• 1.19-rasm. “Maple 9.5”dagi uskunalar satri, kontekst satri(1.20-rasm), palitralar bo`limi (1.21-rasm) va holat satri(1.22-rasm). 1.20-rasm.
  • Maple 9.5
  • -rasm. Sarlavha satrida “Maple 9.5”




    Download 7.05 Mb.
    bet27/78
    Sana22.07.2021
    Hajmi7.05 Mb.
    #15506
    1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   78
    1.17-rasm.
    Sarlavha satrida “Maple 9.5” tizimining belgisi va joriy ishchi varaq faylining nomi ko`rsatiladi(1.18-rasm.).


    1.18-rasm.

    Menyu satri – “Maple 9.5” dasturida bajariladigan barcha buyruqlarning toplamini o`z ichida mujassamlashtirgan. Menyu satrida quyidagi bo`limlar mavjud: “File” (Fayl), “Edit” (To`g`irlash), “View” (Ko`rinish), “Insert” (Ilova), “Format” (Bichim), “Tools” (Elektron jadval), “Windows” (Oyna), “Help” (Yordam, Ma`lumotnoma) (1.19-rasm).




    1.19-rasm.
    “Maple 9.5”dagi uskunalar satri, kontekst satri(1.20-rasm), palitralar bo`limi (1.21-rasm) va holat satri(1.22-rasm).


    1.20-rasm.


    1.21-rasm.


    1.22-rasm.
    Shuni nazarda tutish kerak-ki, “Classic Worksheet Maple 9.5” dasturidagi palitralar bo`limiga nisbatan “Maple 9.5” dasturining palitralar bo`limi bilan ishlash ancha qulay hisoblanadi.

    Asosiy menyular satrining holati ishchi varaqqa aks ettirilgan hujjatning mazmuniga qarab o`zgarib turadi. Buni biz yuqorida ham aytib o`tgan edik(1.23-rasm).







    1.23-rasm.
    Ishchi varaqda grafik tasvirlangan bo`lsa, u holda asosiy menyular satrining holati 1.15 va 1.23–rasmlarda tasvirlangan ko`rinishda bo`ladi. Agar ishchi varaqda ma’lumotlar maydoni tasvirlangan bo`lsa, unda dasturdagi elementlar 1.9 va 1.17–rasmlardagi standart ko`rinishda bo`ladi. Sichqoncha ko`rsatkichini asosiy menyular satrining ixtiyoriy menyusiga keltirib chap tugmasi bosilsa, menyu faollashib, undagi komandalar yoki qismiy menyular ro`yxatini ko`rish mumkin. Menyular ro`yxatidagi biror komandani sichqoncha yoki komandaning o`ng tomonida ko`rsatilgan tugmalar yordamida bajarish mumkin.

    Asosiy menyular satrining pastki qismida amalda tez-tez qo`llanilib turiladigan komandalarga biriktirilgan tugmalar ko`rsatilgan asosiy uskunalar paneli joylashgan. Bu tugmalar sichqoncha yordamida faollashtirilsa, ularga biriktirilgan komandalar bajariladi. Panelning holati ishchi varaqdagi hujjatga bog`liq emas. Bu panelning pastki qismida kontekstli uskunalar paneli joylashgan. Kursor ishchi varaqning qanday qismida joylashganligiga va qanday ma’lumotni ko`rsatib turishiga qarab, kontekstli uskunalar panelining holati o`zgarib turadi. Panelning besh xil holati mavjud: ikki o`lchamli, uch o`lchamli, animatsiyali grafiklar aks ettirilgan paytdagi holati va kursorni ishchi varaqning ma’lumot kiritish yoki chiqarish maydonida turishiga mos holatlari. Kursor ma’lumotlarni kiritish maydonida turgan bo`lsa, kontekst menyuning holati komandalarni standart Maple 9.5 talqinida yoki standart matematik yozuvlar ko`rinishida yozilishiga qarab o`zgaradi. 1.9 va 1.17–rasmlarda kontekstli menyuning, komandalarni standart Maple 9.5 talqinida yoziladigan holatiga mos ko`rinishi tasvirlangan.



    Maple 9.5 ning interfeysida bir nechta oynadagi ishchi varaqlar bilan ishlash va giperlavhalar yordamida ishchi varaqlarning biridan ikkinchisiga o`tish mumkin.

    Interfeysning eng pastki qismida tizimning ishchi holatlari satri aks ettiril-gan bo`lib, unda joriy faylga va tizimga tegishli ma’lumotlar aks ettiriladi.





    1.24–rasm.

    Ish jarayonida ishchi varaqda aks ettirilgan ob’yektlar (grafik, komanda natijasini aks ettirish maydonidagi ma’lumot, kiritish maydonidagi komanda) larga mos kontekstli menyuni hosil qilish mumkin. Buning uchun sichqoncha ko`rsatkichini kerakli ob’yektga keltirib, o`ng tugmani bosish kerak. Kontekstli menyuda tanlangan ob’yektga qo`llaniladigan komandalar ko`rsatiladi (1.24-rasm).

    Kontekstli menyu Maple tizimida ma'lumotlarni qayta ishlash jarayonini tez va qulay bajarish imkonini beradi. Masalan, biror funksiyaning grafigini hosil qilish uchun funksiya ifodasini kiritish maydoniga yozib, sichqoncha ko'rsatkichini funksiya ifodasiga keltirib, o'ng knopkani bosish kerak. Natijada kiritish maydoniga mos kontekstli menyu paydo bo'ladi va undagi Excute buyrug’ini bajarish natijasida chiqarish maydonida funksiya ifodasi hosil bo'ladi.

    Chiqarish maydoniga mos kontekstli menyuni faollashtirish uchun undagi ma'lumotni belgilab, sichqonchaning o'ng knopkasini bosish kerak, natijada 2–shakldagi kontekstli menyu paydo bo'ladi.








    Qirqib olish

    Nusxa olish

    O`rniga qo`yish

    Maxsus o`rniga qo`yish

    Konvertlash

    To`ldirish

    Format


    Maple tizimida bir seans davomidagi bir nechta hujjatlar bilan ishlash mumkin va “Oкно” menyusi orqali ochiq holatdagi bir hujjatdan boshqasiga o'tib turish mumkin.

    Ko'p hujjatlar bilan ishlashni tashkil qiladigan intrfeys MDI-interfeys (Multirle DocimenQInteface) deb aytiladi. Maple tizimida 3 xil turadigan hujjat: ishchi varaq, gredikli natija, ma'lumotnoma mavjud. MDI –interfeys foydalanuvchilariga hujjat turiga mos buyruqlarni bajarishni ta'minlash uchun asosiy menyu holatini o'zgartirib turadi. Asosiy menyuning besh xil ko`rinishi namoyon bo'lishi mumkin;

    - Ishchi varaqqa mos standart menyu;


    • Elektron model menyusi;

    • Ikki o’lchamli gradikka mos menyu;

    • Uch o`lchamli gradikka mos menyu;

    • Ma'lumotnoma tizimiga mos menyu;

    Ikki o'lchamli va uch o'lchamli grafiklarga mos menyudagi ro'yxatdagi ba'zi nomlar mos kelsa ham, ularning buyruqlar ro'yxati turlichadir.



    Download 7.05 Mb.
    1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   78




    Download 7.05 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm. Sarlavha satrida “Maple 9.5”

    Download 7.05 Mb.