Motivatsion sohadagi qiziqish




Download 0.64 Mb.
bet26/54
Sana15.03.2017
Hajmi0.64 Mb.
#115
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   54
Motivatsion sohadagi qiziqish.

Aslida qiziqish juda katta va keng ko‘lamdagi tushunchalarni qamrab oladi. Shu bois ham ta'lim jarayonida yuzaga keladigan yoki namoyon bo‘ladigan qiziqishning o‘zini bir necha tarkibiy qism hamda turlarga bo‘lib o‘rganish zarurati mavjud. A.K.Markovaning ta'kidlashicha, qiziqishni rejalashtiruvchi, natijali, mazmunli, samarali, o‘quv-biluv anglashga qaratilgan, o‘zgartiruvchi kabi turlarga bo‘lish mumkin.

Qiziqish (lat.interesum - muhim ahamiyatga ega bo‘lmok ) - shaxsning muayyan narsa yoki hodisaga ega bo‘lishga, bilishga aktiv va barqaror yo‘nalishidan iborat individual xislati. Qiziqish mazmuni, hajmi, teranligi va barqarorligiga qarab turlicha bo‘ladi. Qiziqish har qanday faoliyatni muvaffaqiyatli amalga oshirishning asosiy omillaridan biridir.

Bilim olishga bo‘lgan qiziqishni uyg‘otish va shakllantirishning muhimligi muammolari ko‘pgina olimlarning tadqiqotlarida o‘z aksini topgan. Ularning ishlarini tahlil qilish asosida S.M.Bondarenko ta'lim, bilim olish jarayonining o‘quvchi uchun qiziqarli bo‘lishida muhim ahamiyat kasb etadigan omillarni ajratib ko‘rsatadi.48 Ta'lim mazmuniga hamda bilim olish jarayoniga nisbatan bo‘lgan qiziqishlarni o‘quvchilarda shakllantirishda ularning bilim olish jarayonida mustaqillik, tashabbuskorlik va ijodkorlikni namoyon etishlariga ahamiyat qaratiladi. Ta'lim metodlari qanchalik faol bo‘lsa, o‘quvchida bilim olishga bo‘lgan qiziqish shunchalik ortib boradi. O‘quvchilarda bilim olishga bo‘lgan mustahkam va ishonchli qiziqishni shakllantirishning asosiy vositasi - o‘quvchilarga beriladigan savol va topshiriqlar mazmuni, murakkablik va qiziqarlilik darajasi bilan belgilanadi. Savol tug‘iladi. Nima uchun o‘quvchilarda, aynan kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda atrofdagi real voqe’liklar, hodisa va predmetlardan ko‘ra to‘qima obrazlar, xayoliy voqyealar, mavhum tushunchalar ko‘proq qiziqish uyg‘otadi? Buning asosiy sababi shundaki, ular real voqea-hodisa va predmetlarning asl mohiyatiga tushunmaydi. Ularni bolalar o‘z ongida to‘liq aks ettira olmaydi. Bolalar uchun ma'lum hayotiy qonuniyatlarga bo‘ysunmaydigan, o‘zlari tomonidan yoki ular uchun to‘qib chiqarilgan voqea-hodisalar ko‘proq tushunarli. Bu esa ularda qiziqishning paydo bo‘lishiga olib keladi. Masalan, ertaklarda mavjud “Yalmog‘iz kampir” obrazini ular istalgan darajada vahshiy ko‘rinishda tasavvur qilishlari mumkin. Ular uchun insonning fiziologik-genetik rivojlanish qonuniyatiga bo‘ysunishi umuman yot narsa. Bundan tashqari qachonki o‘quvchi ma'lum bir savol va topshiriqni mustaqil izlanish, aktiv faoliyat bilan amalga oshirsa va to‘g‘ri yechimni topa olsa, ana shundagina bolada bilim olishga bo‘lgan chinakam qiziqish shakllanadi.

Ta'limga bo‘lgan bolalarning qiziqishlarini shakllantirishda muammoli ta'lim muhim rol o‘ynaydi . Bunday xarakterdagi ta'lim faoliyatida bola muayyan qiyinchilik va to‘siqlarga duch keladi va shu bois o‘zidagi bilim zahiralariga murojaat etadi. Agar mavjud bilim, ko‘nikma va malakalari darajasi belgilangan topshiriqni to‘g‘ri amalga oshirishga yetsa, unda qoniqish hissi va amalga oshirgan ta'limiy faoliyati samarasi natijasida shu muvaffaqiyatga erishganligini anglab yetadi. Aksincha, muammoli topshiriqni bajara olmasa, uning yechimini topa olmasa, o‘zida mavjud bilim, ko‘nikma va malakalari darajasining zamon va talab darajasidan ortda qolib ketganligini teran anglab yetadi va ongli tarzda bilimlarini oshirishga kirishadi. Ma'lum bir aqliy faoliyat, mehnatni talab qilmaydigan o‘quv materali bolani hech qachon qiziqtirmaydi. Ta'lim jarayonida bolaning ma'lum bir ta'limiy qiyinchiliklarni yengib o‘tishi bilim olish jarayonining qiziqarli bo‘lishi shartidir. Lekin shuni unutmaslik kerakki, har qanday ta'limiy qiyinchilik bolaning yosh va fiziologik xususiyatlarini inobatga olgan holda qo‘yilishi lozim, aks holda, o‘quv topshirig‘ining haddan tashqari murakkabligi bolaning ta'lim jarayoni va bilim olish faoliyatidan tezda bezishiga olib keladi.

Bundan tashkari, an'anaviy ta'limda darslarni tashkil etish davomida "fokusirovka" ya'ni, o‘quvchilar diqqatini to‘plash, da'vat bosqichi (2-3 daqiqa ajratiladi) ham o‘quvchilarni darslarga qiziqtirishda muhim ahamiyatga ega.

O‘quvchilarning ta'lim jarayoniga qiziqishini shakllantirishning yana bir yo‘li bolada maqsadlar, havas, shaxsni ijtimoiy hayotda o‘z munosib o‘rnini topishga bo‘lgan qiziqishning tayyor "shakl"laridan foydalangan holda amalga oshirish xisoblanadi. Bunda o‘quvchining bilim olish jarayonida ta'lim materiallari mazmunidan kelib chiqqan holda jamiyatda o‘z o‘rnini topishga bo‘lgan ongli intilishni tarbiyalaydi.

Bu yo‘l ishontirish, ta'sir etish, tushuntirish, axborot berish, namuna metodlariga asoslanadi. Bu jarayonda muhim vazifani bevosita o‘quvchi yashayotgan va faoliyat yuritayotgan jamoa, ijtimoiy muhit va ularda yaratilgan qarashlar, an'analar, sharoit va boshqalar o‘taydi. Qachonki o‘quvchi ota-onasi, mahalla, tengqurlari va boshqa jamiyat a'zolarining bilim, ta'lim olishning mohiyatini teran anglab unga nisbatan hayotiy zarurat sifatida qarasagina, uning bevosita ta'limga nisbatan e'tibori kuchayadi. Shu orqali o‘quvchida ta'limning jamiyat va ijtimoiy hayotdagi roli va o‘rniga ijobiy munosabat shakllanadi va unga jiddiy munosabatda bo‘la boshlaydi, boshqacha aytganda, uning mustahkam qiziqishlari orta boradi.

Demak, qiziqishni oshirish bir qancha omillarga bog‘liq:

-o‘qituvchi mahoratiga;

-o‘quvchilarning o‘quv-biluv motivlariga;

-o‘quvchilarning yosh va fiziologik xususiyatlari hisobga olinganligiga;

-uzatilayotgan materiallarning izchilligi ta'minlanganligiga;

-o‘quv materiallari (mazmun-mohiyati, amaliy ahamiyati) ga;

-didaktik va texnik vositalar (ta'limda AKT) samaradorligiga va h.k.

Bola uchun aynan uning diqqat va e'tiborini doimiy tarzda tortib turadigan faoliyat yoki ish turigina qiziqarli ekanligini unutmaslik lozim.

O’quvchilarda ta'limning jamiyat va ijtimoiy hayotdagi roli va o‘rniga ijobiy munosabatni shakllantirish orqali uning mustahkam qiziqishlari orta boradi. L.M.Fridmanning e'tiroficha, o‘qituvchi o‘zining ta'lim faoliyatida o‘quvchilarda motivlarni shakllantirishning har ikkala yo‘l va usullaridan foydalanishi maqsadga muvofiq49.

O‘quv motivatsiyasining muhim tarkibiy qismlaridan biri bo‘lgan qiziqishga tavsif berishda shuni aytish kerakki, “qiziqish” so‘ziga ta'lim sohasi vakillari ta'limning deyarli barcha bosqichlarida motiv so‘zining sinonimi sifatida qaraydilar. Buning isboti sifatida aksariyat hollarda tez-tez eshitib turadigan “uning bilim olishga qiziqishi yo‘q, unda ilm olishga bo‘lgan qiziqishni tug‘dirish lozim”, degan gapni keltirish mumkin. Bu kabi terminlarni aralashtirib yuborishning o‘ziga xos izohi mavjud bo‘lib, u ta'lim motivatsiyalarini o‘rganishda birinchi ob'ekt qiziqish bo‘lganligi bilan xarakterlanadi. Ikkinchidan, qiziqishning o‘zi juda katta va keng ko‘lamdagi tushunchalarni qamrab oladi. Shu bois ham ta'lim jarayonida yuzaga keladigan yoki namoyon bo‘ladigan qiziqishning o‘zini bir necha tarkibiy qism hamda turlarga bo‘lib o‘rganish zarurati mavjud.

Bundan tashqari, motivlarni shakllantirishga ta'lim mazmuni, ta'lim jarayonini tashkil etish darajasi, sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni tashkil qilish, o‘qituvchi shaxsi kabi omillar ham bevosita o‘zining ta'sirini o‘tkazadi (Masalan, bolaning oilasidagi ta'lim-tarbiyaga bo‘lgan munosabat va boshqalar). Bu o‘rinda maktabda mavjud an'analarning o‘rnini alohida ta'kidlash lozim; maktabdagi hayot xarakterining o‘ziga xosligi, o‘qituvchilarning bolalar ta'limi va tarbiyasi hisoblanadigan murakkab jarayoniga bo‘lgan munosabati, qiziqishlari kabilar. Bir o‘qituvchining loqaydligi, ko‘plab o‘qituvchilarning faolligiga nisbatan yuqumliroq ekanligini unutmaslik lozim. A.N.Leontevning yozishicha: “Ta'lim jarayonida ham o‘quvchi tomonidan o‘quv materialining mukammal o‘zlashtirilishi uchun o‘quvchi bevosita ta'lim jarayonining ichida yashashi va ta'lim uning hayoti mazmunining ajralmas tarkibiy qismiga aylanishi lozim. Hatto bu jarayonda o‘zlashtirilayotgan ko‘nikma yoki malaka kichik bir xarakter-ahamiyatga ega bo‘lsa ham.”50A.N.Leontevning bu fikrlari tahlili “agar o‘quvchi o‘z hayoti mazmuni-maqsadiga ega bo‘lmas ekan, o‘zini kelajakdagi hayotiy faoliyatga tayyorlamas ekan, unda bilim olishga bo‘lgan ongli motivatsiyani shakllantirish to‘g‘risida gap ham bo‘lishi mumkin emas”. O‘quvchining ijtimoiy hayotda o‘z oldiga qo‘ygan maqsadi aksariyat hollarda ta'lim motivatsiyalarini belgilashda muhim omil vazifasini o‘tashini yodda tutishimiz lozim

O‘quv motivlari nafaqat mazmun, balki jamiyat a'zolari tomonidan nisbatan teran anglanganligi bilan ham ajralib turadi. O‘quvchilar tomonidan esa motivlarning ta'limdagi yaqin istiqbolni ta'minlashga xizmat qiladiganlari ko‘proq namoyon bo‘ladi.

Sharoitlardan kelib chiqqan holda o‘quv motivlari yashiringan yoki mohiyatini aniqlash imkoniyati qiyin bo‘lgan ko‘rinishlarga ham ega.

Shaxsning o‘ziga xos xususiyatlari bilan uning motivatsiyasi orasida bog‘liqlik mavjud. Shaxsning mavjud o‘ziga xos xususiyatlari uning motivatsiyalariga bevosita o‘zining ta'sirini o‘tkazadi. Motivatsiyalarning o‘ziga xosligi va qatiyligi esa insonning o‘ziga xos xususiyatiga aylanadi.

O‘quv motivatsiyasi har bir shaxsning xususiy motivatsiyasi sifatida e'tirof etiladi va o‘z ichiga shaxs faoliyati faolligi va mazmunini belgilab berishga xizmat qiladigan maqsadlar, bilishga bo‘lgan ehtiyojlar, qiziqishlar, g‘oyalar, intilish, motivatsion ko‘rsatmalarni qamrab oladi. Sanab o‘tilgan motivlar tizimi o‘quvchining bilishga bo‘lgan o‘quv motivining asosini tashkil qiladi va uning darajasini hamda uning dinamikasi va mustahkamligini belgilab beradi.

Mutaxassislar o‘quvchi shaxsi faolligining quyidagi ichki, tashqi va xususiy singari uch xil shakli mavjudligini e'tirof etadilar.

Nomlari yuqorida sanab o‘tilgan faollik manbalari orasidan mutaxassislar ijtimoiy, bilishga qaratilgan anglash hamda xususiy (shaxsiy )motivlarni alohida e'tirof etishadi.

O‘quv motivlarining quyidagi; undovchi (qo‘zg‘atuvchi), yo‘naltiruvchi, tartibga soluvchi funksiyalarini alohida ajratib ko‘rsatish mumkin.

O‘quv motivlari har bir shaxsda mavjud ta'lim motivlarining kuchliligi hamda mustahkamligi bilan xarakterlanadi.

Demak, barcha darajadagi motiv tiplari o‘zining shakllanish jarayonida quyidagi bosqichlarni bosib o‘tadi: odatiy motivlarning dolzarbligi, mavjud motivlar asosida yangi g‘oyalarning qo‘yilishi, muayyan maqsadlarga erishishda mavjud motivlarning ish berishi natijasida ularning mustahkamlik darajasining ortishi, aynan shu motivlar asosida yangi bir motivlarning yuzaga kelishi, turli motivlarning yagona bir motiv asosida birlashishi, bir qator motivlarda yangi (mustaqillik, ishonchlilik) sifatlarning paydo bo‘lishi va boshqalar. Bu jarayon esa shaxs shakllanishining ko’rinishini ifoda etadi.





Download 0.64 Mb.
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   54




Download 0.64 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Motivatsion sohadagi qiziqish

Download 0.64 Mb.