«Научный импульс» апреля, 2023 757 himoya nutqi va uning o'ziga xos jihatlari baxtiyorova Gulsanam




Download 0.75 Mb.
Pdf ko'rish
Sana18.10.2023
Hajmi0.75 Mb.
#88536
Bog'liq
Baxtiyorova Gulsanam
Презентация, terminlarning-yasalish-usul-va-yo-llari, oraliq joriy


Международный научный журнал №9 (100), часть2 
«Научный импульс» апреля, 2023 
757 
HIMOYA NUTQI VA UNING O'ZIGA XOS JIHATLARI 
Baxtiyorova Gulsanam 
TDYU qoshidagi 
akademik litsey o'quvchisi 
 
Bizga malumki jinoyat ishlarini sudda korilishida advokat sudlanuvchining himoyachisi 
sifatida himoya nutqi bilan ishtirok etsa jabrlanuvchining fuqaroviy davogarning fuqaroviy 
javobgarning vakili sifatida esa ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoyasi nutqi 
bilan chiqdi. Sudda dalillarni tekshirish va unga baho berish bosqichida himoyachining 
himoya nutqi protsessual va tarbiyaviy ahamiyatga ega. 
Himoya nutqi bu - himoyaning mustaqil va muhim vositasi bolib uning yordamida ish 
bo‘yicha haqiqiy holatlari chuqur analiz qilinadi, sudlanuvchining shaxshi baholanadi va bu 
asoslarda ish boyicha xulosa qilinadi. Himoya nutqida aniq jinoyat ishining ijtimoiy-siyosiy 
ahamiyati tavsiflanadi ayblov asosiga qo’yilgan dalillar tahlil, sodir etilgan qilmish huquqiy 
tahlil va kvalifikatsiya qilinadi, sudlanuvchining shaxsi tavsiflanadi, shuningdek jazoga oid 
masalar ko’rib chiqiladi va hokazo. 
Himoya nutqini tuzishda himoyachi protsessiual va moddiy qonun talablaridan ish 
holatlaridagi dalillarning tahlili va baholanishi ichki ishonchiga asoslanadi. Himoyachi 
jinoyat protsessida ishtirok etar ekan u muhim davlat ahamiyatiga ega bo’lgan ijtimoiy 
funksiyani bajarayotganligini unutmasligi kerak. Sodir etilgan qilmishni prinspial jihatdan 
baholash va ayni paytda sudlanuvchining huquq va qonuniy manfaatlarini effektiv himoya 
qilish uchun u juda yaxshi ham siyosiy ham huquqiy tayyorgarlik ko’rishi kerak. 
Nutqning boshlang’ich qismi muhim ahamiyat kasb etib himoya davolarini 
rivojlantirishga asoslantirishga zamin yaratadi. Chunki bunda jinoyat xodisasi va mazmuni, 
ishning ijtimoiy siyosiy ahamiyati, dalillarning o’ziga xosligi ayblovning asosiy faktlari va va 
hokazolarni bayon etadi. 
Himoya nutqining boshlang’ich qismini to’g’ri tanlab himoyachi ish bo’yicha 
tekshirilgan dalillarni himoya nuqtai nazaridan tahlil qilinadigan qism, ya’ni nutqning 
markaziy qismiga o’z etiborini qaratib dalillarni tahlil qilish asosida o’z himoyasi ostidagi 
shaxsning aybsizligi yoki ayblilik darajasini asoslantiradi jinoyatni kvalifikatsiya qilish va 
tayinlanishi mumkin bo’lgan jazo choralari haqida o’z fikrini bildiradi. 
Himoya nutqi mazmunan va shaklan bir xil bo’lishi, bir xil pozitsiyaga ega bo’lib, 
himoya tezislarini ketma- ketlik asosida rivojlantirishi lozim
20

Himoya nutqidagi har bir savol, muammo, ish bo’yicha kompleks tadqiq etilayotgan 
masala bo’yicha joylashishi lozim. Bizningcha ikkinchi darajali holatlar ishning asosiy 
mazmun mohiyatiga xalaqit (tasir) qilmasligi kerak.
20
Саркисянц Г.П. Защитник в уголовном процессе. -Т.: – 1971. – Б.160. 


Международный научный журнал №9 (100), часть2 
«Научный импульс» апреля, 2023 
758 
Himoya nutqini yuzishda himoyachi qonuniy va mantiqiy qoidalarga asoslanishi, 
faktlarni, o’z etirozlarini mantiqiy nuqtai nazaridan bildirishi, ishonchli harakat qilishi kerak. 
Mantiq qonun-qoidalariga rioya etilib tuzilgan nutq o’zida ketma-ketlik, asoslantirilganlik, 
qarama qarshiliklarning yo’qligi, muayyan holatlarning spetsifik bog’liqligi va himoya 
faktlarining ishonchliligini aks ettiradi. 
Bundan tashqari, himoya nutqini tuzishda himoyachi o’z himoyasi ostidagi shaxsning 
pozitsiyasi (nuqtai nazari) bilan nutq o’rtasidagi munosabatlarni tartibga solishi kerak. 
Chunki amaliyotda ba’zi sudlanuvchilar aybiga iqror bo’lishi, aybni to’liq yoki qisman tan 
olmasligi mumkin. Bunday holatlarga etibor bermaslik salbiy oqibatlarga olib keladi. 
Himoyachi nutqining samaradorligi dastlab, uning asosiga qo’yilgan dalillarning 
qanchalik ishonchliliga bog’liqdir. Jinoyat protsessida dalillar nazariyasi va isbotlash 
amaliyoti muammolarini chuqur tahlil etmay, shuni ta’kidlab o’tish lozimki, himoya 
nutqida ish bo’yicha to’plangan har qanday dalillar va ularning manbaalarini tahlil qilish 
imkoniyati mavjuddir. Aynan shu maqsadda ham nutq tezislangan bo’lishi lozim. 
Himoya nutqini tuzishda himoyachi dalillarni tahlil etar ekan quyidagilarga asosiy 
e’tiborini qaratishi lozim: 
- sudlanuvchi xatti-harakatlarini to’g’ri baholash(aniqlashi); 
- jinoyat ishtirokchilarini aniqlashi; 
- ayb shaklini aniqlashi; 
- javobgarlikni istisno etuvchi yoki еngillashtiruvchi holatlarni aniqlashi; 
- umuman ijtimoiy xavfli qilmish sodir etilgan-etilmaganligini aniqlashi; 
- agar u yoki bu qilmish muayyan sudlanuvchi tomonidan sodir etilgan bo’lsa ushbu 
qilmishda jinoyat tarkibi bor-yo’qligini aniqlash. 
Shuni ham ta’kidlab o’tish kerakki himoyachi muayyan bir nutqni tuzar ekan va uning 
asosiga u yoki bu dalillarni qo’yib tahlil qilar ekan, har doim ham konkret jinoyat ishidan 
kelib chiqib bu masalalarni hal qiladi. Himoyachining sudlanuvchini oqlash yoki aybini 
еngillashtirish haqidagi xulosasi asoslangan bo’lishi lozim. Chunki, faqat shundagina 
himoyachining ish bo’yicha xulosasi to’g’ri taminlanishi mumkin. Bu еrda, keyinchalik 
himoyachining har qanday taxminlar, fikrnomalar, umumiy va yagona bayonotlar sud 
tomonidan mustahkamlansa, tan olinsa ishonchli bo’lishi mumkin hamda ularning 
yordamida ayblovning har qanday holatlarini inkor etishi va ayblov faktlarining ishonchliliga 
shubha tug’diradigan masalalar ko’tarilishi mumkin. Bundan tashqari, ish bo’yicha 
to’plangan va sudda mazmunan tekshirilgan ishonchli dalillarga suyangan holda himoyachi 
o’z himoyasi ostidagi shaxs xatti-harakatlarining huquqiy kvalifikatsiyasini himoya 
pozitsiyasidan asoslantirib beradi
21

R.R.Shakurovning ta’kidlashicha, advokat himoya nutqi orqali sud muzokara 
ishtirokchilariga ijobiy ta’sir o‘tkaza bilishi, ularda ayblovga nisbatan shubha uyg‘ota olishi 
uchun notiqlik mahoratini puxta egallashi uchun doimiy ravishda o‘z ustida ishlashi, 
21
Игнатов С.Д. Адвокат – субъект профессиональной защиты. // Адвокатская практика. – 1999. № 1-2. –Б. 10.


Международный научный журнал №9 (100), часть2 
«Научный импульс» апреля, 2023 
759 
jumladan, ochiq sudlarda ishtirok etib, mahoratli advokatlarning himoya nutqlarini 
eshitishi, advokatlar uchun tashkil etilgan turli seminar-treninglarda faol qatnashishi, ushbu 
yo‘nalishda muntazam malakasini oshirib borishi maqsadga muvofiqdir
22

Shuni ham takidlab o’tish kerakki, jinoyat ishi bo’yicha himoya nutqini tuzishda 
jinoyatning ob’yekti va ob’yektiv tomoni, sub’yekti va sub’yektiv tomonini aniqlash juda 
murakkab masala hisoblanadi. Chunki ular ish bo’yicha to’plangan barcha dalillarning 
kompleks tadqiqi natijasida tahlil qilinadi va bular bo’yicha ob’yektiv xulosa chiqarilishi 
lozim. 
Jinoyat ishini har tomonlama tekshirib chiqish uchun jinoyat sodir etilgan vaqt, joy, 
usul va ish holatlarini tiklash uchun boshqa holatlarini aniqlash muhim ahamiyatga ega. Bu 
o’z navbatida har bir holatni himoya nutqining markazida bo’lishini talab qiladi. Himoya 
nutqida ba’zan jinoyatning ob’yektiv tomonlari aniq chegaralar bilan ajratilmaydi va 
oqibatda bitta jinoiy xatti-harakati uchun bir necha jinoyat belgilarini ko’rsatishga urinishib 
odil sudlovni chalg’itib qo’yadi. Bu himoyachining jinoyat ob’yekti haqida aniq tushunchaga 
ega bo’lmasligidan kelib chiqadi. 
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, mantiq qonun-qoidalariga asoslanib tuzilgan 
himoya nutqi har doim ham ijobiy samarasini beradi. 
22
Шакуров Р.Р. Жиноят ишлари бўйича адвокат ҳимоя нутқининг айрим жиҳатлари. –Юрист ахборотномаси. 
№5, 2020. -Б. 90. https://yuristjournal.uz/index.php/lawyer-herald/article/view/123/104 

Download 0.75 Mb.




Download 0.75 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



«Научный импульс» апреля, 2023 757 himoya nutqi va uning o'ziga xos jihatlari baxtiyorova Gulsanam

Download 0.75 Mb.
Pdf ko'rish