb ta’limini

o’qitish metodikasi kafedrasi stajyor-

o’qituvchisi
Taqrizchi: X.Akramov - NamDU kasb ta’limini

o’qitish metodikasi kafedrasi dotsenti p.f.n


Fanning ishchi o’quv dasturi “ Kasb ta’limini o’qitish metodikasi” kafedrasining 2019 yil avgustdagi 1-sonli yig’ilishida muhokamadan o’tgan va fakul’tet kengashida muhokama qilish uchun tavsiya etilgan.



Kafedra mudiri v.b A.Matkarimov

Fanning ishchi o`quv dasturi Kasbiy ta’limi fakul`tetining 2019 yil”__”avgustdagi 1-sonli kengashida ko’rib chiqilgan va foydalanishga tavsiya etilgan.

Fakul’tet dekani: X.Mavlyanov
Kelishildi:

O`quv uslubiy boshqarma boshligi v.b: Z.Muminov

I.O’quv fanining dolzarbligi va oily kasbiy ta’limdagi o’rni

O’zbekistonning mustaqil taraqqiyot strategiyasini, o’zbek xalqining buyuk davlat barpo etish borasidagi maqsad-muddaolarini, milliy istiqlol mafkurasining mohiyatini talabalar ongiga singdirishda ta`lim-tarbiya, targ’ibot va tashviqotning samarali usul va vositalaridan oqilona foydalanishni taqozo etadi.

Zamonaviy texnika va texnologiyalarni ishlatish yoki yosh avlodga milliy istiqlol g’oyasini yetkazish uchun jahon standartlari darajasidagi fan va texnika hamda ilg’or tajriba va texnologiyalarning eng so’ngi yutuqlaridan xabardor bo’lgan raqobatbardosh, o’z sohasining ham ilmiy, ham amaliy bilgan muhandis tayyorlashda 5310600 – Yerusti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi, 5111000- Kasb ta’limi (Erusti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi), 5610100-Xizmatlar sohasi (avtomobil transporti) ta`lim yo’nalishi uchun «Ixtisoslik fanlar» blokining mutaxassislikning integrallashgan kursi qo’shimcha fanlaridan biri bo’lgan «Avtomobillar maxsus kursi» fanini chuqur o’rganish muhim ahamiyatga egadir.

Fanni o’qitishda hozirgi mavjud bo’lgan elektron darsliklar, video informatsion, multifikatsion va texnik vositalardan, tarqatma material-lardan, testlar to’plamidan foydalanish mumkin. Bundan tashqari o’qitishning komp yuterlashgan, axborot va boshqa zamonaviy texnik vositalardan (turli animatsiyalar, vertual laboratoriyalar va boshqalar) foydalanish hozirgi zamon talabidir.


O’quv fanining maqsadi va vazifalari

«Avtomobillar maxsus kursi» fanini o’qitishdan maqsad 5310600 – Yerusti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi, 5111000- Kasb ta’limi (Erusti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi), mutaxasisligi bo’yicha Davlat standarti talablariga javob beradigan bakalavrlarni tayyorlashdir.

Fanning asosiy vazifalari: Fanning eng so’nggi yutuqlari asosida bakalavrlarga bilim berish, respublikamizdagi avtomobilsozlik korxonalarini barpo etish to’g’risidagi vazirlar maxkamasining qarorlarini, respublikamizga xorijiy davlatlarda ishlab chiqarilayotgan avtomobillarni kirib kelishi va respublikamizda ishlab chiqarilayotgan avtombillarni xalq xo’jaligida keng tarqalgan avtomobillarning turlari vazifasi, rusumlari, konstruktsiyasi hamda ixtisoslashgan harakatdagi vositalarni tuzilishi to’g’risidagi umumiy tushunchalar, texnik va ekspluatatsion xususiyatlarini aks ettirish, agregat va qism mexanizmlarini hisoblash asoslari bo’yicha nazariy bilimlarni o’rganishdan iborat.
Fan bo’yicha talabalarning bilimiga, ko’nikma va malakasiga

qo’yiladigan talablar
«Avtomobillar maxsus kursi» fanini o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:

- Respublikamizdagi avtomobilsozlik korxonalarini barpo etish to’g’risidagi vazirlar mahkamasining qarorlarini; respublikamizda ishlab chiqarilayotgan va avtoxo’jaliklarda keng tarqalgan maxsus avtomobillar konstruktsiyasi hamda ixtisoslashtirilgan harakatdagi vositalarni tuzilishi, vazifasi va nazariy asoslari to’g’risida umumiy tushunchalarni; transport vositalarni rivojlanish istiqbollarini; yangi pedagogik texnologiyalar asosida mashg’ulot olib borishni va yangi o’quv texnik vositalaridan foydalanib avtomobillar maxsus kursi fanini o’qitish usularini bilishi kerak.

- maxsus transport vositalarining turlari, tuzilishi va ishlashini chuqur o’rganish; transport vositasining kuch uzatmasini turlari, tuzilishi va ishlashini o’rganish; transport vositasining yurish qismlari, transport vositasining kuzov va kabinalarining turlari va tuzilishini o’rganish; transport vositalarining ish jarayonlari chuqur o’zlashtirish.

- transport vositalarining turlari, tuzilishi va texnik ko’rsatkichlari; transport vositasining agregat va tizimlarining tuzilishi hamda ishlashi; ixtisoslashtirilgan transport vositalarining vazifasi, turlari, tuzilishi va ishlash tartibi bo’yicha malakalariga ega bo’lishi kerak.


Umumiy va o’quv ishlari turlari bo’yicha hajmi

Fanga umumiy 92 soat ajratilgan bo’lib, shundan auditoriya mashg’ulotlari 62 soat bo’lib semester davomida o’tiladi.



Semestr bo’yicha mashg’ulot turlariga ajratilgan soatning taqsimoti



Semestr


Fan tarkibi

nazorat

turi

Ja’mi

o’quv soati

Ma’ruza


Amaliy mashg’ulot


Labora-toriya ishlari


Seminar mashg’ulot

Mustaqil ta’lim

Kurs ishi (loyihasi)

Kunduzgi bo’lim

III

26

-

36

-

30

-

yozma

92

Jami

26

-

36

-

30

-




92



Ma’ruza mashg’ulotlari mazmuni va unga qo’yiladigan soatlar


T|r

Mavzularning nomi


Qisqacha mazmuni

soat

1

O’zbekistonda avtomobilsozlikning vujudga kelishi va rivojlanishi

Mustaqil O’zbekistonimizda esa avtomobilsozlikning yaratilish tarixi. O’zavtosanoat korxonalari va funktsiyalari. GM-O’zbekiston (sobiq O’zDEUavto) zavodlarida ishlab chiqariladigan avtomobillar. SamAVTO (sobiq “SamKochAvto” qushma) zavodlarida ishlab chiqariladigan avtomobillar.


4

2

Ishlab chiqarilayotgan avtomobillarning o’ziga xos konstruktiv xususiyatlari va ko’rsatkichlari.

Ishlab chiqarilayotgan avtomobillarning o’ziga xos konstruktiv xususiyatlari va ko’rsatkichlari to’g’tisida ma’lumotlar

2

3

Avtomobillar tasnifi. Model qatori. Imkoniyatlari.

Bazaviy shassisiga ko‘ra IHT avtomobil, tirkama va yarimtirkamalarga bo‘linishi mumkin. Tirkash qurilmalari bilan ulanuvchi zvenolar (elementlar) soniga ko‘ra esa IHT yakka avtomobil va avtopoezdlarga bo‘linadi

Mavjud yuklar nomenklaturasiga oid guruhlarni tahlili, ularni harakteri va xususiyatlari harakatlanuvchi tarkibni ixtisoslashtirishga ta’sirini belgilash imkonini beradi.




2

4

Ihtisoslashtirilgan harakatlanuvchi tarkib

Ma’lum turdagi yuklarni (o‘xshash yuklar guruxini) tashishga moslashtirilgan yoki tushirish-yuklashni ta’minlovchi maxsus qurilmalar bilan jihozlangan transport vositalari ixtisoslashtirilgan harakatlanuvchi tarkibni (IHT) tashkil etadi. Bazaviy shassisiga ko‘ra IHT avtomobil, tirkama va yarimtirkamalarga bo‘linishi mumkin.

2

5

Ihtisoslashtirilgan harakatlanuvchi tarkib (IHT) tasnifi.

Avtomobil va avtopoezdlarda tashiladigan hamma yuklar beshta guruhga ajratilgan. Guruhlarga ajratishda yuklarni harakatlanuvchi tarkib turiga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi qo‘yidagi parametrlari e’tiborga olingan chunonchi: fizik, kimyoviy va biologik xususiyatlari, massasi, hajmi, o‘lchamlari, yuklash-tushirish, tashish va saqlash usullari, sanitariya shartlari.



2

6

Bazaviy shassisiga ko’ra IHT turlari.

O‘zi tushiruvchi platforma (kuzov) bilan jihozlangan IHT o‘zi ag‘daruvchi avtomobil (samosval) deyiladi.

Vazifasiga ko‘ra o‘zi ag‘daruvchilar qurilish, qishloq xo‘jalik va karer; foydalanilgan shassi turiga ko‘ra avtomobil, tirkama va yarim tirkama; ag‘darish yo‘nalishiga ko‘ra ikki yonboshga, uch tomonga, orqaga va avval yuk ko‘taruvchi turlarga bo‘linadi.




2

7

O’zi ag’dargich avtomobillar Qurilish o’zi ag’daruvchilaridan. Qishloq xo’jalik o’zi ag’daruvchilari

Vazifasiga ko‘ra o‘zi ag‘daruvchilar qurilish, qishloq xo‘jalik va karer; foydalanilgan shassi turiga ko‘ra avtomobil, tirkama va yarim tirkama; ag‘darish yo‘nalishiga ko‘ra ikki yonboshga, uch tomonga, orqaga va avval yuk ko‘taruvchi turlarga bo‘linadi. Qishloq xo‘jalik o‘zi ag‘daruvchilari mineral va mahalliy o‘g‘itlar, em, g‘alla va h.k. yuklarni og‘ir yo‘l sharoitlarida tashish uchun mo‘ljallangan. Qurilish samosvallaridan kuzovini hajmini kattaligi hamda ikki va uch tomonga yukni ag‘darishligi bilan farq qiladi.


4

8

Karyer o’zi ag’daruvchilari.

Karer o‘zi ag‘daruvchilari tog‘ jinslari va qattiq foydali qazilmalarni hamda ochiq turdagi tog‘ ishlarida tuproq tashish uchun mo‘ljallangan. Odatda bunday avtomobillarni yo‘ldan tashqari avtomobillar deyiladi, chunki o‘qlarga to‘g‘ri keluvchi yuklanmalarni kattaligi tufayli bularni odatdagi yo‘llarda harakatlanishi mumkin emasligi haqida ma’lumotlar.


4

9

Platforma va ustki rama. Ko’tarish mexanizmi.

O‘zi ag‘daruvchi avtomobil platformasi (kuzovi) aksariyat taxtalangan po‘latdan payvandlash yo‘li bilan nuqul metalli qilib tayyorlanadi va ustunchalar bilan kuchaytiriladi.

Platforma tashiladigan yuk turi va xususiyatiga ko‘ra, kuraksimon, kovshsimon (cho‘michsimon), ag‘darish yo‘nalishida ochiladigan bortli va ochilmaydigan bortli konstruksiyali bo‘lishi mumkin.




4




jami

26

Laboratoriya mashg’ulotlari taqsimoti



T|r

Tajriba mashg’ulotlar mavzulari



Qisqacha mazmuni

soati

1

O’zi tushuruvchi avtomobillar ta’rifi, tasnifi va turlari bilan tanishish




4

2

Ko’tarish mexanizmi qurilmalari vazifasi, tuzilishi va ishlashi bilan tanishish

Ko‘tarish mexanizmi platformani qiyalatib yukni tushirish istagan holatda ushlab turish va transport holatiga qaytarish uchun xizmat qiladi. Ko‘tarish mexanizmlari mexanik, giravlik va pnevmatik turlarga bo‘linadi. Kompaktligi, ishonchliligi, ko‘tarish va tushirish muddatini qisqaligi (10-25 sek)tufayli gidravlik ko‘tarish mexanizmi keng tarqalgan.


4

3

Boshqarish tizimi elementlari konstruksiyasini o’rganish

BOSHqARISH TIZIMI ko‘tarish mexanizmining uzatma va ijrochi qurilmalarini boshqarish uchun xizmat qiladi. U mexanik, gidravlik, pnevmatik, elektr, aralash bo‘lishi mumkin va bitta boshqarish krani yoki bir nechta qurilmalardan (kran, klapanlar, silindr va h.k.) tashkil topadi.

KamAZ o‘zi ag‘daruvchi avtomobillarida distansion (knopkali) elektropnevmatik boshqarish tizimi qo‘llanilgan.



4

4

Gidrotsilindirlar konstruksiyasini o’rganish

GIDROTSILINDRLAR - ko‘tarish mexanizmining asosiy ijrochi kuch qurilmasidir. Odatda, ularni ko‘pzvenoli teleskopik qilib tayyorlaydilar.

Teleskopik gidrotsilindrlar o‘ta ixchamligi, massasini kichikligi, kuch samaradorligi va katta ish yo‘li bilan ajralib turadi. Bundan tashqari, alohida o‘rnatilishi va ko‘tarish mexanizmining boshqa elementlaridan katta masofada ishlashi mumkin.



4

5

Qo’shimcha jihozlarni avtomobilda joylashuvi va mahkamlanishi (naychalar, filtr, moy banki) bilan tanishish

Gidravlik ko‘tarish mexanizmi quvvat olish qutisi, moy nasosi, moy filtri, boshqarish tizimi, girotsilndr va naychalardan iborat.

Gidravlik ko‘tarish mexanizmi quyidagi belgilari (alomatlari) bo‘yicha tasniflanadi:

gidrotsilindrlar soniga ko‘ra – bitta yoki ikkita;

gidrotsilndrlarni mahkamlanish joyiga ko‘ra – platforma ostida, platforma oldida, platformani ikki tomonida (chap va o‘ng; oldida va orqasida);


4

6

O’zi tushuruvchi avtomobillar platformalari konstruksiyasini o’rganish

O‘zi ag‘dargichlarning platformasi ustki ramaga sharnir ravishda mahkamlanadi. Orqaga ag‘daruvchilarda platformani oldingi qismi transport holatida mahkam o‘rnatilmaydi (qayd qilinmaydi). Notekis yo‘llarda harakatlanganda vertikal tezlanish ta’sirida, platformani ajralish va so‘ngra ustki ramaga qulash hollari sodir bo‘ladi. Natijada, rama zarbli yuklanmaga duchor bo‘ladi. Bu hollarda ustki rama nafaqat kuchaytirgich, balki bufer vazifasini ham bajaradi.


4

7

Avtomobil va avtopoyezd-sisternalar konstruksiyasining o’zgaligi, ta’rifi va tasnifi bilan tanishish

Suyuq, gazsimon va sochiluvchan yuklarni vaqtincha saqlash hamda tashish uchun konstruktiv moslashtirilgan IHT avtomobil-sisternalar deyiladi. YUkni joylashtirish uchun rezervuar va turli yuklash-tushirish mexanizmlari mavjudligi bilan sisternalar o‘zgachadir.

Avtomobil-sisternalar shassi (avtomobil, tirkama yoki yarim tirkama), sisterna (rezervuar) va mahsus jihozlardan tashkil topgan.




4

8

Suyuqlik tashuvchi avtotsisternalarning maxsus qurilmalarini vazifasi va ishlash jarayoni hamda konstruksiyasi bilan quyidagi tartibda tanishish

Sisternali avtomobillar quyidagi belgilariga ko‘ra tasniflanadi:

Texnologik jihoz o‘rnatilgan bazaviy shassi turi bo‘yicha (avtomobil-sisterna, tirkama-sisterna, yarimtirkama-sisterna) va unng o‘tag‘onligi (oddiy o‘tag‘on yoki yuqori o‘tag‘on);

Vazifasi bo‘yicha – tashish uchun va tashish hamda yonilg‘i quyish uchun;

Rezervuar sig‘imi bo‘yicha – kichik (5m3gacha), o‘rta (515m3) va katta (15m3 dan yuqori);




4

9

Sochiluvchan yuklarni tashuvchi sisternalar maxsus jihozlarining vazifasi, ishlash prinsipi bilan tanishish va konstruksiyalarini o’rganish

Sochiluvchan yuklarga quyidagilar kiradi: qurilish (sement, gips, ohak); oziq-ovqat (tuz, un, kakao, shakar, don va h.k.); kimyoviy (soda, grafit va h.k.).

Sement tashuvchi sisterna, odatda kesimi silindrik shaklda bo‘lib, tortuvchi avtomobilga biroz orqaga gorizontal qiyalikda o‘rnatiladi (7- 90 burchak ostida).




4




jami

36-soat


Mustaqil talimni tashkil etishning shakli va mazmuni

Avtomobillar maxsus kursi” bo’yicha talabaning mustaqil ta’limi shu fanni o’rganish jarayonining tarkibiy qismi bo’lib, uslubiy va axborot resurslari bilan to’la tahminlangan.

Talabalar auditoriya mashg’ulotlarida professor-o’qituvchilarning mahruzasini tinglaydilar. Auditoriyadan tashqarida talaba darslarga tayyorlanadi, adabiyotlarni konspekt qiladi, uy vazifa sifatida berilgan avtomobil qism va agregatlariga TXK va T zamonaviy usul, vositalari, texnologik jihozlar to’g’risida mahlumotlar to’playdilar. Bundan tashqari ayrim mavzularni kengroq o’rganish maqsadida qo’shimcha adabiyotlarni o’qib referatlar tayyorlaydi hamda mavzu bo’yicha testlar yechadi. Mustaqil ta’lim natijalari reyting tizimi asosida baholanadi.

Uyga vazifalarni bajarish, qo’shimcha darslik va adabiyotlardan yangi bilimlarni mustaqil o’rganish, kerakli mahlumotlarni izlash va ularni topish yo’llarini aniqlash, internet tarmoqlaridan foydalanib mahlumotlar to’plash va ilmiy izlanishlar olib borish, ilmiy to’garak doirasida yoki mustaqil ravishda ilmiy manbalardan foydalanib ilmiy maqola va mahruzalar tayyorlash kabilar talabalarning darsda olgan bilimlarini chuqurlashtiradi, ularning mustaqil fikrlash va ijodiy qobiliyatini rivojlantiradi. SHuning uchun ham mustaqil ta’limsiz o’quv faoliyati samarali bo’lishi mumkin emas.

Uy vazifalarini laboratoriya mashg’ulot olib boruvchi o’qituvchi tomonidan, konspektlarni va mavzuni o’zlashtirish darajasini tekshirish va baholash esa mahruza darslarini olib boruvchi o’qituvchi tomonidan har darsda amalga oshiriladi.

Avtomobillar maxsus kursi” fanidan mustaqil ish majmuasi fanning barcha mavzularini qamrab olgan va quyidagi mavzu ko’rinishida shakllantirilgan.


Talabalar mustaqil ta’limining mazmuni va hajmi

III- SEMESTR

t/r

Mustaqil ta’lim mavzulari

Qisqacha mazmuni

Hajmi (soatda)

1

SamAVTO maxsus avtomobillarining kons-truktsiyasi xususiyatlari

  1. SamAVTO (sobiq “SamKochAvto”) zavodlarida ishlab chiqariladigan avtomobillar.

  2. Ishlab chiqarilayotgan avtomobillarning O’ziga xos konstruktiv xususiyatlari va ko’rsatkichlari.

Avtomobillar tasnifi. Model qatori. Imkoniyatlari

6


2

O’zi ag’dargich yuritmalari ularni qo’llanishi

O’zi ag’dargich avtomobillar vazifasi, turlari va komponovkasini bilan to’liq Qurilish va qishloq xo’jalik o’zi ag’daruvchilar haqida tushuncha berish, uning nazariy va amaliy ahamiyatini yoritib berish tanishtirish

6

3

Zamonaviy ag’dargichlar

Zamonaviy ag’dargichlar va chet el o’zi ag’dargichlari to’g’risida ma’lumot berish.

6

4

Zamonaviy avtotsesternalar

TSisternali avtomobillarni tasniflanashi. Rezervuar sig’imini haqida tushuncha berish, uning nazariy va amaliy ahamiyatini yoritib berish. Tashiladigan mahsulot turi. Tushirish (to’kish) texnologik jihozlar turi to’g’risida tushuncha berish

6

5

Zamonaviy avtopoezdlar

Avtomobil va avtopoezd-furgonlar vazifasi va tasnifini bilan to’liq tanishtirish. Universal va tor doirada ixtisoslashtirilgan avtomobil-furgonlar, uning nazariy va amaliy ahamiyatini yoritib berish

6




jami




30


Avtomobillarning maxsus kursi fanidan

III- SEMESTR uchun oraliq nazorat savollari


1. Fanning maqsad va vazifalari.

2. Avtomobil sanoatining taraqqiy etish tarixi.

3. Avtomobil transportining Respublika ijtimoiy-iqtisodiyoti rivojidagi axamiyati.

4. Avtomobilda rivojlanish bosqichlari nimalardan iborat?

5. Respublikamizda avtomobilsozlikning istiqbollari tushuntiring?

6. Avtomobil transportining respublika va xalq xo’jaligidagi ahamiyati nimalardan iborat?

7. Umumiy ma’lumotlar. Transport vositasining tarifi va vazifasi.

8. Passajir transport vositasi. Yuk transport vositasi.

9. Tirkama transport vositasi.

10. Avtomobil konstruktsiyasining rivojlanish tarixi.

11. Avtomobilning umumiy tuzilishi. Texnikaviy xarakteristikalari va belgilanishi (markirovkalanishi).

12. Sovitish tizimining konstruktsiyasining tuzilishi va ularning ishlash printsipi: radiator: jalyuzi: suyuqlik nasosi: ventilyator: gidromufta: termostat.

13. Moylash tizimining tarifi vazifasi va tasnifi.

14. Moylash usullari.

15. Moylash tizimini konstruktsiyasining tuzilishi va ishlash printsipi: Moy nasosi. Moy fil trlari. Moy osti tog’orasi (paddon). Moy radiatori. Klapanlar.

16. Karbyuratorli dvigatelning ta’minlash tizimining vazifasi, sxemasi, umumiy tuzilishi va ishlashi.

17. Yonilg’i nasosi, fil’trlar, yonuvchi aralashmsining hususiyatlari

18. Yonuvchi aralashmaning tarkibi, uning dvigatel ishiga ta’siri.

19. Oddiy karbyuratorni ishlash usuli.

20. Karbyuratorga o’rnatilgan tizim va moslamalar, ularning ishlashi.

21. Gaz ballonli avtomobil dvigatelining ta’minlash tizimining vazifasi, tuzilishi va ishlashi.

22. Siqilgan va suyultirilgan gazlarning asosiy xususiyatlari.

23. Siqilgan va suyultirilgan gazlar bilan ta’minlashda qo’llaniladigan asosiy jihozlar, ularning joylashish sxemasi.

24. Injektorli dvigatellarning zamonaviy purkash tizimi.

25. Karbyuratorli dvigatelning yonilg’i bilan ta’minlanish tizimining vazifasini tushuntiring?.

26. Yonilg’ilar va ularning xususiyatlari qanday?.

27.Burchak tezliklari bir xil bo’lgan va bir xil bo’lmagan kardan sharnirlari tushuntiring?

28.Kardanli uzatma konstruktsiyasining ishlash jarayoni ayting?

29.Kardanli uzatmaning shlitsali birikmasi qanday tuzilgan?

30.Veys turidagi kardan uzatmasini tushuntiring?

31.Elastik kardan uzatmasini tushuntiring?

32.Asosiy uzatmaning vazifasi, turlari.

33.Konussimon va gipoidli asosiy uzatmaning farqi va afzalliklari.

35.Asosiy uzatma konstruktsiyasi va tuzilishi va ishlashi jarayoni.

36.Suyultirilgan va siqilgan gazda ishlaydigan dvigatellarning vazifasi, uzilishi, ishlashi.

37.YUqori bosimli rediutori, past bosimli reduktorningvazifasi, tuzilishi.

38.Karbyuratorning yurgizib yuborish tuzilmasining vazifasi, tuzilishi.

39.Ekonomayzerning vazifasi, tuzilishi, ishlashi.

40.Tezlatgich nasosining vazifasi, tuzilishi.

41.Yonilg‘i tarkibi va uning dvigatelning ish rejimiga ta’siri.

42.Karbyuratorli va dizel dvigatellarning taqqoslash, bir-biridan farqi. Afzalligi va kamchiligi.

43.Dvigatel karterining shamollatish usullari.

44.Havo bilan sovitish sistemasi. Havo va suyuqlik bilan sovitish sistemasining afzalligi va kmachiligi.

45.Yonilgining past bosim orqali uzatish asboblari haqida ma’lumot bering.

46.Yonilg‘ining yuqori bosim orqali uzatish asboblari haqida ma’lumot bering.

47.Karbyuratorli va dizel dvigatellarini bir-biridan farqi, afzalligi va kamchiligi.

48.Reduksion klapanning vazifasi.

49.Moylash sistemasidagi manometrning ishlash uslubi

50.Moy kabul kilgich sistemaning qaysi qismida joylashgan va uning vazifasi nimadan iborat

  1. Qaysi detallar bosim ostida moylanadi va uning sababini eriting

  1. Sachratish usulida kaysi detallar moylanadi

  1. Yokilg’i satxini kursatuvchi datchik kanday ishlaydi

  1. Yonilg’i bakining tuzilishi va ishlashi

  1. Dagal yonilg’i filtrining vazifasi va ishlashi

  1. Mayin yonilg’i filtrining vazifasi va ishlashi

  1. Sundirgichning vazifasi va asosiy qismlari

  1. Gaz ballonli dvigatellarning taminlash sistemasi U kanday asosiy qismlardan tashkil topgan

  1. Suyultirilgan gazda ishlaydigan dvigatelni taminlash sistemasining ishlash uslubi

  1. Gaz reduktorlari va buglatgichlarning vazifasi va ishlashi

  1. Ikki bosqichli reduktorning ishlashi va vazifasi

  1. Saqlagich va tezkorlik klapanlarining vazifasi nimadan iborat

  1. To‘g‘ri oqimli gaz filtrining vazifasi va ishlashi

  1. Gaz ballonli avtomobillarda asosiy jixozlarga kirmaydigan , lekin ularning mukammal ishlashi uchun zarur bo’lgan qurilmalarga qanday tuzilmalar kiradi

  1. Suyultirilgan gazlar uchun ishlab chiqarilayotgan gaz ballonlarning belgilangan ish bosimi va xajmi qancha.

  1. Siqilgan va suyultirilgan gazlarni saqlashda qanday materialli ballonlardan foydaniladi.

  1. Gaz taqsimlash mexanizimining fazalari.

  1. Dizil dvigatelining avzalliklari va kamchiliklari.

  1. Karbyuratorli, gaz balonli va dizel dvigatellarining taqqoslash. Ularning bir biridan farqi, avzalligi va kamchiligi.

  1. Kardan uzatmasini turlari, umumiy tuzilishi tushuntiring?

  1. Elektromobillar.






Avtomobillarning maxsus kursi fanidan

yakuniy baxolash savollari.




1. Avtomobil transportining ahamiyati va mamlakatda tutgan o’rni.

2.Avtomobil transporti haqida tushuncha iqtisodiyotida tutgan o’rni.

3. O’zbekiston Respublikasida avtotransport vositalarining (ATV) shakllanishi va rivojlanishi.

4. O’zbekiston Respublikasining avtomobil transporti to’g’risidagi qonunini mohiyati ?

5. Avtomobil transporti xarakat tarkibini turlanishi yozing ?

6. Avtomobilni umumiy tuzilishini yozing ?

7. Ihtisoslashtirilgan harakatlanuvchi tarkib qanday ?

8. O’zi ag’dargich avtomobillarning vazifasi.

9. Vazifasiga ko’ra o’zi ag’dargichlar qanday turlarga bo’linadi?

10. Qurilish, qishloq xo’jaliik o’zi ag’dargichlarni farqi nimada?

11.O’zi ag’dargichning ko’tarish mexanizmi qanday elementlardan tashkil topgan?

12. Avtotransport vositalarining rivojlanishini yangi bosqichlari.

13. Avtotransport vositalari ishlab chiqarish tarmog’idagi yangi yo’nalishlarni yozing ?

14. Avtomobil dvigatelini tuzilishi xaqida yozing ?

15. Transport vositalarining dvigatelini kampanovka sxemalarini yozing ?

16. Avtomobilg’-tsisterna tahrifini keltiring.

17. Neftg’ mahsulotlarini tashuvchi tsisternalar qanday belgilanadi?

18. Tsement tashuvchi tsisternalarni tuzilishi, yukni to’kish qanday amalga oshiriladi?

19. Sut tashuvchi rezervuarlar qanday tuzilgan, tushirish ishlari qanday bajariladi ?

20. Un tashuvchi tsesternalar tuzilishi, unni to’kish qanday amalga oshiriladi?

21. IYoD turlari xaqida yozing ?

22. Avtomobilg’-furgon tahrifini keltiring.

23. Refrijeratorli furgonlarni sovitish usullari.

24. Kompressorli sovitish qurilmasini ishlash jarayonini bayon eting.

25.Tushirish-yuklash qurilmasini turiga ko’ra o’zi yuklagichli avtomobillar qanday turlarga

bo’linadi?

26.O’zi yuklagichli avtomobillar tahrifini keltiring.

27.Tushirish-yuklash qurilmasini turiga ko’ra o’zi yuklagichli avtomobillar qanday turlarga

bo’linadi?

28. O’zbekiston Respublikasining shahar yo’lovchi transporti to’g’risidagi qonuni.

29. Avtotransport konstruktsiyasining kelajakdagi rivojlanishi

30. Avtomobil transmissiyasini tuzilishini yozing ?

31. Turbonadduv dvigatelni ishlashini yozing ?

32. ATV ni boshqarishning elektron tizimlari.

33. Avtomobil kranlarining vazifasi nimadan iborat?

34. Avtopoezd tahrifini keltiring.

35. Lebyodkaning vazifasi nimadan iborat?

36. Tirkama tahrifini keltiring.

37. Vazifasiga ko’ra tirkamalar qanday turlarga bo’linadi?

38. Vazifasiga ko’ra yarim tirkamalar qanday turlarga bo’linadi?

39. Og’ir vaznli yuklarni tashuvchi avtopoezd tahrifini keltiring.

40. Og’ir vaznli yuklarni tashuvchi tirkama va yarim tirkamalar konstruktsiyasini o’ziga xosligi haqida tushuncha bering.

41. O’zbekistonda avtomobilsozlikning vujudga kelishi.

42. O’zbekistonda avtomobilsozlikning rivojlanishi qanday ?

43.Turbonadduv dvgatelini shilash printsipini yozing ?

44. Qurilish konstruktsiyalarini tashuvchi avtopoezd tahrifini keltiring.

45.Uzun o’lchamli yuklarga nimalar kiradi ?

46. Tozalik saqlovchi avtomobillar ?

47.Kurilish konstruksiyalarini tashuvchi avtopoezd turlarini keltiring.

48.Uzun o‘lchamli yuklarga nimalar kiradi?

49Axlat tashuvchi avtomobilni vazifalari nimalardan iborat?

50.Axlat tashuvchi avtomobilning maxsus jihozlariga nimalar kiradi?

51.UNIMOG transport vositasining vazifalari nimalardan iborat?

52.Yonuvchi aralashmaning tarkibi, uning dvigatel ishiga ta’siri.

53. Oddiy karbyuratorni ishlash usuli.

54. Karbyuratorga o’rnatilgan tizim va moslamalar, ularning ishlashi.

55. Gaz ballonli avtomobil dvigatelining ta’minlash tizimining vazifasi, tuzilishi va ishlashi.

56.Neft mahsulotlarini tashuvchi sisternalar yong‘inga qarshi nimalar bilan jihozlanadi?

57.Sement tashuvchi sisternalarda yukni to‘kish qanday amalga oshiriladi?

58.Sut rezervuarlarga qanday to‘ldiriladi?

59.Un tashuvchilarda unni to‘kish qanday amalga oshiriladi?

60.Avtomobil-furgon ta’rifini keltiring

61.YOrdamchi lebyodkani vazifasi nimadan iborat?

62.Avtopoezd ta’rifini keltiring.

63. Avtopoezd afzalliklari nimalardan iborat?

64.Vazifasiga ko‘ra avtopoezdlar qanday turlarga bo‘linadi?

65.Avtopoezdlar elementlarining bog‘liqligiga ko‘ra qanday turlarga bo‘linadi?

66. Lebyodkaning vazifasi nimadan iborat?

67.Lebyodka yuritmani qaerdan va qanday elementlar orqali oladi

68.Vazifasiga ko‘ra tirkamalar qanday turlarga bo‘linadi?

69.Tirkamalar qanday belgilanadi?

70.Tirkamalarni komponovka sxemasi va konstruksiyani o‘ziga hosligi haqida tushuncha bering.

71.Og‘ir vaznli yuklarni tashuvchi avtopoezd ta’rifini keltiring.

72.Qaysi yuklar og‘ir vaznli hisoblanadi?

73. Og‘ir vaznli yuklarni tashuvchi avtopoezdlar qaysi belgisiga ko‘ra turlarga bo‘linadi?

74.Og‘ir vaznli yuklarni tashuvchi tirkama va yarim tirkamalar konstruksiyasini o‘ziga xosligi haqida tushuncha bering.

75. Gazli dvigatellarning ta’minlash tizimida qo’llaniladigan jixozlarning vazifalari va tuzilishi.



Tavsiya etilgan adabiyotlar ro’yxati

Asosiy adabiyotlar

  1. Fayzullaev E.Z., Muxitdinov A.A., Shomaxmudov Sh.Sh., Qodirxonov M.O., Sottivoldiev B, Rasulov G’.G’., Sharaev E.P.,Qosimov O.K., Xakimov Sh.K., “Transport vositalarining tuzilishi va nazariyasi” Toshkent, “Zarkalam,” 2005 y. -432.

  2. Mamatov.X, Turdiev.Yu, Qodirxonov.M Avtomobillar konstruktsiyasi va nazariyasi asoslari. Toshkent. « O’qituvchi» 1982 y.

  3. Mamatov.X Avtomobillar (Avtomobillar konstruktsiyasi asoslari). 1-qism. Toshkent, «O’qituvchi», 1995-y.

  4. Mamatov.X Avtomobillar (Avtomobillar konstruktsiyasi asoslari). 2-qism. Toshkent, «O’qituvchi», 1998-y.

  5. Fayzullaev E.Z., Muhitdinov A.A., Shomahmudov Sh.Sh.,Qodirhonov M.O., Sottivoldiev B., Rasulov G.G., Sharaev E.P., Qosimov O.K., Hakimov Sh.K. “Transport vositalarining tuzilishi va nazariyasi”. Toshkent “Yangi asr avlodi” 2006 y. -375 bet.



Qo’shimcha adabiyotlar

1.Avtomobili. Spetsializirovanniy podvijnoy sostav. Pod red. M.S.Visotskogo, A.I.Grishkevicha. Minsk.: Vыsh.shk.1989.-240s.



  1. Vaxlamov V.K. Texnika avtomobilnogo transporta. Podvijnoy sostav i ekspluatatsionnie svoystva: M.:2004. -528s.

  2. SamKochAvto “Otoyo’l”. Rukovodstvo po ekspluatatsii. 2000.- 834s.

  3. Kratkiy avtomobilnыy spravochnik. 4 tom. Spetsialnыe i spetsializirovannie avtotransportnie sredstva. Moskva. Avto-polis plyus. 2004 g.

  4. SamAUTO. Prospekt. 2009.

  5. Avtomobillar maxsus kursi. Ma`ruzalar matni. Namangan – 2015 yil

Internet ma`lumotlari olinishi mumkin bo’lgan saytlar:

http: www.zarulem.ru,

http: www.5ballov.ru,

http: www.avtoklakson.ru,



http: referat.students.ru,

http: www.referats.net,

http: www.referats.com.

www.avtoolam.uz,

www.tadi.uz,

www.madi.ru


BAHOLASH MEZONLARI
"Avtomobillarning maxsus kursi " fanidan 3-semestr uchun talabalar bilimini nazorat qilish va baholash mezoni.


  1. Talabaning fan bo’yicha o’zlashtirishini baholash quyidagi turlar orqali amalga oshiriladi.

  • Oraliq nazorat (ON)

  • Yakuniy nazorat (YaN)


Oraliq nazorat – semester davomida o’quv dasturining tegishli (fanning bir necha ma’ruza va amaliy mashg’ulot mavzularini o’z ichiga olgan) bo’limi tugallangandan keyin talabaning bilim va amaliy ko’nikma darajasi baholanadi va o’quv faniga ajratilgan umumiy soatlar hajmidan kelib chiqqan holda 1 yoki 2 marotaba baholanadi.

Fanning xususiyatidan kelib chiqqan holda nazorat turi og’zaki so’rov, test o’tkazish, suhbat, nazorat ishi, uy vazifalarini tekshirish va shu kabi boshqa shakllarda o’tkaziladi.





Semestr

Oraliq nazorat

Maruza , amaliy va mustaqil ish soatlari

(jami)

Maruza soatlari

Laboratoriya mashg’uloti soatlari

Mustaqil ish soatlari

Soat

Soat

Soat

Soat

3

92

26

36

30

Avtomobillarning maxsus kursi” fanidan barcha talabalar amaliy mashg’ulotlardan xamma mavzular bo`yicha baholanishi shart.



Baholash usullari

Amaliy ishllarini bajarishi.

Baholash mezonlari

Talaba “Avtomobillarning maxsus kursi “fani boyicha o’zlashtirish ko’rsatkichini nazorat qilishda quyidagi namunaviy mezon asosida baholanadi.

5- (a’lo) baho: vazifani mustaqil va aniq bajarishi; vazifani chizmachilik talablari asosida bajarilishi; olgan bilimlarini amalda qo’llay olish; mohiyatini tushunish; bilish, aytib berish; tasavvurga ega bo’lish.

4- (yaxshi) baho: vazifani mustaqil va aniq bajarishi; olgan bilimlarini amalda qo’llay olish; mohiyatini tushunish; bilish, aytib berish; tasavvurga ega bo’lish.

3 - («qoniqarlii) baho: vazifani mustaqil bajarishi mohiyatini tushunish; bilish, aytib berish; tasavvurga ega bo’lish.

2 - (qoniqarsiz) baho: dasturni uzlashtirmaganlik; fanning mohiyatini bilmaslik; aniq tasavvurga ega bo’lmaslik; mustaqil fikrlay olmaslik.




Baholash turlari

Eng yuqori baho

O`tkazish vaqti

Jоriy baholash:

5

Laboratoriya mashg`ulotlari davomida

yakuniy baholashgacha



Amaliy mаshg‘ulоtlаrda faolligi, vazifani mustaqil va aniq bajarishi; vazifani chizmachilik talablari asosida bajarganligi uchun.

5

Mustaqil ta`lim topshiriqlarini o‘z vaqtida sifatli bajarilishi

5




Oraliq baholash:

5

10chi va ohirgi haftada



Oraliq nаzоrаt amaliy o`qituvchisi tomonidan qabul qilinadi. Oraliq nаzоrаt ikkita vazifadan iborat amaliy mаshg‘ulоtlаrida o`tilgan mavzular yuzasidan variantlar asosidagi orqali o`tkaziladi.

5



Yakuniy baholash:

5




Yakuniy nаzоrаt amаliy va оg‘zаki shaklda o`tilgan mavzularga oid amaliy mashqlar hamda yozma savol javob tarzida o‘tkaziladi. Bunda talabalar 2 ta amaliy mashq bajarib, fanga oid savollarga javob beradi.

5

Kurs oxirida




Jami

5





Oraliq nazoratga shu davrda talabaning ma`ruzalarga qatnashganligi, amaliy mashg`ulotlarni topshirganligi va shu davrda oid mustaqil ishlarni bajarganligi inobatga olinib qo`yiladi.

Agar talabaning umumiy bahosi 3(qoniqarli) dan past bo`lsa u holda oraliq nazoratiga qo`yilmaydi.

Agar talabaning oraliq nazoratlarigan umumiy bahosi 3(qoniqarli) dan past bo`lsa u holda yakuniy nazoratiga qo`yilmaydi.
Yakuniy nazorat:

- Yozma ish shaklida bo’lsa:



  • Tayanch iboralar yoki savolni to’g’ri yoritish – 3;

  • Mustaqil yondashish, amaliy misollar keltirish – 1;

  • Grafik ishlanmalardan foydalanish – 1;

Jami -5 baho

Test shaklida bo’lsa:

  • 26 tadan 30 tagacha – 5;

  • 22 tadan 25 tagacha – 4;

  • 17 tadan 21 tagacha – 3.


Og’zaki shaklda bo’lsa:

  • Savollarga to’laqonli javob berishi uchun – 3;

  • Ijodiy fikrlashi, amaliy misollar keltirishi uchun – 1;

Qo’shimcha savollarga javob berishi uchun – 1.

Jami -5 baho

Download 252.73 Kb.




Download 252.73 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Namangan davlat universiteti

Download 252.73 Kb.