• Ushbu uslubiy qo’llanma Namangan 8-sonli DIMI 2017-yil ‘’-------‘’ ‘’--------------‘’ dagi ilmiy - pedagogik kengashida ko’rib chiqildi va tasdiqlandi. Tuzuvchi
  • Mavzu: Tabiatni o’rganishda fizikaning o’rni. Harakat haqida umumiy tushuncha.
  • Mavzu: Sharq allomalarining fizika sohasiga qo’shgan hissalari
  • Mavzu: Energiya, ish va quvvat.
  • Mavzu: Qattiq jism deformatsiyasi.
  • Mavzu: Tebranishlar va to’lqinlar.
  • Mavzu: Suyuqliklar va gazlarda bosim. Atmosfera bosimi.
  • Mavzu: Bug’lanish va kondensatsiya
  • Mavzu: Issiqlik dvigatellari va tabiatni muhofaza qilish.
  • Mavzu: Optika elementlari
  • Mavzu: Linzalar. Yupqa linza formulasi
  • Mavzu: Elektromagnit to’lqinlar shkalasi. IJnfraqizil va ultrabinafsha nurlar
  • Lazerlarni qo’llanilishi
  • Mavzu: Tabiiy radioaktijvlik. Radioaktiv yemirilish qonuni.
  • Alfa, beta va gamma - nurlanishlar. Alfa nurlanish.
  • Mavzu: Radioaktiv nurlanishning biologic ta’siri. Radioaktiv nurlanishning jonli organizmga ta’siri.
  • Organlarning nurlanishga chidamliligi.
  • Namangan viloyati




    Download 134.38 Kb.
    Sana15.11.2020
    Hajmi134.38 Kb.


    NAMANGAN VILOYATI xalq ta’limi bo’limi

    tasarrufidagi 8-sonli Davlat ixtisoslashtirilgan maktab internati



    ,,Tabiiy fanlar’’ kafedrasi fizika fani o’qituvchisi Musayeva Ra’noning umumiy o’rta ta’lim maktablarida

    Fizika fanining tibbiyot va turmushdagi



    ahamiyati “ mavzusi bo’yicha tayyorlagan

    Uslubiy Ishlanmasi

    Namangan-2017





    Ushbu uslubiy qo’llanma Namangan 8-sonli DIMI ‘’Tabiiy fanlar’’ kafedrasining 2017-yil ‘’ ---‘’ ‘’------------‘’ kunidagi umumiy yig’ilishida ko’rib chiqildi va navbatdagi pedagogik kengashga tasdiqlash uchun tavsiya etildi.

    Ushbu uslubiy qo’llanma Namangan 8-sonli DIMI 2017-yil ‘’-------‘’ ‘’--------------‘’ dagi ilmiy - pedagogik kengashida ko’rib chiqildi va tasdiqlandi.

    Tuzuvchi: R. Musayeva Namangan 8-sonli DIMI fizika fani o’qituvchisi.

    Taqrizchi: A. Karimov NamDY qoshidagi

    2-akademik litsey oily toifali fizika fani o’qituvchisi


    Kirish.

    Jamiyatimizning hozirgi taraqqiyotida fan-texnika yutuqlarini ishlab chiqarijshga joriy qilish har qachongidan ko’ra katta ahamiyatga ega. Bu esa hozirgi zamon texnologiyasini taraqqiy ettirishga katta hissa qo’shayotgan fundamental fanlardan biri hisoblangan fizika va uning tatbiqiga alohida e’tibor berilishini taqozo etadi.

    Inson uchun eng qimmatli narsa sog’liqdir. Fizika yutuqlari tibbiyot sohasida juda keng qo’llanilmoqda. Ushbu qo’llanmada tibbiyot kollejlarida fizika o’qitilishi o’ziga xos ekanligi aytib o’tilgan. Mavzularni tijbbiyot sohasiga bog’lab o’qitish usullari ko’rsatilgan. Tibbiyot kolleji o’quvchilari fizika fanidan o’rgangan barcha bilimlarini amaliyotga qo’llay olishiga asosiy e’tibor qaratilgan.

    Qo’llanmada mavzularning mazmuni va uning davomida ushbu mavzuning tibbiyot sohasida qo’llanilishi yoritib berilgan.

    Ushbu uslubiy qo’llanma tibbiyot kollei o’qituvchilari va o’quvchilari uchun mo’ljallangan.

    1

    Mavzu: Tabiatni o’rganishda fizikaning o’rni. Harakat haqida umumiy tushuncha.

    “Fizika deganda butun borliq ko’z o’ngimizda,

    Butun bir koinot tebranar ongimizda,

    Fizika bu tabiatni cirlarini ochar,

    Shu sababdan ushbu fanga mexrimiz cheksiz oshar”

    Fizika tabiat hodisalarining eng soda va shu bilan birga eng umumiy qonunlarini , materiyaning hossalari, tuzilishi va uning harakat qonunlarini o’rganadigan fandir. Tabiat qonunlarini chuqur o’rganish bizni o’rab turgan dunyo materiyani, ya’ni bizning ongimizdan tashqarida ham mavjudligini ko’rsatadi.

    Fizika yutuqlari tibbiyotda ikki xil maqsadda ishlatiladi.

    Birinchisi-bemorga tashxis qo’yish uchun shifokorga yordamchi sifatida.

    Masalan: Rentgenodiagnostika yordamida suyakning singani, o’sgani, ichki o’rganlardagi o’zgarishlar haqida aniq ma’lumot olinadi.

    Hozirgi kunda bu vazifani inson sog’ligi uchun ancha zararsiz bo’lgan ultratovush to’lqinlarida ishlovchi apparat bajarmoqda.

    Fizika fani rivojlanib kompyuterlar kashf etilgandan so’ng - kompyuterli tomoggraflar kashf qilindi. U insonning ichki organlari to’g’risida to’la ma’lumot berishi va monitorda

    2

    namoyish qilishi shu bilan birga, suratga ham tushirib beradi. Ikkinchisi – turli kasalliklarni davolashda ishlatiladi. Ultra tovush, magnit maydoni, kuchsiz tok, lazer nuri yordamida asab charchoqlarini davolanadi. Lazer nurlarini ng inson salomatligi yo’lidagi xizmatlari beqiyosdir. Qon chiqarmas lazer pichoqlari yordamida organizmdagi kasal xujayralarni davolash, bir-biriga ulash va zarur bo’lganda kesib tashlash mumkin. Lazer nurlaridan insonning eng nozik organlarida ya’ni ko’z kasalliklarini davolashda qo’llanilmoqda.



    Fiziklar hozirgi paytda davosiz deb hisoblanuvchi , ko’plab odamlarning umriga zomin bo’lgan rak kasalligini davolash usullarini izlashmoqda. Proton zarralarining dastasi rakka chalingan organni ajratib qo’yish kasallik rivojlanishini to’xtatishi tajribalarda aniqlangan. Lekin bu usulning juda qimmatligi uning keng qo’llanilishiga to’siq bo’lmoqda.

    Mavzu: Sharq allomalarining fizika sohasiga qo’shgan hissalari.

    Sharq allomalarining buyuk vakillari bo’lmish Muso al-Xorazmiy va Muxammad al-Farg’oniy kabi olimlar Bog’dod akademiyasi ‘’ Bayt ul-Hikma’’ da o’z tadqiqotlarini olib borganlar. Abu Abdulloh Muxammad ibn Muso al-Xorazmijy matematika, astronomiya, geografiya sohasida asarlar yaratgan. ‘’Al-Jabr’’ (algebra) fani va ‘’algoritm’’ tushunchasiga asos solgan.

    Abdul Abbos Ahmad ibn Muxammad ibn Kashr al-Farg’oniy ham astronomiya, geografiya, matematika fanlari bilan shug’ullangan. Farg’oniy Quyosh tutilishini

    3

    oldijndan hisoblab topgan. Yerning zoldirsimon ekanligini ilmiy isbotlagan, meridian uzunligini hisoblagan, nil



    darryosini oqimini o’lchash uchun asbob yasagan, va unga doir risolalar yozgan.

    Qomusiy olim va mutafakkir al- Beruniy birinchi globusni yasagan, 150 dan ortiq kitob va risolalar yozgan.

    XV asrda Mirzo Ulug’bek Samarqandda akademiya tashkil qildi.Uning qoshida yaxshi jixozlangan rasadxona, boy kutubxona, va oily o’quv yurti -madrasa bor edi.

    Abu Ali ibn Sino- qomusiy olim, mutafakkir, faylasuf, shoir. 980-yilda Buxoro yaqinidagi Afshona qishlog'ida tug'ilib 1037-yilda Isfaxonda vafot etgan. Asarlarining soni 280 dan ortiq. Ulardan 40 dan ortig’I tibbiyotga ,30 dan ortig’i tabiiy fanlar va musiqaga oid qolganlari falsafa, mantiq, axloq, ilohiyat, ijtimoiy-siyosiy mavzularda.

    “ Tabiiy fanlarga asos solgan,

    Tibbiyotda mislsiz shuhrat qozongan,

    U dir shoir, faylasuf, qomusiy olim,

    Asarlari meros qolgan buyuk muallim”

    Harakatlarni inson organizmida o’rni katta. Harakat inson qon aylanish tizimini yaxshilaydi. Organizmni chiniqtiradi, suyaklarni mustahkamlaydi. Umurtqa pog’onasi kasalliklarida ko’p xollarda harakat mashqlari yordamida davolanadi. Organizmdagi tuz to’planishi, yog’lar yijg’ilib qolish

    4

    holatlarini turli harakatlar yordamida oldini olish mumkin.



    Mavzu: Energiya, ish va quvvat.

    Energiya – turli shakldagi harakatlar va o’zaro ta’sirlarning miqdoriy o’lchovidir.Inson organizmi ham mayda zarralar molekulalardan tashkil topgan. Molekulalar esa doimo harakatda bo’ladi. Insonni tashkil etgan molekulalar o’rtasida ham o’zaro ta’sirlar mavjud. Bu esa insonda ichki energiyani vujudga keltiradi. Biz tez harakatlanganimizda, yugurganimizda molekulalar harakati tezlashib ichki energiyamiz ortib ketadi, tanamiz qiziydi.

    “Harakatda molekula,

    Obdon qizib ketadi,

    Natijada tanamizda,

    Ichki energiya ortadi,

    Kuyib ketmasijn deya,

    Atrofga tarqaladi”



    Mavzu: Qattiq jism deformatsiyasi.

    Qattiq jismlarni tashqi kuch ta’sirida o’z shakli va o’lchamlarini o’zgartirishiga deformatsiya deyiladi. Deformatsiyalar inson organizmida ham sodir bo’ladi. Inson umurtqa pog’onalarining qiyshayishi , suyaklarning qiyshiq o’sishi kabi deformatsiyalar sodir bo’ladi. Bunday deformatsiyalarni oldini olijsh uchun inson to’g’ri harakatlanishi, tekis joyda yotib uxlashi, organizmni

    5

    zo’riqtiradigan og’ir yuklarni ko’tarmasligi,noqulay oyoq kiyimlarni kiymasligi, stulda to’g’ri o’tirishi lozim. Ayniqsa stulda ko’p o’tirgan holda mehnat faoliyati bilan shug’ullanadigan kasb egalari ish vaqtida harakat mashqlari bilan shug’ullanib turishi kerak.



    Mavzu: Tebranishlar va to’lqinlar.

    Ma’lum vaqtdan keyin qaytariladigan harakatlarga yoki jarayonlarga tebranishlar deyiladi. Bunga soat mayatnigining, musiqa torlarining, yurakning harakati misol bo’ladi.Yurak tebranishlari grafigini kardiogramma yordamida tekshirish mumkin. Tebranishlar grafigini o’zgarishiga qarab yurak faoliyati o’zgarishlari haqida aniqlash mumkin.

    Tebrantirib havoni,

    Tovush hosil qilamiz,

    Havoda tebranishlar,

    Tarqalishin bilamiz.

    Tebranishlar energiyasin,

    Havo, suv eltib berar,

    Etib borgach quloqning,

    Pardasin tebrantirar,

    Shu tariqa tovushni,

    Qabul qilib olamiz,

    6

    Havosiz tovushni biz,



    Eshitolmay qolamiz.

    Tebranishlarni biror bir muxitda tarqalishi to’lqin deb ataladi. Chastotasi 16 Gs dan 20000 Gs gacha bo’lgan to’lqinlarni inson tovush sifatida eshitadi. Bunday tebranishlar inson qulog'iga yetib borganda quloq pardasini

    majburiy tebrantiradi. Masalan:

    Arqonni sekin tebrantirsak tovush eshitilmaydi, lekin arqondagi tebranishlarni kuchaytirsak undan tovush chiqa boshlaydi. Musiqa torlarining tebranishidan ham tovush hosil bo’ladi. Chastotasi 16 Gs dan kichik bo’lgan tebranishlar tovush hosil qilmaydi. Bunday tebranishlarni inson nur sifatida qabul qiladi. Chastotasi 16 Gs dan kichik bo’lgan tebranishlar infratovush yoki infraqizil nurlar deb ataladi. Infraqizil nurlar issiqlik nurlari bo’lib bu nurlardan kundalik hayotimizda foydalanamiz. Har qanday qizdirilgan jism o’zidan infraqizil nurlarni nurlaydi. Infraqizil nurlardan meditsinada ham foydalaniladi. Issiqlik nurlari yordamida shamollash kasalliklarini davolashda qo’llaniladi. Chastotasi 20000Gs dan yuqori bo’lgan tebranishlar insonda tovush hissini uyg’otmaydi. Bunday tebranishlar ultratovush deb atalib inson bunday tovushlarni nur sifatida qabul qiladi. Meditsinada ultratovushlardan keng foydalaniladi. Ultratovushlardan kasalliklarga tashxis qo’yishda qo’llaniladi. Bu usulni ultratovush apparatlari yordamida amalga oshiriladi.

    7

    Kasalliklarga tashxis qo’yishda,



    Rentgen nurlari qo’l kelar bizga,

    Ultratovush to’lqinlari undan ham qulay,

    Shifokorlar xizmatiga doim bo’lgan shay.

    Mavzu: Temperatura.

    Jismlarning issiqlik darajasini xarakterlash uchun temperatura tushunchasidan foydalaniladi. Temperaturani o’lchashda simob, spirtning issiqlikdan kengayish hodisasidan foydalaniladi. Temperaturani o’lchaydigan asbobni termometr deyiladi. Termometrlar ikki xil bo’ladi. Simobli va spirtli termometrlar. Simobli termometrlarda -30 gradusdan +800 gradusgacha temperaturani o’lchash mumkin.

    Inson tanasining o’rtacha temperaturasi +36 gradus atrofida bo’ladi.Insondagi 38-42 gradus oralig’idagi temperatura isaitma deb ataladi. Isitmani meditsina termometrlari yo’rdamida o’lchanadi. Isitma ko’pincha kasallik qo’zg’atuvchilariga qarshi kurashadi. Shu sababli isitmani incon organizmi uchun foydali reaksiya deyish mumkin. Biroq ba’zi hollarda isitma yurak-tomir sistemasiga yomon ta’sir ko’rsatishi , alahlash paydo qilishi mimkin. Isitmani sun’iy ravishda tushirish maqsadga muvofiq emas, ba’zan zararli ham, shu sababli vrach maslahatisiz issiq tushiradigan dorilarni qo’llab bo’lmaydi. Vrach kasallikning asosiy sababini yo’qotishga qaratilgan davo choralarini ko’radi.

    8

    Mavzu: Suyuqliklar va gazlarda bosim. Atmosfera bosimi.

    Kundalik hayotimizda ‘’bosim’’ so’zini ko’p ishlatamiz. Kuchning yuzaga ta’sirini kattalik jihatidan tavsiflash uchun bosim deb ataluvchi kattalik qabul qilingan. Suyuqlik va gaz molekulalari uzluksiz va tartibsiz harakatlanishi natijasida idish devorlariga bosim beradi. Suyuqlikning o’z og’irligi tufayli idish tubiga beradigan

    bosimi gidrostatik bosim deyiladi. Yer sirtini kislorod, azot va boshqa gazlar aralashmasidan iborat havo qobig’i o’rab olgan.Biz bu havo qobig’ini atmosfera deb ataymiz. Ayni paytda atmosferaning koinotga tarqalib ketmasligining sababi havo zarralarining Yerga tortilishidir. Havoning og’irligi tufayli atmosfera bosimi vujudga keladi. Atmosfera bosimini mavjudligini 1643-yilda italyan olimi Torichelli aniqladi.

    Atmosfera bosimi 760 mm simob ustuniuga teng bo’lganida, odam organizmidagi barcha fiziologik jarayonlar , jumladan, nafas olish jarayoni ham normal o’tadi. Havo bosimining ko’tarilishi yoki pasayishi nafas olish jarayoniga ma’lum darajada salbiy ta’sir ko’rsatadi. Atmosfera bosimi past bo’lganda , ya’ni baland tog’lar ustida , Samolyotda yuqori ko’tarilganda havo tarkibida kislorod kamayadi. Bunday sharoitda organizmda kislorod yetishmasligi tufayli (gipoksiya ) odamda tog’ kasalligining belgilari yuzaga keladi : nafas olish va yurak urishi tezlashadi, bosh og’riydi, ko’z

    9

    tinadi, ko’ngil ayniydi. Agar bunda zarur miqdorda kislorod yetkazib berilmasa , u hushini yo’qotishi mumkin. Shuning uchun ham samolyotda



    uchganda havoga kislorod qo’shib beriladi. Tog’li joylarda yashovchi odamlar shu sharoitga moslashgan bo’ladi. Ularning qonida eritrotsitlarning miqdori ko’payadi, bu esa havodagi kislorodni ko’proq miqdorda o’zlashtirishga yordam beradi. Normal atmosfera sharoitida yashaydigan odamlar tog’li joylarga borish zarurati tug’ilganda , ular balandlikka birdaniga emas, balki asta- sekin, organizmini moslashtirgan holda

    ko’tarilishi kerak. Shunda tog’ kasalligining oldini olish mumkin.

    Yuqori atmosfera bosimi sharoitida, ya’ni suv ostida, chuqur g’orlarda odam qoni tarkibida, to’qima va hujayra suyuqliklarida erigan gazlarning miqdori ko’payadi. Ayniqsa, azot gazi erigan holda miyaning qon tomirlarida to’planadi. Agar odam tezlik bilan bunday sharoitdan normal bosimli sharoitga o’tsa, erigan a zot gazi mayda pyfakchalarga aylanib, qon tomirlarida tiqilib qoladi va Kesson kasalligi yuzaga keladi. Bunda odamni boshi aylanadi, ko’ngli aynib qusadi, hamma bo’g’imlarida va belida og’riq paydo bo’ladi, ba’zan hushini yo’qotishi mumkin. Bunday hollarda yordam ko’rsatish uchun bemorni yana suv ostiga yoki yuqori bosimli boshqa joyga (maxsus kameraga ) o’tkazish kerak.

    10


    Bu kasallikning oldini olish uchun yuqori bosimli joydan havo bosimi normal sharoitga asta sekinlik bilan o’tishi kerak.

    Biz insondagi qon bosimi haqida eshitganmiz. Qon tomirlari ichidagi bosim uch xil bo’ladi. Arteriyalar ichida – arterial, kapillarlar ichida- kapillar, venalar ichida - venoz bosim mavjud. Qon bosimi qonning tomirlar sistemasi bo’ylab oqimiga imkon beradi va organizm to’qimalarida moddalar almashinuvini ta’minlaydi. Arterial bosimning yuqori yoki past bo’lishi asosan yurak qisqarishlarining kuchi va yurakning har qisqarganda tomirlarga haydaydigan qon miqdori bilan belgilanadi. Qon tomirlardagi bosim yurakdan uzoqlashgan sari

    pasayib boradi. Qon bosimini tushirishga ko’p hollarda

    tomirlarni kengaytiruvchi dorilar qo’llaniladi. Qon bosimini tushiruvchi moddalarni vrach ruxsatisiz qo’llab bo’lmaydi. Bunday vositalar yurak faoliyatini zararlashi, ko’ngil aynishi, qusish, quvvatsizlik, bosh aylanishi kabi holatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Qon bosimini tanometr yordamijda o’lchanadi.

    Suyuqliklar xossasin,

    Birma-bir aytib o’tay,

    Molekulyar tuzilishin,

    Sirlarin sizga ochay.

    Tuzilishiga ko’ra,

    11


    O’xshar qattiq jismga,

    Xarakati tezlashsa,

    O’xshab ketar xam gazga.

    Asosiysi suyuqlik,

    Hajmini o’zgartirmas,

    Idishga quyilganda ,

    Joy tanlab ham o’tirmas.

    Molekulalari doim,

    Tebranma harakatda,

    Sakrab tez-tez joyini,

    O’zgartirar albatta.

    Haroratin orttirsak,

    Energiyasi ortadi,

    Suyuq holin tark etib,

    Bug’ holatga o’tadi.

    Mavzu: Kapillarlik.

    Kapillarda suyuqlik sathi balandligining o’zgarishi kapillarlik deb ataladi. Kapillarlik tabiatda va texnikada muhim ahamiyatga ega. Masalan , namlikning tuproqdan o’simliklarga singishi kapillarlik asosida amalga oshiriladi. O’simliklardagi mayda kapillarlar orqali suyuqlik

    12

    o’simliklarning butun tanasi bo’ylab ko’tariladi. Tuproqdagi namlik kapillarlik tufayli bug’lanib ketadi. Shu sababli bunday yoriqlar chopilib, yer yumshatiladi.



    Inson organizmi uchun kapillarlikning ahamiyati katta.

    Qon mayda kapillar tomirlar tufayli butun tana bo’ylab yoyiladi.



    Mavzu: Bug’lanish va kondensatsiya.

    Moddaning bug’ holatiga o’tishiga bug’lanish deyiladi. Nafaqat suyuqliklar, balki qattiq jismlar ham bug’lanadi. Bug’lanish suyuqlik molekulalarining betartib harakati natijasidir. Har qanday molekula suyuqlik sirtidan uzilib chiqishi uchun molekulalar tortishishi tufayli yuzaga kelgan sirt qatlami qarshiligini yenga olishi kerak.Suyuqlik sirtidan energiyasi katta bo’lgan molekulalar chiqib ketgani tufayli suyuqlik

    temperaturasi pasayadi.

    Cho’milib chiqqan paytimizda shu sababli sovqotamiz. Inson tanasida qolgan suyuqlik molekulalari tanadagi issiqlikni olib energiyasi ortadi, va tanani tark etib , bug’lanib chiqib ketadi, natijada tana harorati pasayadi. Isitma paytida tanaga spirt surtish ana shu bug’lanish hodisasiga asoslangan. Ma’lumki spirt eng tez bug’lanadigan suyuqlik hisoblanadi. Spirt molekulalari tanadagi issiqlikni olib o’z energiyasini orttiradi va bug’lanish orqali issijqlikni olib chiqib ketadi. Natijada tana harorati pasayadi. Lekin isitmani bu usul bilan

    13

    vaqtincha tushirish mumkin. Isitmani tushirishda vrach ruxsatisiz har-xil dori vositalarini qo’llab bo’lmaydi. Isitmani keltirib chiqargan sabablarni aniqlash va davolash chora tadbirlarini ko’rish eng samarali usuldir.



    Mavzu: Issiqlik dvigatellari va tabiatni muhofaza qilish.

    Issiqlik mashinasi deb yoqilg’ining ichki energiyasini mexanik energiyaga aylantirib beradigan qurilmaga aytiladi. Har qanday dvigatel uch qismdan iborat: ishchi modda (gaz yoki bug’ ) , isitkich va sovitkich. Isitkichdan Q1 issiqlik miqdori olgan ishchi modda kengayib ish bajaradi. Issiqlik mashinasining foydali ish koeffitsiyenti deb quyidagiga aytiladi:

    Q=Q1-Q2 /Q1

    Karno siklining FIK ni isitkichning T1 va sovitkichning T2 temperaturalari orqali ham ifodalash mumkin:

    n= T1-T2/T1

    Issiqlik mashinasining FIK ni ko’tarish uchun isitkichning temperaturasini oshirish sovitkichning temperaturasini esa pasaytirish kerak. Issiqlik dvigatelining FIK doimo birdan kichik bo’ladi.Bugungi kunda muhandislarning

    14

    barcha harakatlari issiqlik mashinasining FIK ni oshirishga qaratilgan.



    Tabiatning oliy mahsuli bo’lmish inson , boshqa jonzotlar ham shu tabiatning bir qismidir. Ular yashashi va rivojlanishi uchun esa zarur ne’matlar: toza havo, toza suv va

    toza mahsulotlar kerak. Biz nafas oladigan havo Yer atmosferasini tashkil etuvchi gazlar aralashmasidan iborat. Uning tarkibida kislorod, azot, vodorod va boshqa tabiiy gazlardan tashqari chang, tutun, tuz zarralari va boshqa aralashmalar mavjud. Bundan tashqari havo tarkibida sanoat chiqindilari ham bo’ladi. Issiqlik dvigatellarining ko’p miqdorda ishlatilishi ham atrof muhitga salbiy ta’sir ko’rsatadi.

    Tirik organizm ma’lum bir joyda yashar ekan unga o’sha joyning harorati, namligi, atmosfera bosimi, yorug’ligi, radiatsiyasi, havosi va boshqa omillari ta’sir qilib turadi. Tashqi muhitning iqlim sharoitidan tashqari, odam organizmiga havo, suv, tuproq hamda oziq mahsulotlari tarkibidagi kimyoviy moddalar ham ta’sir ko’rsatadi. Turg’unlik yillarida qishloq ho’jaligida

    kimyoviy moddalar haddan tashqari ko’p qo’llanilishi tuproq va suvning kimyoviy tarkibi buzilishiga olib keldi. Bu esa o’z navbatida poliz va sabzovot mahsulotlarining , hatto chorva mollari mahsulotlarining ham sifati buzilishiga sabab bo’ldi. Bundan tashqari har-xil ishlab chiqarish korxonalaridan, transport vositalaridan ajraladigan

    15

    zararli chiqindilar ham tashqi muhitni ifloslantiradi.



    Orol fojiasi. Markaziy Osiyo mintaqasida sodir bo’layotgan eng yirik ekologik fojia- Orol dengizining quriy boshlashidir. 60-yillar boshidan

    boshlab Amudaryo bilan Sirdaryoning suvini paxta va boshqa ekinlarga hisobsiz sarflayverish tufayli Orol dengiziga bu daryolar suvining kelishi keskin kamayib ketdi. Oqibatda dengiz quriy boshladi, hozirgi vaqtda uning yarmidan ko’p qismi qurishi suv tarkibida zararli kimyoviy moddalar miqdorining ko’payishiga olib kelmoqda. Bu esa odam sog’ligiga zararlidir.



    Magnit bo’roni. Keyingi yillarda tibbiyotda ekologiyaga oid muammolarni chuqur o’rganish natijasida ma’lum bo’ldiki, yer sathida vaqti-vaqti bilan sodir bo’lib turadigan magnit bo’ronlari odam organizmiga salbiy ta’sir ko’rsatar ekan. Magnit bo’ronlarining , ta’siri ayniqsa , asab, yurak-qon tomir, tayanch-harakatlanish organlari xastalangan odamlarda ko’proq seziladi. Bunday odamlar aholining 17-25% ni tashkil qiladi.

    Magnit bo’roni sodir bo’ladigan kunlar matbuotda, radio va televizo’r orqali oldindan ma’lum qilinadi. Bu kunlarda yuqoridagi xastaligi bo’lgan odamlar quyidagi qoidalarga rioya qilishlari zarur. Chunonchi, ko’p yurmaslik, jismoniy mashqlar bilan

    16

    shug’ullanmaslik, asabiylashishdan saqlanish, issiq hammomda cho’milmaslik hamda mavjud xastalikni davolash uchun shifokor tomonidan oldindan buyurilgan asabni tinchlantiruvchi dorilarni qabul qilishi zarur. Yuqorida aytilganlardan ko’rinib turibdiki, tashqi muhit odam organizmining embrional rivojlanish davridan boshlab butun umri davomida uning salomatligiga, ish faoliyatiga uzluksiz ta’sir ko’rsatib turadi. Shuning uchun tashqi muhitni toza saqlash va uning ta’sirini e’tiborga olish har bir kishining muqaddas burchidir.



    Mavzu: Optika elementlari.

    Optika fizikaning yorug’likning , nurlanish, yutilish va tarqalish qonunlarini o’rganadigan bo’limidir. Yorug’lik radioto’lqinlar va rentgen nurlari orasidagi to’lqin uzunligi 4 *10-7 - 7,6 *10-7 m bo’lgan elektromagnit to’lqinlardan iborat. Optika geometrik, fizik, fiziologik optikalarga bo’linadi. Geometrik optikada yorug’likning to’g’ri chiziq bo’ylab tarqalish, qaytish va sinish qonunlari o’rganiladi. Fizik optikada yorug’likning tabiati va yorug’lik hodisalariga aloqador muammolar

    o’rganiladi. Fiziologik optika esa yorug’likning rivojlanuvchi organizmga ta’siri o’rganiladi.

    Mavzu: Linzalar. Yupqa linza formulasi.

    17


    Linza deb, ikkita sirt bilan chegaralangan shaffof jismga aytiladi. Linzalar odatda shisha, kvars, plastmassa va boshqa materiallardan tayyorlanadi.Tashqi ko’rinishiga qarab linzalar: ikkiyoqlama qavariq; yassi qavariq; ikkiyoqlama botiq; yassi-botiq ; qavariq-botiq; botiq-qavariq linzalarga bo’linadi.Yorug’likni qabul qiluvchi manbaga ko’z misol bo’ladi. Ko’z- yorug’lik ta’sirini sezadigan ko’ruv organi.Ko’zning yaqindan yoki uzoqdan ko’rish holati ko’zoynak shishasining nur sindirish optik kuchiga unung parallel nurlarni ko’zning to’r pardasida yig’ib sindirish kuchiga qarab aniqlanadij. Ko’zoynak shishasining nur sindirish kuchi dioptriyalar bilan aniqlanadi. Uzoq va yaqindan ko’rish 3 darajaga bo’linadi: yengil -3 dptr gacha , o’rta -4 dan 6 dptr gacha va kuchli -6 dptr dan yuqori. Ko’zoynak- ko’zning ko’rish nuqsonlarini tuzatish yoki ko’zni yorug’lik , chang va boshqalardan ximoya qilish uchun ishlatiladi. Oynagi linzalardan tayyorlanadi.Optik oynalar linzalarning ishlashi yorug’likning bir jinsli bo’lmagan muhitlarda tarqalish xususiyatiga asoslangan. Parallel nurlari ikki tomoni qavariq linzadan o’tganida bir-biriga yaqinlashib, linza ortida bir nuqtada - fokusda yig’iladi. Bunday oynak yig’uvchi yoki musbat oynak deb ataladi. Parallel nurlar botiq linza oldida sohta fokus hosil qiladi.Botiq oynak manfiy oynak deb ataladi. Oynak o’rnida yig’uvchi va sochuvchi linzalardan foydalaniladi. Ko’zning muguz pardasining sferikligi ishdan chiqqanda , bir ko’zning gavhari

    18


    bo’lmaganda , ikkala ko’zning optik kuchi bir- biridan katta farq qilganda ko’zoynak kam naf beradi. Bunday hollarda kontakt linzalar ko’rishni anchagina yaxshilaydi. Ular ko’z soqqasining oldingi bo’limiga qo’ndiriladi va ko’z bilan birga yagona optik sistemani tashkil etadi. Ko’rishni yaxshilashdan tashqari , kontakt linzalar oddiy ko’zoynakdan afzalroq, ikkala ko’zni birgalashib ishlash qobiliyatini tiklashga yordam beradi .Kontakt linzalar oddiy linzalardan kosmetik jixatidan ham qulay, chunki uni atrofdagilar payqamaydi. Kontakt linzalar yumshoq va qattiq sintetik materialdan foydalaniladi .Qattiq kontakt linzali ko’zoynakni 4-6 soatgacha, yumshoq linzaligini esa sutkalab taqib yurish mumkn.

    Ko’rish gigiyenasi. Ko’rish qobiliyati me’yorida saqlanishi uchun quyidagi gigiyenik qoidalarga rioya qilish kerak:

    -yorug’likning yetarli bo’lishi;

    - yorug’likning chap tomondan tushishi;

    - kitob, daftar, tikish va rasm chizish buyumlarining ko’zdan o’rtacha 40 sm masofada tutib turish;

    - o’qish, yozish , chizish mashg’ulotlarida har 15 minutda ko’zga 15 daqiqa dam berib derazadan uzoqqa qarash;

    - kundalik ovqat tarkibida A vitaminga boy

    19


    taomlarni muntazam iste’mol qilish;

    - avtobus, tramvay, metro, poyezd va boshqa transport vositalarida kitob o’qijmaslik .Transport vositalarida kitob yoki jurnal, gazeta qimirlab turadi .Bu esa ko’z gavxari shaklining uzluksiz o’zgarib turishiga sabab bo’ladi va ko’zni toliqtirib, uni xiralanib qolishiga sabab bo’ladi. Shuningdek, yotib o’qish ham zararli; uzoq vaqt davomida televizo’r ko’rish ham ko’zni toliqtiradi.

    - ko’zni quyosh nuridan , yonib turgan olov shu’lasidan, changdan va shunga o’xshash noqulay ta’sirlardan himoya qilish zarur.

    -zararli odat bo'lgan chekish, spirtli ichimliklar ichish, gijyohvandlik ko'zning turli kasalliklari yuzaga kelishiga sabab bo'ladi;

    - ko’zni chiniqtirish uchun bolalar yoshlikdan boshlab tennis, basketbo’l, voleybo’l, futbo’l , suzish kabi sport turlari bilan shug’ullanib borishlari maqsadga muvofiq bo’ladi.

    Mavzu: Elektromagnit to’lqinlar shkalasi. IJnfraqizil va ultrabinafsha nurlar .

    Infraqizil nurlar.

    Infraqizil nurlar elektromagnit to’lqinlar shkalasida radioto’lqinlar va ko’zga ko’rinuvchi yorug’lik o’rtasida joylashgan. Uning to’lqin uzunligi 2mm dan 760mm gacha oraliqda bo’ladi.

    20


    Bu nurlarning chastotasi qizil nurnikidan kichikroq bo’lgani uchun infraqizil ya’ni qizildan pastroq chastotali deb nomlangan. U 1800-yilda ingliz olimi V. Gershel tomonidan kashf qilingan bo’lib , juda katta energiyaga ega. Bu nurlar tushgan joyni qattiq qizdiradi va shu sababli unga issiq nur deb nom berilgan. Volfram tolali cho’g’lanma va gaz to’ldirilgan turli xil lampalar infraqizil nurlarni manbai bo’ladi. Infraqizil nurni eng kuchli tabiiy manbai - Quyosh. Quyosh nurlarining qariyib yarmi infraqizil nurlardan tashkil topgan. Infraqizil nurlar inson va jonli organizmlar to’qimalariga singib, barcha biologik jarayonlarning borishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Uning qishloq xo’jaligida axamiyati katta. Shisha va shaffof plyo’nkalardan o’tgan infraqizil nurlar parnik ichida issiqlik energiyasiga aylanadi. Bu nurlar yordamida mevalar, sabzovo’tlar va boshqa narsalarni quritiladi. Infraqizil lazerlar Yerda va kosmosda aloqa o’rnatishda ham ishlatiladi.

    Ultrabinafsha nurlar.

    Ultrabinafsha nurlar binafsha yorug’likdan keyin joylashgan bo’lib, to’lqin uzunligi 400m dan 10 nm gacha oraliqda bo’ladi. Ultrabnafsha so’zi binafshadan kattaroq chastotali ya’ni to’q binafsha degan ma’noni anglatadi. Ultrabinafsha nurlar ko’zga

    ko’rinmaydi va shartli ravishda quyidagi turlarga

    21


    bo’linadi: yaqin ultrabinafsha nurlar, 1801- yilda nemis fizigi I. Ritter va ingliz fizigi U. Vollastonlar tomonidan kashf qilingan; uzoq va vakuumli ultrabinafsha nurlar nemis fizigi V. Shuman va ingliz fizigi T. Laymanlar tomonidan o’rganilgan. 3000 K gacha qizdirilgan jismlar ultrabinafsha nurlar manbai bo’ladi. Bunday manba vazifasini simobli , ksenonli va boshqa gazli lampalar , istalgan yuqori temperaturali plazma o’tashi mumkin. Quyosh, yulduzlar va boshqa fazoviy jismlar ultrabinafsha nurlarning tabiiy manbai hisoblanadi. Ultrabinafsha nurlar kuchli biologik ta’sirga ega. To’lqin uzunligi 400-320 nm bo’lgan ultrabinafsha nurlar chiniqtiruvchi, sog’liqni mustahkamlovchi ta’sirga ega. Inson organizmida D vitamin hosil bo’lishiga yordam beradi. 320-280 nm li nurlar badanning qorayishiga olib kelsa, 280-250 nm li to’lqinlar bakteriyalarni o’ldiruvchi ta’sir ko’rsatadi. Bu nurlarning yuqori dozasi ko’zning jarohatlanishi va terining kuyishiga olib keladi. Ultrabinafsha nirlar Yer atmosferasi tomonidan kuchli yutiladi va shuning uchun ham baland tog’ hududlarida o’rganiladi.

    Rentgen nurlari.

    Nemis fizigi V. Rentgen 1895- yilda trubkada gazning elektr toki o’tkazish jarayonini o’rganayotib noma’lum nurni kashf etdi. Keyinchalik esa unga rontgen nurlari deb nom berdi. Bu nurlar trubkaning katoddan chiqayotgan

    22

    katta tezlikli elektronlar tushayotgan joyida yashil sifat nurlanish vujudga keltirishi natijasida qayd qilindi. Rentgen nurlarining oddiy nur uchun noshaffof hisoblanuvchi odam tanasi, qora qog’oz, karton va yupqa metal qatlamlardan osongina o’ta olish qobiliyatiga ega ekanligi aniqlandi.



    Rentgen nurlarining qo’llanilishi. Rentgen nurlarining juda yaxshi singib o’tish qobiliyati , fotoplastinkaga

    ta’siri , moddalardan o’tishda ionlashtirish qobiliyatiga egaligi uning fan va texnikada , amaliyotda keng qo’llanilishiga olib keladi. Rentgen nurlari eng ko’p qo’llaniladigan soha - rentgen defektoskopiyasi. Bu usulning maqsadi rentgen nurlari yordamida buyumlardagi ichki kamchiliklarni va ularning o’rnini , kattaligini, tabiatini aniqlashdan iborat. Bundan tashqari , rentgen nurlari davolashda , mikroskoplarda, spektroskopiyada, spektral analizda, astronomiyada va boshqa bir qancha sohalarda keng qo’llaniladi.



    Lazerlarni qo’llanilishi.

    Lazer deb ataluvchi optik kvant generatorlarining paydo bo’lishi fizika fanining yangi sohasi - kvant elektronikasining ulkan yutug’idir. Lazer deganda , juda aniq yo’naltirilgan kogerent yorug’lik nurining manbai tushuniladi. Lazer so’zining o’zi inglizcha “majburiy tebranish natijasida yorug’likning kuchaytirilishi” so’zlaridagi birinchi harflardan olingan. Birinchi kvant generatori rus fiziklari

    23

    N. Basov, A. Proxorov va amerikalik fizik Ch. Tauns tomonidan yaratilgan.



    Lazerlar quyidagi xossalarga ega:

    1. Qat’iy monoxromatik

    2. Nurlanish quvvati juda katta

    3. Yuqori darajada kogerent

    4. Nurning yoyilish burchagi juda kichik.

    Lazerlar tibbiyotda juda keng qo’llaniladi. U qon chiqarmas pichoq vazifasini bajaradi. Insonlarning ko’rish qobiliyatini tiklashga xizmat qiladi.

    Mavzu: Tabiiy radioaktijvlik. Radioaktiv yemirilish qonuni.

    Fransuz fizigi A. Bekkerel 1896-yilda radioaktivlik hodisasini kashf etdi. Uran tuzini o’z-o’zidan nurlanish hodisasiga ega ekanligini aniqladi. Ushbu nurlar radioaktiv nurlar, radioaktiv nurlarni chiqarish esa radioaktivlikdeb nomlandi.

    Uran radioaktiv nur chiqaradigan yagona element emas. Radioaktivlikni har tomonlama chuqur o’rgangan Mariya va Pyer Kyurilar uran rudasidan ikkita radioaktiv element poloniy va radiyni aniqlashdi. Tabiiy radioaktiv elementlar yerning istalgan joyida mavjud. U havoda, suvda, tuproqda , jonli organizmning hujayralarida, oziq- ovqatlarda istalgancha topiladi.

    24


    Alfa, beta va gamma - nurlanishlar.

    Alfa nurlanish.

    Atom yadrosining alfa zarra chiqarish bilan boshqa yadroga aylanishi alfa - nurlanish deyiladi.

    Beta nurlanish.

    Yadro elektronlar oqimini chiqarishi mumkin. Bu hol beta nurlanish deyiladi.

    Gamma nurlanish.

    Fransuz fizigi P. Villar 1900-yilda qo’rg’oshinni alfa va beta zarralar bilan nurlanganda qandaydir qoldiq nurlanish bo’lishini aniqladi. Bu nurlanish magnit maydon ta’sirda o’z yo’nalishidan og’magan. Ionlashtirish qobiliyati kichik, sinish qobiliyati esa roentgen nurlarinikidan ancha kuchli bo’lgan. Uni gamma nurlanish deb atalgan. Gamma nurlanish ham roentgen nurlari kabi elektromagnit to’lqinlardir. Ular faqat hosil bo’lishlari va energiyalari bilan bir-biridan farq qiladi. Yadro nurlari yadrolarning bir-birlariga aylanishida hosil bo’ladi.



    Mavzu: Radioaktiv nurlanishning biologic ta’siri. Radioaktiv nurlanishning jonli organizmga ta’siri.

    Radioaktiv nurlanish ta’sirida jonli organism atom va molekulalarining ionlashuvi ro’y beradi. Bu esa molekular bog’lanishlarning va turli

    25

    birikmalar kimyoviy tuzilishining buzilishiga olib keladi. Hujayraning kimyoviy tuzilishidagi buzilish esa undagi modda almashinuvining buzilishiga va natijada hujayraning halokatiga sabab bo’ladi. To’qima birlik massasi yutadigan energiya ya’ni yutiladigan nurlanish dozasi ortishi bilan nurdan zararlanish darajasi ham ortib boradi.



    Organizm nurlanish ta’siriga umumiy reaksijyasi nurlanish dozasiga, nurning turiga , nurlanayotgan

    sirtning o’lchamlariga, nurlanayotgan organning sezgirligiga, organizmning individual xususiyatlariga bog’liq bo’ladi. Masalan, turli nurlarning bir xil dozasining biologic ta’siri bir xil bo’lmaydi. Bunga sabab, ular vujudga keltiradigan ionlashuv zichligining bir xil bo’lmasligidir. Ionlashuvnng zichligi nur ta’sirining kuchliligidan darak beradi.



    Nurlanish turlari.

    Nurlanishning organizmga ta’sirini baholashda tashqi va ichki nurlanishlarni farqlash kerak. Radiatsiyaning ba’zi turlari ( masalan, alfa- nurlar ) tashqi nurlanishda uncha xavfli bo’lmasada, biror ichki organizmda nurlanganda jiddiy xavf tug’dirishi mumkin. Alfa zarralar tashqi nurlanishda teriga bir necha mikrometrlargina singib , ustki qatlamlarda tutilib qolinadi va jiddiy zarar yetkazmaydi.

    Tashqi nurlanishda gamma ( va roentgen ) nurlaridan va

    26


    neytronlardan himoyalanishga alohida e’tibor qaratish

    kerak. Chunki bu nurlar katta singish qobiliyatiga ega. Beta- zarralar esa to’qimaga bir necha millimetrgagina singib , teri va teri osti huayralari tomonidan yutiladi.



    Organlarning nurlanishga chidamliligi.

    Turli organizmlarning ionlashtiruvchi nurlanishlarga chidamliligi katta oraliqda o’zgaradi. Binobarin, organism qanchalik katta va murakkab bo’lsa, nurlanish ta’sirida shunchalik tez yemiriladi. Masalan, bakteriyaning yadro nurlanishiga chidamliligi odamnikiga

    nisbatan ming marta kuchliroqdir. Tez rivojlanayotgan organizmning nurga sezgirligi ham ancha kuchli bo’ladi: ko’payayotgan organlar yaxshi rivojlangan muskul to’qimasiga nisbatan, hayvonlarning rivojlanayotgan embrioni kattasiga nisbatan , o’sayotgan urug’ tinch turganida nisbatan tez yemiriladi. Yana shuni ta’kidlash lozimki, kam dozadagi nurlanish, garchi yomon genetic o’zgarishlarga sabab bo’lsa ham, ba’zi hollarda o’simliklarning, ba’zida esa jonli organizmlarning o’sishiga va rivojlanishiga olib kelishi mumkin.

    Nurlanish dozasi.

    Nurlanishning jonli organizmga ta’siri nurlanish dozasi bilan xarakterlanadi.

    27

    Organizmning bir birlik massasi tomonidan yutiladigan ionlovchi nurlanish energiyasiga nurlanish dozasi deyiladi: D=E/m



    E- organism tomonidan yutiladigan ionlovchi nurlanish energiyasi, m- massasi.

    Biologik doza.

    Biologik doza deb, nurlanishning organizmga ta’sirini aniqlovchi kattalikka aytiladi.

    Biologik dozaning birligi - rentgenning biologik ekvivalenti 1 ber- istalgan nurlanishning 1 R (roentgen ) yoki gamma nurlanish ko’rsatadigan biologic ta’sirga teng, ionlashtirish qobiliyatiga ega nurlanish dozasidir.

    Radiatsiyaning tabiiy foni (kosmik nurlar, atrofdagi jismlar va inson tanasining radioaktivligi ) bir yilda 2.5 *10 -5 C/kg atrofidagi biologic dozani tashkil qiladi. Nurlanish bilan ishlovchilar uchun bir yilda chegaraviy norma qilib 1,3 * 10 -3 C/kg doza belgilangan. Qisqa payt ichida olinadigan 0,15 C/kg biologik doza o’limga olib keladi.



    28

    Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

    1. A. G. G’aniyev, A. K. Avliyoqulov, G.A. Almardonova “Fizika”

    2. A. No’monxo’jayev, A. Xudoyberganov, K. Tursunmetov “Fizika” ma’ruzalar matni.

    3. Sherzod Xalillayev, Ikrom Xolov “Biologiya fanidan mukammal qo’llanma.

    4. “ Meditsina entsiklopediyasi”

    5. B. Aminov, T. Tilavov, O. Mavlonov “Odam va uning salomatligi.

    29

    Mundarija:

    1. Tabiatni o’rganishda fizikaning o’rni. Harakat haqida umumiy tushuncha - - 2 -3

    2. Sharq allomalarining fizika sohasiga qo’shgan hissalari -3 3. Energiya, ish va quvvat - 5 bet

    4. Qattiq jism deformatsiyasi - 5 -7

    5. Temperatura - 8-9

    6. Suyuqlik va gazlarda bosim. Atmosfera bosimi -9-11

    7. Kapillarlik -12-13

    8. Issiqlik dvigatellari va tabiatni muhofaza qilish -14-16

    9. Optika elementlari -17

    10. Linzalar. Yupqa linza formulasi -17

    11. Elektromagnit to’lqinlar shkalasi. Infraqizil va ultrabinafsha nurlar -20-22

    12. Lazerlarning qo’llanilishi -23

    13. Radioaktivlik -24



    14. Alfa, Beta, Gamma nurlanishlar - 25 15.Radioaktiv nurlanishning biologic ta’siri - 25-30

    30

    Download 134.38 Kb.




    Download 134.38 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Namangan viloyati

    Download 134.38 Kb.