• Ключевые слова
  • Annotation
  • O’G’it solish mashinalari mavzusidagi mashg’ulotlarni o’tish uslubini ishlab chiqish




    Download 328.51 Kb.
    Pdf ko'rish
    Sana19.12.2022
    Hajmi328.51 Kb.
    #35867
    Bog'liq
    4446-Текст статьи-10872-1-10-20211221 (1)
    html, 1d26510680dd1768cd12ef25ff414713 O`g`it qo`llash tizimi, test, Законодательное регулирование криптовалют в разных странах, Xushnazarov Azizbek Individual loyiha ishi, Xushnazarov Azizbek Individual loyiha ishi, 2-laboratoriya ishi, p4N7Wpxv6cXNCu3K6sq9mhyoGm8KuSuomcEoW0qI, Қарор


    O’G’IT SOLISH MASHINALARI MAVZUSIDAGI MASHG’ULOTLARNI 
    O’TISH USLUBINI ISHLAB CHIQISH 
     
    Umarov Rahim Tojiyevich, Yusupov Kirmon Yasinovich
     A.Qodiriy nomidagi JDPI, Texnologik ta’lim kafedrasi o’qituvchilari,
    Jizzax, O’zbekiston
    e-mail:rahim@jspi,uz
     
    Annotatsiya: Mazkur maqolada o’g’it solish mashinalari mavzusidagi mashg’ulotini 
    yakunidagi mustahkamlash qismini qanday tarzda o’tish uslubini ishlab сhiqishga e’tibor 
    qaratailgan. 
     
    Kalit so’zlar: O’g’it, o’g’it solish mashinalari, mineral, organik, mikro va bakterial 
    o’g’itlar, fosforli, azotli, kaliliy, murakkab o’g’itlar
    *** 
    Аннотация: Эта статья посвящена тому, как разработать метод прохождения 
    арматурной части в конце затора на тему машин для внесения удобрений. 
    Ключевые слова: удобрения, удобрения машины, минеральные, органические, микро и 
    бактериальные удобрения, фосфор, азот, калий, комплексные удобрения. 
    *** 
    Annotation: This article focuses on how to develop a method of passing the reinforcement 
    part at the end of the mash on the topic of fertilizer machines. 
    Keywords: Fertilizers, fertilizer machines, mineral, organic, micro and bacterial fertilizers, 
    phosphorus, nitrogen, potassium, complex fertilizers 
    Dehqonchilikda yig‘ib olinadigan hosil qisman ekinning tuproq tarkibidagi har 
    xil moddalarni o‘zlashtirishiga bog‘liq bo‘lib, buning natijasida tuproqdagi organik 
    va mineral moddalar yildan- yilga kamayib boradi. Tuproqning unumdorligini tiklash 
    uchun unga muntazam ravishda turli o‘g‘itlar solish talab qilinadi. Ekinzorga keng 
    ko‘lamda solinadigan o‘g‘itlar mineral, organik, mikro va bakterial kabi turlarga 
    bo‘linadi. Bu o‘g‘itlar tarkibida o‘simlikning o‘sishi, rivojlanishi uchun kerak 
    bo‘ladigan fosfor, kaliy, azot, uglerod va o’simliklar hayoti uchun zarur bo’lgan 
    boshqa mikroelementlar mavjud. Katta-katta dalalarga o‘g‘it solishni o’g’it solish 
    mashinalarisiz amalga oshirib bo’lmaydi. Shu sababli, o‘g‘itlaydigan mashinalar 
    dehqonchilikni mexanizatsiyalashda juda zarur.
    Pedagogika institutlarining Tenologik ta’lim yo’nalishi talabalari uchun
    3-bosqich 5-semestrda Qishloq xo’jaligi mashinalari fanidan nazariy va amaliy 


    mashg’ulotlar o’tiladi. Biz mazkur maqolada o’g’it solish mashinalari mavzusidagi 
    mashg’ulotni yakunidagi mustahkamlash qismini qanday tarzda o’tish uslubini ishlab 
    chiqishga e’tiborni qaratamiz. 
    O’qituvchi mashg’ulotni reja asosida o’tib bo’lib yakunlagach mashg’ulot 
    so’ngida, ya’ni darsni mustahkamlash qismini talabalar bilan mavzu yuzasidan 
    quyidagicha savol-javob qilib bahs-munozara usulida mustahkamlasa maqsadga 
    muvofiq bo’ladi. 
    O’qituvchi talabalarga dastlab “O’g’itlarning dehqonchilikda ahamiyati va 
    qanday turlari bor?” deb savol bilan murojaat qiladi. Shundan keyin talabalar bu 
    savolga turli xildagi javoblar qaytarishadi. O’qituvchi talabalar tomonidan berilgan 
    javoblarni qo’shimchalar qilib aniq javobni aytadi. Tuproqdagi oziq moddalar 
    o’simliklarning normal o’sib mo’l hosil berishi uchun to’liq yetishmaydi. 
    O’simliklarda azot, fosfor va kaliy elementlariga bo’lgan talab ayniqsa katta bo’ladi. 
    Zero ekinlar dan mo’l hosil yetishtirish uchun yerga shu elementlarni berish zarur. 
    Shuningdek o’g’itlar to’rt xil bo’lishini, ya’ni organik, mineral mikro va bakteriyali 
    o’g’itlarga bo’linishi to’g’risida ham tushunchalar beradi. 
    O’qituvchi talabalarga yana shunday savol bilan murojaat qiladi, ya’ni 
    “O‘g‘itlar ekinlarga qanday muddatda va usullarda beriladi?” Shunda talabalar turli 
    xildagi javoblarni qaytarishadilar. Ayrimlari o’simliklarning oziqaga bolgan talabiga, 
    boshqa birovlari hosil to’plashiga bog’liqligini aytishadilar. Shundan keyin o’qituvchi 
    ular to monidan berilgan javoblarga qo’shimcha qilib quyidagicha tushuntiradi,ya’ni
    o’g‘itlar yerga ekin ekishdan oldin (asosiy), ekish vaqtida, ekishdan keyin 
    (oziqlantirishda) solinadi. Mineral o’g’itlar turiga qarab kuzgi shudgorlash oldindan, 
    ekish oldidan, ekish bilan bir yo’la va o’simliklarning o’suv davrida beriladi. Kuzgi 
    shudgorlash dan oldin asosan fosforli o’g’itlar beriladi, chunki bular suvda yaxshi 
    erimaydi, kuzda solinganda qish va bahorgi namgarchilik ta’sirida o’simliklar oson 
    o’zlashtiradigan holga keladi. Fosforli o’g’itlar yillik normasining 70-80% i kuzda, 
    qolgan 20-30%i esa ekish oldidan yoki o’simliklarning o’suv davrida qo’shimcha 
    oziq tariqasida boshqa o’g’itlarga aralshtirib beriladi. Bunda kombinasiyalashgan 


    o’g’itlagich seyalkadan foydalanadi. Azotli o’g’itlar asosan o’simliklarning o’sish va 
    rivojlanish davrida kultivator – o’g’itlagichlar yordamida, ekin qator orasiga 10-15 
    sm chuqurlikda beriladi. Kaliyli o’g’itlar asosan ildizmevali ekinlarga solinadi, 
    chunki yerni yumshatadi natijada ular yaxshi rivojlanadi. 
    Keyin o’qituvchi talabalarga yana quyidagi savol bilan murojaat qiladi. 
    “O’g’itlarni solishga qanday agrotexnik talablar qo’yiladi?” Bu savolga ham talabalar 
    tomonidan turlicha fikrlar bildiriladi. O’qituvchi tomonidan quyidagi agrotexnik 
    talablarga rioya qilish lozimligini talabalarga tushintirib o’tiladi. Yerga solinayotgan 
    mineral o‘g‘itning bir-biriga yopishib qolgan bo‘laklari 1-5 mmli zarrachalar 
    ko‘rinishida maydalanishi, namligi 15 foizdan ortmasligi lozim. Mashinalar mineral 
    o‘g‘itni 50-100 kg/ga, organik o‘g‘itni esa 5-6 t/ga sochadigan bo‘lishi kerak. 
    Mashina o‘g‘itni tayinlangan chuqurlikka ko‘mishi (farqi ±15 foiz) shart. Foydali 
    elementlari parchalanmas ligi uchun mineral o‘g‘it sepilgandan 12 soat keyin, organik 
    o‘g‘it esa 2 soat ichida tuproqqa ko‘milishi kerak.
    Shundan keyin o’qituvchi talabalarga “Mineral o’g’itlarni solishda qanday 
    o’g’it solish mashinalaridan foydalaniladi?” degan savol bilan murojaat qiladi. 
    O’quvchilar mashg’ulot bo’yicha olgan bilimlari va kundalik hayotda ko’rgan 
    bilganlaridan kelib chiqib turli xildagi javoblarni qaytarishadilar, ya’ni ayrimlari 
    qator oralariga ishlov berish seyalkalari yordamida, ayrimlari esa maxsus mineral 
    o’g’it solish mashinalari yordamida solinishi haqidagi fikrlarini bildiradi. O’qituvchi 
    talabalar javoblari umulashtirib, to’ldirib o’zlartga qaytarib aytib beradi. Mineral 
    o’g’itlarni solishda asosan ularning xususiyatlaridan kelib chiqib PTT-4,2, HPУ 0,5,
    РМС-6, РМГ-4 va РУМ-5 rusumli o’g’it solish mashinalaridan foydalaniladi va 
    ularning ishlash tartibini tushuntirib o’tadi.
    Yana o’qituvchi talabalarga quyidagi savol bilan murojaat qiladi “Organik 
    o’g’itlarni solishda esa qanday o’g’it solish mashinalari ishlatiladi?” Talabalar 
    o’qituvchining bu savoliga quyidagicha javob berishadi, ya’ni aksariyat talabalar 
    organik o’g’itlarning solish mashinalari bilan mineral o’g’it solish mashinalarini bir-
    biriga chalkashtirib javob qaytarishadi. O’qituvchi talabalar tomonidan berilgan turli 


    xildagi javoblarga tayangan holda ular tumonidan yo’l qo’yilgan kamchiliklarni 
    ko’rsatib qo’ shimchalar bilan to’ldiradi, ya’ni organik (mahalliy) o’g’itlarni solishda 
    asosan РОУ-5, РОУ-6, РТО-4 va 1-ПТУ-4 organik o’g’it solish mashinalaridan 
    foydalanilishini va ularning ishlash tartibini tushuntirib o’tadi.
    O’qituvchi shundan keyin talabalarga yana shunday savol bilan murojaat qiladi 
    “Suyuq o’gitlar o’simlilarga qanday mashinalar yordamida sepiladi?” Talabalar 
    savolni eshitib quyidagicha javob qaytarishadi. Ayrimlari maxsus suyuq o’g’it 
    sepadigan mashinalar yordamida deb javob qaytarishsa boshqalariesa mineral va 
    organik o’g’itlarni sepish mashinalari bilan amalga oshiriladi deb javob qaytarishadi. 
    O’qituvchi talabalar tomonidan berilgan javoblar asosida quyidagicha tarzda ularning 
    javoblarini to’ldirib javob qaytaradi. Mineral va organik o’g’itlarni sepish 
    mashinalaridan farqli ravishda maxsus suyuq o’g’it sepish mashinalaridan 
    foydalanilishini aytib rusumlarini keltirib o’tadi, ya’ni РЖТ-4, Suyuq amiak tuproqqa 
    ekish oldidan va asosiy ishlov berishda, shuningdek, o’tloqlar hamda yaylovlarga 
    sepishda АША-2 mashinalaridan foydalaniladi. Bu turdagi yuqorida ko’rsatib 
    o’tilgan mashinalar asosan МТЗ-80, ТТЗ -100 traktorlariga tirkab va o’rnatib 
    ishlatilishini takidlaydi va mashg’ulotni yakunlab talabalarga o’tilgan dars yuzasidan 
    uyga vazifa beradi. 
    Yuqoridagilardan kelib chiqib quyidagich xulosa qilish mumkin, mashg’ulot 
    yakuniga darsni bu tarzda mustahkamlash talabalarda o’tilgan mashg’lotni chuqurroq 
    o’rganishiga, shuningdek, ularni o’z ustida ko’proq izlanishiga undaydi, shuningdek, 
    talabalarning o’zaro bahs-munozara qilishiga ham olib keladi.
    Foydalanilgan adabiyotlar 
    1. M.Shoumarova, T.Abdullayev. Qishloq xo‘jaligi mashinalari, Darslik. - T.: «Fan 
    va texnologiya», 2016, 288 bet. 
    2. R.T.Umarov, O’g’itlarni solishga qo’yiladigan agrotexnik talablar mavzusidagi 
    mashg’ulotlar, “Макtаb va hayot” ilmiy-metodik jurnal, 4/ 2007, 25-27 б. 

    Download 328.51 Kb.




    Download 328.51 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’G’it solish mashinalari mavzusidagi mashg’ulotlarni o’tish uslubini ishlab chiqish

    Download 328.51 Kb.
    Pdf ko'rish