NATIJALAR  Международный научный журнал № 6 (100), часть 1




Download 0.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana04.05.2023
Hajmi0.81 Mb.
#56399
1   2   3   4
Bog'liq
Qodirov Akmaljon Abdumalikovich
DESIGNANDIMPLEMENTATIONOFFIREPREVENTIONANDCONTROLSYSTEMUSINGATMEGA328PMICROCONTROLLER, 1699350413 (1), 2 test
NATIJALAR 


Международный научный журнал № 6 (100), часть 1 
«Научный импульс» Январь, 2023 
94 
O'rganish va qo'llashning soddaligi. Python sodda va qulay dasturlash tili bo'lib, 
boshqa dasturlash tillariga nisbatan uning yordamida dastur tuzish qiyinchilik tug'dirmaydi. 
Mukammal kutubxonaning mavjudligi. Pythonda dastur tuzish jarayonida 
kutubxonadagi tayyor funksiyalardan foydalanish mumkin. Bu esa murakkab dasturlarni 
ham qisqa vaqtda tuzish imkonini beradi. 
Python dasturlash tilini o'rganish uchun uni o'zining rasmiy saytidan yuklab olib, keyin 
o'rnatish zarur. Python kompyuterga IDLE dasturi bilan birga o'rnatiladi. 
IDLE dasturlashni endi boshlaganlar uchun mo'ljallangan IDE bo'lib, kod yozish uchun 
uncha murakkab bo'lmagan matn muharriri hamda dastur natijasi va xatolarni ko'rsatib 
turuvchi oynaga ega. 
Har bir tilning alifbosi bo'lgani kabi dasturlash tilining ham o'z alifbosi mavjud. Python 
dasturlash tilining alifbosi katta va kichik lotin harflari, arab raqamlari, maxsus belgilar va 
xizmatchi so'zlardan tarkib topgan. Odatda, dasturlar kiritilgan ma'lumotlarni qabul qilish, 
qayta ishlash, shuningdek, natijani ekranga chiqarish uchun mo'ljallangan bo'ladi. 
O'zgaruvchilar - o'z qiymati va turiga ega kattalik, o'zida qiymatlarni saqlaydigan 
kompyuter xotirasidagi yacheyka nomi. O'zgaruvchining qiymatlari dastur davomida 
o'zgarib turishi mumkin. Doimiy (o'zgarmas) - faqat o'qish uchun mo'ljallangan qiymatlarni 
saqlovchi kompyuter xotirasidagi yacheyka nomi. Doimiylar o'zgaruvchilar kabi o'z qiymati 
va turiga ega. Identifikatorlar -o'zgaruvchilar, doimiylar, funksiyalar, protseduralar
modullar, dasturlarning umumiy nomi. 
Dasturlarni yozishda o'zida asosiy ma'lumotlarni saqlaydigan o'zgaruvchi yoki 
doimiylardan foydalaniladi. O'zgaruvchilar dastur jarayonida o'zgarishi mumkin bo'lgan 
ma'lumotlarni belgilaydi, doimiydan esa o'zgarmas ma'lumotlar uchun foydalaniladi. 
O'zgaruvchilar va doimiylarni belgilash uchun turli nomlar, ya'ni identifikator 
(identification)lardan foydalaniladi. 

Download 0.81 Mb.
1   2   3   4




Download 0.81 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



NATIJALAR  Международный научный журнал № 6 (100), часть 1

Download 0.81 Mb.
Pdf ko'rish