Ta'limda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining o‘rni va ahamiyati




Download 0.64 Mb.
bet28/54
Sana15.03.2017
Hajmi0.64 Mb.
#115
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   54
Ta'limda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining o‘rni va ahamiyati

XXI asr – axborotlashtirilgan jamiyat sari asrida axborot texnologiyalarning roli va o‘rni kundan – kunga o‘sib boraveradi, hamda har bir jabhaning ajralmas qismiga aylanib boradi. Bugungi kunda hayotimizni axborot-kommunikatsiya texnologiyalarisiz tassavur etib bo‘lmaydi. O‘zbekistonda ta'lim jarayonida AKTni qo‘llash bo‘yicha keng qamrovli ishlar olib borilmoqda va uning huquqiy va me'yoriy asoslari yaratilgan.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 30-maydagi “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida”gi PF-3080 sonli farmoniga binoan:


  • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 6-iyundagi “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora–tadbirlari to‘g‘risida”gi 200-sonli qarori;

  • O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 11-dekabrda qabul qilingan “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi Qonuni;

  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 8-iyuldagi “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF 117-sonli qarori;

  • Xalq ta'limi vazirligi tomonidan 2004-yil 12-oktabrda qabul qilingan “Ta'lim muassasalarini yagona axborot makoniga aylantirish, integratsiyasini chuqurlashtirishni hisobga olgan holda zamonaviy maktabni jihozlash Konsepsiyasi”;

  • O‘zbekiston Respublikasiyning Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikda amalga oshirayotgan “Ta'lim sektorini rivojlantirish dasturi” hamda “Umumta'lim maktablariga axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish” loyihalari;

  • Xalq ta'limi vazirligining 2006-yil 3-avgustdagi “2006-2007-o‘quv yillarini “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari kadrlarni salohiyatini oshirish o‘quv yili” deb nomlash to‘g‘risida”gi 6/5-sonli buyruqlari.

Yuqorida qayd etilgan konsepsiyalar, loyihalar va Xalq ta'limi vazirligining buyruqlari ta'lim jarayonida AKT ni qo‘llash va bu orqali ta'lim sifati va samaradorligini oshirishga qaratilgan.51O‘zbekistonda axborotlashtirish jarayonida uning ham jamiyat, ham shaxsning o‘rni beqiyosdir. Axborotlashtirish har bir istagan sohasini tubdan o‘zgartirish qobiliyatiga ega. Bunday sharoitda jamiyatdagi har bir shaxsning barkamollik sari intilishlari ro‘yobga chiqadi. Chunki kerakli axborotlarni o‘z vaqtida olish bilan birga ulardan to‘g‘ri foydalana olish insonni ijtimoiy jihatdan rivojlanishiga sabab bo‘ladi.

Respublikamiz xalq ta'limi boshqarmasi tomonidan shahar va tumanlardagi barcha maktab va maktabgacha ta'lim muassasalari, maxsus maktab-internetlarda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish keng joriy etilmoqda. Maktablarda zamonaviy o‘quv kompyuter tarmoqlari tashkil etilmoqda. Shuningdek, maktablar “ZiyoNET” jamoat ta'lim axborot tarmog‘iga ulangan bo‘lib, o‘qituvchi va o‘quvchilar undan samarali foydalanish uchun sharoitlar yaratilgan.

“O‘zbekistonda elektron kitob (Jet Book)lardan foydalanish” loyihasi esa o‘quvchilarning kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirmoqda. Maktablarda veb-saytlar ochilib, maktabda amalga oshirilayotgan ishlar, o‘tkazilayotgan ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar, o‘qituvchilar tomonidan yaratilayotgan elektron darsliklar mazkur veb-saytlarga joylashtirilib borilmoqda. O‘z navbatida ana shunday yo‘nalishda o‘zoro tajriba almashish (masalan “O‘rgan-o‘rgat” tadbiri) ishlari yo‘lga qo‘yilmoqda. Bu ham albatta axborot texnologiyalarini rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlarning samarasidir.

Yaratilayotgan ana shunday imkoniyatlar natijasida o‘quvchilar zamonaviy axborot texnologiyalarini puxta egallab, bu borada zarur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lib bormoqda.




Download 0.64 Mb.
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   54




Download 0.64 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ta'limda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining o‘rni va ahamiyati

Download 0.64 Mb.