• Ijtimoiy motiv darajalari
  • Bilish motivlari darajalari




    Download 1.1 Mb.
    bet24/54
    Sana15.03.2017
    Hajmi1.1 Mb.
    #115
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   54
    Bilish motivlari darajalari:

    • Keng ko‘lamli bilish motivlari(yangi bilim, fakt, hodisa va qonuniyatlarni o‘zlashtirishga qaratilgan);

    • O‘quv-bilish motivlari(bilimlarni o‘zlashtirish yo‘llarini hamda mustaqil ta'lim olish usullarini o‘zlashtirishga qaratilgan);

    • Mustaqil ta'lim motivlari (qo‘shimcha bilimlarni egallash asosida o‘z bilim, ko‘nikma va malakalarini oshirish borasida o‘z shaxsiy dasturiga ega bo‘lish).

    Ijtimoiy motiv darajalari:

    • keng ko‘lamli ijtimoiy motivlar (burch va majburiyat, ta'limning ijtimoiy ahamiyatini anglab yetish);

    • tor doiradagi yoki xususiy ijtimoiy motivlar (atrofdagilarga nisbatan ma'lum bir tarafga mansub bo‘lishlikka intilish hamda ularning e'tiborini qozonishga harakat qilish);

    • ijtimoiy hamkorlik motivlari(boshqa insonlar bilan hamkorlik qilishning barcha vositalarini ishga solishga intilish).

    A.K.Markova ta'kidlaganidek, ta'lim jarayonida turli motivlar namoyon bo‘lishi bir xil xususiyatga ega emas. Masalan, keng ko‘lamdagi ijtimoiy motivlar ma'lum bir qaror qabul qilish jarayonida, o‘qituvchidan qo‘shimcha ma'lumotlar olish chog‘ida, o‘quv-bilish motivlari masalaning yechimini topishga qaratilgan mustaqil faoliyat, savollarga javob berish yoki o‘qituvchiga savol berish jarayonida, mustaqil ta'lim motivlari esa bevosita mustaqil ta'lim faoliyati chog‘ida, shuningdek, o‘quvchining ta'lim tarkibini o‘zgartirishga qaratilgan takliflarini ifodalash paytlarida namoyon bo‘ladi45.

    Keng ko‘lamdagi ijtimoiy motivlar o‘quvchining o‘z burch va mas'uliyatini his qilishi bilan bog‘liq xatti-harakatlarida o‘z aksini topadi. Ijtimoiy hamkorlik motivlari jamoat ishlaridagi faollikka intilishi va uni samarali tashkil qilish yuzasidan bergan takliflaridan bilinib turadi.





    Download 1.1 Mb.
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   54




    Download 1.1 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bilish motivlari darajalari

    Download 1.1 Mb.