• Taqdimoti Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali
  • E’tiboring uchun rahmat
  • Navoiy davlat pedagogika




    Download 0.75 Mb.
    Sana08.06.2022
    Hajmi0.75 Mb.
    #23225
    Bog'liq
    Ismoilova Baxodir
    Kimyo mushtaqil ish Diyor, Katta Doimiy UZ 04 03 2024, Óçáåêèñòîí ðåñïóáëèêàñè îëèé âà óðòà

    NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA

    NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA

    INSTITUTI

    Matematika informatika FAKULTETI

    matematika informatika YO’NALISHI”

    1-GURUH TALABASI Ismoilova Baxodirning

    “Kompyuter texnalogiyalari ”

    FANIDAN tayyorlagan

    Taqdimoti

    Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

    • O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda Yagona portal deb ataladi) Internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portali doirasida, shu jumladan «bir darcha» rejimida faoliyat ko‘rsatadi.
    • Interaktiv Davlat xizmatlarini yagona portali 2013 yil 1 iyulda ishga tushirildi. 2017 yilning mart oyiga kelib, ushbu portalda 308 ta elektron xizmat joriy etildi. Bunda xizmatlar axborot (offlayn), yarim avtomat, avtomatlashtirilgan va interaktiv ko‘rinishlarda taqdim qilinadi.
    • Portal Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, “ID.uz” identifikatsiya tizimi, O‘zbekiston Respublikasi Xalq banki axborot tizimlari hamda resurslariga, normativ-huquqiy hujjatlar ta’sirini baholash tizimi portaliga hamda “Tadbirkorlik” tizimiga ulangan. Hozirgi kunda “yagona darcha” axborot tizimi, yagona identifikatsiyalash axborot tizimiga integratsiyalash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
    • agona interaktiv davlat xizmatlari portaliga kelib tushgan murojaatlar soni bugungi kunda milliondan oshdi. Keyingi paytda portalda interaktiv davlat xizmatlari soni ortgani ham murojaatlar ko‘payishiga asosiy turtki bo‘ldi. SHuningdek, 2400 dan ziyod davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shu jumladan, idoralar huzuridagi tuzilmalar ham Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron xizmat taqdim qilib kelmoqda.
    • Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida, belgilangan tartib-taomillarni buzganlik uchun shikoyat bildirish, tadbirkorni murojaat qiluvchining mobil telefon raqami orqali identifikatsiya qilish maqsadida ro‘yxatga olish, muhandislik-kommunikatsiya texnologiyalariga ulanish uchun ariza berish, tadbirkorlik sub’ektlariga o‘zimizda ishlab chiqarilgan avtomobil transporti vositalarini xarid etish uchun ariza berish, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni ro‘yxatga olish maqsadida arizani rasmiylashtirish singari xizmatlar joriy qilingan.
    • 2014 yildan boshlab eksport va import kontraktlari Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida bepul ro‘yxatdan o‘tkazilmoqda. Banklar, soliq hamda bojxona organlari Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimi orqali xo‘jalik sub’ektlarining tashqi savdo faoliyati monitoringini olib bormoqda.
    • Davlat bojxona qo‘mitasi saytida elektron yuk bojxona deklaratsiyalari qabul qilinmoqda. 2015 yilda davlat xaridlari bo‘yicha maxsus axborot portali ishga tushirildi va elektron savdo shakli amaliyotga tatbiq etildi. Masofaviy bank xizmatlari joriy qilinishi bilan 2016 yilda 1847569 nafar foydalanuvchi kredit olish uchun elektron ariza bilan murojaat etdi.
    • Murojaatlarni ko‘rib chiqish”modulining imkoniyatlari:
    • 500 dan ortiq davlat tashkilotlariga murojaat yuborish;
    • 5ta davlat tashkilotiga bir vaqtda murojaat yuborish;
    • oldingi murojaatlarni va qoralamalarni saqlash;
    • murojaatlarni ko‘rib chiqish xolatini kuzatish;
    • davlat tashkiloti faoliyatidan qoniqish darajasini baxolash;
    • murojaatni bekor qilish;
    • davlat tashkilotining javobiga izoh qoldirish
    • Portalda joriy etilgan imkoniyatlar
    • “Statistika”moduli fuqarolar tomonidan davlat tashkilotlariga yuborilgan murojaatlarni ko‘rib chiqilishi xolati bo‘yicha muhim ma’lumotlarni o‘zida aks etadi .
    • “Murojaatlarni ko‘rib chiqish”modulining imkoniyatlari:
    • 500 dan ortiq davlat tashkilotlariga murojaat yuborish;
    • 5ta davlat tashkilotiga bir vaqtda murojaat yuborish;
    • oldingi murojaatlarni va qoralamalarni saqlash;
    • murojaatlarni ko‘rib chiqish xolatini kuzatish;
    • davlat tashkiloti faoliyatidan qoniqish darajasini baxolash;
    • murojaatni bekor qilish;
    • davlat tashkilotining javobiga izoh qoldirish
    • “O‘zarxiv” Agentligi xizmatlari
    • oylik maoshini tasdiqlash to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish uchun ariza berish;
    • mehnat faoliyatini tasdiqlash to‘g‘risidagi arxiv ma’lumotlarini olish uchun ariza berish;
    • o‘qiganligini tasdiqlash to‘g‘risidagi arxiv ma’lumotlarini olish uchun ariza berish;
    • taqdirlanganligini tasdiqlash to‘g‘risidagi arxiv ma’lumotlarini olish uchun ariza berish.
    • “Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish”
    • Mazkur xizmat fuqarolarga rahbariyat qabuliga onlayn tarzda yozilish imkoniyatini beradi. Davlat organlari, korxonalari, muassasalari va tashkilotlarida fuqarolarni qabul qilish tartibi ularning ichki tartibi bilan belgilanadi.
    • “Bo‘sh ish o‘rinlari”
    • Yagona portal foydalanuvchilari taqdim etilgan bo‘sh ish o‘rinlari uchun o‘zlarining rezyumelarini yuborishlari mumkin. Yagona portalda davlat organlari tomonidan mavjud bo‘sh ish o‘rinlari haqidagi ma’lumotlar joylashtiriladi.
    • Tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish xizmati
    • “O‘lchov vositalarining davlat metrologik tekshiruvini o‘tkazishga ariza berish”
    • Gaz, elektr energiyasi, issiq va sovuq suv hisoblagichlarini davlat metrologik tekshiruvidan o‘tkazishga arizani Yagona portal orqali berishAriza taqdim etilganidan keyin 24 soat ichida (ish kunlarida), ariza beruvchining Yagona portaldagi shaxsiy kabinetiga, metrologik tekshiruvini o‘tkazishga shartnoma va o‘lchov vositasini topshirish manzili va vaqti haqida ma’lumot keladi.
    • “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun arizalarni rasmiylashtirish”
    • Barcha kerakli hujjatlar mavjud bo‘lgan taqdirda (mahalliy davlat organlari qarorlari, notariat organlari tomonidan tasdiqlangan shartnomalar va boshqalar), arizachilar o‘z huquqlarini kadastr organlariga tashrif buyurmasdan ro‘yxatdan o‘tkazishlari (huquqni belgilovchi hujjatni olishlari) mumkin.
    • “Tibbiy faoliyatni amalga oshirish bo‘yicha litsenziya olish uchun elektron ariza taqdim etish”
    • Yuridik shaxslar, tibbiy faoliyatni amalga oshirish bo‘yicha litsenziya (litsenziya bitimi) olish (qayta rasmiylashtirish, uzaytirish) uchun elektron arizani Yagona portal orqali taqdim etishlari mumkin.
    • Arizalar, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Litsenziyalash va nodavlat tibbiyot muassasalari tomonidan ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini nazorat qilish boshqarmasi tomonidan o‘rganib chiqiladi va litsenziyalash organining ekspertiza natijalariga muvofiq tegishli takliflar bilan birgalikda xulosa tayyorlanadi.

    E’tiboring uchun rahmat


    Download 0.75 Mb.




    Download 0.75 Mb.