• O’lchash o‘zgartirishi
  • O’lchash o‘zgartkichi
  • O‘lchash o’zgartirishlari va o’zgartkichlar texnologik o’lchashlarning mohiyatini texnik jihatdan qisqacha quyidagicha ifodalash mumkin: «Nima, qanday qilib va nima bilan o‘lchanadi?»




    Download 347.43 Kb.
    bet1/4
    Sana01.03.2022
    Hajmi347.43 Kb.
    #18264
      1   2   3   4
    Bog'liq
    3-AMALIY MASHG\'ULOT
    1. TJICHA asosiy atama va tushunchalar, 3. TJICHA turg\'unlik, 1- AMALIY MASHG\'ULOT, 1, 2. TJICHHA avtomatik rostlash tizimlari, 2-AMALIY MASHG\'ULOT

    O‘LCHASH O’ZGARTIRISHLARI VA O’ZGARTKICHLAR
    Texnologik o’lchashlarning mohiyatini texnik jihatdan qisqacha quyidagicha ifodalash mumkin: «Nima, qanday qilib va nima bilan o‘lchanadi?». Shuning uchun, bundan keyin aniq fizik kattaliklarni o’lchash usullari va o’lchashlarning eng keng tarqalgan ishonchli ishchi vositalari: o’lchash o‘zgartkichlari va o’lchash asboblari qarab chiqiladi.



    1-rasm Δl > Δl o’zgartkichlar sxemasi
    O’lchash o‘zgartirishi — bitta fizik kattalik o’lchamini boshqa fizik kattalik o’lchamiga o‘zgartirishdan iboratdir. Misol tariqasida p bosimni deformatsion manometr yordamida o’lchashni qarab chiqamiz. Bosim ta ’sirida naysimon prujina buraladi (uning erkin uchi biroz siljiydi) — bu o‘zgartirishning birinchi bosqichi: ΔR→Δl. Naysimon prujina uchining siljishi o‘qning burilish burchagiga o‘zgaradi: Δl→Δφ — bu o‘zgartirishning ikkinchi bosqichidir. O’qda strelka mavjud bo’lib , uning uchi bo’linmali shkala bo‘yicha siljiydi — bu o‘zgartirishning uchinchi bosqichidir Δφ →Δα, u o’lchanayotgan kattalikning son qiymatini olishga imkon beradi. Umumiy holda hamma o‘zgartirishlarni quyidagicha yozish mumkin:
    ΔP→ Δl→ Δφ→ Δα
    O’lchash o‘zgartkichi — o’lchashlar vositasi sifatida o’lchash o‘zgartirishi ΔR→ Δα ni amalga oshirishga imkon beradi. Kattalikning ketma-ket o‘zgartirishlar qatoridan bittasi yuz beradigan o‘lchash vositalari elementi o‘zgartirish elementi deb ataladi. O’zgartirish elementi har do’lm ham konstruktiv ajralib turmaydi, ya’ni o‘lchash vositasi tuzilishining ayni bitta elementi ikki va undan ortiq o‘zgartirish elementiga ega bo’lishi mumkin. O’lchash axboroti signali, hamma o‘zgarishlarning amalga oshishini ta ’minlovchi o‘zgartirish elementlari to‘plami o‘lchash vositasining o‘lchash maqsadi deyiladi. O’lchash zanjirida bevosita o‘lchanayotgan kattalik ta’sirida bo‘lgan birinchi o‘zgartirish elementining qismi sezgir element deyiladi. Sezgir elementning o‘lchash vositasini aniqlashda e’tiborli bo‘lish va uni himoya armaturasi bilan chalkashtirmaslik kerak, chunki bu armatura o‘lchanayotgan kattalikka bevosita tegib turadi. ,,O’lchash o‘zgartirishi“ tushunchasi ,,o‘lchash o‘zgartkichi“ tushunchasiga qaraganda ancha keng ma’noga ega, chunki ayni bir o‘lchash o‘zgartirishi o‘lchash O’zgartkichlarning ish (ta’sir) prinsipi turlicha bo’lg an ketma-ketlik bilan bajarilishi mumkin. 1. 1-rasmda ayni bir xil harorat o’lchash o‘zgartirishini mexanik Δl siljishga o‘zgartiradigan turli o‘zgartkichlarga misollar keltirilgan. Birinchi holda bu simob ustunining harorat ko‘tarilishi natijasida kengayishidagi siljishi bo’lsa, ikkinchi holda — qatlamlari turlicha bo’lgan harorat kengayish koeffitsiyentiga ega b o’lgan bimetall plastinkalarning siljishi; uchinchi holda — harorat o’lchanadigan muhit bilan bevosita aloqada bo’lg an sezgir element bilan bog’liq asbob ko‘rsatkichining (strelkasining) siljishi. Shunday qilib, o’lchash o‘zgartirishining k o‘rsatmasi nimani nimaga aylantirish kerak, degan savolgagina javob beradi, aniq o’lchash o‘zgartkichlarining ko‘rsatishi esa buni tabiatan qanday bajarish mumkin, degan savolga javob beradi. Aslida o’lchash o‘zgartkichi bir xususiy o’lchash o‘zgartirishini bajaruvchi ma’lum amaliy prinsipda yasalgan texnik qurilmani ifodalaydi.
    O’lchash o‘zgartkichining asosiy xarakteristikalaridan biri — o‘zgartirish koeffitsiyenti bo’lib, u o’lchanayotgan kattalikni akslantiruvchi O’zgartkichning chiqishidagi signalning o‘zgartkich kirishidagi signalga nisbatini ifodalaydi.
    Funksional vazifasiga ko‘ra, o’lchash o‘zgartkichlarini quyidagi turlarga ajratish qabul qilingan: birlamchi, oraliq, masshtabli, uzatuvchi va boshqalar.

    Download 347.43 Kb.
      1   2   3   4




    Download 347.43 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘lchash o’zgartirishlari va o’zgartkichlar texnologik o’lchashlarning mohiyatini texnik jihatdan qisqacha quyidagicha ifodalash mumkin: «Nima, qanday qilib va nima bilan o‘lchanadi?»

    Download 347.43 Kb.