• Informatsion jarayonlar-axborotni qidirish, yigish, kayta ishlash, to’plash, saqlash va tarqatish jarayoni.
  • Ochiq axborot tizimida axborot-psixologik xavfsizlik fanidan mustaqil ishlar. Bajardi: Beglasheva Z




    Download 0.85 Mb.
    Sana25.03.2022
    Hajmi0.85 Mb.
    #18897
    Bog'liq
    axborot va jamiyat taraqqiyoti
    Шифрлаш усули, PF-60 28.01.2022 (1), 013 Мавзу 8 маш.3-4, O`qning otilishi,teshib o`tishi va jarohatlashi, PF-122 27.04.2022, travel by car, щяиул ешд, Bat 6-MT

    Ochiq axborot tizimida axborot-psixologik xavfsizlik fanidan mustaqil ishlar.

    Bajardi:Beglasheva Z.

    Tekshirdi:Normurodov G’.


    Mavzu:

    Axborot va jamiyat taraqqiyoti Reja: 1.Informatsion jarayonlar: asosiy tushunchalar talqini. 2.Axborotlashuv va jamiyat rivoji. 3. Axborot iste'moli madaniyatini shakllantirish-dolzarb vazifa.


    Axborot (lotincha «informatio»-tushuntirmoq, bayon etmoq) zamonaviy fan va siyosatning asosiy tushunchalaridan biri; dastlab kishilar tomonidan ogzaki, keyinroq yozma yoki boshqa shakllar uzatilgan ma'lumot; XX asrning o’rtalaridan boshlab insonlararo, inson-avtomat, avtomat-avtomat o’rtasidagi ma'lumot hamda hayvonlar va o’simliklardagi signal almashinuvi, hujayrada hujayraga muayyan belgilarning uzatilishi va shu kabilarni anglata boshlagan.
    Ijtimoiy hayotga tatbiqan axborot-kishilar, predmetlar, faktlar, hodisalar, jarayonlar va shu kabilar haqidagi ma'lumot (ma'lumotlar majmui)ni anglatadi.
    Axborotlashtnrish-axborot resurslarini shakllantirish va ulardan foydalanish hisobiga fukarolar, davlat hokimiyati va o’z-o’zini boshqarish organlari, tashkilotlar va jamoat birlashmalarining axborot sohasidagi ehtiyojlarini qondirish, huquqlarini ro’yobga chiqarish maqsadida optimal sharoitlarni yaratish uchun tashkil etiladngan ijtimoiy-iktisodiy va ilmiy-texnik jarayonlar majmui

    Informatsion jarayonlar-axborotni qidirish, yigish, kayta ishlash, to’plash, saqlash va tarqatish jarayoni.

    Informatsion jarayonlar-axborotni qidirish, yigish, kayta ishlash, to’plash, saqlash va tarqatish jarayoni.

    • Axborot tnzimi (informatsion snstema)-informatsion jarayonlarni amalga oshiruvchi tartibga solingan hujjatlar hamda axborot tehnologiyalari majmui.
    • Axborot resurslari-muayyan (kutubhona, arhiv, fond, ma'lumotlar banki kabi) axborot tizimlaridagi alohida hujjatlar va hujjatlar majmui.
    • Ijtimoiy-siyosiy axborot- ijtimoiy va siyosiy hayot borasida jamiyat a'zolari, ijtimoiy guruhlar, siyosiy tashkilotlar o’rtasida almashinuv predmeti hisoblangan va ular o’z faoliyatida foydalanadigan bilimlar, ma'lumotlar va habarlar majmui.
    • Ijtimoiy-siyosiy axborotlar insonlar o’rtasidagi aloqalar, siyosiy jarayonlar, jamiyatni boshqarish, ilmiy, o’quv va tarbiyaviy ishlarni tashkil etish, targibot va tashviqotni amalga oshirishda tobora muhim va ustuvor ahamiyat kasb etmoqda.
    • To’laligi, asoslanganligi va ishonchliligi muhim ahamiyat kasb etadigan ijtimoiy-siyosiy axborotlarni ishlab chiqishda fan, ularni tarqatishda OAV muhim rol o’ynaydi.
    • Axborot madaniyati texnik-tehnologik va ijtimoiy-madaniy jihatlarga ega. Texnik-tehnolognk jihatdai axborot madakiyati axborotni olish, kayta ishlash, saqlash va etkazib berishga hizmat qiladigan texnik-axborot vositalari va ulardan oqilona foydalanish usullari haqidagi bilimlar tizimini anglatadi.

    Ijtimoiy-madaniy ma'noda axborot madaniyati insonning muayyan ma'naviy-ahloqiy, siyosiy, huquqiy va estetik qadriyatlarni o’zlashtirgan holda axborot maydonida hayotiy faoliyat ko’rsatishini anglatadi.

    • Ijtimoiy-madaniy ma'noda axborot madaniyati insonning muayyan ma'naviy-ahloqiy, siyosiy, huquqiy va estetik qadriyatlarni o’zlashtirgan holda axborot maydonida hayotiy faoliyat ko’rsatishini anglatadi.
    • Axborot iste'moli madaniyati (O’zMU tadqikotchisi U.Qo’shaev tomonidan ilmiy muomalaga kiritilgan tushuncha) axborot dunyosidan ijtimoiy taraqqiyotga hizmat qiluvchi ma'lumotlarni saralab olish borasidagi bilimlar, qobiliyat va malakani o’zida ifoda etadi.
    • Axborotlashgan jamiyat-kishilik jamiyati rivojlanishining hozirgi bosqichida shakllanayotgan va ijtimoiy hayotning barcha sohalarida axborot hamda informatikadan oqilona foydalanishga asoslangan sifatiy holatini tavsiflovchi tushuncha.
    • Axborotlashgan jamiyat nazariyasi asoschilari ijtimoiy rivojlanishni «bosqichlar almashinuvi» nuqtai nazaridan qaragan holda, uning shakllanishini qishloq ho’jaligi, sanoat va hizmatlar iqgisodiyotidan keyin paydo bo’lgan iktisodiyotning to’rtinchi - "axborot sektori" yuzaga kslishi bilan boglaydilar.
    • Ularning fikriga kura, industrial jamiyatning asosi bo’lgan kapital va mehnat axborotlashgan jamiyatda o’z o’rnini axborot va bilimga bo’shatib beradi.
    • Axborotlashuv jarayoni jamiyatdagi iqtisodiy hamda ijtimoiy-madaniy o’zgarishlarga jiddiy ta'sir ko’rsatadi. Garb sotsiologlari fikriga ko’ra, axborotlashgan jamiyat texnika sohasida-ishlab chiqarish, iqtisodiyot, ta'lim va maishiy hayotga axborot tehnologiyalarining keng joriy etilishi; iktisodiy hayotda-axborotning tovarga aylanishi; ijtimoiy hayotda-axborot turmush, hayot darajasi o’zgarishining asosiy omiliga aylanishi; siyosiy sohada-keng miqyosda fikr almashishga zamin yaratuvchi hilma-hil axborotlarni erkin olishga yo’l ochilishi; madaniyat sohasida-axborot almashinuvi davr ehtiyojlariga javob beradigan normalar va qadriyatlarning shakllanishi bilan harakterlanadi.
    • Ayni paytda axborotlashgan jamiyat:
    • -uyda ishlashning kengayishiga, transport harakatining kamayishiga va buning oqibatida tabiatga tushadigan «yuk»ning keskin qisqarishiga olib keladi;
    • -ish kunining qisqarishi odamlarning uyda ko’proq bo’lishiga va oilaviy muhitning barqaror bo’lishiga zamin yaratadi;
    • -masofaviy ta'lim bilim olishning eng qulay shakliga aylanishi barobarida, aholining keng qatlamlari uchun hatto eng elitar oliy o’quv yurtlari eshiklarining ochilishiga zamin yaratadi. Sodda qilib aytganda, ma'lumotlilik kup darajada insonning hohish-irodasiga boғliq bo’lib qoladi.

    Download 0.85 Mb.




    Download 0.85 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ochiq axborot tizimida axborot-psixologik xavfsizlik fanidan mustaqil ishlar. Bajardi: Beglasheva Z

    Download 0.85 Mb.