Namangan davlat universiteti




Download 362.7 Kb.
bet1/5
Sana31.03.2020
Hajmi362.7 Kb.
  1   2   3   4   5


O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI

NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI

FAKULTETLARARO CHET TILLAR KAFEDRASI







«TASDIQLAYMAN»

O’quv ishlari bo’yicha prorektor _________ v.v.b. D.Dehqonov.

«___» _____________2019 yil



FANINING


ISHCHI O’QUV DASTURI

2019/2020 o’quv yili kunduzgi ta’lim shakli, 2-kurslar ucun

Bilim sohasi: 100000- Gumanitar soha

Ta’lim sohasi: 140000- Tabiiy fanlar

Ta’lim yo’nalishi: 5140200-Fizika (kunduzgi)


NAMANGAN – 2019

Fanning ishchi dasturi O‘ROO’MTV tomonidan 2018 yilning 26-mayda № BD-1.05 raqami bilan ro‘yxatga olinib, 2018 yil 14 iyundagi 531-sonli buyruq bilan tasdiqlangan “Xorijiy til” fani namunaviy o‘quv dasturi hamda 5140200-Fizika yo‘nalishi o‘quv rejasiga muvofiq ishlab chiqildi.


Tuzuvchi: _________ o‘qituvchi D. Sadriddinova

Taqrizchi: _______ NamDU fakultetlararo chet tillar kafedrasi

katta o‘qituvchisi A.Bahodirov

Fanning ishchi o‘quv dasturi Fakultetlararo chet tillarkafedrasining 2019 yil __ ___dagi 1- son yig‘ilishida muhokamadan o‘tgan va fakultet kengashida ko‘rib uchun tavsiya etilgan.



Kafedra mudiri: ________v.v.b.E.Atamirzayeva

Ishchi o‘quv dasturi Ingliz filologiyasi fakultetining 2019 yil ___-avgustdagi

1-sonli kengashida ko‘rib chiqilgan va foydalanishga tavsiya etilgan.

Fakultet kengashi raisi: p.f.n. S.Misirov

Kelishildi:

O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i: _____________v.v.b. Z.Mo‘minov
Xorijiy til ( Ingliz tili ) fanining dolzarbligi va oliy kasbiyta’limdagi o‘rni

Kirish. Uzluksiz ta’lim tizimining chet tillar bo‘yicha davlat ta’lim standartidagi “Chet tillar bo‘yicha ta’limning barcha bosqichlari bitiruvchilarining tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan talablar”ga muvofiq oliy ta’lim muassasalarining ixtisosligi chet tili bo‘lmagan fakultetlari bitiruvchilari chet tili bo‘yicha B2 darajasini egallashlari belgilab berilgan.

Xorijiy til fan dasturi mazmun-mohiyatiga ko‘ra umumiy ilmiy (akademik) til ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan, talabalarning bo‘lg’usi kasbiy faoliyatlarida foydalanadigan til kompetentsiyalarini rivojlantirishga moslashtirilgan. Mustaqil ta’lim talabalarda tildan erkin foydalanish ko‘nikma va malakalarini egallash motivatsiyasini shakllantirish va rivojlantirishga qaratilgan.

Ushbu dastur “Xorijiy til” fanini o‘qitish davrida talabalarning umumiy, akademik va kasbga yo‘naltirilgan til ko‘nikma va malakalarini rivojlantirishga qaratilgan. Xorijiy tilni o‘rganishning mustaqil muloqot (B2) darajasi talabalarda ko‘proq akademik va kasbga yo‘naltirilgan til ko‘nikmalarini rivojlantirishni taqozo etadi.

I. Xorijiy til(Ingliz tili ) fanining maqsadi va vazifasi

Xorijiy tilni o‘rgatishdan asosiy maqsad – bo‘lg’usi mutaxassislarda kundalik hayotlari, ilmiy va kasbiy faoliyatlarida chet tili yoki bir necha tillardan erkin foydalanuvchi mutaxassislarni tayyorlash. Shu bilan birga, ularda vatanparvarlik xissini rivojlantirish, mustaqil izlanish, bilim va ko‘nikmalarini darsdan tashqari, OTMni bitirganlaridan keyin ham rivojlantirish malakalarini hamda umumbashariy va sohaga oid ilmiy mavzularda mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishdan iborat.

Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalarilgari suriladi:



  • talabalarning nutqiy (o‘qish, yozish, tinglab tushunish, gapirish), til (leksik, grammatik), ijtimoiy-madaniy va pragmatik kompetentsiyalarini DTSi talablariga binoan rivojlantirish;

  • ilmiy, kasbiy va maishiy faoliyatga boqliq mavzular yuzasidan og’zaki va yozma ravishda bayon etish ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish;

  • umumbashariy va milliy qadriyatlar bilan tanishtirish, madaniyatlararo bag‘rikenglik va millatlararo hamdo‘stlik xislarini singdirish;

  • ilmiy va kasbiy faoliyatda qo‘llaniladigan termin va atamalarni o‘rgatish;

  • talabalarning ilmiy va soxaviy yo‘nalishlaridan kelib chiqqan holda mustaqil ishlarini tashkil etish.

  • Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga quyida keltirilgan talablar quyiladi. Davlat ta’lim standartlariga ko‘ra chet tili bo‘yicha B2 daraja bitiruvchilari tayyorgarligi darajasiga quyiladigan talablar asosida quyidagi kompetentsiyalarni egallash ko‘zda tutilgan.

Lingvistik kompetentsiya

Nutqiy kompetentsiya:

Tinglab tushunish:

keng ko‘lamli nutq yoki qator murakkab fikrlar bayonini; ma’ruza, nutq, bayonot, tafsilotli yo‘riqnomalar, ilmiy va ixtisoslik taqdimotlar, so‘rov va fikrlarning moxiyatini; e’lon va xabarlarni;

tanish va notanish kontekstdagi murakkab autentik nutqni; o‘rganilayotgan til egasi bo‘lgan so‘zlashuvchilarning suxbat yoki munozarasining aksariyat qismini;

radio, internet va televidenie dasturlari, intervyularning aksariyat qismini tushuna oladi.

Gapirish:

Dialog:


O‘rganilayotgan tilda so‘zlashuvchilar bilan muloqotga kirishish; oldindan tayyorgarlik ko‘rilmagan jonli muxokama va munozara yuritish; o‘z soxalariga oid intervyuda ishtirok eta olish;

bitimga kelishuv yoki muammo yechimini topishda rasmiylik va xushmuomalalikdan foydalanish;

rasmiy muxokama doirasida o‘z fikr va muloxazalarini aniq ifodalash; o‘z xamkorlari bilan muzokara yuritish;

ma’lum masala yuzasidan madaniy tartibga amal qilib ma’lumot yoki iltifot so‘rash;

muxokamalarda o‘z fikrlarini asoslash, o‘zgartirib talqin eta olish va tuzatish;

rasmiy doiralarda (masalan, seminar va xakazolar) xos ravishda savol - javob qilsh.

Monolog:

ma’lum mavzu bo‘yicha yaxshi takdimot qilish;

o‘z soxasi bo‘yicha ma’lumotlarni anik va batafsil bayon etish;

ma’lum mavzu bo‘yicha ogzaki ma’ruza qilish;

maqola, ma’ruza yoki muxokama yuzasidan aniq umumlashgan xulosa qilish; tanish mavzuga oid qarash yoki fikrni rivojlantirish, dalillar, misollar keltirish orqali asoslash.

O‘qish:


tanish va notanish mavzulardagi matnlarning asosiy/ayrim jixatlarini; o‘z soxalari va qiziqishlariga mos yozishmalarni; jadval, grafiklarning qisqa izohini; murakkab nomalarni;

maxsus va murakkab yozma yo‘riqnoma va yo‘nalishlarni;

tezislar, ma’ruza matnlari, konferensiya dasturlari, mundarija va shu kabi matnlarni;

kasbiy sohalariga oid maqola va ma’ruzalardan tegishli ma’lumotni ajrata oladi.



Rivojlantiriladigan malakalar: Chet tilidagi materiallarning umumiy mazmunini tushunish, ayrim ma’lumotlarni olish, tafsilotlarni tushunish va yo‘nalishni aniqlash uchun o‘qish (belgilar, ko‘rsatkichlar va b).

Yozuv:


Maxsus rasmiy va norasmiy noma/xatlar;

shaklan va mazmunan turli tashkillashtirilgan insho va ma’ruzalar;

etarli darajada grammatik, mazmun jixatdan turli tuzilgan va mos

uslubdagi ilmiy maqolalar;

takliflar, xulosalar, annotatsiyalar va tezislar;

zarur xolda o‘z soxalari bo‘yicha bitiruv malakaviy ishlar yoza olish.

Til kompetentsiyasi:

Leksik:


B2 darajasidagi leksikani egallash;

So‘z yasalishi (qo‘shma so‘zlar va affiksatsiya), o‘zlashma (baynalmilal) va o‘zakdosh so‘zlar;

antonimlar, sinonimlar va boshqa umumleksik munosabatlarni qo‘llay olish.

Grammatik:

O‘tilgan grammatik material (fe’l zamonlari, modal fe’llar, sifat va ravishlarning qiyosiy darajalari, determinativ so‘zlar, predloglar va xokazo)ni kundalik, ilmiy va sohaviy kontekstlarda turli qo‘llay olish.

Sotsiolingvistik kompetentsiya

O‘zbekiston va tili o‘rganilayotgan mamlakatlar madaniyatlari misolida (ijtimoiy va ta’lim doiralarida) madaniyatlararo muloqotnichuqurrok tushunib yetish va uning muloqot bilan borlik xususiyatlari, jumladan, salomlashish, murojaat shakllari, xushmuomalalik va xokazo; turli madaniyatlardagi kommunikatsiyaning noverbal elementlari: xatti- xarakatlar, imo-ishoralar ustida ishlashni davom ettirish;

elektron muloqotlarning chet tilida yozish xususiyatlarini bilish va amaliyotda qo‘llay olish.

Pragmatik kompetentsiya taqdimot qilishmaxoratini yanada takomillashtirish; fikrlarni ogzaki va yozma nutqda mantiqan ifodalash;

turli ijtimoiy, ta’lim va mutaxassislik doiralarida mos ravishda tilni tegishli rasmiy shaklda qo‘llashni anglash;

muloqot jarayonida nutqni bilish, aniqlik kiritish, boshqacha talqin etish, jumlalarni tuzatish, to‘ldirish va boshqa strategiyalarini idrok etish va amaliyotda qo‘llay olish.

II.Asosiy qism (amaliy mashgulotlar)



Nutqiy mavzular

Ijtimoiymavzular (atrof-muxit, maishiy masalalar, shaxs va kasb psixologiyasi, global muammolar)

Ijtimoiy-madaniymavzular(ilmiy va soxaga oid vaziyatlarda madaniy tafovutlar, dunyo va tili o‘rganilayotgan mamlakatlarning madaniy, ijtimoiy xususiyatlari)

Ta’limmavzulari(ta’lim tizimi, davomli ta’lim, ma’ruzalar, maqola, tezis va ilmiy

Ishlar yozish, o‘qish va o‘rganish strategiyalari va x.k.)



Internetvaaxborottexnologiyalarigaoidmavzular. (jaxon va yurtimiz miqyosidagi fan va texnika yangiliklari, yutuqlari, internet tarmoqlaridan foydalanish)

Mutaxassislik soxasiga oid mavzular(soxa yo‘nalishlari, dolzarb mavzulari, mas’uliyat, xujjatlar yuritish, kasbiy etika, muzokaralar olib borish, mutaxassislik sohasidagi ilmiy va amaliy yutuqlar, innovatsion goyalar va yangiliklar)

Grammatik mavzular

Ingliz tili:



  • sifat va ravishlar;

  • kelasi progressiv fe’l;

  • kelasi tugallangan fe’l;

  • kelasi tugallangan davom fe’li;

  • aralash shart ergash gaplari;

  • modal fe’llar - can’t have, needn’t have;xikoya fe’llari;

  • majxul nisbatlar;

  • O‘tgan tugallangan;

  • O‘tgan tugallangan davom fe’llari;

  • Qo‘shma gaplar;

  • O‘zlashtirma gap;

  • gerundiy,sifatdosh, ravishdoshli qurilmalar;

  • wish;

  • would(odatlarni ifodalash, o‘tgan zamon).

III. Amaliy mashgulotlar bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar

Dastur talabalar uchun belgilab berilgan B2 (DTS) va undan yuqori darajalarni egallashga qaratilgan. Ushbu darajaga erishish talabalarda ilmiy va sohaviy faoliyatda yuzaga keladigan til bilan bog‘liq vaziyatlarda erkin muloqotga kirishishlarini va vaziyatni samarali xal qilishlarini ta’minlaydi.

Fan dasturi til kafedralari tomonidan ishchi dasturlar, o‘quv-uslubiy majmualar, o‘quv qo‘llanmalar va darsliklar yaratilishiga asos bo‘ladi. Ishchi dasturlar asosida pedagog xodimlar o‘zlarining kalendar rejalarini ishlab chiqadilar.

Amaliy mashg‘ulotlarni tashkillashtirishda dasturlarda belgilangan mavzular asosida talabalarning ilmiy va sohaviy ehtiyojlaridan kelib chiqib kengaytirilgan vazifalar belgilab olinadi va ular yuzasidan talabalarga belgilangan vazifani o‘zlashtirishga qaratilgan amaliy mashg‘ulotlar rejasi tuziladi.

Nutqiy kompetentsiyaning tinglab tushunish, gapirish, o‘qib tushunish, hamda yozish ko‘nikma va malakalari darslarda integratsiyalashgan ravishdaolib boriladi. Mavzuning mohiyati va mutaxassislik xususiyatlaridan kelib chiqib, u yoki bu ko‘nikma va malaka darslarda asosiy deb olinadi.

Talabalarni baholash OTMda belgilangan tartib asosida, joriy, oraliq va yakuniy nazoratlar vositasida amalga oshiriladi.



Umumiy va o‘quv ishlari turlari bo‘yicha hajmi

III-IV semestrlarda jami 120 soat,III-semestrda haftasiga 2 soatdan ajratilgan, 34 soat amaliy mashg‘ulot, 26 soat mustaqil ta’lim, IV-semestrda haftasiga 2 soatdan ajratilgan, 34 soat amaliy mashg‘ulot, 26 soat mustaqil ta’lim.


Semestrlar bo‘yicha mashg‘ulot turlariga ajratilgan soatlarning taqsimoti.


Semestrlar




Yuklama


Auditoriya mashg‘ulotlari turi bo‘yicha o‘quv yuklamasi taqsimoti(soat)


Mustaqil

ish

Jami

Amaliy mashg`ulotlar

1

60

34

34

26

2

60

34

34

26

3

60

34

34

26

4

60

34

34

26

5

60

34

34

26

6

56

30

30

26

jami

356

200

200

156


Download 362.7 Kb.
  1   2   3   4   5




Download 362.7 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Namangan davlat universiteti

Download 362.7 Kb.